Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son va “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son farmonlariga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3538-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-iyun,
PF-5454-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining Jangovar Bayrogʻi toʻgʻrisida” 1996-yil 26-dekabrdagi PF-1663-son Farmonida:
a) nomidagi “idoralarining” soʻzi “organlarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1 va 2-banddagi “Ichki ishlar idoralari” va “Ichki ishlar idoralarining” soʻzlari tegishlicha “ichki ishlar organlari” va “ichki ishlar organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralarining Jangovar Bayrogʻi toʻgʻrisidagi nizomda:
nomidagi “idoralarining” soʻzi “organlarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Jangovar Bayrogʻi shon-shuhrat, jasorat va eʼtiqod ramzidir. U Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining har bir xodimini xalqiga va jonajon Vataniga sadoqat bilan xizmat qilish, halol va pok vijdonli boʻlish, xalq manfaatlariga xizmat qilish, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilishdek oʻz zimmasiga yuklatilgan xizmat burchlarini bor kuchi va bilimini, zarur boʻlsa hayotini ham ayamasdan mardlik va matonat bilan ado etishga daʼvat etadi”;
“Ichki ishlar idorasiga va oʻquv yurtiga” soʻzlari “ichki ishlar organiga va oliy taʼlim muassasasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni “uchebnomu zavedeniyu” soʻzlarni “visshemu obrazovatelnomu uchrejdeniyu” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “idorasida” soʻzi “organida” soʻzi bilan almashtirilsin;
“idoralarining” va “idora” soʻzlari tegishlicha “organlarining” va “ichki ishlar organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnidagi “Izmeneniya naimenovaniya” soʻzlaridan keyin “organa vnutrennix del” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-banddagi “harakatdagi Nizomlari” soʻzlari “normativ-huquqiy hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “bu sharmandalikda aybdor xodimlar va idora boshligʻi qonun asosida jazolanadilar” soʻzlari “ichki ishlar organi xodimlari va rahbari qonun hujjatlariga muvofiq jazolanadilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari Jangovar Bayrogʻining tavsifida:
nomidagi va ikkinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “idorasi” soʻzi “organi” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “OZBEKISTON” soʻzi “OʻZBEKISTON” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “idorasining” va “idorasi” soʻzlari tegishincha “organining” va “organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari Jangovar Bayrogʻi yorligʻining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari Jangovar Bayrogʻining |
|
YORLIGʻI |
|
____________________________________ |
|
(ichki ishlar organi nomi) |
|
_____________________________________ |
|
_____________________________________ |
|
TOPShIRILSIN |
|
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti |
|
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari Bayrogʻining |
|
TASVIRI |
|
TASVIRNING |
|
orqa tomoni” |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
2-bandning oʻn uchinchi xatboshidagi “ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari” soʻzlari “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga biometrik pasport rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki boʻlish joyiga borgan holda amalga oshiriladi”.
16-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
29-banddagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
39-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “idorasi” va “idoralari” soʻzlari tegishlicha “organi” va “organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “idoralarining” soʻzi “organlarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
44-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-bandning oʻninchi xatboshidagi “ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari” soʻzlari “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjati olish uchun doimiy propiska qilingan joyi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qiladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjati besh yil muddatga beriladi.
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshirishi shart.
Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki boʻlish joyiga borgan holda amalga oshiriladi.”;
10-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
23-banddagi “idorasiga” soʻzi “organlariga” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmonining rus tilidagi matnida:
a) 1-band “b” kichik bandida:
birinchi xatboshida “natsionalnoy” soʻzi “gosudarstvennoy” soʻziga almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasiga almashtirilsin;
b) 11-bandda, 12-band birinchi va ikkinchi xatboshilarda va 3-bandda “natsionalnoy” soʻzi “gosudarstvennoy” soʻziga almashtirilsin;
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Ustanovit, chto s 1 maya 2018 goda pensiya viplachivayetsya v polnom razmere pensioneram iz chisla sotrudnikov organov vnutrennix del Respubliki Uzbekistan, osuщestvlyayuщim trudovuyu deyatelnost v kachestve prepodavateley profilnix dissiplin akademicheskix litseyev Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan”;
Keyingi tahrirga qarang.
