08.08.2017 yildagi PQ-3182-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yigʻinlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur oʻrganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amaliy roʻyobga chiqarish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash hozirgi bosqichda koʻzlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qoʻyilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha uygʻun faoliyatni taʼminlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat boʻlib qolgan. Buning ustiga, joylarda yigʻilib qolgan muammolarni hal qilish boʻyicha lozim darajada tashabbus koʻrsatilmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalgʻitmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan iqtisodiy koʻrsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy taʼsir etayotganligiga qatʼiy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta oʻylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablagʻlarini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, oʻz vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni taʼminlamayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish oʻrniga aksariyat hollarda koʻplab yigʻilishlar oʻtkazilmoqda va ularning yakuni boʻyicha chuqur oʻylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, aholini arzon uy-joy va ish bilan taʼminlash, sifatli kommunal xizmat koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar koʻtarilgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni soʻzsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qatʼiy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar va topshiriqlarning ijrosini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarga, shuningdek, koʻrilayotgan choralarning kutilayotgan natijalarni bermayotganligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan rahbarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning soʻzsiz va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarligi haqida ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ishlarni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimini joriy qilish haqidagi takliflari qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga (keyingi oʻrinlarda sektorlar deb yuritiladi) boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga 1-ilovaga muvofiq biriktirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama oʻrganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga masʼul boʻlgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli mansabdor shaxslarning, birinchi navbatda, aholi oldida davriy hisobot berish tizimini, ularning faoliyatini baholash mezonlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini nazarda tutgan holda, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish, hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, jinoyat sodir etilmagan mahallalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, sektorlar ishini tashkil etish 2-ilovada keltirilgan, quyidagilarni nazarda tutadigan Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar ishini tashkil etish sxemasiga muvofiq “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyiliga koʻra amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi boʻgʻinda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish, tuman (shahar)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish oʻtkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari majlislarida har chorakda sektorlar rahbarlarining hisobotlari har bir hududga biriktirilgan masʼul mansabdor shaxslar, deputatlar va senatorlar ishtirokida eshitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitishda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davrda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tanqidiy baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklari, yoshlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, hududning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini va davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun takliflarni muhokama qilish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobotlarni eshitishga hududlarni rivojlantirish jarayoniga taʼsir koʻrsatishning, shuningdek, sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari masʼuliyatini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari hisobotlarini eshitishning aniq tartibini nazarda tutgan holda, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sektorlar ishining shakllari va uslublarini, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorligini, ularning vakolatlarini, shuningdek, hisobot berishi va faoliyatini baholash tartibini nazarda tutadigan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarining ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorlarning ishini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolgan tumanlar va shaharlarda samarali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar, shaharlar,mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha ishlarning samaradorligi va uygʻunligini taʼminlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning ishchanlik muhiti va ishchanlik faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan dolzarb muammolarni hal etishga koʻmaklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy anʼanalar, hududning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantirish boʻyicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ahvolini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga taʼsir etish darajasini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qoʻshish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini oʻrganish hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks oʻrganish (3-4 kun davomida) oʻtkazish orqali muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan davrini joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali oʻrganishga ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kalendar yilning chorak yakuni boʻyicha majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangilangan konsepsiyasi 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joriy qilinsin va quyidagilar uning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) va viloyat darajasida, birinchi navbatda, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, deputatlar va senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan koʻtarilgan eng dolzarb muammolarni aniqlash, shuningdek, ularning yechimi boʻyicha aniq choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringining ochiqligi va xolisligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan koʻrsatkichlarning, ayniqsa qishloq joylarida aholining hayot darajasi va sifatiga real taʼsirini hisobga olgan holda maqroiqtisodiy tahlil oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ahvoli, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralari takliflari, aholi ehtiyojlarining har tomonlama va chuqur tahlili asosida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini, shu jumladan, joylarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining masʼuliyati va tashabbuskorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat va monitoring qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari oʻrtasida mazkur qaror talablarini tushuntirish boʻyicha ishlarni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning har tomonlama tahlil etish va umumlashtirish asosida namunaviy “Yoʻl xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy ish tartibini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan ishlar hajmini tanqidiy oʻrganish asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga keraksiz maʼmuriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalgʻitadigan idoralararo yigʻilishlarni oʻtkazish qatʼiy taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga oʻtkaziladigan yigʻilishlarga koʻrib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari taklif qilinishi va ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi koʻrsatilgan talablarning qatʼiy bajarilishi ustidan lozim darajada monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kollegial yigʻilishlar oʻtkazish zaruratini asoslovchi aniq mezonlarni, ularda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilashni, shuningdek, yigʻilishlar yakunlarining natijadorligiga talablarni nazarda tutgan holda, barcha darajalarda yigʻilishlarni tashabbus qilish, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi (T. Xudaybergenov) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar rahbarlarining faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real oʻzgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda alohida oʻrnak koʻrsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Respublika va mahalliy budjet mablagʻlarini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali hamda shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, V.A. Golishev, T.A. Xudaybergenov, O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 8-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3182-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Hududlar (tumanlar, shaharlar*)

Masʼul shaxslar

1.

