|
Boj yoki to‘lovlarning vazifasi |
Stavkalar |
Boj yoki to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etish muddatlari | ||||
|
milliy valyutada (belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent) |
xorijiy valyutada (AQSh dollari) | |||||
|
|
1. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari | |||||
|
1.1. |
1.1. Talabnoma berilganligi uchun to‘lanadigan boj | |||||
|
1.1.1. |
Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish: |
|
|
Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda | ||
|
|
— bitta ixtiroga |
1 |
420 | |||
|
|
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir ixtiroga |
0,5 |
210 | |||
|
|
— 35 sahifadan ortiq bo‘lgan tavsifning keyingi har bir sahifasi uchun qo‘shimcha ravishda |
0,01 |
0,4 | |||
|
1.1. 2 |
Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga talabnoma berish: |
|
| |||
|
|
— bitta foydali modelga |
1 |
420 |
| ||
|
|
— foydali modellar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir foydali modelga |
0,5 |
210 |
| ||
|
1.1.3. |
Patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga talabnoma berish: |
|
| |||
|
|
— sanoat namunasining bitta variantiga |
1 |
420 |
| ||
|
|
— variantlarga, qo‘shimcha ravishda ikkitadan o‘ntagacha bo‘lgan har bir variant uchun |
0,5 |
210 |
| ||
|
|
— variantlarga, qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan har bir variant uchun |
1 |
420 |
| ||
|
1.2. � |
Ekspertiza o‘tkazilganligi uchun to‘lanadigan boj |
|
|
| ||
|
1.2.1. |
Quyidagilarga nisbatan ekspertiza o‘tkazish: |
2 |
840 |
Rasmiy ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
|
— bitta foydali modelga |
|
|
|
| |
|
|
— foydali modellar guruhiga, bittadan ortiq bo‘lgan har bir foydali modelga |
2 |
840 |
|
| |
|
|
— o‘ntadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda yigirmatadan ortiq formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,1 |
42 |
|
| |
|
1.2.2. |
Quyidagilarga nisbatan ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish: |
|
|
|
|
|
|
|
a) bitta ixtiroga |
3 |
1260 |
|
|
|
|
|
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir ixtiroga |
3 |
1260 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda yigirmatadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,1 |
42 |
|
| |
|
|
b) — bitta sanoat namunasiga |
3 |
1260 |
|
|
|
|
|
— qo‘shimcha ravishda ikkitadan o‘ntagacha sanoat namunasining har bir variantiga |
1 |
420 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan sanoat namunasining har bir variantiga |
2 |
840 |
|
| |
|
|
v) ixtiro uchun berilgan talabnomada xalqaro qidirish organlarining biri tomonidan tayyorlangan xalqaro qidirish to‘g‘risida hisobot mavjud bo‘lgan taqdirda, Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boj miqdori quyidagilarni tashkil etadi: |
|
|
|
|
|
|
|
— bitta ixtiroga |
2,5 |
1000 |
|
|
|
|
|
— ixtirolar guruhiga, qo‘shimcha ravishda bittadan ortiq bo‘lgan har bir navbatdagi ixtiroga |
2 |
840 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda o‘ntadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— qo‘shimcha ravishda yigirmatadan ortiq bo‘lgan formulaning har bir bog‘liq bo‘lgan bandiga |
0,1 |
42 |
|
| |
|
1.3. |
Patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish |
|
| |||
|
1.3.1. |
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,6 |
250 |
Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
1.3.2. |
E’lon qilish: |
|
|
|
| |
|
|
a) rasmiy byulletenda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
b) ixtiroga, foydali modelga tavsif: |
|
|
|
|
|
|
|
— 35 varaqqacha bo‘lgan hajmda, shu jumladan formula, chizmalar, referat va boshqa materiallar |
0,6 |
250 |
|
|
|
|
|
— qo‘shimcha ravishda 35 varaqdan ortiq bo‘lgan har bir navbatdagi varaq uchun |
0,01 |
8,4 |
|
|
|
|
1.3.3. |
Patentlarni berish |
0,6 |
250 |
|
|
|
|
1.4. |
Patentlarning amal qilishini saqlaganlik uchun to‘lanadigan boj |
|
| |||
|
1.4.1. |
Foydali modelga patentning a�al qilishining har bir yili uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab har yili saqlash: |
|
|
Birinchi yil uchun — patent ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, e’lon qilinganligi va berilganligi uchun boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillar uchun — joriy yilda patentning amal qilish muddati tamom bo‘lishiga qadar oxirgi uch oy mobaynida |
|
|
|
|
