01.12.2017 yildagi PF-5270-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash boʻyicha komissiya tomonidan nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish va ishga joylashtirish sohasidagi ishlarning ahvoli kompleks va chuqur oʻrganildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur jarayonda aholining keng qatlamlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari yuqori faollik va daxldorlik hissini namoyon qildilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan kompleks oʻrganish, aholi bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot yakunlari bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni tezkor koʻrishni talab etuvchi qator tizimli kamchiliklar va muammolarni aniqlash imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar bilan nogironligi boʻlgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga koʻmaklashish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur takliflarni samarali amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aholi bilan oʻtkazilgan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot yakunlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning fikr-mulohazalarini inobatga olib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik boʻyicha amaliy choralar koʻrish haqidagi takliflar qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish darajasi va sifatini, shu jumladan diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qoʻllagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida hisobga olishning samarali mexanizmlarini yaratish, nogironlikning belgilari paydo boʻlgan vaqtdan boshlab ularni kuzatib borish va qoʻllab-quvvatlashning, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini taʼsirchan monitoring qilish, ularning turmush sharoitlarini har tomonlama baholash, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, oʻz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish imkonini beruvchi yagona kompleks tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tugʻma nuqsonlar va irsiy kasalliklar oʻsishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish boʻyicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini koʻtarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ularning uy-joy-maishiy va boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengaytirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shu jumladan sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan oʻzaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda boʻlishi, shahar yoʻlovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini taʼminlovchi inklyuziv taʼlim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tartib-taomillardan oʻtishni soddalashtirish, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy standartlarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy tibbiyot va ilm-fanning ilgʻor yutuqlari, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning sifat standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, sogʻlomlashtirish xususiyatidagi chora-tadbirlarni yaxshilash, sogʻlom va faol turmush tarzini olib borish madaniyatini targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi, shu jumladan nogironlikni belgilashning samarali mezonlarini qoʻllashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni taʼminlash choralarini koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida umumtaʼlim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli materiallarni nashr qilishni ragʻbatlantirish, muhim sohalarda audio kitoblar yaratish va ularni joriy etishni nazarda tutgan holda imo-ishora tili va Brayl alifbosini qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrish aʼzolari zaif shaxslarga ovoz eshittirish imkonini yaratish maqsadida turli xildagi dasturiy taʼminotlarga davlat tilida maxsus dasturlar, shu jumladan kompyuter operatsion tizimlari yaratish, ularni ushbu shaxslar oʻqiyotgan va ishlayotgan taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarda keyinchalik erkin tarqatish, oʻrnatish, shuningdek, mazkur dasturlarni yaratish uchun salohiyatli homiylar topish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun joylashtirilgan maʼlumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qoʻshimcha imkoniyatlar joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportini panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marshrutlarni eshittiruvchi, elektron maʼlumotlar tablolari kabi maxsus vositalar bilan jihozlash, ulardan erkin foydalanishni bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha joylarda nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi va moslashuvi samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlarni koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, 2018-yil 1-martdan nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yoʻlovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi “Oʻzavtosanoat” AJ va Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari haydovchilari — nogironligi boʻlgan shaxslarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun maxsus moslamalar bilan qayta jihozlashni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni kvota asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralarning faoliyatini quyidagilarga qaratilgan takliflar tayyorlash bilan birga qayta koʻrib chiqishni taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga, shu jumladan ularni toʻliq va kompleks kuzatgan holda koʻrsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan idora tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan idora negizida nogironlikni belgilashni toʻliq qamrab oluvchi yagona tizimni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslarning nogironlikka muvofiqligini tekshirish tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga javob bermaydigan samarasiz tuzilmalarni tugatib, tegishli shtat birliklarini yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan idoraga oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nogironligi boʻlgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarmani, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan jarimalardan tushgan mablagʻlarning bir qismi hisobiga shakllantirishni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2018-yil 1-iyundan boshlab, nogironligi boʻlgan shaxslar, tayinlangan pul toʻlovlarining turlari va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi kompleks maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, shuningdek, mazkur sohadagi ishlarning holati haqidagi maʼlumotlarni tezkor olish, davlat organlari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish, budjet mablagʻlari maqsadsiz sarflanishi va suiisteʼmolchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi nogironligi boʻlgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanish amaliyotga tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar obyektlar loyihalashtirilishi va qurilishida arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning ulardan erkin foydalanishini taʼminlash talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha darajadagi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlariga nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari korxonalari bilan tovarlar, ishlar va xizmatlar yetkazib berishga oid shartnomalar tuzish amaliyotini kengaytirishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga efirga uzatilayotgan yangiliklar, telekoʻrsatuvlar va videofilmlarning subtitr yoki surdo tarjima bilan olib borilishini tashkil etish, nogironligi boʻlgan shaxslarning axborot olish imkoniyatini oshirish va boʻsh vaqti maroqli oʻtishini taʼminlash uchun maxsus harfli nashrlarni kengaytirish tavsiya qilinsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar nogironlikni belgilash tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha, birinchi navbatda, quyidagilarga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlikni belgilash mexanizmlarini va uning muddatlarini, shu jumladan hujjatlarni ulardagi muhim holatlarning mazmunini majburiy ravishda asoslab va tushuntirib rasmiylashtirish tartibini nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlikni belgilash tizimiga yaqqol belgilari boʻlgan arz qiluvchini nogironlik belgilangunga qadar qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy etish, bunda uning ushbu holat mavjudligini isbotlash majburiyatini bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni istisno etgan holda, zarur tartib-taomillardan oʻtishning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, tartibini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan, shu jumladan avtotransport vositalarini boshqarish imkoniyati haqidagi maʼlumotlarning tibbiy xulosalarga kiritilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus davolanishdan oʻtmasdan, shu jumladan tibbiy tekshiruv oʻtkazmasdan aniqlanishi mumkin boʻlgan nogironlik toifalari uchun statsionar davolanishda majburiy boʻlishni bekor qilishni nazarda tutgan holda, nogironlikni belgilashni aniqlashtirish hamda hujjatlarni topshirish imkoniyatini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlikni belgilash, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashishni taʼminlash va ularga nogironlik pensiyasi va nafaqalari toʻlashning xalqaro standartlariga oʻtish zaruratini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslarni, shu jumladan ogʻir ruhiy kasallikka chalinganlarni parvarish qiluvchi shaxslarning pensiyaga chiqishi va nafaqa olishi, shuningdek, alohida toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning imtiyozli pensiyaga chiqishi imkoniyatini kengaytirishni hisobga olgan holda nogironlikni belgilash mezonlari va nogironlik pensiyalari, nafaqalari toʻlash tartibining qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining xorijdagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarini aniqlasin, keyinchalik ushbu sohaga, shu jumladan faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilishga koʻmaklashish, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda respublikada yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish qismi boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirliklar va idoralar rahbarlari mazkur Farmonning, shu jumladan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5270-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-sonli Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakllari

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Nogironligi boʻlgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yaxshilash

1.

BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni, shuningdek, “nogiron” soʻzi oʻrniga “nogironligi boʻlgan shaxs” atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-avgustga kadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMT agentliklari

2.

BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish va mavjud salohiyat, xorijiy davlatlar tajribasi, shuningdek, mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilish shartlari hamda oqibatlari tahlilini hisobga olgan holda tegishli takliflar kiritish.

Ratifikatsiya qilishga tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
Bosh prokuratura,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
BMT agentliklari

3.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralar faoliyatini quyidagilarga qaratilgan takliflar tayyorlagan holda qayta koʻrib chiqish:

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga, shu jumladan ularni toʻliq va kompleks kuzatgan holda koʻrsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan idora tashkil etish;

ixtisoslashtirilgan idora negizida nogironlikni belgilashni toʻliq qamrab oluvchi yagona tizimni tashkil etish;

tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslarning nogironlikka muvofiqligini nazorat qilish va tekshirish tartibini joriy etish;

amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga javob bermaydigan samarasiz tuzilmalarni tugatib, tegishli shtat birliklarini yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan idoraga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Vazirlar Mahkamasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar

4.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini birinchi navbatda, quyidagilarga yoʻnaltirilgan tanqidiy qayta koʻrib chiqish:

nogironlikni belgilash mexanizmlarini va uning muddatlarini, shu jumladan hujjatlarni ulardagi muhim holatlarning mazmunini majburiy ravishda asoslab va tushuntirib rasmiylashtirish tartibini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

nogironlikni belgilash tizimiga belgilari yaqqol koʻrinib turgan murojaat qiluvchini nogironlik belgilangunga qadar qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy qilish, bunda ushbu holat mavjudligini isbotlash tashvishidan xalos qilish;

sogʻliqni saqlash organlari zimmasiga tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ular tomonidan yordam koʻrsatish boʻyicha majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish;