Toshkent shahri, shu jumladan alohida:

Yashnobod tumani,

Chilonzor tumani,

Mirobod tumani,

Bektemir tumani

Aripov A.N. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vaziri

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shu jumladan alohida:

Shumanay tumani,

Qonlikoʻl tumani,

Taxtakoʻpir tumani,

Moʻynoq tumani,

Chimboy tumani,

Qoraoʻzak tumani

Ramatov A.J. —
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

3.

Surxondaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Qiziriq tumani,

Boysun tumani,

Uzun tumani,

Muzrabot tumani,

Sariosiyo tumani,

Sherobod tumani

4.

Xorazm viloyati, shu jumladan alohida:

Qoʻshkoʻpir tumani,

Shovot tumani,

Yangibozor tumani,

Yangiariq tumani

5.

Sirdaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Boyovut tumani,

Sardoba tumani,

Mirzaobod tumani,

Xovos tumani

Mirzayev Z.T. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

6.

Jizzax viloyati, shu jumladan alohida:

Mirzachoʻl tumani,

Zarbdor tumani,

Forish tumani,

Yangiobod tumani

7.

Samarqand viloyati, shu jumladan alohida:

Qoʻshrabot tumani,

Nurobod tumani,

Paxtachi tumani,

Bulungʻur tumani

8.

Andijon viloyati, shu jumladan alohida:

Xonobod shahri,
Boʻz tumani,

Ulugʻnor tumani,

Paxtaobod tumani,

Marhamat tumani

Otajanov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi

9.

Toshkent viloyati, shu jumladan alohida:

Oqqoʻrgʻon tumani,

Boʻka tumani,

Bekobod tumani,

Zangiota tumani,

Qibray tumani,

Quyichirchiq tumani,

Toshkent tumani,

Chinoz tumani,

Yangiyoʻl tumani

10.

Namangan viloyati, shu jumladan alohida:

Mingbuloq tumani,

Chust tumani,

Chortoq tumani,

Kosonsoy tumani,

Pop tumani

Qoʻchqorov J.A. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

11.

Fargʻona viloyati, shu jumladan alohida:

Yozyovon tumani,

Buvayda tumani,

Qoʻshtepa tumani,

Uchkoʻprik tumani,

Soʻx tumani

12.

Buxoro viloyati, shu jumladan alohida:

Olot tumani,

Peshku tumani,

Romitan tumani,

Vobkent tumani,

Qorakoʻl tumani

Ibragimov Gʻ.I. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

13.

Qashqadaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Dehqonobod tumani,

Yakkabogʻ tumani,

Mirishkor tumani,

Nishon tumani

14.

Navoiy viloyati, shu jumladan alohida:

