Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining tayanch punktlari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 85-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lombardlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-martdagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 34-modda) 1-bandida, 2-bandining birinchi xatboshida hamda 3-bandidagi tegishli kelishikdagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Davlat xizmatlari markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 3-bandidagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi)” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlarida (keyingi oʻrinlarda “markazlar” deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2 va 3-bandlardagi, 4-bandning birinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi — uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi, 8-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 10-banddagi, 13-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning uchinchi xatboshidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi hamda 20 va 21-bandlardagi, shuningdek 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazi” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 9-martdagi 70-son qarorining rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 17-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
v) 3-ilovada:
3-banddagi “yedinie sentri po okazaniyu gosudarstvennix uslug subyektam predprinimatelstva po prinsipu “odno okno” (daleye — sentri “odno okno”)” soʻzlari “Sentri gosudarstvennix uslug (daleye — sentri)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 10-banddagi, 13-bandning ikkinchi xatboshidagi, 17-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshidagi, 20-bandning birinchi xatboshidagi, 21-banddagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi, 29-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, shuningdek, 1-ilovadagi “odno okno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Summa sbora zachislyayetsya na bankovskiy schet ispolnitelya, 20 protsentov iz kotoroy zachislyayetsya na litsevoy schet vnebudjetnogo fonda Agentstva gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan”;
oltinchi xatboshidagi “odno okno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomning 26-bandi uchinchi xatboshidagi “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi yagona markazlarning” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 23-son, 265-modda) bilan tasdiqlangan Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom 6-bandining “i” kichik bandidagi “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish markazi” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 11-avgustdagi 258-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2016-yil 15-avgust, 32-son, 391-modda) 10-bandidagi “yagona darcha” markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 353-son (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2016-y., 42-son, 491-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan davlat elektron xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash metodikasining rus tilidagi matni 5-bandidagi “yedinie sentri po okazaniyu gosudarstvennix uslug subyektam predprinimatelstva po prinsipu “odno okno” soʻzlari “Sentri gosudarstvennix uslug” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda):
a) 1-ilovada:
2-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus shaxsiy hisob raqamiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
2-bandning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlangan davlat bojining barcha summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
26. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 27-son, 614-modda):
a) 2-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi ““yagona darcha” markazlari” degan soʻzlar “Davlat xizmatlari markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
b) 3-ilovaning 22-bandi oltinchi xatboshidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” degan soʻzlar “Davlat xizmatlari markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 40-son, 1056-modda):
a) 2-bandning “v” kichik bandida “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
3-bandda “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning uchinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 11 — 13-bandlardagi, 14-bandning birinchi xatboshidagi, 22-bandning yettinchi xatboshidagi, 25 — 27, 29-bandalardagi, 30-bandning ikkinchi xatboshidagi, 41-banddagi, 63-bandning birinchi xatboshisidagi, 64-banddagi, 66-bandning ikkinchi xatboshidagi, 68-banddagi, 77-bandning birinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Murojaat shaklidan qatʼi nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
toʻlanadigan mablagʻning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlovning qolgan qismi ishchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltiriladi.
Daʼvogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan toʻlov qaytarib berilmaydi”;
46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Litsenziya berish uchun toʻlanadigan davlat boji summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Murojaat shaklidan qatʼi nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
elektron shaklda murojaat etganda — toʻlanadigan mablagʻning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Litsenziya berish uchun davlat bojining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi”;
67-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlanadigan yigʻim summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
murojaat shaklidan qatʼi nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
elektron shaklda murojaat etganda — toʻlanadigan mablagʻning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlarning qolgan qismi ishchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltiriladi”;
v) 3-ilovadagi “Maʼlumot taqdim qilish uchun masʼul organ” ustunining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi 834-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 42-son, 1084-modda) 6-bandning yettinchi xatboshidagi va 7-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida” soʻzlari tegishli kelishikda “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)