16.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2983
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i, 16.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2983
Дата вступления в силу
17.03.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) o‘tkazish natijalari yuzasidan sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibini belgilaydi.
4. Pasport mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
6. Pasportning 1-jadvalida (Tashkilot xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar) tashkilotda ishlayotgan xodimlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
7. Pasportning 2-jadvalida (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan (mo‘ljallangan) sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar, jihozlar hamda yaratilgan boshqa qulayliklar haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Bunda 2-jadvalning 3-ustunida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilishi lozim bo‘lgan xonalarning (jihozlarning, yaratilgan boshqa qulayliklarning) soni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlaridan kelib chiqib ko‘rsatiladi.
8. Pasportning 3-jadvali (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linma (sex) to‘g‘risida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir bo‘linma (sex) bo‘yicha tuziladi.
9. Pasportning 4-jadvali (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni to‘g‘risida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir bo‘linma (sex) bo‘yicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan
bo‘linmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

1. Ishlarning bajarilishi:

_____________________________________
(o‘tirib, turib, o‘tirib-turib)

2. O‘tirib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
(ha, yo‘q)

3. Turib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________ (ha, yo‘q)

4. Ish pozasi:

______________________________________
(majburiy, erkin)

5. Ish mebellari ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
(ha, yo‘q, qisman)

6. Tanani stolda ushlab turish uchun yordamchi vositalar mavjudligi:
o‘tirganda _______________________

(mavjud, mavjud emas)

turganda ________________________

(mavjud, mavjud emas)

stol balandligini sozlash imkoniyati

_____________________________________________
(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

stol suyanchig‘ini sozlash imkoniyati

_____________________________________________ (mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

7. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan shaxslar uchun ish o‘rnining moslashtirish imkoniyati

mavjudligi:

_____________________________________________ (mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

8. Qo‘shimcha yoritish mavjudligi:

_____________________________________________
(mavjud, mavjud emas)

9. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun tovushli signallarning
mavjudligi

_____________________________________________ (mavjud, mavjud emas)

10. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun boshqa signallarning
mavjudligi

_____________________________________________ (mavjud, mavjud emas)

11. Qo‘llaniladigan texnologiyalarning ta’rifi:
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
12. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanganligi munosabati bilan qo‘llaniladigan texnologiyalar ta’rifidagi o‘zgartirishlar:
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.