Xatirchi tumani,

Nurota tumani,

Tomdi tumani,

Uchquduq tumani

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻzlariga biriktirilgan hududlarning barcha tumanlar (shaharlar)i bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan tumanlar (shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari boshqa ishga oʻtganda, tegishli hududlar ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslarga biriktiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar ishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor (keyingi oʻrinlarda sektor deb yuritiladi) tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.Sektor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq, tegishli prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari bilan kelishgan holda hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) boshchiligida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir maʼmuriy-hududiy birlik hududida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi holati, boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar hamda boshqa mezonlarni inobatga olgan holda uning umumiy maydonini toʻrtga boʻlish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toʻrtga boʻlingan qismlarning har biri sektor rahbariga biriktiriladi (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan hudud deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektorlar tarkibiga boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sektorlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, tegishli hokim hamda mahalliy hokimiyat vakillik organining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sektorlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy-axborot vositalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sektorlarning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sektorlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sektorlarning funksiyalari va vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq sektorlar tegishli biriktirilgan hududlarda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlarini toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning haqqoniy holati, toʻplangan muammolar va tizimli kamchiliklarni, birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish yoʻli bilan chuqur va har tomonlama oʻrganishni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy natijalarini taʼminlash maqsadida aniqlangan va aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita joylarda bartaraf etish boʻyicha vakolatlari doirasida aniq choralar koʻradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish natijalarini umumlashtiradilar hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydilar, ularni yuqori turuvchi organlarga kiritadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi mahalliy muammolarni hal etishda davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining, ularning zimmasidagi vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, javobgarligini oshirish hamda kuchlarni jamlash boʻyicha choralarni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligi, xususan, yoshlarni ishga joylashtirishni taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlarini (sogʻliqni saqlash, taʼlim, shu jumladan, maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari) samarali faoliyat yuritishi, ularni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan koʻrsatilgan kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlari, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar-joy kommunal xoʻjaligini yaxshilash choralarini koʻradilar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal xizmatlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga koʻmaklashadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy hayotda oilaning rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni vatanparvarlik, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini yuritish, bilim olishga intilish, ularda kitob oʻqishga qiziqish uygʻotish, shu jumladan, uyushmagan yoshlarni aniqlash va ular bilan profilaktika ishlarini oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona, muassasa va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi kurash normalariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni tashkil etadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon bozorlari va “Elga xizmat” korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoringini amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, shuningdek,faoliyat koʻrsatmayotgan va boʻsh yotgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishga jalb qilinmagan resurslarni, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektorlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sektor rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organ va tashkilotlardan zarur material hamda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari hamda mutaxassislarini, zarurat boʻlganda, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, ularni hal etish choralarini amalga oshirish uchun jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa choralar koʻrish yuzasidan tegishli materiallarni yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar vakillarini ragʻbatlantirish va ularni javobgarlikka tortish uchun hokimlikka hamda ish beruvchi tashkilotlarga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idora va tashkilotlarning sektorlar shtabi aʼzolarini almashtirish toʻgʻrisidagi taklifi yuzasidan munosabat bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har haftada sektor shtabi aʼzolarining sektordagi hamda ularga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektor rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sektorlar faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sektorlarning faoliyati “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” prinsipi asosida tashkil etiladi va quyidagilarni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi boʻgʻinda –mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish, tuman (shahar)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish oʻtkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tumanlar (shahar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ishlarni tashkil etish maqsadida, sektorlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan yillik “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritalari”da hududlarni kompleks rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosi boʻyicha, eng avvalo:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogiron va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati turlarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklarni, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida barvaqt oldini olish va profilaktikasi boʻyicha choralar nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Sektorlarda sektor aʼzolari ishini muvofiqlashtirish hamda umumlashtirish maqsadida sektor shtabi (keyingi oʻrinlarda — shtab) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Sektor shtabi tarkibiga oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy roʻyxatga asosan idora va tashkilotlarning vakillari (keyingi oʻrinlarda — shtab aʼzolari) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Shtab aʼzolari sektor rahbari qarori bilan mahallalar kesimida sektorning muayyan hududiga bevosita biriktiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shtab aʼzosi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar vazifa, funksiya va vakolatlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorda oʻzlari mansub boʻlgan idora va tashkilot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha muammolarni aniqlash va hal etish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan mahallalarda barcha yoʻnalishdagi muammolarni har chorakda kamida bir marotaba uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni toʻliq oʻrganish va qayd etish orqali aniqlash hamda hal etish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida ularni tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorda tegishli idora va tashkilot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha hamda oʻziga bevosita biriktirilgan mahallardagi ijtimoiy va iqtisodiy holat boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Idora va tashkilotlarning shtab aʼzolarini biriktirish va almashtirish toʻgʻrisidagi taklifi sektor rahbari bilan kelishiladi, ular lavozimidan ozod etilgan, ishdan boʻshatilgan, boshqa ishga oʻtkazilgan yoxud sogʻligʻi holatiga koʻra sektordagi faoliyatini bajara olmaydigan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Sektor shtabi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish maqsadida jamoatchilik asosida sektor shtabi kotibi (keyingi oʻrinlarda — kotib) doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotib zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektor faoliyatiga oid maʼlumotlar, sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini shakllantirish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorda amalga oshirilgan ishlar hamda qabul qilingan fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini oʻz vaqtida qayd etib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtab aʼzolari faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda sektor rahbariga axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorning “yoʻl xaritasi”ga kiritish uchun takliflarni umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yagona tizimlashtirilgan elektron axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari hamda tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlariga har oyda kamida bir marotaba sektor faoliyatiga oid maʼlumotlar va hisobotlarni taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotib faoliyati asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotib shtabga hokimning qarori asosida biriktiriladi.
