11.08.2017 yildagi 619-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash tizimiga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishning yangi tizimini joriy etish va mudofaaga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri K.R. Berdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 11-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
619-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt boʻyicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan taʼminlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega boʻlgan, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy — qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlarda nazarda tutilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek namunaviy yakka tartibdagi uylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti — harbiy xizmatchiga qonun hujjatlariga muvofiq qaytarish, toʻlov, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish (qurish) uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida turar joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi doirasida sotib olinadigan (quriladigan) turar joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlanayotgan sanada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 000 baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy xizmatchilarning arizasiga va tegishli idora rahbarining iltimosnomasiga koʻra ajratilayotgan turar joy yoki turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal oʻrniga mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun bepul asosda yer uchastkasi berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilarning arizasiga va tegishli idora rahbarining iltimosnomasiga koʻra turar joy sharoitlarini yaxshilash oʻrniga ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka kreditlari berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash yoki ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalalarini koʻrib chiqish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda markaziy turar joy komissiyasi deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli idoralarning harbiy qismlarida turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda turar joy komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining tarkiblari ularning huquq va vazifalari, ular faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tartibi tegishli idora rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining raislari va aʼzolari qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, adolatliligi, odilligi, xolisligi va shaffofligi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka krediti olish uchun harbiy xizmatchilarga tegishli idoralarning markaziy turar joy komissiyasining qarori asosida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshligʻi) nomiga bildirgi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning tarkibi toʻgʻrisida (mavjud boʻlganda) yashash joyidan maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchining turar joy bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlganda) va bolalar tugʻilganligi (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchining pul taʼminoti va doimiy ish joyidan (mavjud boʻlganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila aʼzolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatni oʻtashga kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri (boshligʻi)ning buyrugʻidan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash va propiska qilingan joylar (xizmatni oʻtash joyi) boʻyicha Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining harbiy xizmatchi yoki uning xotini (eri)ning oʻz turar joyi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Turar joy komissiyasi oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy komissiyasi tomonidan harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasining koʻrib chiqishi uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatib yozma shaklda harbiy xizmatchini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchi turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb eʼtirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki hafta muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi tegishli idoraning rahbari tomonidan dastlabki badalni kiritish uchun pul mablagʻlari ajratish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlash uchun tegishli idoraning kvartira-foydalanish organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki badalni kiritish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, markaziy turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda turar joy komissiyasini rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini oʻtkazish va qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tegishli idora rahbarining dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida kvartira-foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida kafolat xati beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli idoralar tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablagʻlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazilishi yoʻli bilan harbiy xizmatchi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ipoteka kreditini qaytarish harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul taʼminoti va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd boʻlmagan shaklda pul oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqd pul mablagʻlari toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik kartalardan va harbiy xizmatchining tijorat banklaridagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqd boʻlmagan shaklda pul mablagʻlari oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijtimoiy kafolatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar dastlabki badal amalga oshirilgan paytdan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgach davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatidan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Turar joy bilan taʼminlash usuliga bogʻliq ravishda harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal ular uchun kiritilgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi, yoxud toʻliq 12 oygacha boʻlgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga yer uchastkasini mustaqil oʻzlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi, yoxud toʻliq 24 oygacha boʻlgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddati harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badal kiritilgan kundan boshlab yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun harbiy xizmatchilarga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish tegishli idoraning kvartira-foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularga turar joyni markazlashtirilgan tartibda hisobga olishni yuritish yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki u xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda qaytarilmagan kredit summasi va u boʻyicha hisoblangan foizlar tegishli idora rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Birgalikdagi nikohdagi harbiy xizmatchilar (xotin, er) tomonidan turar joyni sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni kiritish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish kvartira-foydalanish organi tomonidan berilgan er-xotinning har ikkisi turar joy bilan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi bilan taʼminlanmaganligi va ularning har ikkisi uchun dastlabki badal kiritilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda ulardan biri tomonidan, xizmat joyi boʻyicha yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tegishli idora tomonidan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilgan harbiy xizmatchi davlat hisobiga turar joy bilan bepul taʼminlashning boshqa shakllaridan foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xoʻjalik hisobi asosidagi boʻlinmalarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badallar tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat hisobiga turar joy (dastlabki badal, yer uchastkasi, turar joyni xususiylashtirish va shu kabilar) bilan taʼminlangan harbiy xizmatchi umumiy shartlarda qoʻshimcha turar joy olish uchun belgilangan tartibda ipoteka krediti olish huquqini yoʻqotmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki badalni toʻlash va keyinchalik olingan kreditni qaytarish belgilangan tartibda harbiy xizmatchining yoki uning oila aʼzolarining mablagʻlari hisobiga toʻliq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno, tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tegishli idoralarning moliya organlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badalni kiritishda hujjatlarning butligi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Harbiy qism komandiri (boshligʻi) va turar joy komissiyasi ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni berish bilan bogʻliq hujjatlar rasmiylashtirilishining ishonchliligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni kiritish masalasini koʻrib chiqishda zarur boʻlgan oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar va boshqa shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishi uchun harbiy xizmatchilarga masʼuliyat yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Turar joy komissiyalarining qarorlari va ular aʼzolarining harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha ariza va shikoyatlar markaziy turar joy komissiyasi va sud tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasi toʻlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 38-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 853-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)