25.07.2005 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga hamda Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qaroriga hamda “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 25-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yo‘nalishi bo‘yicha turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (harbiy xizmatchining o‘zini hisoblamagan holda), ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning farzandlari va ota-onalari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi qonunchilikka muvofiq oldingi yashash joyida uy-joy maydonini bron qilgan va bron qilingan uy-joy maydoniga uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan boshqa harbiy xizmatchilarni joylashtirgan yoxud uy-joy maydonini ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralarining kvartira organlariga bergan harbiy xizmatchilarga ham pul kompensatsiyasi mana shu miqdorlarda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari ma’muriy chegaralariga bevosita yaqin joylashgan, bir garnizon hududiga kiruvchi tuman ahamiyatiga ega aholi yashash punktlaridagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilariga, ushbu shaharlar (poytaxt va viloyat markazlari) yaqinida turar joyni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pul kompensatsiyasi, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), harbiy xizmatchi haqiqatda yashayotgan hududiy birlik uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari miqdori hududlar kesimida turar joy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turar joy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qo‘mitasining har yil 1-oktabr holatiga ko‘ra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘yicha bergan ma’lumoti asos hisoblanadi. Turar joy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda ko‘rsatilgan har oylik kompensatsiya me’yorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu Nizomda belgilangan me’yorlari o‘zgartirilmaydi va uni o‘zgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar to‘lanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-iyuldagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasi to‘lash:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida), shuningdek, oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kundan, lekin uzoq muddatli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘langan harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab to‘liq 24 oy o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 853-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Harbiy xizmatchilar pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda komandirga (boshliqqa) raport beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raportga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchining shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida harbiy qism komandiri buyrug‘idan ko‘chirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli kvartira organlari tomonidan berilgan oldingi xizmat joyi bo‘yicha turar joy maydonini topshirganlik (bron qilganlik) to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchining xizmatni o‘tash joyiga kelishi uchun harbiy xizmatchi bilan kelgan va birga yashayotgan oila a’zolarining tarkibi to‘g‘risida (tug‘ilgan sanasi ko‘rsatilgan holda) harbiy qism shtabining (kadrlar organining) ma’lumotnomasi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi va uning turmush o‘rtog‘i (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyni ijara olganlik (ijara) shartnomasining soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgan nusxasi yoki ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Birgalikda nikohda bo‘lgan harbiy xizmatchilarga (xotiniga, eriga) pul kompensatsiyasi xizmatni o‘tash joyidan eri (xotini) turar joy maydoni bilan ta’minlanmaganligi va pul kompensatsiyasi olmasligi haqidagi ma’lumotnoma bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha ulardan biriga to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchi ayollar bola 2 yoshga to‘lgandan keyin uni parvarish qilish uchun ta’tilga chiqqanlari taqdirda pul kompensatsiyasi butun ta’til davri uchun to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pul kompensatsiyasi harbiy xizmatchining xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha moliya organi tomonidan o‘tgan oy uchun tarqatish vedomosti bo‘yicha to‘lanadi, bir vaqtning o‘zida harbiy qism komandiri (boshlig‘ining), korxona va muassasaning to‘lanishi kerak bo‘lgan pul kompensatsiyasi summasi va to‘lov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi ko‘rsatilgan buyrug‘i asosida joriy oy uchun pul ta’minoti to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi ushbu harbiy xizmatchilar ta’minotning boshqa turlariga biriktirilgan harbiy qism, korxona va muassasaning moliya organi tomonidan to‘lanadi. Mudofaa vazirligining korxonalar va tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilariga pul kompensatsiyalari ular uchun pul ta’minoti tayinlangan harbiy qism, korxona va muassasalarning moliya organi tomonidan to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasini oluvchi har bir harbiy xizmatchiga alohida shaxsiy hisob varag‘i yuritiladi, harbiy xizmatchiga taqdim etilgan barcha hujjatlar unga tirkab qo‘yiladi. Shaxsiy hisobvaraqlari harbiy qismning moliya organida to‘lovlar tamom bo‘lgungacha va harbiy qismning moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning to‘g‘riligi tekshirilgungacha saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom bo‘lgandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda, bu haqda harbiy xizmatchi raport beradi, yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi ushbu o‘zgartirishlar belgilangan tartibda kuchga kirgandan boshlab to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchining aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi undan to‘liq miqdorda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pul kompensatsiyasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) smeta-budjet tartibida moliyalashtiriladigan harbiy qismlar, harbiy-ta’lim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda — budjet mablag‘lari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xo‘jalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning harbiy qismlarida, muassasalari, korxonalari va tashkilotlarida — o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sarflangan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha harbiy qismning moliya organi tomonidan yilning har choragida yuqori turuvchi moliya organiga (ta’minlovchi moliyaviy organga) taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Pul kompensatsiyasining to‘lanishi to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish harbiy qism komandiriga (boshlig‘iga), korxonalar, muassasalarga va uy-joy komissiyasi raisiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — pul kompensatsiyasi) to‘lash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim) (keyingi o‘rinlarda — halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim) — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari (xodimlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolari — halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan yangi nikohga kirmagan turmush o‘rtog‘i va (yoki) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) qaramog‘ida bo‘lgan ota-onasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha vazirlik va idoralarning jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yo‘q qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarining) oila a’zolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Harbiy xizmatchining (xodimning) Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lganligi holati tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga ularning mulki (nomi)da turar joy bo‘lmagan taqdirda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirmagan turmush o‘rtog‘i va (yoki) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) qaramog‘ida bo‘lgan ota-onasidan biriga to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirgan turmush o‘rtog‘iga, keyinchalik ular yangi nikohidan ajrashganida yoki beva qolganida pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga pul kompensatsiyasi, harbiy xizmatchi (xodim) xizmat o‘tagan vazirlik va idoralarning ular turar joyni ijaraga olgan joydagi tuman (shahar) hududiy bo‘linmalari, agar tuman (shahar) hududiy bo‘linmalari mavjud bo‘lmasa, viloyat darajasidagi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — to‘lovni amalga oshiruvchi organ) tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlari markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasini oluvchi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zosi (turmush o‘rtog‘i, ota-onasidan biri) bilan birga yashaydigan oila tarkibi uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (pul kompensatsiyasi oluvchi shaxsni hisoblamagan holda), pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda pul kompensatsiyasi oluvchi oila a’zosi bilan birga yashaydigan shaxslar (halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari, harbiy xizmatchi (xodim) hayotligida farzandlikka olgan shaxslar, halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolari tomonidan farzandlikka olingan shaxslar, harbiy xizmatchining (xodimning) qaramog‘idagi ota-onasi, shu jumladan, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi) hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari miqdori hududlar kesimida turar joy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turar joy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qo‘mitasining har yil 1-oktabr holatiga ko‘ra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘yicha bergan ma’lumoti asos hisoblanadi. Turar joy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda ko‘rsatilgan har oylik kompensatsiya me’yorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu Nizomda belgilangan me’yorlari o‘zgartirilmaydi va uni o‘zgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar to‘lanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-iyuldagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim) oila a’zosiga pul kompensatsiyasi turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolari pul kompensatsiyasini olish uchun ijara asosida yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda, to‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbari nomiga mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan shakldagi yozma ariza bilan murojaat etadilar. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onasidan biri tomonidan — halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) o‘limi to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlayotgan (xizmat qilayotgan) joyidan xizmat turar joyi bilan ta’minlanmaganligi yoki turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun to‘lov amalga oshirilmayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ishlayotgan (xizmat qilayotgan) oila a’zolari uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyni ijara olganlik (ijara) shartnomasining soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgan nusxasi yoki ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasini olish uchun murojaat etgan halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolaridan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari (tug‘ilganlik haqida guvohnoma, biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi), nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi, nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari, nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda boshqa zarur hujjat va ma’lumotlar to‘lovni amalga oshiruvchi organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbari pul kompensatsiyasini to‘lash bo‘yicha hujjatlarga qo‘shimcha ravishda tegishli komandirning (boshliqning) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida harbiy xizmatchi (xodim) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lganligini (ishtirok etgan davrini ko‘rsatgan holda) tasdiqlovchi buyrug‘idan ko‘chirmani ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Pul kompensatsiyasini to‘lash masalasi to‘lovni amalga oshiruvchi organning uy-joy komissiyasi (uy-joy komissiyasi mavjud