18 yoshgacha boʻlgan bolalar nogironligi deb topish toʻgʻrisida tibbiy xulosa berish tartibini takomillashtirish;

shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etgan holda zarur tartib-taomillardan oʻtish muddatlarini qisqartish va tartibini soddalashtirish;

komissiyalar tarkibiga ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya, ergoterapiya boʻyicha mutaxassislarni kiritish;

tibbiy xulosalarga nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan, avtotransport vositalarini boshqarish imkoniyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini taʼminlash;

sogʻligʻi tiklab boʻlmaydigan kasallikka chalingan, ruhiy va jismoniy nuqsonlarga ega boʻlgan, shu jumladan, muddatsiz nogironlikni tasdiqlashda protez-ortopediya buyumlari hamda texnik reabilitatsiya vositalarini bepul olish uchun bir martalik taqdim etiladigan tibbiy xulosa berish tartibini joriy etish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarni hisobga olgan holda tibbiy xulosalarning amal qilish muddatlarini qayta koʻrib chiqish;

ayrim toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus davolanishdan oʻtmasdan, shu jumladan tibbiy tekshiruv oʻtkazmasdan aniqlanishi mumkin boʻlgan nogironlik toifalari uchun statsionar davolanishda majburiy boʻlishni bekor qilishni nazarda tutgan holda, nogironlikni belgilashni aniqlashtirish hamda hujjatlarni topshirish imkoniyatini kengaytirish;

yordamga juda muhtoj boʻlgan shaxslar uchun sirtdan nogironlik toifasi belgilashni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF

5.

Quyidagilar hisobiga faoliyatini nogironligi boʻlgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari hamda texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, ular uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari tashkil qilishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etish:

nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun tayinlanadigan va undiriladigan jarima mablagʻlarining yoʻnaltirilgan qismi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylantirish kvotasi toʻldirilishini taʼminlanganlik mablagʻlar ajratmalari.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

6.

Zamonaviy talab va standartlardan kelib chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasida vakolatli organlar faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni inventarizatsiya qilish hamda qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ularni doimiy qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
BMTTD, YUNISEF

7.

Protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarish davlat standartlarini ishlab chiqish, yangilash hamda xalqaro hujjatlar, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari hamda kafolatlarini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa standartlar uygʻunlashuvi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.

Chora-tadbirlar majmui

2018-yil 1-fevralga qadar

“Oʻzstandart” Agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish:

nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy himoyasi sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish;

nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga, birinchi navbatda ijtimoiy buyurtma samaradorligi va ahamiyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martiga qadar

Iqtisodiyot vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

9.

Dolzarb muammolarni aniqlash, toʻliq tahlil qilish, nogironligi boʻlgan shaxslar turli guruhlari ahvolini baholash, infratuzilma obyektlarida ular uchun sharoitlar mavjudligining alohida hisobini yuritishga imkon beruvchi maʼlumotlarni kompleks toʻplash, umumlashtirish va hisobga olish tizimii joriy etish orqali ular hayot faoliyatining barcha sohasini qamrab olish imkoniyatini yoʻlga qoʻygan holda nogironligi boʻlgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF, YUNFPA

10.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning injenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishini taʼminlash boʻyicha talablarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek, ular huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

11.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli aniq organlarni nazarda tutuvchi, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini ijro etish yuzasidan monitoring tartibi hamda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

12.

Shaxslar oʻrtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish, uning huquqiy maqomi va qoʻllash sohasini belgilash, shuningdek, quyidagilar yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish:

nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida (talablardan kelib chiqqan holda) umumtaʼlim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish;

tegishli materiallar nashr qilishni ragʻbatlantirish, muhim sohalarda audio kitoblar yaratish va ularni joriy etishni nazarda tutgan holda imo-ishora tili va Brayl alifbosini qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 15-martga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
“Mahalla” fondi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari, YUNESKO

13.

Koʻrish aʼzolari zaif shaxslarga ovoz eshittirish imkonini yaratish maqsadida turli xildagi dasturiy taʼminotlarga davlat tilida maxsus dasturlar, shu jumladan kompyuter operatsion tizimlari yaratish, ularni ushbu shaxslar oʻqiyotgan va ishlayotgan taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarda keyinchalik erkin tarqatish, oʻrnatish masalasini ishlab chiqish, shuningdek, mazkur dasturlarni yaratish uchun salohiyatli homiylar topish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018yil 1-fevralga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

14.

Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari korxonalarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ular mahsulotlari hamda xizmatlariga davlat xaridlari boʻyicha majburiy buyurtma kvotalari belgilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlari koʻrish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

15.

Nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishi va reabilitatsiyasi, shuningdek, ular bandligini oshirish uchun maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga ixtisoslashgan maskanlar tashkil etish, nogironligi boʻlgan shaxslarga arzon tovar hamda xizmatlar ishlab chiqish sektorini kengaytirish va rivojlantirishda nodavlat sektorni, shu jumladan, davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklik asosida ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Savdo-sanoat palatasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

16.

Qonun hujjatlariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-yanvarga qadar

Davlat soliq qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Adliya vazirligi

17.

BMT agentliklari bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar va kattalar huquqlarini taʼminlash samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish.

Loyiha hujjati

2018-yil 1-fevralga qadar

Bosh prokuratura,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMT agentliklari

18.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan, Yevropa Ittifoqining “Demokratiya va inson huquqlari sohasida Yevropa usuli” texnik koʻmaklashish mavzuli dasturi bilan oʻzaro hamkorlik qilish orqali mablagʻlarni jalb etish boʻyicha ishlarni xalqaro, xorijiy moliya institutlari va boshqa donorlar bilan muntazam asosda olib borish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Nogironlikning oldini olish, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va reabilitatsiya samaradorligini oshirish

19.

Tugʻma nogironlikning oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish:

a) homilador ayollar va bolalarni skrining tekshiruvlari orqali yanada koʻproq qamrab olish hamda ushbu faoliyat ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan:

irsiy kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;

xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarni homiladorlikning 16-haftaligidan boshlab, perinatal ultratovush tekshiruvidan oʻtkazish;

homilador ayollarning biokimyoviy markerlarga tekshirish orqali nevral naycha va xromosoma sindromi nuqsonlarini aniqlash;

irsiy kasalliklarni aniqlash maqsadida yangi tugʻilgan chaqaloqlarni kompleks, shu jumladan, perinatal skrining tekshiruvi parametrlarini kengaytirish va zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash yoʻli bilan tekshirish;

nogironligi boʻlgan ayollarga reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

b) nogironlikning muayyan turlarini toʻliq yengib oʻtish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot, taʼlim va ijtimoiy texnologiyalardan, shu jumladan rivojlanishdan ortda qolish, eshitish va koʻrish qobiliyatining buzilishi, ijtimoiy-psixologik buzilishlarni erta aniqlash tizimidan foydalanishni kengaytirish;

v) erta yoshdagi bolalarni kelgusida ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan majburiy skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish, shuningdek har xil turdagi kasaliklarni surunkalashishi va nogironlashishining oldini olish tartibini joriy etish, shu jumladan:

Orol boʻyi mintaqasida yashovchi 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning vitamin-mineral komplekslardan foydalangan holda oziqlanishini yaxshilash;

maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida bolalarni har yili bepul chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (umumiy qon tahlili, flyuorografiya tekshiruvi, pediatr, stomatolog, nevropatolog, endokrinolog, oftalmolog koʻriklari va boshq.);

kasalliklari aniqlangan bolalarni sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish;

g) chaqaloqlarda tugʻma nuqsonlar, shuningdek, ruhiy kasalliklarning koʻpayish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan oʻrganishlarni tumanlar kesimida tizimli oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, BMTGD, YUNISEF, YUNFPA

20.

Quyidagilarni hisobga olgan holda nogironlikni belgilash davlat tizimi hamda nogironlik boʻyicha pensiya va nafaqalar toʻlash tartibini qayta koʻrib chiqish:

nogironlikni belgilash, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga koʻmaklashishni taʼminlash hamda ularga pensiya va nafaqalar toʻlashning xalqaro standartlariga oʻtish;

ayrim toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan, ogʻir ruhiy kasallikka chalinganlarni parvarish qiluvchi shaxslarning pensiyaga chiqish va nafaqa olish, shuningdek, alohida toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslarni imtiyozli pensiyaga chiqish imkonini kengaytirish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
YUNISEF, BMTTD

21.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning individual dasturini amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish:

tegishli organlarning aniq vakolatlari, chora-tadbirlar ijrochilari, moliyalashtirish mexanizmlari, reabilitatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlarini aniq koʻrsatgan holda reabilitatsiya qilishning individual dasturi ishlab chiqish tartibini tasdiqlash;

boshqa soha mutaxassislarini majburiy taklif etishning aniq asoslarini nazarda tutgan holda koʻrikdan oʻtish ishtirokchilari doirasini kengaytirish;

nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish mezonlarini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
YUNISEF, BMTTD

22.

Tibbiy-mehnat ekspertiza, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy xizmatlar, protezlash va protez ishlab chiqarish masalalari boʻyicha chuqur ilmiy-amaliy va amaliy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.

Oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga asoslangan holda, shu jumladan sogʻlom turmush tarzini tartib qilish hamda qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning oldini olishga yoʻnaltirilgan keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-martga qadar Doimiy asosda

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Innovatsiya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, YUNFPA

23.

Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-ijtimoiy xizmat mutaxassislarini tayyorlash uchun yangi oʻquv dasturlarini, shu jumladan ijtimoiy ishlar, ergoterapiya, jismoniy terapiya dasturlarini va nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

24.

Sifatli protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan:

zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda yangi ishlab chiqarishni yaratish uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va chet el investorlarini jalb qilish;

Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalar negizida ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish;

ishlab chiqarishni takomillashtirish va amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash;

yangi korxonalarni joylashtirish uchun boʻsh turgan binolarni ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari roʻyxatini kengaytirish, ularni ushbu vositalar bilan taʼminlash jarayonini maxsus vositalar ajratish uchun tibbiy xulosa tuzishda nogironlarning individual xususiyatlarini aniqlashni nazarda tutishni soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

26.

Xorijiy mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga begʻaraz (xayriya) asosda tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish tartibi, shu jumladan, fuqarolarni davolash va jarrohlik amaliyoti oʻtkazish, shuningdek, oʻtkaziladigan tadbirlar haqida xabar berilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,
nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

27.

Maktabgacha va xalq taʼlimi tizimidagi tibbiy-psixologik-pedagogik hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini ular ishining sifati, xolisligi, qulayligi va samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalashni, shuningdek, korreksiya-pedagogik hamda davolash-sogʻlomlashtirish faoliyatini yaxshilash orqali takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF

28.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga oid maʼlumotlar, tayinlangan pul toʻlovlarining turi va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar, shuningdek, ularda mavjud muammolarni tezkorlik bilan aniqlash bu sohadagi ishlarning holati toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, davlat organlari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish va budjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishi va suiisteʼmolchilik holatlarini oldini olish imkonini beruvchi kompleks maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar yagona elektron reyestrini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, Elektron avtomatlashtirilgan reyestr

2018-yil 1-martga qadar
2018-yil 1-iyunga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

29.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha, shu jumladan quyidagilar ustidan doimiy monitoring oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari berilishining asosliligi, shuningdek, boshqa ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi;

tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarning mavjudligi va oʻz vaqtida taʼminlanishi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

30.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, nogironligi boʻlgan shaxslarni kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash hamda ularni oila, jamiyat va davlat bilan oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirish boʻyicha, shu jumladan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olib, maxsus ijtimoiy lavhalardan foydalangan holda olib boriladigan tushuntirish ishlari sifatini va jamoat ongiga taʼsiri samaradorligini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, OʻzA,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

III. Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish, ularning maxsus kasbiy tayyorgarligi va qayta tayyorgarligi tizimini takomillashtirish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar ishga joylashtirilishini taʼminlash

31.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat dasturini ishlab chiqish:

inklyuziv taʼlimni samaradorligini kengaytirish va tushuntirish;

nogironligi boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini roʻyobga chiqarish mexanizmlari;

nogironligi boʻlgan va psixofizik buzilishlarga ega bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga 2 yoshdan boshlab qabul qilish;

ixtisoslashtirilgan dasturni ishlab chiqishni inobatga olgan holda taʼlim muassasalariga borish imkoniyati yoʻq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun masofadan oʻqitishni taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

32.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan paraolimpiya sport turlarini rivojlantirish va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida futbolni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qaratilgan dasturni ishlab chiqish, Jismoniy tarbiya va sport institutida paraolimpiya sport turlari boʻyicha trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlaydigan “Paraolimpiya sport turlari” kafedrasini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Davlat sport qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
Milliy paraolimpiya uyushmasi

33.

Muhtoj boʻlgan shaxslar uchun joylarga borib, shu jumladan, imtiyozli asosda, birinchi navbatda, ularning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun (biometrik pasport berish, notarial xizmatlar koʻrsatish va h.k.) davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

IIV, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

34.

Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat test markazi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

35.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish, shu jumladan unda quyidagilarni:

mehnat faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslar reyestrini shakllantirish;

nogironligi boʻlgan shaxslarni ularni kelgusida ishga joylashtirish uchun malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini joriy etish;

kasanachilikni kengaytirish va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari infratuzilmasi tarkibida yangi ish joylarini tashkil etish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish mexanizmlarini joriy etish;

nogironligi boʻlgan shaxslar, birinchi navbatda nogironligi boʻlgan ayollarni talab yuqori boʻlgan kasblarga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslarini joriy etish;

nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari vakillarini ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga keng jalb qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Savdo sanoat palatasi,
“Mahalla” jamgʻarmasi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari,
BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)

36.

Nogironligi boʻlgan bolalarning manfaatlari va imkoniyatlarini hamda tegishli kasblarning dolzarbligini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

37.

Ish beruvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, nogironligi boʻlgan shaxslarning fikrini hisobga olish, ushbu faoliyat ustidan taʼsirchan nazorat mexanizmini oʻrnatishni nazarda tutuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mehnat sharoitlarini baholash va ish joyini attestatsiyadan oʻtkazish tizimini qayta koʻrib chiqish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi

38.

Ixtisoslashtirilgan oʻquv muassasalarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun professional psixologik yordam xonalarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-iyulga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

IV. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va maqbul muhitni taʼminlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash

39.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay jismoniy muhitni yaratish toʻgʻrisida qonunchilik talablarini amalga oshirish, jamoat transporti, ijtimoiy, yoʻl-transport va boshqa infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishini taʼminlovchi texnik vositalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash boʻyicha choralar koʻrishga qaratilgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhitni taʼminlash boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

40.

Joylarda qulaylikni bosqichma-bosqich taʼminlashga yoʻnaltirilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularni moslashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan:

ularni ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kelishlari;

jamoat transportining barcha turlaridan foydalanish;

nogironligi boʻlgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, jamoat transportini maxsus vositalar bilan, shu jumladan, panduslar, alohida joylar, bekatlar va yoʻnalishlarni ovoz yordamida eʼlon qilish, elektron axborot tablolari bilan jihozlash.

Tashkiliy kompleks chora-tadbirlar

Doimiy asosda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimliklari,
Transport vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

41.

Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda mintaqaviy markazlarini zamonaviy diagnostika, davolash va sport uskunalari bilan jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar majmui

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

42.

Quyidagilar:

avtomototransport vositalari haydovchilari nogironligi boʻlgan shaxslarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning foydalanishi uchun moslashtirilgan milliy ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlashni taʼminlash boʻyicha takliflarni tayyorlash va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ,
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

43.

Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turishi uchun moʻljallangan avtotransport toʻxtab turish joylarida eng oz miqdori qatʼiy belgilangan joylar sonini ajratish va u yerlarda boshqa avtotransport vositalari toʻxtab turishini taqiqlash.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun borish qiyin boʻlgan infratuzilmaga yaqin joyda toʻxtash imkonini beruvchi yangi yoʻl belgisini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

44.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning axborot olish imkoniyatini oshirish va ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlashga koʻmaklashadigan efirga uzatilayotgan yangiliklar, telekoʻrsatuv va videofilmlarni subtitr va surdo tarjima bilan birga olib borilishini tashkil etish choralarini koʻrish, shuningdek, maxsus shriftli nashrlarni kengaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi,
OʻzA, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

45.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini qoʻllagan holda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sanatoriylar faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va jihozlash, ularning nogironligi boʻlgan shaxslarni va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47.

“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida oʻquv-mehnat ustaxonalari tizimini quyidagilar orqali rivojlantirish:

ularni zarur uskunalar bilan jihozlash;

mehnat koʻnikmalarini oʻqitish va egallash boʻyicha dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish

homiylikka olinganlarni toʻliq ijtimoiy moslashuvini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

48.

Obyektlarni, shu jumladan, yoʻl-transport infratuzilmasini loyihalash va qurishda arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulayliklar taʼminlash borasidagi talablarga rioya qilmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarini nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi uchun, ularga joylashtirilgan maʼlumotlar bilan tanishish va xizmatlardan foydalanish bilan bogʻliq qoʻshimcha imkoniyatlar bilan taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

50.

Eshitish va nutq buzilishlari boʻlgan shaxslarning tezkor xizmatlarga zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda murojaat qilish imkoniyatini joriy etish masalasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari

51.

1941 — 1945-yillar urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES dagi halokat oqibatlarini bartaraf etish sababli nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqalarga guvohnomalar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-yanvarga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi,
Mudofaa vazirligi,
IIV, FVV, MXX,
Davlat bojxona qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 06/17/5270/0348-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)