(101 — 105-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sektor rahbarlari va aʼzolari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan davrini joylarda ishlarning haqqoniy holatini, shu jumladan, aholi bilan muloqot qilish hamda uyma-uy yurish yoʻli bilan oʻrganishga ajratadilar. Bunda sektorlar rahbarlari va aʼzolari bir chorak mobaynida oʻzlariga biriktirilgan hududning barcha joylarida uyma-uy, shu jumladan, uy xoʻjaliklari va boshqa obyektlar boʻylab yurishni amalga oshirilishini taʼminlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Uyma-uy yurishni hisobga olish uchun sektorlar rahbarlari tomonidan tegishlicha Joʻqorgʻi Kenges raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Ichki ishlar vaziri, davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) va davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolangan hamda muhrlangan ip oʻtkazib tikilgan daftar yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektor rahbarining uyma-uy yurish daftariga borib koʻrilgan uy xoʻjaligining egasi, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrsatilgan holda uyma-uy yurish sanasi, vaqti va joylari toʻgʻrisidagi va boshqa zarur maʼlumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daftarlarni markazlashgan holda tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sektor rahbarlari va aʼzolari “Yoʻl xaritasida” belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirilishi boʻyicha shaxsan javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-bob. Sektorlar hududida jinoyatlarning oldini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Sektorlar hududidagi barcha mahallalar kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, ushbu Nizomning 132-bandida belgilangan tartibda har yili yanvar oyida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil” toifadagi mahalla — hududida jinoyat sodir etilmagan mahalla;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sariq” toifadagi mahalla — hisobot davrida hududida sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmogʻi tuman (shahar) koʻrsatkichi bilan barobar yoki undan past boʻlgan mahalla;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qizil” toifadagi mahalla — hududida, shu jumladan alohida toifadagi shaxslar, yaʼni voyaga yetmaganlar, ayollar, ishsizlar, ilgari sudlanganlar, mast holatdagi, profilaktik hisobda yoki maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmogʻi tuman (shahar) koʻrsatkichiga nisbatan yuqori boʻlgan mahalla hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Milliy gvardiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan respublikaning barcha mahallalari har yili yanvar oyida hisobot davrida hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha jinoyatlar statistikasi mahallabay tahlil qilinib, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar mahallalar kesimida hisoblab chiqiladi hamda tuman (shahar) boʻyicha mazkur toifa jinoyatlarning umumiy salmogʻi har oʻn ming aholiga nisbatan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 98, 99, 103, 104, 105, 106, 109, 110, 112, 115, 118, 119, 122, 123, 125, 126, 128, 129, 132, 134, 136, 137, 138, 139, 140, 141, 1411, 142, 164, 165, 166, 169, 170, 173, 215, 217, 219, 225, 229, 244, 245, 249, 263, 2631, 267, 269 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133. Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar statistikasi ichki ishlar organlari tomonidan har oy yakuni boʻyicha “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi orqali mahallalar kesimida tahlil qilinadi hamda tegishli idoralarga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari tomonidan sektorlar rahbarlariga biriktirilgan hududlardagi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi mahallalar toʻgʻrisidagi asoslantirilgan tahliliy maʼlumotlar har chorak yakuni boʻyicha sektor rahbarlariga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134. Sektor rahbarlari “yashil” toifadagi mahallalarda sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni bevosita oʻrganib chiqadi hamda ushbu toifadagi mahallalarning ijobiy ish uslublari, amalga oshirgan tadbirlarini sektorning “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarida ommalashtirish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektor rahbarlari tomonidan “yashil” toifadagi mahallalarning ijobiy tajribalarni boshqa toifadagi mahallalarga ommalashtirishda quyidagilar samarali tashkil etilganligiga eʼtibor qaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan yoxud sogʻliqni saqlash muassasalari hisobiga olingan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sektor rahbarlari va sektor shtabi aʼzolarining hisobdorligi va faoliyatini baholash
(5-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sektor rahbarlari har chorakda sektorning faoliyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari oldida hisobot beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, tegishli hududga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining masʼul mansabdor shaxslari ishtirok etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sektorning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning tegishli hududga biriktirilgan oʻrinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tumanlar (shaharlar) va hududlar sektorlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tizimli ravishda hisobot berib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda sektorlar rahbarlarining faoliyatini, ular tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringini amalga oshiradi, quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha ularning faoliyatini xolisona baholaydi;
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatining real oʻzgarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosining ahvoli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan hujjatlari, tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur hududlarga tashrifi jarayonidagi topshiriqlarining bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni yechish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijalari samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga, eng avvalo, takroran kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektor rahbarlarining uyma-uy yurish daftaridagi yozuvlarning haqqoniyligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasiga qoʻshgan hissasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektor rahbarlari faoliyatini baholashda ularning huquqbuzarliklar profilaktikasiga qoʻshgan hissasi natijasida hududidagi “yashil” toifadagi mahallalar salmogʻi yuqoriligiga eʼtibor qaratiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring va baholash natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida oʻrnak koʻrsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun ularni lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish boʻyicha har chorakda takliflar kiritib boradilar.
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sektor shtabi aʼzolari har hafta sektordagi hamda oʻzlariga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan sektor rahbariga axborot beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: barcha majlislarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishdagi oʻrni va javobgarligiga tanqidiy baho beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisining oʻrinbosari

Yoʻldoshev N.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Ismoilov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

Ismailov U.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

Inoyatov R.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

Xudaybergenov T.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

Akmalov K.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

Qoʻchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Abdukadirov R.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Begalov B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Jumaniyazov M.B.

Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Toshpulatov F.M.

Vazirlar Mahkamasi YATD mudiri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻkorgʻi Kengesi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 802-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son; 29.06.2020 y; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)