bo‘lmasa, yuqori turuvchi uy-joy komissiyasi) tomonidan to‘plangan hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan ko‘rib chiqiladi va natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasini to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qaror uy-joy komissiyasi bayonnomasi asosida to‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror haqida ariza bilan murojaat etgan halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga 3 kunlik muddatda belgilangan tartibda pochta yoki aloqaning boshqa vositalari orqali xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Pul kompensatsiyasini olish uchun ariza bilan murojaat etgan halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolari taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi hamda ushbu ma’lumotlarda kelgusida bo‘ladigan o‘zgarishlar (shu jumladan, kompensatsiya miqdorini o‘zgarishiga yoki to‘xtatilishiga olib keluvchi ma’lumotlar) haqida 3 kun muddatda to‘lovni amalga oshiruvchi organni xabardor qilishi to‘g‘risida mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan shaklda tilxat olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Pul kompensatsiyasi to‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan har oyda qabul qilinadigan, pul kompensatsiyasi summasi va to‘lov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi ko‘rsatilgan buyruqqa asosan ushbu organ moliya bo‘linmasi tomonidan o‘tgan oy uchun joriy oyda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirmagan turmush o‘rtog‘i va qaramog‘ida bo‘lgan ota-onasi (ota-onasidan biri) birgalikda yashasa pul kompensatsiyasi ularning bittasiga to‘lanadi. Bunda pul kompensatsiyasi uni olayotgan shaxs vafot etishi munosabati bilan to‘xtatilganda, pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan oilaning boshqa a’zosiga mazkur Nizomga ko‘rsatilgan tartib asosida pul kompensatsiyasi to‘lovi belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilashda hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda, bu haqda pul kompensatsiyasi olayotgan shaxslar to‘lovni amalga oshiruvchi organga (qayta hisob-kitob qilish uchun) 3 kun muddatda yozma ariza bilan shaxsan murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolari aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi ulardan to‘liq miqdorda (ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida majburiy) undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Pul kompensatsiyasini to‘lash quyidagi holatlarda to‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbarining buyrug‘iga asosan to‘xtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi shartnomasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq muddatli ipoteka krediti asosida turar joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kundan, biroq ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘langan pul kompensatsiyasini oluvchi shaxsga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyni ijaraga olish muddati tugagan yoki boshqa hududga yashash uchun ko‘chib ketgan kundan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) turmush o‘rtog‘iga, u yangi nikohga kirgan kundan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul kompensatsiyasi olayotgan shaxs ijaraga olgan turar joyda yashamasligi aniqlangan kundan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul kompensatsiyasini olayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kompensatsiya to‘lash uchun asos hisoblangan, biroq qarindoshlik darajasini soxtalashtirish, yangi nikohga kirganligini yashirish va boshqa shu kabi haqiqatga mos kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar aniqlangan kundan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab to‘liq 24 oy o‘tgandan keyin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pul kompensatsiyasini oluvchi shaxsga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan, kompensatsiya oluvchi shaxs tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan taqdirda, tegishli uy-joy komissiyalari moliya organiga pul kompensatsiyasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Pul kompensatsiyasini oluvchi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolarining har biriga alohida shaxsiy hisobvarag‘i yuritiladi va taqdim etilgan barcha hujjatlar unga biriktirib qo‘yiladi. Shaxsiy hisobvaraqlar to‘lovni amalga oshiruvchi organning moliya bo‘linmasida to‘lovlar tamom bo‘lgungacha va moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning to‘g‘riligi tekshirilgunga qadar saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom bo‘lgandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi quyidagilarga to‘lanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar tomonidan harbiy xizmatchi (xodim) hayotligida berilgan turar joy (shu jumladan, imtiyozli ipoteka krediti asosida) mulk huquqi asosida o‘tgan harbiy xizmatchining (xodimning) turmush o‘rtog‘i va (yoki) ota-onasiga — mazkur turar joy keyinchalik boshqa jismoniy (yuridik) shaxslar nomiga o‘tkazilgan (sotilgan, hadya qilingan, musodara qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda) bo‘lishidan qat’i nazar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar tomonidan halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga (xodimga) u hayotligida berilgan xizmat xonadonida yashayotgan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat (ish) joyidan xizmat xonadoni bilan ta’minlangan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish (xizmat) joyida turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun to‘lov amalga oshiriladigan shaxslarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Pul kompensatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sarflangan pul mablag‘lari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash shartlariga muvofiq tegishli shaklda yuqori turuvchi moliya organiga hisobot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pul kompensatsiyasining to‘g‘ri to‘lanishi nazorat qilish to‘lovni amalga oshiruvchi organ rahbari va uy-joy komissiyasi raisi hamda qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_________________________________________ ga