g) quyidagi tahrirdagi 14-band bilan toʻldirilsin:
“14. Viplata pensiy pensioneram, ukazannim v punktax 1 — 13, osuщestvlyayetsya v polnom razmere, esli ukazannaya v dannix punktax deyatelnost yavlyayetsya edinstvennim mestom raboti pensionera”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni 15-bandi toʻrtinchi xatboshisida “maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlaridan keyin “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshidagi “turizm yoʻnalishlari” soʻzlaridan keyin “gidlar (ekskursovodlar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 4-ilovaning rus tilidagi matnida:
6-bandning beshinchi xatboshidagi “po turistskim marshrutam” soʻzlaridan keyin “gidam (ekskursovodam)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“organizuyet i provodit meropriyatiya po povisheniyu turistskoy kulturi (ideologii gostepriimstva) naseleniya, projivayuщego vdol turistskix marshrutov i vblizi obyektov turistskogo pokaza i infrastrukturi;
organizuyet dlya rabotnikov gostinits i drugix subyektov turistskoy deyatelnosti kratkosrochnie uchebnie kursi po voprosam obespecheniya bezopasnosti turistov, okazaniya im pervoy meditsinskoy pomoщi, vzaimodeystviya s pravooxranitelnimi i drugimi gosudarstvennimi organami”.
7-bandning “g” kichik bandi “po turistskim marshrutam” soʻzlaridan keyin “gidam (ekskursovodam)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bandning “d” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“organizuyet funksionirovaniye “telefonov doveriya” v turistskoy sfere”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-maʼrifiy ishlar markazi va “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi tomonidan ular faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan pullik xizmatlar koʻrsatish haqidagi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimlarini (boʻlinmalarini) hamda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining Yoʻl harakati boshqarmasi huzuridagi maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
b) 7-bandda “lavozimga qayta tayinlanguniga” soʻzlaridan keyin “yoki pensiyaga chiqquniga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
v) 1-ilovada:
6-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xavfsiz turizmni taʼminlash”;
“g” kichik bandning birinchi xatboshidagi “ekspert-kriminalistika faoliyati” soʻzlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“k” kichik bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “sogʻlomlashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari” soʻzlari “sogʻlomlashtirish muassasalari hamda akademik litseylari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
“l) xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida:
turistik namoyish obyektlari va infratuzilmalari hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni taʼminlash;
turistlarni potensial tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularga tez yordam koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajarishni taʼminlash;
avtomobil, temir yoʻl va havo transporti infratuzilmalarida jamoat xavfsizligini taʼminlash;
turizm yoʻnalishlaridan jinoiy maqsadlar uchun foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga xilof faoliyatini aniqlash va bartaraf etish;
turistlar vaqtini xavfsiz oʻtkazishlari uchun shart-sharoit yaratish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish va dam olish joylarida, shuningdek ommaviy-madaniy va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash boʻyicha choralarni amalga oshirish”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bir yilda ikki marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida axborot beradi”;
toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-band birinchi xatboshida “yetti” soʻzi “sakkiz” soʻziga almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Vazir mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega.
Vazir maslahatchisi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazir maslahatchisi:
ichki ishlar organlari faxriylarini munosib ijtimoiy himoya qilish;
ichki ishlar organlari tizimida hurmat va obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xodimlarning ijobiy xizmat tajribasi, amaliy koʻnikmasi va malakasini yosh xodimlarga yetkazish orqali ularda yuksak axloqiy va kasbiy mahoratni shakllantirish;
ichki ishlar organlarining yosh xodimlarida Vatanga hamda xizmat vazifalariga nisbatan sadoqat hissini shakllantirish uchun masʼuldir”;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarorida:
a) 1-ilovada:
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi”;
b) 2-ilovada:
29-band birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Profilaktika inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshidagi “aniq” soʻzi “muayyan” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova 3-bandning oʻn yettinchi xatboshidagi, 6-band “v” kichik bandining yettinchi, sakkizinchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi hamda “g” kichik bandning oʻn yettinchi xatboshidagi “aniq” soʻzi “muayyan” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-bandining oʻn ikkinchi xatboshisida “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bandining uchinchi xatboshisidagi “oʻttiz besh” soʻzlari “qirq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi”;
34-band uchinchi xatboshisida “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “boshqa organlardan xizmatga” soʻzlaridan keyin “qabul qilingan yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “boshqa organlar boʻlinmalariga” soʻzlaridan keyin “qabul qilingan yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
50-bandda “maxsus unvonlar berilgan” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
125-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “maktabgacha taʼlim muassasalariga va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
1-band ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV)” soʻzlaridan keyin “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni besh kun muddatda vakolatli idoraga yuboradi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 16.12.2022-y., 06/22/263/1092-son)