Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004 08.09.2000 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NON VA QANDOLATChILIK MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARUVChI YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan ta’minlash va uning davlat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalarining do‘konlari negizida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan ta’minlash bo‘yicha ilovaga* muvofiq ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana do‘konlar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda tashkil etiladigan ulgurji-chakana do‘konlarining joylashtirilishini ikki hafta muddatda belgilasin hamda ularni qo‘shimcha nazorat-kassa apparatlari va boshqa zarur savdo jihozlari bilan ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, keyinchalik yakka tartibdagi tadbirkorlarga un sotish bo‘yicha qo‘shimcha ulgurji-chakana do‘konlar ochish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana do‘konlarida un, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimliklar tomonidan “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasining hududiy bo‘linmalariga taqdim etiladigan ro‘yxat bo‘yicha faqat belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqd hisob-kitob qilishning belgilangan hajmlari doirasida, faqat nazorat-kassa apparatlaridan foydalanilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan chakana narxlarda sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2000-yil va undan keyingi davrlar hosilidan davlat resurslari uchun oziq-ovqat bug‘doyi etishtirish va undan foydalanish balanslarining asosiy normativlarini ishlab chiqishda “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga tashkil etilayotgan ulgurji-chakana do‘konlar tarmog‘i orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratishni nazarda tutsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana do‘konlar tarmog‘i orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 8-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 92-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 37-son, 411-modda)