a) 5 yil doirasida |
1 |
420 |
|
| |
|
|
b) 6—8 yil doirasida |
1 |
420 |
|
| |
|
1.4.2. |
Talabnoma berilgan sanadan boshlab ixtiroga patentning amal qilishini saqlash: |
|
|
Uch yil uchun – patent berilganligi uchun boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun – joriy yilning oxirgi uch oyi mobaynida |
|
|
|
|
uchinchi yil uchun |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— to‘rtinchi |
0,4 |
168 |
|
| |
|
|
— yettinchi |
0,5 |
210 |
|
| |
|
|
— o‘n birinchi |
0,7 |
294 |
|
| |
|
|
— o‘n beshinchi |
0,9 |
378 |
|
| |
|
|
–– o‘n yettinchi |
1 |
420 |
|
| |
|
|
Ixtiroga patentning amal qilishini har yili talabnoma berilgan sanadan boshlab uzaytirish: |
|
|
|
| |
|
|
— yigirma birinchi |
3 |
1260 |
|
| |
|
1.4..3. |
Amal qilishining talabnoma berilgan sanadan boshlab sanoat namunasiga patentning amal qilishini har yili saqlash: |
|
|
Uch yil uchun — patent berilganligi uchun boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun — patent amal qiladigan muddat o‘tgungacha oxirgi uch oy mobaynida |
|
|
|
|
uchinchi—yettinchi yillar uchun |
1 |
420 |
|
| |
|
|
sakkizinchi—o‘ninchi yillar uchun |
1,5 |
630 |
|
| |
|
|
o‘n birinchi—o‘n beshinchi yillar uchun (uzaytirilgan har bir yil uchun) |
2 |
840 |
|
| |
|
|
|
|
|
|
| |
|
1.4.4. |
Qo‘shimcha boj: |
|
|
|
| |
|
|
a) patentning amal qilish muddati o‘tgandan keyin 6 oylik muddat berganlik uchun |
belgilangan boj miqdorining 50 foizi |
Uzaytirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
| |
|
|
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patentning amal qilish muddatini tiklaganlik uchun |
patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi (patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida ariza berilgan sana to‘g‘ri keladigan yil uchun) |
Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
| |
|
1.5. |
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga huquqlar berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
|
| |||
|
1.5.1. |
Quyidagilardan iborat bo‘lgan litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish: |
|
|
Ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bitta patent |
2 |
840 |
|
|
|
|
|
— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qo‘shimcha ravishda |
1 |
420 |
|
|
|
|
1.5.2. |
Quyidagilarga bo‘lgan huquqni boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish: |
|
|
|
|
|
|
|
— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga patent |
3 |
1260 |
|
|
|
|
|
— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga bir nechta patent, huquqini boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qo‘shimcha ravishda |
2 |
840 |
|
|
|
|
1.5.3. |
Ixtirodan, foydali modeldan, sanoat namunasidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish to‘g‘risidagi ariza haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish (ochiq litsenziya) |
0,2 |
84 |
|
|
|
|
1.6. |
O‘zgartirishlar kiritish |
|
| |||
|
1.6.1. |
Arizachining tashabbusiga ko‘ra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yuzasidan talabnomaga, shu jumladan ixtiro, foydali model formulasiga, davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha sanoat namunasining muhim belgilari ro‘yxatiga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
1.6.2. |
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi ro‘yxatdan o‘tkazilgungacha arizachini o‘zgartirish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
1.6.3. |
Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomani ajratish, dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda) |
2 |
840 |
Ajratilgan buyurtmanomani berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
1.6.4. |
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
1.6.5. |
Ixtiroga talabnomani foydali modelga talabnomaga o‘zgartirish |
0,3 |
125 |
Buyurtmanomalarni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
1.6.6. |
Foydali modelga talabnomani ixtiroga buyurtmanomaga o‘zgartirish |
0,5 |
210 |
|
| |
|
1.7. |
Hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash |
|
| |||
|
1.7.1. |
Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunalariga talabnomalar bo‘yicha ekspertiza so‘roviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirilgan har bir oy uchun: |
|
|
Belgilangan muddatni uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha doirasida |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— 6 oydan 12 oygacha |
