29.11.2017 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan bir xilda va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda sudlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida” va “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek sug‘urta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. FKning 914-moddasiga muvofiq sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxsning (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urta qildiruvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa doirasida to‘lash majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy sug‘urta esa sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchining (sug‘urtalangan shaxsning) hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa sug‘urta hodisasi yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sug‘urta pulini bir yo‘la to‘lash yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FKning 927-moddasi sug‘urta shartnomasining shakliga nisbatan talabni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga asosan bunday shartnoma yozma shaklda tuzilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi tomonidan imzolagan va sug‘urta shartnomasi shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta shartnomasining shakliga nisbatan belgilangan talabga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Sudlar sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda shuni inobatga olishi kerakki, sug‘urta shartnomasining sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan sug‘urtaning standart qoidalari asosida tuzilgan qismiga nisbatan qo‘shilish shartnomasi haqidagi FKning 360-moddasi qoidalari qo‘llanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi tomonidan imzolangan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilganida, sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘langanda birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sug‘urta puli miqdori FK 929-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sug‘urta shartnomasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta puli taraflarning sug‘urta shartnomasidagi kelishuviga asosan aniqlanadi va FK 934-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urtalashda ushbu miqdor, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning asl narxidan (sug‘urta narxidan) oshib ketmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FK 938-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lsa, shartnoma sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lgan sug‘urta puli qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy emas hisoblanadi. Bunday holatda sug‘urta mukofotining ortiqcha to‘langan qismi qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. FK 931-moddasining birinchi qismiga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi bunday shartnomani tuzish vaqtida o‘ziga ma’lum bo‘lgan sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug‘urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni sug‘urtalovchiga xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori (sug‘urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar deganda, sug‘urta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sug‘urta qildiruvchiga berilgan sug‘urta qoidalarida yoki yozma so‘rovda sug‘urtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qo‘yilgan xavfni o‘ziga qabul qilgan sug‘urtalovchi tomonidan baholash uchun ahamiyatli holatlar deb tushunish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. FKning 932-moddasiga asosan mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga, shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida esa sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FK 935-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, mol-mulkning shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta qiymati miqdori haqida taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lsa, uning ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, agar shartnoma tuzilgunga qadar sug‘urta xavfini baholash bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanmagan sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan bu qiymat borasida bila turib chalg‘itilgan bo‘lsa, mol-mulkning sug‘urta qiymati miqdori ustida nizolashish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, agar sug‘urta qildiruvchida (naf oluvchida) sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zarar miqdori sug‘urta shartnomasida belgilangan zarar miqdoridan oshmasa yoki kam bo‘lsa, ixtiyoriy mulkiy sug‘urta shartnomasining shartlarida sug‘urta tovonini to‘lashni istisno qiluvchi qoida belgilab qo‘yilishi mumkin (franshiza). Franshiza muayyan foiz yoki aniq miqdorida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. FKning 947-moddasiga ko‘ra, sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki birinchi badal to‘langan paytdan kuchga kiradi va uning shartlari, agar shartnomada sug‘urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug‘urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. FK 942-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomada navbatdagi sug‘urta badallarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik oqibatlari ko‘rsatib qo‘yilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday oqibatlar sifatida sug‘urta shartnomasi, xususan, navbatdagi sug‘urta badallari to‘lanmaganda sug‘urtalovchining sug‘urta shartnomasini bekor qilishni talab qilish yoki majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqini o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday holatda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘langan sug‘urta badali qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, shartnomada navbatdagi sug‘urta badallari to‘lanmaganligi munosabati bilan shartnomani bekor qilinishi haqidagi shartning mavjudligi, agar sug‘urta hodisasi to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan navbatdagi sug‘urta badali to‘lanishidan oldin yuz bergan bo‘lsa, sug‘urtalovchini sug‘urta shartnomasini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi. Bunday holatda sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli miqdorini sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati o‘tkazib yuborilgan sug‘urta badali summasini hisobga olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2. Agar sug‘urta shartnomasida navbatdagi sug‘urta badalini to‘lamaganlik uchun sug‘urtalovchining sug‘urta shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqi belgilangan bo‘lsa va bunday holat yuz berganda sug‘urtalovchi ushbu huquqdan foydalanmaganda, u sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishi mumkin emas, lekin mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli miqdorini sug‘urta mukofotining o‘ziga to‘langan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati o‘tkazib yuborilgan sug‘urta badali summasini hisobga olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.3. Navbatdagi yoki to‘lanmagan sug‘urta badalini to‘lamaganligi sababli sug‘urta shartnomasidagi majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga xohishini bildirmagan sug‘urtalovchi shartnomaning amal qilishi muddati davomida sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lanishi kechiktirilgan navbatdagi yoki to‘lanmagan sug‘urta badalini undirish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
(8-bandning 8.3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. FKning 917-moddasiga ko‘ra, mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilinadigan mol-mulk deganda, saqlanishiga qonuniy manfaatdorlik mavjud bo‘lgan, ya’ni sodir bo‘lishida ehtimolligi va tasodifiylik belgilari bo‘lgan hodisa yuz berishi natijasida (to‘liq yoki qisman) yo‘qotilishi yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan va hodisa yuz berishi bilan yetkazilgan ziyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul ko‘rinishida baholanadigan FKning 81-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolik huquqlarining obyektlari tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkni sug‘urta qilishda, qonun yoki bitim asosida sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) tegishli mol-mulkning yo‘qolishi (nobud bo‘lishi), kamayishi yoki zararlanishi xavfi bilan bog‘liq mulkiy manfaatdorlik sug‘urta obyekti bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar FK 917-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan sug‘urta qildiruvchida (naf oluvchida) manfaat bo‘lmaganligi sababli mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida arz qilinganda, foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzilgan shaxs manfaatdor bo‘lmaganligini isbotlash majburiyati sug‘urtalovchi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda, garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mulkning qiymatidan o‘z manfaatlari qanoatlantirilishi munosabati bilan garovga oluvchi FKning 917-moddasiga muvofiq o‘zi uchun mol-mulkni saqlanishidan va uni saqlanishini ta’minlanishida manfaatdor bo‘lishi lozim. Bunday holatda garovga oluvchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha naf oluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi deganda, shartnomada nazarda tutilgan va uning sodir bo‘lishi natijasida sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lab berish majburiyati vujudga keladigan voqea tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sug‘urta qilingan voqea, zarar yetkazilishi va yuzaga kelgan voqea bilan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish faktini o‘z ichiga oladi hamda sug‘urtalash amalga oshirilgan voqeaning yuz berishi natijasida zarar yetkazilishi (sug‘urtalangan mulkning zararlanishi yoki kamayishi, uning yo‘qolishi yoxud nobud bo‘lishi va boshqalar) bilan yuzaga kelgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.1. Sug‘urta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sug‘urta qilingan voqea shartnoma amalda bo‘lgan davrda sodir bo‘lsa-da, yetkazilgan zarar shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng aniqlansa, foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzilgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi), agar zarar shartnoma amalda bo‘lgan davrida yetkazilgan yoki yetkazilishi boshlangan bo‘lsa, sug‘urta tovonini talab qilishga haqli. Ushbu holatda zarar sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda yetkazilgan yoki yetkazilishi boshlanganligini isbotlash majburiyati sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish holatlariga ko‘ra zarar kelib chiqishining aniq davrini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, zarar aniqlangan paytda yetkazilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.2. Sug‘urta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sug‘urta qilingan voqea shartnoma amalda bo‘lgan davrda yuz bergan bo‘lsa-da, zarar yetkazilishi uning amal qilish davri tugagandan keyin boshlangan bo‘lsa, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan hisoblanadi va sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi tomonidan FKning 951-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda, sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.3. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi ehtimoli mavjud bo‘lgan va oldindan taxmin qilingan hamda u kelib chiqishi mumkinligi sababli sug‘urta qilingan voqea ehtimollik va tasodifiylik belgilariga ega bo‘lishi lozim. Bunda voqea sug‘urta shartnomasini tuzish paytida shartnoma ishtirokchilari uning sodir bo‘lishini bilmagan va sodir bo‘lishi yoxud sodir bo‘lmasligini bilishi mumkin ham bo‘lmagan taqdirda tasodifiy deb tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. FKning 951-moddasida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida mulkiy sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat va usulda sug‘urtalovchini xabardor qilish majburiyati belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, sug‘urta qildiruvchi zimmasiga faqatgina sug‘urta hodisasi haqida muayyan vaqt va usulda xabar berish majburiyati yuklanadi. Qonun bilan sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ushbu xabarnoma bilan bir vaqtda sug‘urta to‘lovini olish uchun lozim bo‘lgan barcha zarur hujjatlarini taqdim qilish majburiyati yuklanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida shartnomada belgilangan muddatda va usulda sug‘urtalovchini xabardor qilish majburiyatining bajarilmasligi sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lab berishni rad etish huquqini beradi. Bunda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida sug‘urtalovchi o‘z vaqtida bilganligini yoxud sug‘urtalovchida bunday ma’lumot mavjud emasligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir qilmasligini, ya’ni bunday ma’lumotlarning mavjud emasligi uning (sug‘urtalovchining) sug‘urta hodisasining haqiqatda sodir bo‘lganligi va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash imkoniyatiga ta’sir qilmasligi haqidagi dalillarni taqdim qilib, sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etganligi yuzasidan nizolashish imkoniyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani haqida qonunda belgilangan muddatda va usulda tegishli hujjatlar ilova qilingan holda sug‘urtalovchini xabardor qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadi va sug‘urta hodisasi natijasida kelib chiqqan zararlar uchun javobgarlik hisoblanmaydi. Sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urtalovchida shartnomada va sug‘urtalash qoidalarida ko‘rsatilgan tartib, shartlar va muddatda muayyan pul summasini to‘lab berish majburiyati yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.1. Agar majburiyat uni bajarilishi lozim bo‘lgan kun yoki davrni yoxud majburiyatni bajarish davrini aniqlash imkoniyatini nazarda tutsa yoki yo‘l qo‘ysa, majburiyat ushbu kunda yoki davrning har qanday paytida bajarilishi lozim. Ushbu asosda o‘zganing pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni rad etgan, to‘liq hajmda to‘lamagan paytdan yoxud qonunda yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta tovonini to‘lash muddati tugagan paytdan boshlab hisoblanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.2. Agar ixtiyoriy mulkiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida yetkazilgan zararlarni (sug‘urtalangan mol-mulkni eskirishini hisobga olgan yoki hisobga olmasdan) hisoblash usullarini tanlash huquqi berilgan bo‘lsa, sudlar sug‘urta tovonining miqdori haqidagi nizoni hal qilishda shartnomaning taraflar tomonidan kelishilgan shartlaridan kelib chiqishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.3. Sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi va naf oluvchi foydasiga to‘lab berilishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdori yuzasidan nizo kelib chiqsa, sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdori sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.4. Sug‘urta hodisasi oqibatida mol-mulk nobud bo‘lgan, ya’ni u to‘liq yo‘qolgan yoki qayta tiklanmaydigan tarzda shikastlangan taqdirda, agar shartnomada sug‘urta tovonining boshqa miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘liq miqdorda to‘lab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.5. Sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urtalangan mol-mulkka zarar yetkazilib, u butunlay yo‘qolmagan, lekin undan dastlabki holatdagidek foydalanishning imkoni bo‘lmasa, sug‘urta tovoni miqdori sug‘urta puli va sug‘urtalangan mol-mulkining qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bunday holatda FKning 958-moddasiga binoan sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining roziligi bilan sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlarini unga o‘tkazishi va sug‘urta tovonini sug‘urta pulining to‘liq hajmida olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.6. Tovar qiymatining yo‘qolishi deganda, yo‘l-transport hodisasi sababli transport vositasi ko‘rinishining (tashqi) va foydalanish sifatining yomonlashishi, mustahkamligining kamayishi, uning alohida qismlari, uskuna va agregatlari, bog‘lovchi va himoya qoplamalarining muddatidan oldin yomonlashishi hamda ta’mirlashga olib kelinishi natijasida transport vositasi qiymatining kamayishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar qiymatining yo‘qolishi, transport vositasini ta’mirlash va ehtiyot qismlarning qiymati bilan bir qatorda haqiqiy zarar hisoblanadi. Shu sababli, agar tomonlar sug‘urta summasi qiymatini belgilashda tovarlik qiymatining yo‘qolishini ham nazarda tutgan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchiga uni to‘lab berishni rad etish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.7. Agar ixtiyoriy sug‘urta shartnomasida sug‘urtalangan mol-mulkni tiklash (ta’mirlash) sug‘urtalovchining hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, u tomonidan tiklashni (ta’mirlashni) amalga oshirish bo‘yicha majburiyat shartnomada belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi tiklashni (ta’mirlashni) amalga oshirish haqida uchinchi shaxslarga topshiriq berishga yoxud uni o‘z kuchi bilan amalga oshirish va sarflangan xarajatlarni sug‘urta to‘lovi doirasida sug‘urtalovchidan talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13.8. Tovarni tuzatish hamda ehtiyot qismlarining qiymatlari yuzasidan nizo vujudga kelgan hollarda, ushbu qiymatdan kelib chiqqan zarar miqdori taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha tayinlangan mutaxassis (ekspert)ning xulosasiga ko‘ra belgilanadi. Bunda mutaxassis (ekspert) sifatida baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan 13.8-kichik band bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sug‘urtalangan mol-mulkni sotib olish uchun pul mablag‘i qarz shartnomasi asosida