Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH VA BAʼZILARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-sentabr,
430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
3. Vazirlar Mahkamasining “Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 8-sentabrdagi 347-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorining 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 67-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligini va aholisini gaz bilan taʼminlashni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 2-dekabrdagi 587-son qarorida:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 4-bandda:
birinchi xatboshida “korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar” soʻzlari “xoʻjalik boshqaruvi organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “va limitlariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 5-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 6-banddan “isteʼmolchilarni gaz taʼminoti tarmoqlariga bundan buyon ulashni toʻxtatishni, ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik biznes subyektlari (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar va ovqat tayyorlash uchun) bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomning II boʻlimida:
a) 1.1-bandda:
“a” kichik bandda “davlat xoʻjaliklari, korxonalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklariga” soʻzlari “korxonalar va tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek ularni qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha sarflash sarflangan neft mahsulotlarining 2 baravar qiymatini aybdor yuridik shaxslardan undirib olishga sabab boʻladi”;
“g” kichik banddan “fondlardan, taqsimlash rejalaridan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“z” kichik band chiqarib tashlansin;
b) 1.2-bandda:
“a” kichik bandda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining ruxsatisiz yoqilgʻi ishlatiladigan qurilmalarga gaz berilishi gaz yuborishga ruxsat etgan gaz sotuvchi tashkilotlardan” soʻzlari “shartnomalar tuzmasdan gaz yetkazib berish gaz taʼminoti tashkilotlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“d) yoqilgʻi ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 5 baravar qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab boʻladi”;
“j” kichik bandda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz va loyihani roʻyxatdan oʻtkazmay” soʻzlari “loyihani “Oʻzdavneftgazinspeksiya”da” roʻyxatdan oʻtkazmasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
“z” kichik bandda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz” soʻzlari “ushbu ishlarni bajarishga “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning ruxsatisiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1.3-bandda:
“a” kichik band chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandda “tegishli ruxsatlarsiz” soʻzlari “tegishli shartnoma tuzmasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“i” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“i) elektr yoritgichlardan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek hududlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha, asossiz, ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish yorugʻlik texnikasi uskunasining oʻrnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib belgilangan ushbu maqsadlarda foydalaniladigan elektr energiyasi qiymatini 5 baravar miqdorida ulardan undirib olishga olib keladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibida:
a) 20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish, birja savdolari va auksionlar natijasida shakllangan monopolist korxonalar mahsulotlari narxlari bundan mustasno”;
b) 22-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Monopolist korxonalar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari birja savdolari va auksionlar orqali, shuningdek birja (auksion) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilganda, ularga nisbatan deklaratsiya toʻldirilgan cheklangan narx oshirilganligi uchun jazolar qoʻllanilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 561-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda):
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari bilan neft bazalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan tartibda beriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanuvchi ulgurji isteʼmolchilarga va hududiy gaz taʼminoti korxonalariga — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha;”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalarida:
a) 2.1-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 3.2-banddan “va saqlovchi tashkilotlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
g) 3.4-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining olingan tabiiy gaz uchun qonun hujjatlarida hisob-kitob qilishning alohida tartibi belgilangan strategik korxonalariga”;
d) 4.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.5. Respublika mintaqalari boʻyicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari isteʼmolchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi”;
e) 4.8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.8. Gazning isteʼmolchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishilmasdan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olinishi qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda koʻrsatilgan miqdorlarda yoʻl qoʻyilgan ortiqcha gaz sarfi uchun yetkazib beruvchiga oshirilgan haq toʻlanishiga olib keladi.
Navbatdagi oyga (yil choragiga) buyurtma berilgan tabiiy gaz hajmlariga doir shartnomalarga isteʼmolchining taklifi boʻyicha moʻljallanayotgan oʻzgartirishlardan kamida 10 kun oldin kiritilgan oʻzgartirishlar ortiqcha olish hisoblanmaydi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narx (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan birja savdolari va auksionlar orqali, shuningdek birja (auksion) kotirovkalarining oʻrtacha narxlariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilganda, deklaratsiya toʻldirilgan cheklangan narx oshirib yuborilganligi uchun ularga nisbatan jazo qoʻllanilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 16-modda):
a) 7-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada “Oʻztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan ulgurji isteʼmolchilar” ustuni isteʼmolchilarning aniq roʻyxati koʻrsatilmagan holda bayon qilinsin;
v) 3-ilovada:
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-bandda “b” kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi hamda “g” kichik band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)