1 |
420 |
|
| |
|
1.7.2. |
Muddatini uzaytirish: |
|
|
|
|
|
|
|
a) ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomalar sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini, lekin ko‘pi bilan 2 oyga |
0,5 |
210 |
Ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
b) ixtiroga ilmiy-texnik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish muddatini, lekin ko‘pi bilan 2 oyga |
0,5 |
210 |
|
| |
|
1.7.3. |
Quyidagi muddatlar doirasida berilgan iltimosnoma bo‘yicha, ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga talabnomalar yuzasidan ekspertiza so‘roviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash: |
|
|
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha |
1,4 |
600 |
|
| |
|
|
— 6 oydan 12 oygacha |
3 |
1260 |
|
| |
|
|
2. Seleksiya yutuqlari |
|
| |||
|
2.1. |
Talabnoma bojlari |
|
| |||
|
|
Seleksiya yutuqlariga patent berish yuzasidan talabnomalar berish va rasman ekspertiza o‘tkazish |
1 |
420 |
Talabnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.2. |
Patentga munosiblik yuzasidan ekspertiza o‘tkazish uchun bojlar |
|
| |||
|
2.2.1. |
Seleksiya yutug‘ining yangilik ekanligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish |
1 |
420 |
Ko‘rib chiqishga talabnoma qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
2.2.2. |
Seleksiya yutug‘ining farqlanishi, o‘xshashligi va barqarorligi yuzasidan sinovlar o‘tkazish |
4 |
1260 |
Talabnoma sinov rejasiga kiritilgani to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
2.3. |
Patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish |
|
| |||
|
2.3.1. |
Seleksiya yutug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,6 |
250 |
Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
2.3.2. |
E’lon qilish: |
|
|
|
| |
|
|
a) rasmiy axborotnomada: |
|
|
|
| |
|
|
— seleksiya yutug‘i yuzasidan talabnoma qabul qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
— ro‘yxatdan o‘tkazilgan seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
0,2 |
84 |
|
|
|
|
|
b) seleksiya yutug‘iga tavsiflar: |
|
|
|
|
|
|
|
—referat va boshqa materiallar bilan birga 35 listgacha hajmda: |
0,6 |
250 |
|
|
|
|
|
— 35 listdan ortiq keyingi har bir list uchun |
0,01 |
8,4 |
|
|
|
|
2.3.3. |
Patentlar berish |
0,6 |
250 |
|
|
|
|
2.4. |
Seleksiya yutuqlariga patentning amal qilishini saqlash uchun �ojlar |
|
| |||
|
2.4.1. |
Seleksiya yutug‘iga patentni ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘z kuchida saqlash, amal qilishining har bir yili uchun: |
|
|
Birinchi yil uchun — patentni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish uchun boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida |
|
|
|
|
birinchi — uchinchi yillar uchun |
0,2 |
84 |
|
| |
|
|
to‘rtinchi — oltinchi yillar uchun |
0,4 |
168 |
|
| |
|
|
yettinchi — o‘ninchi yillar uchun |
0,5 |
210 |
|
| |
|
|
o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi yillar uchun |
0,7 |
294 |
|
| |
|
|
o‘n beshinchi — o‘n oltinchi yillar uchun |
0,9 |
378 |
|
| |
|
|
o‘n yettinchi — yigirmanchi yillar uchun |
1 |
420 |
|
| |
|
|
yigirma birinchi — o‘ttizinchi yillar uchun (uzaytirish) |
1,2 |
504 |
|
| |
|
|
| |||||
|
|
| |||||
|
|
| |||||
|
|
| |||||
|
2.4.2. |
Patentning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oy muddat berganlik uchun qo‘shimcha boj |
belgilangan boj |
Muddatni uzaytirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
| |
|
2.4.3. |
Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklaganlik uchun |
patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi (patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berilgan sana to‘g‘ri keladigan yil uchun) |
|
Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.5. |
Seleksiya yutuqlariga huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
|
| |||
|
2.5.1 |
Quyidagilardan iborat litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish: |
|
|
Huquqni berish to‘g‘risidagi ariza bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— seleksiya yutug‘iga bitta patent |
2 |
840 |
|
| |
|
|
— seleksiya yutug‘iga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan har qaysi patent uchun qo‘shimcha ravishda |
0,5 |
420 |
|
| |
|
2.5.2. |
Quyidagilar: |
|
|
|
|
|
|
|
seleksiya yutug‘iga patentni boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish |
