29.06.2017 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son va “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son farmonlarini ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda Vaqtinchalik nizom deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik nizom talablarining so‘zsiz bajarilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mavjud resurslarni safarbar etish bo‘yicha kunlik monitoring olib borilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishiga, shuningdek davlat maqsadli dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Vaqtinchalik nizom doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari davlat soliq xizmati, moliya organlari va boshqa tegishli mahalliy organlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha manbalarni izlash va shu asosda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha faoliyat muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishning qo‘shimcha zaxiralarini izlash va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalarini hisobga olgan holda soliq tushumlarining aniqlashtirilgan prognozlarini keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga yetkazish uchun vazirlikning markaziy apparatidan malakali mutaxassislarni har oyda joylarga yuborsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini kuchaytirsin, bunda quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tiborni qaratsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati ustidan joyning o‘ziga chiqib nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarga har kungi yo‘l-yo‘riq berishni o‘z ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilishning, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar va naqd pul tushumi xronometrajini o‘tkazish davomida funksional vazifalar lozim darajada bajarilmasligining hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslikning oldini olish va buning uchun qonunchilik doirasida qat’iy jazolarni qo‘llash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hudud va har bir soliq to‘lovchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha doimiy yangilab boriladigan to‘liq ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini, shuningdek tuman (shahar) darajasida axborot tizimlarining samarali va uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hisobot davri yakuni bo‘yicha Vaqtinchalik nizom bajarilishini tanqidiy tahlil qilsin, keyinchalik qo‘shimcha zaxiralarni topish va shu asosda mahalliy budjetning daromad bazasi kengaytirilishini barbod qilgan yoki o‘zini chetga olgan davlat soliq xizmati va moliya organlarining hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
445-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari parametrlarining so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorlik qilishini tartibga soladi va vazifalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari tomonidan har oyda joylarga chiqqan holda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalaridan kelib chiqib qo‘shimcha zaxiralarni izlash natijalari va shu asosda tuman budjetining daromad bazasini kengaytirish hisobga olingan holda budjetlar daromadlarining aniqlashtirilgan prognoz parametrlari shakllantiriladi hamda ijro uchun tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda moliya bo‘limlari deb ataladi) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Vaqtinchalik nizomning bajarilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi asosiy e’tiborni soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati ustidan nazoratni joyiga chiqqan holda amalga oshiradigan mansabdor shaxslarga har kuni yo‘l-yo‘riq berishni, lavozim vakolatlari shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilinishi, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazishda funksional majburiyatlarga rioya etilmaslik holatlarini bartaraf etish va qonunchilik doirasida qat’iy jazolashni o‘z ichiga qamrab oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda tizimli nazorat qiladi hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalliy budjetlar daromadlar qismini shakllantirish masalalari bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari har oyda ishlab chiqarish dinamikasi va tendensiyalariga, hajmlarining o‘zgarishiga, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ochilishiga va soliq to‘lovchilarning sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va majburiy ajratmalar tushumlari prognozining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda moliya bo‘limlari aniqlangan qo‘shimcha tushumlar manbaini, shu jumladan aniqlangan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotlar bazasida hisobga olinmagan soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya bo‘limi rahbari har chorakda oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet parametrlari prognozini tasdiqlatish uchun tumanlar hokimlariga kiritadi, keyinchalik tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga ijro etish uchun yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, mas’ul xodimlar va oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet daromadlari parametrlarining prognozi ilova qilingan o‘zaro hamkorlik natijalari bo‘yicha tayyorlanadigan hujjatlar shakllari belgilangan tuman (shahar) moliya bo‘lim va davlat soliq inspeksiyasining qo‘shma buyrug‘i asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilarni va tushumlarni to‘liq qamrab olishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq tushumlarini to‘liq qamrab olishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini, Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobidan tushumlarni oshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hamda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
