ILOVA
| T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Ijro etish muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Milliy xavfsizlikni qonunchilik asosida tartibga solish samaradorligini oshirish | |||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangilangan loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil 1-iyungacha | Xavfsizlik kengashi apparati (M. Atayev, B. Shoyoqubov), |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi yangilangan Mudofaa doktrinasining loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil 1-iyulgacha | Xavfsizlik kengashi apparati |
| II. Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilish tizimini yanada takomillashtirish | |||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorlash | 2017-yil 15-fevralgacha | MV (K. Berdiyev), |
| 2. | HHM va HHK Qoʻshinlarining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnika va qurol-aslaha bilan jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali ularning salohiyatini mustahkamlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorlash | MV (A. Burxonov), MXX (R. Yusupov), IIV Moliya vazirligi (B. Xodjayev), | |
| 3. | Harbiy okruglarning maqsadi, qoʻshinlarni qoʻllashning xususiyatlari, operatsion yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda harbiy okruglarning tuzilmasi va vazifalarini aniqlashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagilar boʻyicha tegishli qarorlari loyihalarini ishlab chiqish: | 2017-yil davomida | MV (K. Berdiyev), |
| Janubi-gʻarbiy alohida harbiy okrugi boʻyicha | 2017-yil | JGʻAHO (B. Toshmatov) | |
| Toshkent harbiy okrugi boʻyicha | 2017-yil 1-iyulgacha | THO (L. Buzrukov) | |
| Sharqiy harbiy okrugi boʻyicha | 2017-yil | SHHO (R. Halilov) | |
| Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi boʻyicha | 2017-yil | SHGʻHO (T. Irgashev) | |
| III. Qoʻshinlarni tayyorlash boʻyicha tadbirlarni rejalashtirishga yangicha yondashuvni ishlab chiqish | |||
| 1. | Boʻlinmalarni tayyorlash boʻyicha mutlaqo yangi tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun tegishli oʻquv dasturlari loyihalarini ishlab chiqqan holda ularni tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish. | 2017-yil | MV (K. Berdiyev), |
| 2. | Boʻlinmalarni tayyorlash boʻyicha ishlab chiqilgan tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun oʻquv dasturlari loyihalarining eng muhim alohida qismlarini aprobatsiyadan oʻtkazish va ularning samaradorligini baholash | 2017-yil | MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov), IIV (A. Azizov), FVV (K Aripov) |
| 3. | Boʻlinmalarni tayyorlash boʻyicha yangi tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun oʻquv dasturlarini puxta qayta ishlash va qabul qilish | 2018-yil | |
| IV. Barcha darajadagi professional harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | |||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil | MV (K. Berdiyev), |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini amalga oshirish | 2017-yil | Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), MV (K. Berdiyev), |
| 3. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlash va qabul qilish: oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni saralab olishga qoʻyiladigan talablarni oshirish; oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklanayotgan kollejlar va litseylar faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan zarur kompleks tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish | 2017-yil | Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), QR Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), viloyatlar (Sh. Abdurahmonov, Oʻ. Barnoyev, U. Uzoqov, 3. Roʻziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqboʻtayev, |
| 4. | Qurolli Kuchlar Akademiyasi va oliy harbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini yetakchi milliy va xalqaro, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya va ushbu sohada taraqqiy topgan mamlakatlarning oʻquv muassasalarida tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish | 2017-yil iyundan boshlab doimiy | MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov), IIV (A. Azizov), |
| V. Qoʻshinlarni zamonaviy turdagi qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qayta jihozlash | |||
| 1. | Qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan jihozlash va modernizatsiya qilish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan, 2017-yilda amalga oshirish boʻyicha batafsil rejasi bilan kompleks dasturni hamda uni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil | MV (K. Berdiyev), |
| 2. | Mamlakatning harbiy-sanoat kompleksini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va kelishish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu masala boʻyicha tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil | Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov), |
| 3. | HSKning ilmiy-ishlab chiqarish bazasini, servis markazlari va qoʻshma korxonalarni, shuningdek, mamlakatning yetakchi korxonalarida harbiy maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlarning ayrim turlarini mahalliylashtirishni tashkil etish boʻyicha tegishli Davlat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish | 2017-yil | |
| VI. Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish | |||
| 1. | “Harbiy xizmatni, ichki ishlar, bojxona organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish | 2017-yil | Xavfsizlik kengashi apparati |
| 2. | Harbiy xizmatni oʻtash tartibini, harbiy xizmatchilarning front orti, uy-joy va tibbiy taʼminotini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish (qayta ishlash) boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tuzish va tasdiqlash | 2017-yil 18-fevralgacha | MV (K. Berdiyev), Adliya vazirligi (M. Ikromov), Moliya vazirligi |
| 3. | Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish (qayta ishlash) va tasdiqlash | yil davomida | |
| 4. | Harbiy xizmatchilarning oilalari uchun 56 ta, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Fargʻona viloyatida 4 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 8 ta, Sirdaryo viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Navoiy viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta va Toshkent shahrida 18 ta uch qavatli uy-joylar qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil | MV (K. Berdiyev, D. Muratov), Moliya vazirligi |
| 5. | Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash tizimiga shaxsiy uy-joy qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini taqdim etish boʻyicha yangi tizimni joriy qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil 1-martgacha | MV (K. Berdiyev, D. Muratov), Moliya vazirligi |
| VII. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolarda yot gʻoyalar salbiy taʼsiriga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish hamda Vatan taqdiriga masʼullik hissini mustahkamlash | |||
| 1. | Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va boshqarmalarning mahalliy hokimiyat organlar bilan hamkorlik qilish va armiyaning jasurlik, qatʼiyat va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini oʻtagan yoshlar bilan uzluksiz aloqani taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish; | 2017-yil | Xavfsizlik kengashi apparati (Sh. Abdurahmonov, Oʻ. Barnoyev, U. Uzoqov, 3. Roʻziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqboʻtayev, G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. Gʻaniyev, P. Bobojonov) va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari |
| 2. | Muddatli xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha respublika komissiyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida bevosita rais va hokimlar rahbarligi ostida tegishli komissiyalar tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarorini ishlab chiqish va qabul qilish | Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), MV (M. Saliyev) ,“Kamolot” YOIH (B. Gʻaniyev), Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov), QR Vazirlar Kengashi U. Uzoqov, 3. Roʻziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqboʻtayev, G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. Gʻaniyev, P. Bobojonov) va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari, harbiy okruglar qoʻmondonligi | |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar hokimliklari tarkibida Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalarini shakllantirish, shuningdek, kengash toʻgʻrisidagi yangi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish | 2017-yil 1-maygacha | MV (M. Saliyev), (M. Kuranov), QR Vazirlar Kengashi U. Uzoqov, 3. Roʻziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqboʻtayev, G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. Gʻaniyev, P. Bobojonov) va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari, harbiy okruglar qoʻmondonligi |