(to‘lovni amalga oshiruvchi organ boshligi F.I.O.)

_________________________________________ da

(kompensatsiya oluvchining yashash joyi)

yashovchi _____________________________________

(kompensatsiya oluvchining tugilgan sanasi)

________________________________________ dan

(F.I.O.)

Tel.:________________

ARIZA

Men, marhum harbiy xizmatchi (xodim) _________________________________________________

____________________________________________________________________________________ ning

(marhum harbiy xizmatchining (xodimning) oxirgi xizmat joyi, lavozimi, harbiy unvoni, F.I.O)

turmush o‘rtog‘i (ota-onasi) _______________________________________________________________ ga

(kompensatsiya oluvchining F.I.O)

turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lab berishingizni so‘rayman.

Turmush o‘rtog‘im (o‘g‘lim, qizim) _______________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(marhum harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lganligi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

Menga pul kompensatsiyasi o‘tgan oy uchun joriy oyda to‘lanishi haqida tushuntirildi.

Ijaraga olingan turar joyda o‘zim (o‘zim va oila a’zolarim bilan birga) yashayman.

Menga pul kompensatsiya naqd pul shaklida (plastik kartaga pul ko‘chirish yo‘li bilan) to‘lanishi bo‘yicha e’tirozim yo‘q.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmamga olaman.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

l) _______________________________________;

2) _______________________________________;

3) _______________________________________.

___________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

TILXAT

Men, ______________________________________________________________ ga

(F.I.O.)

____________________________________ tomonidan turar-joyni ijaraga olganligim

____(to‘lovni amalga oshiruvchi organ nomi)

(ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi olish shartlari va tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, men pul kompensatsiya olish uchun men tomonimdan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman va kelgusida ushbu ma’lumotlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida uch kun muddatda

____________________________ ga ma’lumot berish majburiyatini o‘z zimmamga olaman.

(to‘lovni amalga oshiruvchi organ nomi)

Men pul kompensatsiyasi miqdorining kamayishi yoki to‘xtatilishiga olib keluvchi ma’lumot va hujjatlarni taqdim qilmaganligim natijasida menga to‘langan ortiqcha xarajatlar uchun to‘liq moddiy javobgarligim to‘g‘risida ogohlantirildim.

____________________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” ______________.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 228-modda; 2012-y., 16-son, 183-modda; 2017-y., 33-son, 853-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 10.07.2020-y., 09/20/431/1048-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son; 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)