Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 05.04.2018 yildagi PQ-3654-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 256 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshiladigan ustamalar miqdorlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo, investitsiya va turizm sohalarida mintaqalararo hamda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mamlakat tegishli hududlariga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat hududida jismoniy va yuridik shaxslarga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlariga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali mansabdor shaxslari ishtirokidagi xalqaro ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash hamda oʻtkazishda koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi idoraviy tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasini joriy yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining moddama-modda normativ boʻyicha xarajatlar asosida ishlab chiqilgan yillik xarajatlar smetasini joriy yilning 15-fevraliga qadar tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshiga ularning ish hajmi hamda samaradorligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 200 foizgacha har oylik ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2018-yil 1-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Yagona tarif setkasi boʻyicha bir razryadga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, shuningdek, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi ishlar vazirining maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi ommaviy diplomatiya masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi hamda Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi — rasmiy vakili vazifalarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati natijadorligini baholash vazirlik rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari tomonidan ustuvor tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy vazifalar bajarilishining samaradorligi mezonlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir zimmasiga — Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini izchil mustahkamlash, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda milliy manfaatlarni ilgari surish boʻyicha prognoz baholarini va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish orqali tizimli axborot-tahlil ishlarini taʼminlash yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirning birinchi oʻrinbosari zimmasiga — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha samarali idoralararo aloqalarni taʼminlash, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalarning, kengashlarning) Oʻzbekiston qismi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan tashqi iqtisodiy sohada qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirning ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga — xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, yuqori hamda oliy darajadagi tashriflarni puxta tayyorlash va natijali oʻtkazish, amaliy ahamiyat kasb etuvchi kelishuvlarga erishish, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik rejalarining (“yoʻl xaritalari”ning) oʻz vaqtida hamda toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirning koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga — xalqaro tashkilotlar va formatlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, mamlakatning mintaqaviy va global taraqqiyotning muhim masalalari boʻyicha xalqaro tashabbuslari, nuqtai nazari va yondashuvlarini ilgari surish, yuqori malakali diplomatik kadrlarni samarali tayyorlash, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari zimmasiga — konsullik xizmatlari koʻrsatilishining sifati va tezkorligini taʼminlash, xorijda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼsirchan himoya qilish, ularning murojaatlarini har tomonlama koʻrib chiqish, vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, moliya-xoʻjalik faoliyatini samarali amalga oshirish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari zimmasiga — xorijiy sheriklar bilan har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirishning natijadorligi, mamlakatning tashqi siyosiy hamda savdo-iqtisodiy manfaatlarini diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar orqali ilgari surishni taʼminlash, oʻzi ishlab turgan davlatdan investitsiyalar va sayyohlar oqimini jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xorijdagi vatandoshlar bilan oʻzaro manzilli hamkorlik qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tashqi siyosiy idora, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tizimida ilgʻor texnologiyalardan foydalanib, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy taʼminot vositalari bilan mustahkamlash, axborot tarmoqlarini modernizatsiyalash, axborot xavfsizligini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi xorijdagi muassasalarining ishlab turilgan mamlakat bilan faol va tizimli ish olib borish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni monitoring qilishning axborot tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoyalangan videokonferensaloqa tizimini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni, ularning amalga oshirilishini inventarizatsiya va monitoring qilishni yagona hisobga olish elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veb-saytlarni, konsullik xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligining Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center)ni zamonaviy asbob-uskunalar va aloqa texnika vositalari bilan jihozlash, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash yagona elektron tizimini va zarur dasturiy taʼminotlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻi, shu jumladan, ijtimoiy platformalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishni nazarda tutadigan “raqamli diplomatiya”ning qoʻllanilishini kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 100 foizidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha oylik ustama toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor hamkorlik masalalari boʻyicha oʻz faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirib borilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-maydan boshlab konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlaridan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga — 70 foiz, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga — 30 foiz nisbatida taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan faqat diplomatik xizmat organlarining vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun foydalaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-yanvardan boshlab Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalaridagi konsul lavozimlariga ishga qabul qilish, asosan, chet tillarini biladigan va oliy yuridik maʼlumotga, shu jumladan, qonun ustuvorligi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tarkibidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimonlar byurosini xodimlar bilan toʻldirish yuqori malakali tarjimonlar, shu jumladan, gid-tarjimonlar tarkibidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vazirlik tarkibiy tarmoqlari toʻgʻrisidagi nizomlarni va markaziy apparat xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasini, eng avvalo, oliy iqtisodiy maʼlumotga va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tarkibidan toʻldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Moliya vazirligi bilan birgalikda moddiy ragʻbatlantirishning aniq mezonlarini belgilagan holda Tashqi ishlar vazirligi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanishni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarini moliyalashtirish boʻyicha moddama-modda normativlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda favqulodda vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga moliyaviy yordam koʻrsatish mezonlari, shart-sharoitlari va mexanizmini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilida joylashtirilib, fuqarolarga konsullik xizmatlari koʻrsatiladigan Toshkent shahar, I. Karimov koʻchasi, 11-uy manzilidagi bino uning ixtiyorida qoldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi ishlar vazirligi Qabullar uyini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabullar uyining manfaatdor vazirlik va idoralar murojaatlariga binoan xorijiy sheriklar bilan rasmiy tadbirlar hamda muzokaralar oʻtkazish uchun taqdim qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabullar uyi, shuningdek, unga tutash hududning saqlanishi, samarali va qatʼiy maqsadlarda foydalanilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida”gi 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 5-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3654-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 256 nafar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N I Z O M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari rahbarlari va diplomatik personali aʼzolariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari (keyingi oʻrinlarda — chet el muassasalari), Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” Axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Dunyo” AA) xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga diplomatik martaba — farqlash darajalarini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi rahbariyatiga, shuningdek, istisno hollarda, mehnatdagi alohida xizmatlari uchun mazkur byuro xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan belgilangan tartibda tashkil etiladigan Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga ham diplomatik martabalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlik markaziy apparatining xodimlariga, chet el muassasalari rahbarlari va diplomatik personali xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, shuningdek, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan, diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan quyi tashkilotlarning alohida toifalari xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda va Muxtor Elchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi darajali maslahatchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi darajali maslahatchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi darajali birinchi kotib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi darajali birinchi kotib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi darajali ikkinchi kotib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi darajali ikkinchi kotib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchinchi kotib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attashe.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga, chet el muassasalari diplomatik personali aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” AA xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga ijobiy xizmat tavsifnomasi, malakasiga, egallab turgan lavozimiga muvofiq oliy maʼlumotga va ish stajiga ega boʻlgan taqdirda yuqorida koʻrsatilgan ketma-ketlikda diplomatik martabalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslarga diplomatik martabalar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Favqulodda va Muxtor Elchi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali maslahatchi