debitorlik va kreditorlik qarzlarning o‘sishini qisqartirishni va mahalliy budjetlarga tushumlarni oshirishni ta’minlash ishlarini olib borish doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tuman moliya bo‘limi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy boshqarmalari xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha zaxiralar to‘g‘risidagi axborotlarni alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda taqdim etadilar. Bir vaqtning o‘zida soliqlar va to‘lovlar manbalari, to‘lovchilar, hisobga olinmagan soliq solish obyektlari, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha aniqlangan zaxiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga to‘lovlarni undirish va hisobga qo‘yish choralarini ko‘rish uchun yuboriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Moliya bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi aniqlangan qo‘shimcha manbalarni soliq solish bazasiga kiritish bo‘yicha barcha choralarni ko‘radi va ko‘rilgan choralar bo‘yicha alohida shaklda ma’lumotlarni yozma tarzda yoki elektron shaklda moliya bo‘limiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek iqtisodiy kompleksning boshqa bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizom ijrosini ta’minlash uchun har kuni tezkor xizmat yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va tushumlar tushishini ta’minlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari bir ish kun davomida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarning to‘lanishini nazorat qilish maqsadida 25 tadan kam bo‘lmagan obyektlarni borib ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) tuman organlarida hisobga olinmagan jismoniy shaxslarning obyektlari va yer uchastkalari aniqlangan hollarda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari ularni keyinchalik hisobga qo‘yish uchun ko‘rsatilgan organlarga axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilot xodimlarining jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan qarzdorliklari mavjud bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qarzdorlar ro‘yxati shakllantiriladi va keyinchalik soliq qarzini belgilangan tartibda undirish yuzasidan yordam ko‘rsatish uchun ushbu tashkilotlarga yoki ularning yuqori organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan tushadigan tushumlarni to‘liq qamrab olish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning avtomatlashtirilgan bank tizimlari orqali to‘liq tushishi maqsadida har kuni bitta bozor va savdo kompleksida savdo joylarining sotuvchilar bilan to‘liq bandligi kuzatib boriladi va hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bozorlarning tushumlari kamaygan hollarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan naqd pul tushumi tushishining xronometraji tashkil etiladi, tushumlarning pasayib ketishi sabablari aniqlanadi va qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari bozorlar va savdo komplekslari hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan tushadigan tushumlarni qamrab olish bo‘yicha quyidagi choralarni amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning undirilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqd pul tushumi to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish (3 tadan kam bo‘lmagan) obyektlarida xronometraj tashkil etadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sun’iy ravishda narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (soxta) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazoratni amalga oshiradilar va tekshirishlarni tashkil qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan, shuningdek quyidagilarni aniqlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida ro‘yxatga olinmagan noturar joy obyektlarini aniqlash va keyinchalik ularni soliq solish obyekti sifatida hisobga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslarni aniqlash hamda ularni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor va savdo kompleksiga tutash hududlarda avtoto‘xtash joylarini aniqlash va tuman (shahar) hokimiga avtoto‘xtash joylarini bozorlar va savdo komplekslarining tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq tushumlarining to‘liq tushishini ta’minlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar tushumini nazorat qilish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badali tushishini ta’minlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har kuni qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badallaridan qarzi mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (3 tadan kam bo‘lmagan) bilan profilaktik suhbat o‘tkazadilar, shuningdek mazkur qarzlarni undirish choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har kuni faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning mavjudligi yuzasidan (3 tadan kam bo‘lmagan) ularni kuzatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hafta davomida davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan yollanma (kamida 2 nafar) xodimlarini aniqlaydilar va ularni hisobga qo‘yishni ta’minlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (kamida 2 nafar) yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini qayta tiklash yuzasidan ko‘maklashadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yirik miqdordagi pul aylanmalarini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning (kamida 2 nafar) faoliyatini tahlil qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan faoliyat turiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni (kamida 2 nafar) aniqlaydilar va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda va tartibda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etmagan, shuningdek ushbu daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini to‘lamagan jismoniy shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi hamda belgilangan tartibda soliq qarzini undirish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Investitsiya loyihalarini va Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga tushumlarni ko‘paytirishni ta’minlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Investitsiya loyihalari va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik doirasida davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tegishli yil uchun tasdiqlangan investitsiya loyihalari va Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tuman (shahar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga har tomonlama ko‘maklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishga ko‘maklashish doirasida bir ish kuni davomida o‘rtacha 2 ta obyektlarni o‘rganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish loyihalarining bajarilmayotganligi, ortda qolayotganligi sabablarini o‘rganadilar va o‘rganish yakunlari bo‘yicha qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniq takliflar kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari loyiha tashabbuskorlari, shuningdek tuman (shahar) tijorat banklari, moliya bo‘limlari, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda aniqlashtirilgan tarmoq jadvallarining bajarilishi, shuningdek tegishli quvvatlarning ishga tushirilishi ustidan ta’sirchan monitoring o‘rnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bir ish kuni davomida faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarga (kamida 2 ta) boradilar va o‘rganadilar hamda o‘rganish yakuni bo‘yicha mazkur korxonalarning ro‘yxatini tuzadilar, ularning faoliyati bo‘yicha materiallarni yig‘adilar va tuman (shahar) moliya bo‘limlariga hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablarini aniqlaydilar va ular faoliyatini tiklash bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniq takliflar kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari korxona muassislari, shuningdek bank, iqtisodiyot va moliya organlari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash chora-tadbirlarini tashkil etadilar va ularning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan monitoring o‘rnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlariga qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlarini aniqlashda, keyinchalik ularning ro‘yxatini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qarori bilan tashkil etilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) kiritishda ko‘maklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari mulkdorlari tomonidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida Komissiya xulosasi asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari — yuridik shaxslarning soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zlariga tegishli qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘ini va yer solig‘ini ikki karra oshirilgan stavka bo‘yicha to‘lashlarini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tegishli tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yakunlari bo‘yicha past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning ro‘yxatini tuzadilar, ularning faoliyati bo‘yicha materiallarni yig‘adilar va tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga axborot taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha korxonalar faoliyatining past rentabelligi va zarar ko‘rib ishlashi sabablarini o‘rganib, keyinchalik tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning muassislari va rahbariyati, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Debitorlik va kreditorlik qarzlarning o‘sishini qisqartirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari tomonidan har kunlik asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holati tahlil qilinadi va ularni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzlarini qisqartirish ishlari amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni to‘liq undirish va noreal qarzlar hosil bo‘lishi holatlarining oldini olishga qaratilgan korxonalarning o‘zaro hisob-kitoblari tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha ma’lumot va takliflar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 182-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash hududiy komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tegishli muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash hududiy komissiyasi har oyda tarmoqlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarning holatini, shuningdek tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari takliflarini ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari, moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlarni o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘li bilan budjet parametrlari ustidan monitoring olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish va to‘lov intizomini mustahkamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘li bilan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Soliq to‘lovchilarga soliq solish va soliq majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, mavjud soliq imtiyozlari va pereferensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan keng tushuntirish ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar orqali yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari mahallalarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga soliq solish masalalari yuzasidan maslahatlar beradilar, soliq tushumlari mohiyatini va soliq majburiyatlari bajarilishini tushuntiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Vaqtinchalik nizom ijrosi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan hudud bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning umumlashgan ma’lumoti har kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari ijrosi yuzasidan javobgarlik va nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi har oyda mazkur Vaqtinchalik nizomning bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarining moliya organlari xodimlari tomonidan bajarishga doir vazifalari va tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan mavjud rezervlarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha har kuni o‘tkaziladigan monitoringni hisobga olgan holda budjetni ijro etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari har oyda joylarga borgan holda qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va shu asosda mahalliy budjetning daromadlar bazasini kengaytirishni hisobga olgan holda, tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va sur’atlaridan kelib chiqib aniqlashtirilgan prognozlarni shakllantirishda va davlat soliq xizmati organlariga yetkazishda qatnashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Rezervlarni aniqlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha tuman moliya bo‘limlarida ishlarni tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalliy budjet daromadlar qismining shakllanishi masalalariga mutasaddilik qiluvchi moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari har oyda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz tushumlarini ishlab chiqarish dinamikasi va sur’atlarining o‘zgarishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi va soliq to‘lovchilar sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib hisob-kitob qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya