Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2005 11.06.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1249
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 11.06.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1249
Дата вступления в силу
21.06.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2005
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PAXTA XOM AShYoSINI SANOAT YOʻLI BILAN QAYTA IShLASh NATIJASIDA OLINADIGAN PAXTA ISTEʼMOL YoGʻI, ShELUXA VA KUNJARANI XOʻJALIKLARGA QAYTARISh TARTIBI HAQIDA NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 11-iyunda 1249-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 6-noyabrdagi 223-sonli “Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1519, 07.11.2005-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-sonli, 2002-yil 29-avgustdagi 306-sonli va 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Paxta xomashyosini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash natijasida olinadigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani xoʻjaliklarga qaytarish tartibi haqidagi Nizom” 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ichki xoʻjalik munosabatlarni takomillashtirish boshqarmasi (O.Mansurov), Yuridik boshqarma (B.Husenov) 3 kun muddat ichida mazkur buyruqni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilsinlar va rasmiylashtirilgandan soʻng qoʻllanma uchun joylarga yetkazilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2002-yil 19-sentabrdagi “Paxta xomashyosini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash natijasida olinadigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani xoʻjaliklarga qaytarish tartibi haqida Nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 159-sonli buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil oktyabr, 20-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. JOʻRAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-y. 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2003-yil 6-iyundagi 89-sonli
buyrugʻi bilan tasdiqlangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xomashyosini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash natijasida olinadigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani xoʻjaliklarga qaytarish tartibi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son, 2002-yil 29-avgustdagi 306-son, 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar hamda qishloq xoʻjalik korxonalari tarkibidagi ichki xoʻjalik boʻlinmalari (kelgusida — pudratchi va boshqa boʻlinma) ixtiyorida qoldiriladigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjalik korxonalari paxta tayyorlash mavsumi tugagandan keyin 10 kunlik muddat ichida xoʻjalikdagi pudratchi va boshqa boʻlinmalar boʻyicha, kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha sotilgan paxta xomashyosi (urugʻlik paxtadan tashqari) miqdori koʻrsatilgan roʻyxatni tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga beradi. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi 5 kun muddat ichida ushbu roʻyxatni tuman statistika boʻlimiga tasdiqlatib, paxtani qayta ishlash korxonasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fermer xoʻjaliklari kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha yetishtirilgan paxta xomashyosi (urugʻlik paxtadan tashqari) miqdori koʻrsatilgan maʼlumotni 10 kun muddatda tuman statistika boʻlimiga tasdiqlatib, paxtani qayta ishlash korxonasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxtani qayta ishlash korxonalariga berilgan maʼlumotlar yakuniy boʻlib, paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani xoʻjaliklarga qaytarish boʻyicha shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Paxtani qayta ishlash korxonasi roʻyxat va maʼlumotni olgandan soʻng, 5 kunlik muddat ichida tayyorlangan paxta hosili boʻyicha har bir pudratchi va boshqa boʻlinma hamda fermer xoʻjaliklariga berilishi kutiladigan texnik chigit miqdorini belgilangan meʼyorlar asosida hisoblab chiqib, bu toʻgʻrida hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasiga yozma ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi 3 kunlik muddat ichida ushbu maʼlumotni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga beradi. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi esa oʻz navbatida olingan maʼlumotni 2 kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, tuzilgan shartnomalarga asoslanib, paxtani qayta ishlash korxonalarida texnik chigitni yogʻ-moy korxonasiga joʻnatishni taʼminlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Paxtani qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarilgan jami texnik chigitni, shu jumladan kontraktatsiya shartnomalarida koʻrsatilganidan ortiq paxta xomashyosidan olinadigan chigitni ham, yogʻ-moy korxonalariga toʻliq hajmda joʻnatishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Paxtani qayta ishlash korxonalari fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjalik korxonalariga tegishli texnik chigit aynan qaysi yogʻ-moy korxonalariga joʻnatilishi aniqlangandan soʻng, 5 kun muddat ichida bu toʻgʻrida tegishli fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjalik korxonalari, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjalik korxonalari ushbu xabarnomani olgandan keyin tegishli paxtani qayta ishlash korxonasi va yogʻ-moy korxonasi bilan 1-yanvargacha uch tomonlama shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yogʻ-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning hamda uni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan va qaytarib berilayotgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraning sifat koʻrsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ishlash uchun yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek qaytarib berilayotgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraga ularning sifat sertifikati ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qaytarib berilishi lozim boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraning shartnomada koʻrsatiladigan hajmi, ushbu mahsulotlar chiqishining soʻnggi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichlari asosida belgilanishi mumkin. Yogʻ-moy korxonalari korxonadagi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichlar toʻgʻrisida viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi vakilligiga maʼlumot taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlarning chiqish hajmlari, texnik chigit qayta ishlangan davrdagi yogʻ-moy korxonasining haqiqiy koʻrsatkichlari asosida qayta aniqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Fermer xoʻjaliklariga hamda pudratchi va boshqa boʻlinmalariga tegishli boʻlgan yogʻ-moy mahsulotlari belgilangan tartibda oldindan pul koʻchirish yoʻli bilan fermer xoʻjaliklariga hamda tegishli qishloq xoʻjalik korxonalariga shartnomada belgilangan muddatlarda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjalik korxonalarining topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomalari boʻyicha ularga qaytariladigan paxta isteʼmol yogʻini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan olinadigan yogʻ-moy mahsulotlari oilaviy pudratchi va boshqa xoʻjalik boʻlinmalariga toʻliq ravishda yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan olingan yogʻ-moy mahsulotlari, ular olishlari lozim boʻlgan mahsulotlar miqdoriga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanib, toʻliq hajmda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish bahosi, mahsulotni keltirish bilan bogʻliq transport xarajatlari qoʻshilgan holda hisoblanadi. Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish bahosiga boshqa xarajatlar va foydani qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hisob raqamida mablagʻi boʻlmagan qishloq xoʻjalik korxonalari uchun yogʻ-moy korxonalari tuman hokimlari bilan kelishgan holda har bir tumanda kamida bitta paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani pudratchi va boshqa boʻlinmalariga sotish shoxobchasini ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Har bir tumanda tashkil etilgan shoxobcha tomonidan pudratchi va boshqa boʻlinmalarga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjara mahsulotlari miqdori koʻrsatilgan va xoʻjalik rahbari tasdiqlagan roʻyxat asosida naqd pulga sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yogʻ-moy mahsulotlari shoxobcha orqali sotilganda, mahsulotning sotish bahosiga faqat mahsulotni keltirish bilan bogʻliq transport xarajatlari va shoxobchani ochish bilan bogʻliq xarajatlarigina qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish bahosiga boshqa xarajatlar va foydani qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan pudratchi va boshqa boʻlinmalarga hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari vakilligi tomonidan fermerlarga paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraning tarqatilishi ahvoli har oyda monitoring qilinadi va tarqatilish mahsulotlar boʻyicha tuman va viloyat hokimligiga axborot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizom Iqtisodiyot vazirligi, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzpaxtasanoat” hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmalari bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari A. SALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 17-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi raisi M.B. XUDOYOROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 17-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi E.E. ZIKRIYOEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 16-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S.Sh. QOBULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 15-aprel,
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son)