Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2017 27.09.2004 yildagi PF-3491-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda hal etish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan boy va barkamol shaxslarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sogʻlom turmush tarzi va sportga muhabbat tuygʻusini singdirish, aholining madaniy va estetik talab-ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, shuningdek madaniyat va sport sohasini boshqarishni takomillashtirish, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini koʻtarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi tugatilib, ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar mobaynida shakllangan yuksak maʼnaviyatni, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan boy va uygʻun kamol topgan shaxslarni voyaga yetkazish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy istiqlol gʻoyasidan, Oʻzbekiston xalqining madaniy va maʼnaviy-axloqiy anʼanalaridan kelib chiqqan holda aholi oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, fizkultura-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat, sirk, xalq amaliy va estrada sanʼatini yanada rivojlantirish, ularning gʻoyaviy-badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitilishini taʼminlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz talant va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shugʻullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olimpiya oʻyinlarida, jahon va osiyo chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash maqsadida olimpiya zaxirasi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq oʻyinlari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar-joylar va mahallalarda madaniy-maʼrifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, fizkultura sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini oʻtkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferensiya, koʻrgazma va sport musobaqalari oʻtkazish, madaniyat, sanʼat va sport sohasiga xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, obyekt va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan imkoniyat darajasida toʻla va samarali foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, oʻquv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani, ommabop madaniy-maʼrifiy va sport dasturlarini keng koʻlamda targʻib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi PF–360-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3491-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,38-39-son, 422-modda)