3 |
1260 |
|
|
|
|
|
seleksiya yutug‘iga bir nechta patentlarni boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqaga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan har bir patent uchun qo‘shimcha ravishda |
2 |
840 |
|
|
|
|
2.5.3. |
Seleksiya yutug‘idan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish to‘g‘risidagi arizaga doir ma’lumotlarni e’lon qilish (ochiq litsenziya) |
0,2 |
84 |
Ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.6. |
O‘zgartirishlar kiritish |
|
| |||
|
2.6.1. |
Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha seleksiya yutug‘iga talabnomaga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.6.2. |
Seleksiya yutug‘i ro‘yxatdan o‘tkazilgungacha arizachini o‘zgartirish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.6.3. |
Seleksiya yutug‘iga talabnomani ajratish, dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir talabnoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda) |
2 |
840 |
Talabnomani ajratish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.6.4. |
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
2.7. |
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash |
|
| |||
|
|
quyidagi muddatlarga berilgan iltimosnoma bo‘yicha arizachi tomonidan o‘tkazib yuborilgan qonunda belgilangan muddatni tiklash: |
|
|
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 2 oygacha |
0,6 |
250 |
|
| |
|
|
— 3 oydan 4 oygacha |
1 |
420 |
|
| |
|
|
— 6 oygacha |
1,2 |
500 |
|
| |
|
2.8. |
Hujjatlar taqdim etish muddatini uzaytirish |
|
| |||
|
|
Hujjatlarni taqdim etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatini bir oyga (bir oydan oshmagan muddatga) uzaytirish: |
0,2 |
84 |
Belgilangan muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
3.Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlar kelib chiqish joyining nomi |
|
| |||
|
3.1. |
Talabnoma bojlari |
|
| |||
|
3.1.1. |
Tovar belgisini, xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga va talabnomadagi ko‘rsatkichlarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishga talabnomalar berish: |
|
|
Talabnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— MKTU bitta klassi uchun |
1,5 |
600 |
|
|
|
|
|
— bittadan ortiq har bir MKTU klassi uchun |
0,5 |
200 |
|
|
|
|
|
— jamoa belgisining MKTU bitta klassi uchun |
1,5 |
600 |
|
|
|
|
|
— bittadan ortiq jamoa belgisining MKTU har bir klassi uchun |
0,5 |
200 |
|
|
|
|
3.1.2. |
Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga va undan foydalanish huquqini berishga, tovarning ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan kelib chiqqan joyidan foydalanish huquqini berishga va davlat ekspertizasi o‘tkazishga talabnomalar berish |
1,5 |
600 |
|
|
|
|
3.2. |
Ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va guvohnoma berish |
|
| |||
|
3.2.1. |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,6 |
250 |
Ekspertiza qarori yoki Apellatsiya keng�shining O‘zbekiston Respublikasi hududida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
3.2.2. |
Tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy axborotnomada e’lon qilish, hammaga ma’lum tovar belgilariga tegishli ma’lumotlar. |
0,2 |
84 |
|
| |
|
3.2.3. |
Guvohnoma berish |
0,6 |
250 |
|
| |
|
3.3. |
Guvohnomalarning amal qilishini saqlash uchun bojlar |
|
| |||
|
3.3.1. |
Tovar belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun: |
|
|
Birinchi yil uchun — ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va guvohnoma berish uchun boj to‘langanini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. |
|
|
|
|
— MKTU bitta klassi uchun |
2 |
600 |
|
| |
|
|
— bittadan ortiq har bir klass uchun |
0,5 |
60 |
|
| |
|
3.3.2. |
Jamoa belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun: |
|
|
Keyingi yillar uchun — guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida |
|
|
|
|
— MKTU bitta klassi uchun |
3 |
1200 |
|
| |
|
|
— bittadan ortiq har bir klass uchun |
0,5 |
120 |
|
| |
|
3.3.3. |
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun |
1,5 |
600 |
|
| |
|
3.3.4. |
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oylik muddat berish uchun qo‘shimcha boj |
belgilangan boj miqdorining |
Muddatni uzaytirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
| |
|
3.4. |
Tovar belgilariga huquqlar berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