Bosh konsulga, maslahatchi vakilga, chet el muassasasi maslahatchisiga, xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil oʻrinbosariga, xalqaro tashkilot rahbari oʻrinbosari / maslahatchisiga (kvota asosida), chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali maslahatchi

Mustaqil boʻlim rahbariga, Vazirlik tarkibiy boʻlinmasining rahbariga, tarkibiy boʻlinma boʻlimi boshligʻiga, chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali birinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasi birinchi kotibiga, konsuliga, boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar
va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali birinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining birinchi kotibiga, konsuliga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali ikkinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining ikkinchi kotibga, vitse-konsuliga, Vazirlikning ikkinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining uchinchi kotibiga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotiblariga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga

Uchinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasining chet el muassasasi uchinchi kotibiga, vitse-konsuliga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining yetakchi ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Attashe

chet el muassasasi attashesiga, Vazirlik attashesi hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi va ikkinchi darajalardagi maslahatchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi birinchi kotib, birinchi va ikkinchi darajalardagi ikkinchi kotib, uchinchi kotib va attashe diplomatik martabalari Vazirlik Hayʼatining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrugʻi bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har bir diplomatik martaba uchun diplomatik lavozimni egallab turish quyidagi muddatlarni tashkil etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Attashe

