22.03.2018 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hozirgi vaqtda mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini monitoring qilish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy etishda va ularga o‘z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishda kamchiliklar qayd etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mavjud statistik ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan axborotlar ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli guruhlari holatini to‘laqonli tahlil qilish, dolzarb muammolarni aniqlash, baholash imkonini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot faoliyatining barcha sohalarini qamrab olishga imkon beruvchi statistik hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika hisoboti asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar soni, imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) o‘quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari, reabilitatsiya markazlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli guruhlari holatini baholashga imkon beruvchi to‘liq statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 22-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 210-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ko‘rsatkichlar

Ma’lumot taqdim etish uchun mas’ullar

Taqdim etish shakli

(davlat statistika hisoboti, idoraviy ma’lumot)

1. Imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) o‘quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy ta’lim muassasalari

Oliy ta’lim muassasalari

4-ta’lim shakli
Davlat statistika hisoboti

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarning mavjudligi:

nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun qulay bo‘lgan jamoat yo‘lovchi transporti (avtobuslar) soni

O‘zbekiston avtomobil transporti

agentligi

idoraviy ma’lumot

surdo tarjima bilan yoki o‘tuvchi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan teleko‘rsatuvlar soni

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

idoraviy ma’lumot

imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar bilan ta’minlangan davlat tashkilotlarning veb-saytlari soni (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi funksiyalari va boshqalar)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

idoraviy ma’lumot

3. Tumanlar va shaharlar bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga olish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

idoraviy ma’lumot

4. ABKMga murojaat qilgan nogironligi bo‘lgan shaxslardan ishga joylashtirilganlar soni:

davlat tashkilotlariga, hududlar, jinsi va yoshi bo‘yicha

shu jumladan 3% kvota bo‘yicha

nodavlat tashkilotlariga, hududlar, jinsi va yoshi bo‘yicha

shu jumladan 3% kvota bo‘yicha

yakka tartibdagi tadbirkorlarga, hududlar, jinsi va yoshi bo‘yicha

Davlat soliq qo‘mitasi

idoraviy ma’lumot

5. Nogironligi bo‘lgan shaxslar soni:

Tuman va shahar hokimliklari

2-uy-joy (yangi shakl)

Davlat statistika hisoboti

uy-joy bilan ta’minlanganlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha

yashash sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lganlar, tumanlar va shaharlar kesimida

6. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

1-NNT shakliga ilova (mahalla)

Davlat statistika hisoboti

7. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun murojaat qilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni:

Sog‘liqni saqlash vazirligi

idoraviy ma’lumot

yashash joyi bo‘yicha

sanatoriy-kurortda davolash turi bo‘yicha

8. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanma olgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni:

yashash joyi bo‘yicha

sanatoriy-kurort muassasasining nomi bo‘yicha

9. Tashkilotlarga tegishli bo‘lgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni

Tashkilotlar

1-korxona, 1-KB,
1-notijorat, 1-NNT shakli bo‘yicha

Davlat statistika hisobotlari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/210/0935-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)