1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro etish muddatlari |
Ijro etish uchun masʼullar |
|
1. |
Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining hayʼatlari tarkibini ularning tarkibiy yoki hududiy boʻlinmalaridan yangi aʼzolar bilan toʻldirish hisobga olingan holda tasdiqlash: vazirliklar va idoralarning tasdiqlangan tuzilmalari hisobga olinib, hayʼat organlari tarkibida faoliyat koʻrsatayotgan kadrlarni oʻrganish, nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish va keyinchalik ularni kelishish; keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qabul qilgan holda vazirliklar va idoralar hayʼat organlari tarkibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari |
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq 2017-yil davomida |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hayʼatining Namunaviy reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari hamda davlat boshqaruvi organlariga qoʻyiladigan zamonaviy talablar inobatga olinib, vazirliklar, davlat qoʻmitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining puxta ishlab chiqilgan reglamentlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining qarorlari |
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq 2017-yil davomida |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar rahbarlari |
|
3. |
Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib chiqib, vazirliklar, davlat qoʻmitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining jumladan, quyidagilarni tashkil etish hamda oʻtkazish nazarda tutilgan ish rejasini tasdiqlash: |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining qarorlari |
2017-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
4. |
Kollegial organlarning maxsus yigʻilishlarida quyidagi masalalarni koʻrib chiqishni amaliyotga joriy qilish: davlat boshqaruvi organi nomenklaturasiga kiradigan kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash; davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlari faoliyati samaradorligini baholash. |
Kollegial organlar qarorlari |
zarur hollarda |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari |
|
5. |
Kollegial organlar yigʻilishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori talablarini bajarish natijalarini muntazam koʻrib chiqish. Bunda vazirliklar va idoralar tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalarining aybdor mansabdor shaxslariga nisbatan quyidagi holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 264-son qarorida belgilangan choralarni koʻrish tavsiya etilsin: hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlarining (kelishish muddatlarini asossiz choʻzish) va Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddatlarining (kiritish muddatlarini asossiz choʻzish) buzilishi; hujjatlar loyihalari sifatining pastligi va qonunchilikka mos kelmasligi, shuningdek ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan sifatsiz oʻtkazilishi, asossiz xulosalar va takliflar berilishi; qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining bajarilmasligi yoki oʻz vaqtida bajarilmasligi, shuningdek ularning amalga oshirilishi va nazoratini tashkil etish sifatining pastligi; xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻyilishi; jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan muddatlarning tizimli hamda muntazam buzilishiga, shuningdek ularni koʻrib chiqishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilishi. |
Kollegial organlar qarorlari |
har chorakda |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari |
|
6. |
Idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini baholash boʻyicha miqdor va sifat indikatorlarini ishlab chiqish, ushbu indikatorlar boʻyicha belgilangan parametrlar soʻzsiz taʼminlanishini, shuningdek belgilangan parametrlar buzilishiga yoʻl qoʻygan tegishli xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini kollegial organlar yigʻilishlarida muntazam koʻrib chiqish hamda bu borada tegishli qarorlar qabul qilish. |
Kollegial organ qarori |
Ishlab chiqish — 2017-yil noyabr Koʻrib chiqish — har chorakda |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari |
|
7. |
Kollegial organ aʼzolari tomonidan vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga ularga yuklangan vazifalarni taʼminlash masalalari boʻyicha “mutasaddiligi”ni amaliyotga joriy etish, boʻlinmalar rahbarlari bilan bir qatorda kollegial organlar aʼzolarining hisobotlarini ham muntazam eshitib borish. |
Kollegial organlar qarorlari |
2017-yil 1-noyabrgacha |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari |
|
8. |
Vazirliklar va idoralarga yuklangan bir-biriga bogʻliq vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun ularning kollegial organlarining qoʻshma yigʻilishlarini oʻtkazish. |
Kollegial organlar qoʻshma yigʻilishlarining bayonnomalari |
Zarur hollarda |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, ATD rahbarlari |