|
| |||
|
3.4.1. |
Quyidagilardan iborat bo‘lgan litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish: |
|
|
Huquq berish to‘g‘risidagi ariza bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
— bitta tovar belgisi |
2 |
840 |
|
| |
|
|
— bir nechta tovar belgilari; |
1 |
420 |
|
| |
|
3.4.2. |
Quyidagilarni berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish: |
|
|
|
|
|
|
|
— bitta tovar belgisini |
3 |
1260 |
|
|
|
|
|
— bir nechta tovar belgilarini; |
1,5 |
630 |
|
|
|
|
3.5. |
O‘zgartirishlar kiritish |
|
| |||
|
3.5.1. |
Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha arizachining tashabbusiga ko‘ra tovar belgisiga talabnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnomaga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish |
0,5 |
210 |
O‘�gartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
3.5.2. |
Tovar belgisiga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kiritish |
1 |
420 |
|
| |
|
3.5.3. |
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan litsenziya shartnomasiga va huquqlar berish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,5 |
210 |
|
| |
|
3.5.4. |
Tovar belgisiga talabnomalarni ajratish (dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir talabnoma uchun) yoki tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni ajratish (yangidan paydo bo‘lgan har bir ro‘yxatdan o‘tkazish uchun) |
1,4 |
600 |
Ajratish to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
3.5.5. |
Talabnoma berilgan sanadan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasigacha bo‘lgan davrda berilgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan talabnomaga huquqni boshqaga berish munosabati bilan arizachini o‘zgartirish |
1,5 |
630 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
3.6. |
Ekspertiza so‘rovi bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash |
|
| |||
|
3.6.1. |
Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga talabnomalar bo‘yicha ekspertiza so‘roviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun |
0,2 |
84 |
Uzaytirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
3.6.2. |
Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga talabnomalar bo‘yicha ekspertiza so‘roviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash |
1 |
240 |
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
5. Integral mikrosxemalar topologiyalari |
|
| |||
|
5.1. |
Talabnoma bojlari |
|
| |||
|
|
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga va davlat ekspertizasi o‘tkazishga talabnomalar berish |
1 |
420 |
Talabnomalar berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
5.2. |
Ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va guvohnomalar berish |
|
| |||
|
5.2.1. |
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,6 |
250 |
Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
5.2.2. |
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan integral mikrosxemalar topologiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy axborotnomada e’lon qilish |
0,2 |
84 |
|
| |
|
5.2.3. |
Guvohnomalar berish |
0,6 |
250 |
|
| |
|
5.3. |
Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
|
| |||
|
|
Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish |
2 |
840 |
Huquq berish to‘g‘risida ariza bilan bir vaqtda |
|
|
|
5.4. |
O‘zgartirishlar kiritish |
|
| |||
|
|
Davlat ekspertizasi qarori chiqarilgungacha integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan talabnomaga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish |
0,5 |
210 |
O‘zgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
|
|
6. Apellatsiyalarni va arizalarni apellatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqish |
|
| |||
|
6.1. |
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining qarorlari yuzasidan arizalar |
|
| |||
|
6.1.1. |
Talabnomalarning rasman ekspertizasi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellatsiyalar |
0,6 |
250 |
Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
6.1.2. |
Quyidagilar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellatsiyalar: |
|
|
|
|
|
|
|
a) foydali modelga talabnomalar ekspertizasi |
1 |
420 |
|
|
|
|
|
b) yangi seleksiya yutug‘i ekspertizasi |
1 |
420 |
|
|
|
|
|
v) ixtiro, sanoat namunasiga talabnomalar mohiyati bo‘yicha ekspertiza |
1,4 |
590 |
|
|
|
|
|