olingan va sug‘urta shartnomasi bo‘yicha naf oluvchi hisoblangan kreditor sug‘urta tovonini olish huquqidan voz kechgan hollarda, sug‘urta manfaati saqlanganligi sababli bu huquq sug‘urtalovchi oldida ham, kreditor oldida ham o‘z majburiyatini vijdonan bajargan sug‘urta qildiruvchiga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FKning 955-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.1. FK 955-moddasining uchinchi qismida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etganligi yuzasidan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning unga (sug‘urtalovchiga) nisbatan sudga da’vo berish orqali nizolashish huquqi belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan ushbu huquqdan foydalanilganda, da’vo arizasidagi talab to‘lashni rad etishni noqonuniy deb topish haqida emas, balki sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini undirish haqida bo‘lishi lozim. Bunday da’vo bo‘yicha ishlarni ko‘rishda sudlar FKning 955-moddasida nazarda tutilgan sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish uchun asoslar mavjudligini aniqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.2. Agar sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish yoxud sug‘urta tovoni miqdorini kamaytirishni sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchining qo‘pol ehtiyotsizligi oqibatida sug‘urta hodisasi yuz berganligi bilan asoslagan bo‘lsa, sudlar shuni e’tiborga olishi lozimki, bunday vaziyatda sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilish faqat qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunda belgilanmagan qo‘pol ehtiyotsizlik oqibatida sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish huquqi nazarda tutilgan sug‘urta shartnomasining sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.3. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etishining haqqoniyligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda sudlar nafaqat ixtiyoriy mulkiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan hujjatlarni, balki sug‘urta hodisasi yuz berganligini, sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan ko‘rilgan zararning miqdorini tasdiqlovchi shartnomada ko‘rsatilmagan hujjatlarni ham inobatga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, FK 943-moddasining birinchi qismida sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan holatlar qayd etib o‘tilgan va ushbu ro‘yxat tugal hisoblanmaydi, chunki sug‘urta shartnomasi (yoki uning qismi) FK va boshqa qonunlarda ko‘rsatilgan boshqa hollarda ham haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, FKning 916, 917, 920 va 957-moddalari, shuningdek boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda ham sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sug‘urta shartnomasi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganligi sababli u haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, FK 921-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FK 931-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga bila turib yolg‘on ma’lumot berganligi aniqlansa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llanilishini talab qilishga haqli, sug‘urta qildiruvchi aytib qo‘ymagan holatlar o‘tib ketgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FK 938-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, agar sug‘urta shartnomasidagi sug‘urta pulini oshirib yuborish sug‘urta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati bo‘lsa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va o‘ziga yetkazilgan zarar uning sug‘urta qildiruvchidan olgan sug‘urta puli summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urtalovchi nomidan sug‘urta agenti yoki sug‘urtalovchi tomonidan berilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan o‘z vakolati doirasidan chetga chiqqan holda sug‘urta shartnomasining tuzilganligi, agar ushbu shartnoma belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘la olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta agenti yoki boshqa shaxs sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan cheklovlar chegarasidan chiqqanini bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan bo‘lsa, bitim sug‘urtalovchining talabi bo‘yicha FKning 126-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. FKning 957-moddasiga muvofiq, agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq, shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlarida talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishi uchun talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqida alohida kelishuv tuzilishi nazarda tutilmagan. Ushbu huquqning o‘tishi FKning 957-moddasi va sug‘urta shartnomasining o‘zi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sug‘urta shartnomasi asosida transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxs, transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabat yoki mehnat shartnomasi asosida foydalanayotgan va u ushbu mol-mulkning saqlanishidan manfaatdor bo‘lsa, unga nisbatan avtotransport vositasini ixtiyoriy sug‘urta qilish qoidalari sug‘urta qildiruvchidagiga kabi qo‘llaniladi. Shuning uchun sug‘urtalovchi ushbu shaxsdan FKning 957-moddasida belgilangan subrogatsiya tartibida to‘langan pullarni talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. FKning 959-moddasiga asosan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta sug‘urta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rishda sudlar qayta sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatishning yagona talab va standartlari belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-yanvarda 2190-son bilan ro‘yxatga olingan Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomga ham asoslanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(22.1-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(22.2-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-son