Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018 22.09.2004 yildagi 441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘ZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son va ““Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qarorlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash, uning faoliyatiga respublika tadbirkorlarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi muassislarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasining uch yilda kamida bir marta chaqiriladigan qurultoyi Palataning yuqori boshqaruv organi hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi qurultoylar o‘rtasidagi davrda Palataning rahbar organi hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z faoliyatida Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashiga bevosita hisobot beradigan Savdo-sanoat palatasining Ijro etuvchi qo‘mitasi Palataning ijro etuvchi organi hisoblanishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Ta’sis konferensiyasi tomonidan qabul qilingan Palataning boshqaruv organlari tuzilmasi, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 42 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qo‘mitasini moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qo‘mitasi, respublika tadbirkorlik tuzilmalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 va 3a-ilovalarga muvofiq O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hududiy boshqarmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Zarurat bo‘lganda Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari shaharlar va tumanlarda qayta tashkil etilayotgan tuman (shahar) tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari negizida o‘z filiallarini tashkil etishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari a’zolarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining daromadlari manbai etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Palataga kirish badallari va a’zolik badallari, ularning miqdorlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Ustavida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidan tushadigan mablag‘lar maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
grantlar va homiylar mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan daromaddan faqat ustavda qayd etilgan faoliyatni bajarish uchun foydalaniladi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va tashqi savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni va normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda Vazirlar Mahkamasining majlislarida o‘z raisi ishtiroki bilan qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar hamda Palata va uning a’zolari faoliyati masalalariga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan har qanday tekshirishlarda qatnashish va o‘z a’zolarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga ko‘ra Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, Boj-tarif kengashi, Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda ma’muriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasi, Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek respublikada kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistika ma’lumotlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda chet ellarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Ularga respublika tadbirkorlariga xorijiy sheriklar va investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishda, O‘zbekiston tadbirkorlarining eksport mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishida hamda respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ko‘maklashish vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining buyurtmanomalariga ko‘ra xalqaro biznes-forumlar, savdo-sanoat ko‘rgazmalari va mahsulotlar yarmarkalarini o‘tkazishda xorijiy tadbirkorlar vakillariga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Ijro etuvchi qo‘mitasi bilan birgalikda Palata doimiy joylashadigan joy masalasini hal etishni tezlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasidagi 6-uyga vaqtincha joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarini joylashtirishda ko‘maklashsinlar va ularning faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratuvchi zarur chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilgari O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasida o‘rnatilgan barcha aloqa turlarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida saqlab qolsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha uning faoliyatini televideniye va matbuotda keng yoritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 22-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
441-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqaruv organlarining tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qo‘mitasining tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
3a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahridagi hududiy boshqarmasi namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-con, 424-modda; 2005-y., 32-33-son, 246-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)