O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son qonuni)
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son qonuni hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish va bu boradagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-may,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2004-y., 7-son, 63-modda.):
a) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) II-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II. Sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi”;
v) 6-banddagi “Gigiyenik” so‘zlari tegishli ravishda “Sanitariya-epidemiologik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 7-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi ilgari ishlab chiqarilmagan va ilk bor olib kelingan oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus joriy etiladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoxud mahsulotlarni chetdan keltirishda ariza beruvchi tegishli ruxsatnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatnomani uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi”.
e) 11-banddagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish, sanitariya-epidemiologik xulosasini rasmiylashtirish va berish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya epidemiologiya nazorati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi”;
z) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Gigiyenik sertifikat” so‘zlari tegishli ravishda “Sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Gigiyenik sertifikat” va “gigiyenik sertifikatlashtirish” so‘zlari mos ravishda “Sanitariya-epidemiologik xulosa” va “sanitariya-epidemiologik ekspertiza” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 16-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 19-bandning to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 21-bandning birinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 24-bandning uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o) Nizomga ilovada:
2-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandning birinchi xatboshidagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2006-y., 36-son, 362-modda) Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 9-bandi yettinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2011-y., 45-46-son, 478-modda):
a) 3-banddagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning “g” kichik bandidagi “gigiyena sertifikati” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 7-bandidagi “gigiyena sertifikati” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-sonli qaroriga asosan 2023-yil 30-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 09/22/726/1132-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 319-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2015-y., 45-son, 574-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
9. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 11-maydagi 148-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2016-y., 19-son, 213-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2017-y., 1-son, 1-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son; 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son; 29.12.2022-y., 09/22/726/1132-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)