g) seleksiya yutug‘ining farqlanishi, bir xilligi va barqarorligi yuzasidan sinab ko‘rish |
1,4 |
590 |
|
|
|
|
|
d) ko‘rsatilgan belgi, shu jumladan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish predmeti hisoblangan belgi ekspertizasi |
1,4 |
590 |
|
|
|
|
6.2. |
Huquqiy muhofaza qilishga qarshi apellatsiya |
|
| |||
|
|
Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patent yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berishga qarshi apellatsiyalar |
2 |
840 |
Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
6.3. |
Muhofaza hujjatining amal qilishiga qarshi apellatsiyalar |
|
| |||
|
|
|
3 |
1260 |
Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
6.4. |
Tovarning kelib chiqish joyi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi apellatsiyalar |
|
| |||
|
|
Tovarning kelib chiqish joyi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi apellatsiyalar |
2 |
840 |
Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
6.5. |
O‘zbekiston Respublikasida barchaga ma’lum bo‘lgan tovar belgisini e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalar |
|
| |||
|
|
O‘zbekiston Respublikasida barchaga ma’lum bo‘lgan tovar belgisini e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalar |
4 |
1680 |
Ariza berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
6.6. |
So‘ralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish |
|
| |||
|
|
So‘ralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun |
0,2 |
84 |
Iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
7. EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlar |
|
| ||||
|
7.1. |
Talabnomaga doir to‘lovlar |
|
| |||
|
|
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun talabnomalar berish |
0,5 |
210 |
Talabnomalar berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
7.2. |
Guvohnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish |
|
| |||
|
7.2.1. |
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,2 |
84 |
Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
|
|
|
7.2.2. |
Rasmiy byulletenda EHM va ma’lumotlar bazasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan dasturlarni e’lon qilish |
0,1 |
42 |
|
|
|
|
7.2.3. |
Guvohnomalarni berish |
0,2 |
84 |
|
|
|
|
7.3. |
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish |
|
| |||
|
7.3.1. |
EHM va ma’lumotlar bazasi �chun dasturga barcha mulkiy huquqlarni to‘liq boshqaga berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish |
1 |
420 |
Huquqni berish to‘g‘risidagi arizani berish bilan bir vaqtda |
|
|
|
7.3.2. |
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturga mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish |
0,5 |
210 |
|
|
|
|
7.4. |
O‘zgartirishlar kiritish |
|
| |||
|
|
Davlat ekspertizasi qarori qabul qilingunga qadar EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturga talabnomalarga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqliklar kiritish |
0,2 |
84 |
Tarkibida o‘zgartirishlar mavjud bo‘lgan materiallar bilan bir vaqtda |
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2006 yildagi 65-son
Дата вступления в силу
01.07.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Patent bojlari va to‘lovlari to‘g‘risidagi Nizomni hamda Patent bojlari va to‘lovlari stavkalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Patent bojlari va to‘lovlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Patent bojlari va to‘lovlari stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tushadigan patent bojlari va to‘lovlari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablag‘larning:
90 foizi — Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
2 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
8 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablag‘larning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga;
b) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablag‘larning:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga;
80 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablag‘larning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda o‘zining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qaror 2006-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
65-son
Patent bojlari va to‘lovlari to‘g‘risida
nizom
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
1. Mazkur Nizom:
