O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji summasining 80 foizi miqdoridagi mablag‘lar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 18 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
mansabdor shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima summalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda Agentlik to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda davlat xizmatlari ko‘rsatish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
PQ-3430-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 07/17/3430/0406-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)