ILOVA
|
№ |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini yaratish | ||||
|
1. |
Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. |
Texnik topshiriqni tayyorlash va tasdiqlash |
2018-yil 15-aprelgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
2. |
Tasdiqlangan texnik topshiriqqa muvofiq Reyestrni yaratish va ishga tushirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-iyungacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maʼlumotlar bazasidan va boshqa manbalardan pensiya va nafaqalar oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlari toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni Reyestrga kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-avgustgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
4. |
Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar tomonidan ularga tegishli qismda axborotni taqdim etish va kiritish �artibini belgilovchi Reyestrni yuritish reglamentini, shuningdek, berilgan vazifalarga muvofiq Reyestrdagi axborotdan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Reglamentni tasdiqlash |
2018-yil 1-avgustgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
5. |
Reyestrning keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa organlar hamda tashkilotlarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish. |
Integratsiyalashtirish jadvali va tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-oktabrgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
6. |
Manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini oʻqitish va ish jarayoniga tayyorlash. |
Oʻqitish jadvali |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
II. Taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish boʻyicha idoralararo axborot tizimini yaratish | ||||
|
7. |
Taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish boʻyicha idoralararo axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “Ijtimoiy himoya” IAT deb ataladi) konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo hujjat |
2019-yil 1-yanvargacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
8. |
“Ijtimoiy himoya” IATni yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. |
Texnik topshiriq |
2019-yil 1-aprelgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
9. |
“Ijtimoiy himoya” IATni yaratish loyihasi boʻyicha loyiha hujjatini (LTII/TII) ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Texnik hujjatlar |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari vazir�igi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
10. |
“Ijtimoiy himoya” IATni, shu jumladan tegishli interaktiv xizmatlarni taqdim etgan holda quyidagi kichik tizimlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy qilish: keksalar va nogironlarni aniqlash, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish, keksa va nogiron kishining elektron kartochkasini yuritish, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga muvofiq ijtimoiy xizmatlarning alohida dasturini ishlab chiqish; shifokorlik-mehnat ekspert komissiyalarida tekshiruvdan oʻtish va alohida reabilitatsiya dasturining (keyingi oʻrinlarda ARD deb ataladi) elektron shaklini yaratish; ARDga muvofiq Milliy va hududiy reabilitatsiya markazlaridagi reabilitatsiya qilish; ARDga muvofiq protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalar bilan taʼminlash; sanatoriy-kurortlarda davolanish; internat muassasalariga joylashtirish; uyda xizmatlar koʻrsatish, ijtimoiy xizmatlar alohida dasturining (AD) elektron shaklini yaratish; dori-darmonlarni hisobga olish va berish; qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning monitorlarida tahliliy axborotni aks ettirgan holda, taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining monitoringi; nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash, qayta oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil qilish, shuningdek, ish oʻrinlarini zaxiraga olish va ushbu ish oʻrinlarida ishga joylashtirishni nazorat qilish; qonun hujjatlariga muvofiq keksa va nogiron kishining elektron kartochkasi arxivini yuritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
11. |
“Ijtimoiy himoya” IATni “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiya platformasiga ulash. |
Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish |
2020-yil 1-avgustgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va �doralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
12. |
“Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar xodimlarini tizimda ishlashga oʻqitish. |
Oʻqitish jadvali |
2020-yil 1-sentabrgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tavsiyalariga koʻra, “Ijtimoiy himoya” IAT axborot xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish |
muntazam |
Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
III. Koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun ovozni qayta eshittirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish | ||||
|
14. |
Koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun davlat tilidagi ovozlarni qayta eshittirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish va ushbu ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni turli kompyuter va mobil dasturiy taʼminotlar, shuningdek, operatsion tizimlar bilan integratsiyalashtirishga doir (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulot deb ataladi) texnik topshiriqni ishlab chiqish |
Texnik topshiriq |
2018-yil 1-iyungacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda |
|
15. |
Oʻzbek tilidagi soʻzlar va ifodalar lugʻatini yaratish va har bir soʻz, shu jumladan atamalar talaffuzini yozish. |
Soʻzlar talaffuz etilgan lugʻat |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
16. |
Elektron matnlarni avtomatik ravishda oʻqish va ovozni boshqarish uchun soʻzlar talaffuz qilinadigan lugʻat bazasida ixtisoslashtirilgan dasturni, jumladan, mobil qurilmalar uchun ham ishlab chiqish, shuningdek, elektron matnni avtomatik ravishda oʻqish tizimini PDF, DjVu va boshqa formatdagi matnlarni oʻqish uchun matnni ajratish dasturlari bilan integratsiyalashtirish. |
Ixtisoslashtirilgan dasturni ishlab chiqish |
2019yil 1-martgacha |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi |
|
17. |
Ixtisoslashtirilgan dasturni erkin tarqatish choralarini koʻrish, shuningdek, uni koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar oʻqiydigan va ishlaydigan taʼlim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda oʻrnatish, uning Internet axborot tarmogʻida tarqatilishini taʼminlash. |
Tashkiliy masalalar |
muntazam |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
|
IV. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish | ||||
|
18. |
Vazirliklar va idoralarning “Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida foydalaniladigan mavjud kompyuter va tashkiliy texnikasini xatlovdan oʻtkazish, shuningdek, ularni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika uskunalari bilan toʻldirish. |
Xatlovni oʻtkazish jadvali “Ijtimoiy himoya” IATdan foydalanish uchun masʼul xodimlarni texnika bilan taʼminlash |
2018-yil 1-iyungacha 2019-yil 1-yanvargacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
19. |
Davlat organlari va “Ijtimoiy himoya” IAT ishtirokchilari boʻlgan tashkilotlarni Idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash. |
Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish |
2018-yil 1-sentabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
20. |
Joylarda hududiy dispetcherlik punktlarining imkoniyatlarini jalb qilganda holda, mobil aloqa tarmoqlari orqali, shu jumladan nutqi va eshitish qobiliyati buzilgan shaxslardan shoshilinch xizmatlarga kelib tushadigan qisqa matnli xabarlar (SMS) koʻrinishidagi murojaatlarni qabul qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish |
2019-yil 1-maygacha |
IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV, “Oʻztransgaz” AJ , Oʻzbekiston respublika karlar jamiyati, Moliya vazirligi , Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |