O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish xarajatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Intellektual mulk agentligi bosh direktori A.N. Fayzullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-dekabr,
1020-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va to‘lovlari to‘g‘risidagi nizomni hamda patent bojlari va to‘lovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 1-ilovada:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakat nomi hamda soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) bo‘lishi lozim. Agar talabnomaga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilmagan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi bo‘lishi kerak. Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir”;
b) 6 va 8-bandlardagi “buyurtmanoma” so‘zi tegishli kelishikda “talabnoma” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada:
a) 1.1, 1.1.1, 1.1.2, 1.1.3, 1.2.2, 1.4.1, 1.4.2, 1.4.3, 1.6.1, 1.6.3, 1.6.5, 1.6.6, 1.7.1, 1.7.2, 1.7.3, 2.1, 2.2.1, 2.2.2, 2.3.2, 2.6.1, 2.6.3, 3.1, 3.1.1, 3.1.2, 3.5.1, 3.5.4, 3.5.5, 3.6.1, 3.6.2, 5.1, 5.4, 6.1.1, 6.1.2, 7.1 va 7.4 — bandlardagi “buyurtmanoma” so‘zi tegishli kelishikda “talabnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1.3.3-bandning “Stavkalar” ustunidagi “3” raqami “0,6” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1.4.1-bandning “b” kichik bandi “Stavkalar” ustunidagi “5” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
g) 2.4 — kichik bo‘limi quyidagi mazmundagi 2.4.3-band bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
2.4.3. |
Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklaganlik uchun |
patentning amal qilishini saqlab |
Patentning amal qilishini |
” |
d) 6-bo‘limning 6.1-6.4-kichik bo‘limlarida “arizalar” va “ariza” so‘zlari tegishli ravishda “apellatsiyalar” va “apellatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)