patent bojlarini (keyingi o‘rinlarda boj deb yuritiladi) to‘lash tartibini, shuningdek ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun to‘lovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini;
to‘lovlarni undirish tartibini, shuningdek EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlardan foydalanishga mulkiy huquqni berganlik uchun shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun to‘lovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Boj yoki to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi hamda to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
3. Boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakat nomi hamda soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) bo‘lishi lozim. Agar talabnomaga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilmagan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda boj yoki to‘lov to‘langan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi bo‘lishi kerak. Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
4. To‘langan boj yoki to‘lovning miqdori belgilangan boj yoki to‘lov miqdoriga muvofiqligi boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar huquqiy muhofaza qilinishi bilan bog‘liq bojning yoki to‘lovning to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
6. Agar davlat ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun talabnomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga talabnoma berilganligi va ekspertiza o‘tkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud bo‘lmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan va ular uchun boj to‘langan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan o‘tkaziladi.
Agar talabnoma boj talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj to‘langan klasslariga nisbatan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘tkaziladi.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
Ariza beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan boj qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani to‘lash huquqiga ega.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, e’lon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj yoki to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj yoki to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatib o‘tilgan uch oy muddat tamom bo‘lgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj yoki to‘lovlar miqdori 50% ga ko‘payadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
8. To‘langan talabnoma boji va to‘lovlari qaytarilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
9. To‘langan boshqa bojlar yoki to‘lovlar ariza beruvchining — bojni yoki to‘lovlarni to‘lagan shaxsning iltimosiga ko‘ra bojlar yoki to‘lovlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda to‘langan yoki uning uchun boj yoki to‘lovlar to‘langan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
10. Bojning yoki to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga ko‘ra iltimos berilgan sanada ularni to‘lash mumkin bo‘lgan boshqa bojlar yoki to‘lovlar to‘lanishi hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini yoki to‘lovlarini milliy valyutada to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni yoki to‘lovni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyuta “so‘m”da to‘laydilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
12. Bojlarni yoki to‘lovlarni qaytarishga doir bank xizmatlari uchun boj yoki to‘lovlar to‘lagan shaxs hisobidan haq to‘lanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarning yagona mualliflari bo‘lgan hamda o‘z nomiga muhofaza hujjati so‘rayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1 — 1.4, 2.1 — 2.4, 3.1 — 3.2, 5.1 — 5.2, 7.1 — 7.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni yoki to‘lovlarni to‘lashdan tegishli ravishda ozod qilinadilar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni yoki to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi;
urush yillari front ortida ishlaganlik (yoki xizmat qilganlik) uchun berilgan guvohnoma;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi.
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida shartnoma tuzishda boj yoki to‘lovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Patent bojlari va to‘lovlari
Stavkalari
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilova 19-bandining ikkinchi xatboshi.