bo‘limi rahbari oyma-oy bo‘lingan mahalliy budjet prognoz parametrlarini tuman (shahar) hokimlariga tasdiqlash va keyinchalik uning ijrosini ta’minlash uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yetkazish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya bo‘limi rahbari o‘z buyrug‘i bilan har bir xodimga 5 tadan kam bo‘lmagan daromadlar manbaini biriktiradi va ushbu manbalar bo‘yicha tuman moliya bo‘limi xodimi tomonidan tuman (shahar) moliya bo‘limlari va tuman davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar bazasi bo‘yicha monitoring amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya bo‘limining mas’ul xodimi amalga oshirilayotgan monitoring doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya organlarining ma’lumotlar bazasini statistika organlari, Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar tuman bo‘limlari va notariuslar, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasini taqqoslash orqali qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari — yakka tartibdagi tadbirkorlarni, shuningdek ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlashning to‘g‘riligini va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalari va mol-mulkning to‘liq hisobga olinganligini tekshirish orqali jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarining to‘liqligini o‘rganadi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan soliq to‘lovchilarning faoliyatini joylarga borib o‘rganishlarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq qarzini uzish uchun maqsadli marshrutlarni ishlab chiqish va mablag‘larni keyinchalik budjetga yo‘naltirish maqsadida yuridik shaxslarning soliq qarzdorligi holatini o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlarning, ishchilar sonining, o‘rtacha ish haqining va eksport hajmining to‘liq hisobga olinishini kuzatib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo komplekslari, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish va avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatini, shuningdek davlat mulki bo‘yicha eng kam ijara haqi stavkasining to‘g‘ri qo‘llanishini har kuni (har haftada) tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya organlarining mas’ul xodimlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini ham olib boradi. Monitoring qilish maqsadida moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga 10 tadan kam bo‘lmagan miqdorda hududiy dasturlarni biriktiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning tarmoq jadvallari bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Moliya organlarining va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalarining mas’ul xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha rezervlar to‘g‘risida, alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda axborot taqdim etadilar. Ayni bir vaqtda davlat soliq inspeksiyalariga soliqlar va to‘lovlar manbalari bo‘yicha aniqlangan rezervlar, soliq solish obyektlarida hisobga olinmagan soliq to‘lovchilar, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘lovlarni undirish va hisobga qo‘yish choralarini ko‘rish uchun yuboriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Olib borilayotgan monitoring va tizimli tahlil natijalari asosida moliya bo‘limi rahbari tomonidan tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga choralar ko‘rish uchun quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar budjetlarining aniqlashtirilgan prognoz parametrlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash va manbalar bo‘yicha tushumlarni ko‘paytirishning qo‘shimcha rezervlarini aniqlash bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud muammolarni, hududiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallaridan orqada qolishlarning yoki ular bajarilmasligining oldini olish bo‘yicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Moliya bo‘limining mas’ul xodimi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida budjet tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorlikni jismoniy shaxslardan undirishga ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlari xodimlari ish haqidan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek yangi korxonalarni ishga tushirish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tizimli tahlil qilish uchun moliya bo‘limining mas’ul xodimi statistika organlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari ma’lumotlari asosida yangi ishga tushirilgan va ishga tushiriladigan korxonalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz summalarini hisob-kitob qiladi va ularni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bozorlar daromadi, savdo va umumiy ovqatlanish tovar aylanmasi, avtomobillarga yonilg‘i quyish va avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari tushumi, shuningdek davlat mulki bo‘yicha eng kam ijara haqi stavkasi kamayganda tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbari davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda tushumlar kamayishi sabablarini aniqlaydi va qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Foydalanilgan elektroenergiya va tabiiy gaz dinamikasini, shuningdek korxonalar tomonidan olingan kredit hajmini ularning sof tushumi va ishlayotgan xodimlar soni bilan taqqoslash orqali foydalanilgan elektroenergiya va tabiiy gaz dinamikasi saqlanib qolgan holda sof tushum hajmini va xodimlar sonini kamaytirib ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tuman moliya bo‘limi rahbari yuzaga kelgan mahalliy budjetlar daromad bazasini kengaytirish bo‘yicha aniqlangan rezervlar to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiradi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan rezervlarni mahalliy budjetga jalb qilish uchun operativ choralar ko‘rish uchun har haftada kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetlar daromad bazasini kengaytirish, subvensiya darajasini pasaytirish va ularni bosqichma-bosqich subvensiyadan chiqarish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish monitoringi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Doimiy monitoring olib borish maqsadida tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga moliya organining mas’ul javobgar xodimi tomonidan doimiy monitoring amalga oshiriladigan kamida 10 ta hududiy loyihalarni biriktiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliya bo‘limlarining mas’ul xodimlari hududiy dasturlarning amalga oshirilishi monitoringini quyidagilar orqali amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘sh turgan obyektlar xatlovini o‘tkazish va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan korxonalar bo‘yicha xulosalar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalar va ishlamayotgan korxonalarning iqtisodiy holatini o‘rganish va ularni sog‘lomlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Monitoring natijalari bo‘yicha bajarilishi orqada qolayotgan yoki tarmoq jadvallari bajarilmayotgan loyihalar bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumot va taklif taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mahalliy budjetlar xarajatlarining shakllantirilishi va bajarilishi monitoringi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Monitoring maqsadida tuman (shahar) moliya bo‘limi va g‘aznachilik bo‘limlari rahbarlari o‘zlarining buyruqlari bilan har bir mas’ul xodimiga moliya organi va g‘aznachilik bo‘limlarining mas’ul xodimi tomonidan doimiy monitoring amalga oshiriladigan kamida 10 ta budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarini biriktiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21.Mahalliy budjetning xarajatlar qismi bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari va g‘aznachilik bo‘linmasi rahbari tegishli budjet parametrlarining so‘zsiz bajarilishini, mahalliy budjetlar xarajatlarining sifatli rejalashtirilishini va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Moliya bo‘limlarining va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlari tomonidan ish haqini, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashga o‘z vaqtida buyurtma taqdim etilishini ta’minlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlari xarajatlarini budjet tashkilotlari faoliyatini masofaviy va joyiga borib o‘rganish orqali har kunlik monitoringni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining tarmoq, kontingent, shtatlar jadvali va moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va kam samarali xarajatlarni optimillashtirishni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiyasidan daromadlar tushumini tahlil qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni, bo‘sh turgan joylar, binolar va vaqtincha foydalanilmayotgan qurilmalar va asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushumlarning budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini joylarga borib o‘rganadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shimcha moliyalashtirishga va o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlari to‘g‘ri shakllantirilganligini tahlil qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlarini hisoblash asboblari mavjudligini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek budjet tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan solishtirma dalolatnomalar mavjudligini, xarajatlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini o‘rganish orqali budjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzdorlikning oshishini bartaraf etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Moliya bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha budjet tashkilotlari rahbarlari nomiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdimnoma tayyorlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Moliya bo‘limi rahbari har oyda mahalliy budjetlar xarajatlarining ijrosi va shakllantirilishi monitoringi natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga tegishli takliflar, shu jumladan budjet tashkilotlarining bo‘sh turgan va vaqtincha foydalanilmayotgan obyektlari bo‘yicha keyinchalik ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish uchun ma’lumotlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarilishida davlat soliq xizmati organlarining vazifalarini belgilaydi va birgalikdagi harakatlarini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DSQ deb ataladi) asosiy e’tiborni soliq to‘lovchi — jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini joyiga chiqib nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har kuni yo‘riqnoma o‘tkazish, lavozim vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilinishi, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazish va naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajida funksional majburiyatlarga rioya etmaslik holatlarini bartaraf etish va amaldagi qonunchilik doirasida qat’iy jazolashlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratgan holda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyati yuzasidan nazoratni kuchaytirish va oshirish choralarini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. DSQ organlarining to‘liq yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs ma’lumotlar bazasini shakllantirishni hamda uning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari bo‘yicha axborotlarni yig‘ish asosida yangilanishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. DSQ Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir hisobot davri yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni izlash va buning asosida har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishi bo‘yicha hududiy moliya va soliq organlari faoliyatini tanqidiy tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jismoniy shaxslar faoliyatini nazorat qilish hisobiga soliq tushumlarini ko‘paytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy shaxslar tomonidan mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lanishining nazorati bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari kun davomida o‘rtacha 25 ta obyektga boradilar va shu bilan birga:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joylarga mulk huquqlarini o‘z vaqtida ko‘chmas mulkka egalikni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organlarida rasmiylashtirilganligi yuzasidan kadastr hujjatlarining mavjudligini aniqlashtiradilar va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) hududiy organlariga ma’lumot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq obyektlarini baholash va qayta baholash ishlarini nazorat qiladilar, zarur holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga muvofiq “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlariga so‘rovnoma yuboradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk obyektlari va yer uchastkalariga hisoblangan budjetga to‘lanadigan soliqlar summasi haqida fuqarolarni (to‘lov xabarnomasi orqali) xabardor qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlarni belgilangan muddatlarda to‘lash va muddatida to‘lanmagan taqdirda soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar olib boradilar, vakolatli organlar bilan birgalikda majburiy undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer solig‘ini muntazam ravishda to‘lamaslik holatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasiga egalik qilish huquqini to‘xtatish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimiga talabnoma kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qat’iy belgilangan soliq va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari tushumini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har kuni qat’iy belgilangan soliq va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallaridan qarzi mavjud bo‘lgan (3 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek soliq qarzini undirish choralarini ko‘radi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har kuni faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (3 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bo‘yicha kuzatuv olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan (4 nafardan kam bo‘lmagan) jismoniy shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasida belgilangan ma’muriy choralarni qo‘llash bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazadi va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hafta davomida:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (2 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini qayta tiklash va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan (2 nafardan kam bo‘lmagan) ishchilarni davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik miqdordagi aylanmalarini amalga oshirayotgan hamda ro‘yxatdan o‘tgan faoliyat turi bilan haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turi mos kelmaydigan (2 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlariga yilning 1-apreliga qadar, ikki yoki undan ko‘p manbadan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan jismoniy shaxslar, shuningdek hisoblangan soliq summalarini yilning 1-iyuniga qadar to‘lamagan jismoniy shaxslar ro‘yxatini shakllantiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy choralar qo‘llash bayonnomasini tuzadilar va materiallarni belgilangan tartibda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot bo‘limiga taqdim etadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq qarzdorligini to‘lash bo‘yicha talabnomalar yuboradilar va qonunchilikka muvofiq majburiy undirish choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslarni aniqlaydilar, ularni hisob qo‘yishni amalga oshiradilar, deklaratsiya topshirilishi va jismoniy shaxslarning daromadlariga hisoblangan soliqni undirishni ta’minlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan noturar obyektlar, shuningdek 12 oy davomida ikki martadan ortiq sotilgan turar joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar va noturar joylarni noqonuniy ijaraga topshirish holatlari aniqlanganda, ushbu jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni qo‘llash to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi va tegishli soliqlar undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kameral nazorat hisobiga mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan soliq hisobotlarini qabul qiladi va o‘rganadi, soliq hisoboti belgilangan shaklda taqdim etilmagan taqdirda Soliq kodeksining 45 va 46-moddalariga muvofiq soliq hisobotlarini soliq to‘lovchiga belgilangan tartibda qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot davri yakunlangandan keyin uch kun ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan soliq yoki moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘radi. Soliq to‘lovchi tomonidan xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng to‘xtatilgan bank hisobvaraqlari bir kun ichida qayta tiklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotlarining o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud ma’lumotlarga asosan alohida reja jadval asosida kameral nazorat o‘tkazadi (choraklik hisobotlar bo‘yicha har 3 oyda, yillik soliq va moliyaviy hisobotlar bo‘yicha keyingi yilning 1-mayiga qadar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy va soliq hisobotlari to‘ldirilishining to‘g‘riligini, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum, shuningdek soliq stavkalarini, imtiyoz olish huquqining asoslari to‘g‘riligini o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nol ko‘rsatkich bilan taqdim etilgan hisobotlarini, soliq summalarining kamayish sabablarini o‘tgan yil bilan solishtirib o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotlarini mavjud tashqi manba (sof tushum, banklarga inkassatsiya qilingan naqd pul summasi) ma’lumotlari bilan to‘g‘ri taqdim etilishini o‘rganadi va tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotlari ko‘rsatkichlarini banklar, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘z vakolati doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar bilan aniqlashtirilgan ma’lumotlar olish uchun o‘zaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kameral nazoratni amalga oshirish chog‘ida aniqlangan tafovutlar va xatolar to‘g‘risida keyinchalik tegishli tuzatishlar kiritishni talab qilib O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchini xabardor qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan soliq hisobotiga o‘n kun muddatda tuzatish kiritish haqidagi talabnomaning o‘z muddatida bajarilishi nazoratini yuritadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq to‘lovchi tomonidan soliq va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan holatlarda soliq to‘lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kameral nazorat natijasida aniqlangan tafovutni bartaraf etmagan va aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmagan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasiga asosan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kameral