O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH VA BA’ZILARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-sentabr,
430-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
3. Vazirlar Mahkamasining “Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 8-sentabrdagi 347-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorining 6-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 24-dekabrdagi 561-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda):
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari bilan neft bazalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan tartibda beriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanuvchi ulgurji iste’molchilarga va hududiy gaz ta’minoti korxonalariga — to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha;”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalarida:
a) 2.1-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 3.2-banddan “va saqlovchi tashkilotlar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
g) 3.4-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining olingan tabiiy gaz uchun qonun hujjatlarida hisob-kitob qilishning alohida tartibi belgilangan strategik korxonalariga”;
d) 4.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.5. Respublika mintaqalari bo‘yicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari iste’molchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi”;
e) 4.8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.8. Gazning iste’molchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishilmasdan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olinishi qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda ko‘rsatilgan miqdorlarda yo‘l qo‘yilgan ortiqcha gaz sarfi uchun yetkazib beruvchiga oshirilgan haq to‘lanishiga olib keladi.
Navbatdagi oyga (yil choragiga) buyurtma berilgan tabiiy gaz hajmlariga doir shartnomalarga iste’molchining taklifi bo‘yicha mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlardan kamida 10 kun oldin kiritilgan o‘zgartirishlar ortiqcha olish hisoblanmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 16-modda):
a) 7-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada “O‘ztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilar” ustuni iste’molchilarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilmagan holda bayon qilinsin;
v) 3-ilovada:
1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-bandda “b” kichik bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshi hamda “g” kichik band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)