2 yil

Uchinchi kotib

2 yil

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

2 yil

Birinchi darajali ikkinchikotib

2 yil

Ikkinchi darajali birinchi kotib

3 yil

Birinchi darajali birinchi kotib

3 yil

Ikkinchi darajali maslahatchi

4 yil

Birinchi darajali maslahatchi

4 yil

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlangʻich attashe diplomatik martabasi Vazirlik tizimidagi diplomatik lavozimda kamida bir yil ishlagan shaxsga (xodimga) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil martabalari umrbod muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa diplomatik martabalarga ega boʻlgan mansabdor shaxslar Vazirlik tizimidan pensiyaga chiqqan taqdirda ushbu diplomatik martabalar mazkur shaxslarda (xodimlarda) saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik yoʻli bilan uzoq muddatga oʻqishga yuborilgan xodimlarning diplomatik martabalari saqlanib qoladi. Xodim oʻqishdan va diplomatik lavozimdagi mehnat faoliyatiga qaytganidan soʻng navbatdagi diplomatik martaba ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari diplomatik martabaga ega boʻlgan va boshqa davlat tashkilotlariga ishga oʻtganligi munosabati bilan Vazirlik tizimidan ozod qilingan shaxslar (xodimlar) Vazirlik tizimiga takroran ishga joylashganida ularning hozirgi diplomatik lavozimda boʻlishi muddatini hisobga olgan holda navbatdagi diplomatik martabalar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatik martabalarga, shu jumladan Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan nojoʻya ishlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan taqdirda diplomatik martabadan mahrum qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, oʻz vakolatlari doirasida, quyidagi hollarda alohida tartibda diplomatik martabalar berish huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish va respublikaning obroʻsini oshirish ishida (toʻgʻridan-toʻgʻri lavozim majburiyatlaridan tashqari) koʻrsatgan xizmatlari uchun avvalgi diplomatik martabada belgilangan xizmat muddati tugamasdan avval, ammo Vazirlik tizimidagi ish davrida koʻpi bilan ikki marotaba;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) navbatga rioya etilmagan holda, ammo xodim yuqoriroq lavozimga koʻtarilish vaqtida ega boʻlgan diplomatik martabadan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) diplomatik martaba berishga ilk marotaba taqdim etilgan xodimlarga u egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganiga nisbatan bir pogʻona past diplomatik martaba berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli ado etganligi va ishda erishgan salmoqli yutuqlari uchun Vazirlikning mustaqil, shu jumladan xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari rahbarlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ilgari Vazirlik tizimida diplomatik lavozimlarda ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining, Vazirlar Mahkamasining, davlat muassasalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaning tegishli tarkibiy boʻlinmasi, Vazirlar Mahkamasi kompleksi rahbarining, shuningdek, davlat muassasasi va mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining tavsiyanomalari asosida. Bunda, mazkur organlardagi ish vaqti diplomatik martaba berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bir diplomatik martabada belgilangan xizmat muddatini oʻtagan, biroq xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari boʻlgan Vazirlik tizimi xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xizmat vazifalarini qoʻpol ravishda buzganligi yoki muntazam ravishda lozim darajada bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil martabasiga ega boʻlgan shaxslar (xodimlar)ga nisbatan diplomatik martabani pasaytirish yoki undan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlik markaziy apparatining xodimlariga, chet el muassasalari diplomatik personali xodimlariga, hududiy boʻlimlar, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” AA xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning diplomatik martabaga ega boʻlgan xodimlariga oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan miqdorlarda lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari uchun lavozim maoshlariga qoʻshiladigan ustamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Diplomatik martabalar nomlanishi

Lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobidagi ustamalar miqdori

1.

Attashe

35

2.

Uchinchi kotib

40

3.

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

45

4.

Birinchi darajali ikkinchi kotib

50

5.

Ikkinchi darajali birinchi kotib

55

6.

Birinchi darajali birinchi kotib

60

7.

Ikkinchi darajali maslahatchi

65

8.

Birinchi darajali maslahatchi

70

9.

Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

75

10.

Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

80

11.

Favqulodda va Muxtor Elchi

85

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga qoʻshiladigan ustamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi umumiy ish staji

Lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobidagi ustamalar miqdori

1.

2 yildan 5 yilgacha

10

2.

5 yildan 10 yilgacha

20

3.

10 yildan 15 yilgacha

30

4.

15 yildan 20 yilgacha

40

5.

20 yildan 25 yilgacha

50

6.

25 yildan yuqori

60

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) diplomatik xizmat organlari vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va professional jihatdan rivojlantirish, shuningdek, diplomatik xizmat organlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslaridan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan konsullik harakatlari amalga oshirilganligi uchun belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish paytida xorijiy fuqarolar tomonidan kirish yigʻimini toʻlashdan tushgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi mavjud noshirlik va xoʻjalik faoliyatidan tushgan foyda va ijara toʻlovlari (foyda soligʻi toʻlangandan keyin);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik korpusga koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sifatida Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosining hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlarining kirim va chiqimlarini hisobga olish mahalliy va xorijiy valyutalarda alohida-alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatik xizmat vazifalarini samarali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik xodimlarini chet mamlakatlarga xizmat safarlariga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish, Vazirlik tizimidagi va chet el muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirish, maʼlumotnoma adabiyotlari va turli davriy nashrlarni sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida, diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish dasturlarini yoki tashqi siyosiy faoliyat bilan bogʻliq aniq tadbirlarni moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Tegishli dasturlar, ularni moliyalashtirish limitlari va Jamgʻarmaning har yili zaxiraga olib qoʻyiladigan bir qismi miqdori Jamgʻara Kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jamgʻarma Kengashiga rahbarlik qiladi va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamgʻarma Kengashi tomonidan oʻrnatilgan limitlar doirasidagi dasturlar boʻyicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash va tuzatishlar kiritish, shuningdek, Jamgʻarmaning zaxiradagi mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har yili Jamgʻarma Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlarini jamgʻarish va sarflash operatsiyalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy ishlar Vazirlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tuzilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHEKLANGAN SONI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

Boshqaruv xodimlari soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2

2.

Andijon viloyati

2

3.

Buxoro viloyati

2

4.

Jizzax viloyati

1

5.

Qashqadaryo viloyati

2

6.

Navoiy viloyati

1

7.

Namangan viloyati

1

8.

Samarqand viloyati

2

9.

Surxondaryo viloyati

2

10.

Sirdaryo viloyati

1

11.

Toshkent viloyati

1

12.

Fargʻona viloyati

1

13.

Xorazm viloyati

2

Jami:

20

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 07/18/3654/1024-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)