nazorat natijalari bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga borgan holda mavzuli ekspress-o‘rganishlarni amalga oshiradilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish hisobiga mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida, moliyaviy faoliyatni tahlil qilish, debitor qarzdorlikni o‘rganish hamda hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy ajratmalarni undirish uchun har bir xodimga korxonalar biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Korxona va tashkilotlarga biriktirilgan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasiga muvofiq, hisobvaraqlariga o‘z vaqtida to‘lov topshiriqnomalarini qo‘ymagan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xo‘jaliklari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqlariga kirim qilinishi, mazkur mablag‘larni hisoblangan soliqlarni to‘lashga to‘liq yo‘naltirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 28-iyundagi PQ-110-son qaroriga muvofiq, o‘z vaqtida “Xalq banki” ATBga reyestrlarni taqdim etmagan korxonalarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tuman (shahar) hududida yuridik shaxslarning bo‘sh turgan bino va inshootlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari va boshqa organlar bilan birgalikda mazkur binolarni tadbirkorlik subyektlariga berish ishlarini tashkil etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ushbu korxonalarning faoliyatini qayta tiklash yoki ularni tugatish choralari ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq, tugatish istagini bildirgan korxona va tashkilotlarning moliyaviy — xo‘jalik faoliyatini yakuniy tekshiruvdan o‘tkazish va qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish choralari ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob.Chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida tadbirlar o‘tkazish hisobiga mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tizimli nazorat qilib borish maqsadida har bir subyektga joyiga borgan holda kunlik monitoring o‘tkazib borish uchun davlat soliq xizmati organlari va tijorat banklarining mas’ul xodimlari biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat soliq xizmati organlari va tijorat banklaridan biriktirilgan mas’ul xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarining rahbarlari va xodimlari bilan naqd pul tushumlarining to‘liq topshirilishi yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatga olish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan naqd pul tushumlarini topshirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablar va ularni buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida alohida profilaktik suhbat o‘tkazadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi noturar binolarga hisoblangan mol-mulk solig‘i va yer soliqlarini undirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun buzilish faktlari to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida, tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazadilar;
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida qabul qilingan qarorlar asosida qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarni undirish choralarini ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatlarda moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda tegishli choralarni ko‘rish uchun iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvi o‘tkazish davomida noqonuniy ravishda xodimlarni yollash va ish haqi berish holatlarini aniqlaydilar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Mahalliy budjet daromadlar bazasini bozorlar va savdo komplekslari bo‘yicha tadbirlar hisobiga kengaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda har kuni, avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali kelib tushadigan bir martalik to‘lovlar, ijara to‘lovlari va boshqa tushumlarning to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida, bozor va savdo komplekslaridagi savdo qilish joylarining to‘liq bandligi monitoringi o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar va savdo komplekslarida naqd pul tushumi kelib tushishi pasaygan taqdirda xronometraj o‘tkazish tashkillashtiriladi va tushumlarning pasayib ketish sabablari aniqlanadi hamda qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlar va jismoniy shaxslarda tegishli hujjatlarning mavjudligi bo‘yicha kundalik monitoring olib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har kuni, naqd pul tushumining to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xronometrajlar tashkillashtiriladi va soliqqa tortish bazasini kengaytirish choralari ko‘riladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qimmatlashgan narxlarda sotishning oldini olish bo‘yicha nazorat choralari o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlarda qalbaki, sifatsiz mahsulotlarni tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat amalga oshiriladi va tekshiruvlar tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorlarning keyingi faoliyatini o‘rganish amalga oshiriladi hamda kuzatuv dalolatnomalari tuziladi va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda tekshirishlar tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Soliq to‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatish va to‘lov intizomini ta’minlash yo‘li bilan mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yishda ular bilan profilaktik suhbat olib boradilar va ularni soliq majburiyatlari bilan tanishtiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda kamida ikki marta tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yetkazadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda fuqarolar o‘rtasida soliq majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan har kuni tushuntirish o‘tkazadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan huquqbuzarliklar va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ommaviy axborot vositalarida har oyda kamida bir marta chiqishlar tashkil etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat xizmatlari markazlari va boshqa organlar bilan birgalikda yoshlar, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun “Tadbirkorlik soati” tadbirlarini tashkil etadilar.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 614-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)