17.11.2011 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

EKSPORT OPERATSIYALARINI “BIR DARCHA” TAMOYILI BO‘YICHA AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek eksport operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2011-yil 1-oktabrdan boshlab “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmining bosqichma-bosqich joriy etilishi tajriba tariqasida ro‘yobga chiqarilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir vaqtning o‘zida, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, sanitariya-epidemiologik xulosalarni berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini joriy qilish uchun mas’ul organ etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy banki tegishli sertifikatlarni berish uchun va “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli banklar bo‘limlari uchun kamida ikki nafar vakolatli vakilning faoliyat yuritishini ta’minlasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2012-yil 1-aprelgacha barcha xizmatlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini nazarda tutgan holda onlayn rejimida eksport operatsiyalarni bojxonada rasmiylashtirishning birxillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha zarur tayyorgarlik chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport operatsiyalarini rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish natijalari to‘g‘risidagi tahliliy axborotni hamda tegishli qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni 2012-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga 2012-yil 1-apreldan boshlab onlayn rejimida elektron shakldagi hujjatlarni taqdim etgan holda “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 17-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
305-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qaroriga
1-ILOVA

“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Vaqtinchalik nizom bir vaqtning o‘zida, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, sanitariya-epidemiologik xulosalarni berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport tovarlarini sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibotlaridan o‘tish sxemasi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Vaqtinchalik nizom qonun hujjatlarida belgilanadigan tovarlarning alohida toifalarini eksport qilish uchun qo‘shimcha ruxsatnoma hujjatlari (litsenziya, ruxsatnoma) olish bilan bog‘liq bo‘lgan eksport tartibotlarini amalga oshirish mexanizmiga joriy etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“bir darcha” tamoyili — tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, sanitariya-epidemiologik xulosalarni berish va eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish (keyingi o‘rinlarda sertifikatsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi deb yuritiladi) uchun eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirishning soddalashtirilgan mexanizmi, bunda arizachi arizaning yagona shaklini to‘ldiradi va uni zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport tartibotlarini rasmiylashtirish joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida (keyingi o‘rinlarda TIF bojxona postlari deb yuritiladi) faoliyat yurituvchi manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakolatli vakillariga taqdim etadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi — eksport qiluvchi va/yoki deklarant va/yoki bojxonada rasmiylashtirish mutaxassisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizaning yagona shakli — sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun hujjatlarni berishda arizachi tomonidan to‘ldiriladigan shakl.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Arizachi eksport qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq yagona shakl bo‘yicha arizani to‘ldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TIF bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekekspertiza” AJ (keyingi o‘rinlarda vakolatli sertifikatsiya organlari deb ataladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining vakillari doimiy ravishda faoliyat yuritadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Birinchi bosqichda arizachi oladigan sertifikatning turiga qarab TIF bojxona postlaridagi vakolatli sertifikatsiya organlariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yagona shakldagi arizani taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekekspertiza” AJ):
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport kontrakti nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklanadigan tovarga schyot-faktura nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qilinadigan tovarni tayyorlovchi, ishlab chiqarishda foydalanilgan xom ashyoning kelib chiqishi va komponentlari (xom ashyo yetkazib berishga shartnomalar, schyot-fakturalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonlarni tartibga soluvchi hujjatlarning nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar kelib chiqqan mamlakatni, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan import qilingan komponentlar, xom ashyo-materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlarni aniqlash bo‘yicha murojaat qilingan taqdirda — yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yukning bojxona deklaratsiyasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va qo‘shilgan qiymatning foizdagi ulushini aniqlash uchun tovarning tannarxi hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar pozitsiyasining tovarni qayta ishlash natijasida yuzaga kelgan birinchi to‘rtta belgisidan biri darajasida TIF TN bo‘yicha o‘zgarishini asoslab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi to‘lov hujjati;

b) veterinariya sertifikatini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi):
(6-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qilishga O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasi;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazoratdagi yukni tranzit qilishga veterinariya ruxsatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi to‘lov hujjati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) fitosanitariya sertifikatini olish uchun (O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi):
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qiluvchi mamlakatning (alohida mamlakatlar uchun hukumatlararo bitimga asosan) import qilishga karantin ruxsatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tranzitga ruxsatnoma (alohida mamlakatlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fitosanitariya karantin sertifikati;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi to‘lov hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi) sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi to‘lov hujjati.
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol ko‘rib chiqadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga mos kelganda ularni qabul qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni ko‘rsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari ariza qabul qilingan kun mobaynida, eksport uchun mo‘ljallangan tovarlardan belgilangan tartibda namunalar oladilar va tovarlar namunalarini hamda hujjatlarni tegishli sinov laboratoriyalariga va/yoki vakolatli organlarga yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Eksportga mo‘ljallangan tovarlar uchun laboratoriya sinovlari, ekspertizadan o‘tkazish va tegishli sertifikatlar berish muddati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari, ko‘pi bilan 3 ish kunini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qilishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning kelib chiqishi sertifikatini berish muddati 3 ish kunidan oshmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va boshqa tegishli sertifikatlarni berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Laboratoriya sinovlari yakunlari bo‘yicha ijobiy natija olingan taqdirda vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari bir ish kuni mobaynida arizachiga bevosita TIF bojxona postida tegishli sertifikatlarni beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ikkinchi bosqichda arizachi eksport uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukning bojxona deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish yo‘li bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlar, o‘rov varag‘i bundan mustasno.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat bojxona xizmati organi xodimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga mos kelganda ularni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni ko‘rsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat bojxona xizmati organi xodimi eksport qilinadigan tovarlarning yuklab jo‘natishga tayyorligiga qarab, ularni va transport vositalarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazadi, shuningdek eksport qilinadigan tovarlarni va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini bir ish kuni mobaynida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizomning 6 va 11-bandlarida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishda vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan yagona shakldagi arizada ilgari bayon qilinmagan yangi e’tiroz bilan da’vo bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Arizachidan sertifikatsiya va bojxonada rasmiylashtirish hujjatlari vakolatli sertifikatsiya organlari hamda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan butun ish kuni (soat 9:00 — 18:00) davomida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Vaqtinchalik nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga

Eksport tovarlarini sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibotlaridan o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

Bojxona postlari nomi‎

Post kodi‎

Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari‎

“Nukus” TIF‎ 35002‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi‎
“Andijon” TIF‎ 03011‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi‎
“Buxoro-2” TIF‎ 06006‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi‎
“Jizzax” TIF‎ 08004‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi‎
“Qashqadaryo” TIF‎ 10001‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi‎
“Tinchlik” TIF‎ 12001‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi‎
“Namangan” TIF‎ 14010‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Namangan viloyati boshqarmasi‎
“Samarqand” TIF‎ 18005‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi‎
“Guliston” TIF‎ 24009‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi‎
“Termiz” TIF‎ 22005‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi‎
“Chirchiq” TIF‎ 27014‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi‎
“Vodiy” TIF‎ 30003‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi‎
“Urganch” TIF‎ 33007‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi‎
“Toshkent-tovar” TIF‎ 26002‎ Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 478-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; 2016-y., 52-son, 604-modda; 2017 y, 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son; 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)