O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda madaniyat va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi, shuningdek madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni 3—5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga, zarurat bo‘lganda, xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilgari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasida o‘rnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi vositalarini Madaniyat va sport ishlari vazirligida saqlab qolsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining markaziy apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 1-uy.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 21 maydagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 17-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 9-iyundagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 55-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-sentabr,
455-son
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y. 14-son, 104-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tuzilmasi
Viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi
Madaniyat va sport ishlari hududiy organlari xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
| | | | | |
|
|
|
Xodimlarning cheklangan umumiy soni |
shu jumladan boshqaruv xodimlari soni | |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari |
Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari | |||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
36 |
10 |
24 |
|
2. |
Andijon viloyati |
36 |
9 |
25 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
29 |
9 |
18 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
25 |
7 |
17 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
33 |
8 |
24 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
24 |
7 |
16 |
|
7. |
Namangan viloyati |
26 |
6 |
19 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
40 |
11 |
26 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
23 |
7 |
15 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
32 |
9 |
21 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
41 |
8 |
31 |
|
12. |
Farg‘ona viloyati |
37 |
7 |
28 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
27 |
9 |
16 |
|
14. |
Toshkent shahri |
39 |
14 |
22 |
|
|
Jami: |
448 |
121 |
302 |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 40-41-son, 436-modda; 2005-y., 14-son, 104-modda)