Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 05.06.2000 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RMONLARNING QO‘RIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘rmonlarning qo‘riqlash toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va manfaatdor organlar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlaridagi o‘rmonlarning qo‘riqlash toifalarini 2001-yil 1-martgacha aniqlasin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RMONLARNING QO‘RIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlashda ularning maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq aniqlashning yagona tartibi, shartlari va farqlovchi belgilarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash o‘rmon fondi yerlari birkitilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalariga va Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklariga yuklanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni va respublika bo‘yicha materiallarni umumlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi amalga oshiradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlashda, o‘rmon fondi yerlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini, o‘rmonlarning ekologik muvozanatga va tabiiy muhitning barcha komponentlariga ta’sirini, daryolarning gidrologiya rejimiga, namlik bug‘lanishining pasayishiga, yomg‘ir va qor-muz suvlarining yuza oqimini tartibga solishga, shamol tezligining pasayishga ta’sirini va iqlimga ta’sirini hisobga olgan holda, qo‘riqlanishning ajratiladigan toifalarining asosiy maqsadiga eng ko‘p javob beruvchi daraxtlarning puxta tanlab olinishini ta’minlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘rmonlar qo‘riqlashining muayyan toifasi davlat o‘rmon fondi yerlari uchastkalari chegaralarini belgilaydi. Ushbu chegaralar o‘rmon bilan qoplangan va qoplanmagan, alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, rekreatsion, ilmiy, tarixiy yoki ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda ko‘proq foydalanish uchun boshqa maxsus maqsadlar bo‘yicha ajratilgan maydonlarni o‘z ichiga oladi. Bir xil maqsadda foydalanish uchun belgilangan tartibda ajratiladigan barcha o‘rmonlar qo‘riqlanishning bitta toifasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari chegaralari joylarda belgilangan va o‘rmon tuzilishi kartografiya materiallarida aks ettirilgan o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon mavzelari chegaralari bilan qo‘shilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish tartibi o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga ko‘ra “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi va qonunchilik bilan aniqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston o‘rmonlari xalq xo‘jaligi ahamiyatiga, ularning joylashgan o‘rniga va bajaradigan funksiyalariga ko‘ra qo‘riqlanishning quyidagi toifalariga bo‘linadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) o‘rmonlarning temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tgan ihota mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) cho‘l va chala cho‘l mintaqasidagi o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan mintaqa o‘rmonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) suv obyektlarini muhofaza qilish hududidagi o‘rmonlar;
(7-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlaridagi o‘rmonlar;
(7-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon mavzelari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) yong‘oqchilik mintaqasidagi o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) o‘rmonning mevali daraxtzorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) davlat qo‘riqxona o‘rmonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlaridagi o‘rmonlar;
(7-bandning “o” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo‘lgan davlat qo‘riqxonalari tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlari hududlaridagi qo‘riqxonalarda, o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlarida va o‘rmon bog‘larida qo‘riqlanishning boshqa toifalari ajratilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bitta hududda o‘suvchi va ayni bir vaqtda bir nechta himoya funksiyalarini bajaruvchi o‘rmonlar uning uchun o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanishning yanada qattiqroq tartibi belgilangan qo‘riqlash toifasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalariga suvni qo‘riqlash-himoya qilish funksiyalarini bajaruvchi, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillarida joylashgan, daryo o‘zaniga yoki havzasi sohiliga bevosita tutashgan o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari daryo bo‘ylarida, suv omborlarida va maydoni 100 gektardan ko‘p bo‘lgan ko‘llar atrofida, ular kimning tasarrufida yoki foydalanishida ekanligidan qat’i nazar, davlat o‘rmon fondi yerlarida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolar bo‘yidagi aniq o‘tloq yerlardagi taqiqlangan mintaqalar kengligi o‘tloq yerlar va ularga tutash mintaqalar kengligidan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tikligi 30 gradusdan ko‘p bo‘lgan, katta daryolarga tutash tog‘ qiyaliklari o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqasiga to‘liq kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari tashqi chegarasi ularni belgilashda imkoniyatga ko‘ra tabiiy chegaralar yoki daraxtlari kesilgan mavzelar, ajratilgan yerlar chegaralari bilan birga qo‘shib yuborilishi va to‘g‘rilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligining aniq hajmlari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari bilan kelishgan holda aniqlanadi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘llar va suv omborlari atrofidagi o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi ularga quyiladigan daryolar bo‘yicha ajratilgan mintaqalarga teng holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolarning asosiy o‘zanlari bo‘yicha eroziya jarayonlariga uchragan hududlarda o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi maxsus tadqiqotlar asosida ham belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolarning, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab belgilangan o‘rmonlarning taqiqlangan hajmi zarur bo‘lganda maxsus tadqiqotlar asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartiriladi.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu toifani ajratishdan maqsad suv obyektlarini qo‘riqlash va himoyalash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalariga daryolar, ko‘llar va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab joylashgan, ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylar hisoblanadigan va daryolar o‘zaniga yoki suv havzasi sohiliga bevosita qo‘shiladigan o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmonlar qo‘riqlanishining ushbu toifasini ajratishdan maqsad ovlanadigan baliqlarni qo‘riqlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Eroziyadan himoyalaydigan o‘rmonlarga chuqurliklar, soylarda, oson to‘zg‘iydigan qumliklarda, toshloqlardagi tabiiy va sun’iy holda yaratilgan o‘rmonlar, sel xavfi bo‘lgan joylardagi o‘rmonlar, tik tog‘ qiyaliklaridagi o‘rmon uchastkalari kiradi, shuningdek, ularga konlar va tuproq qatlamlari kovlangan yerlardagi tabiiy va sun’iy yaratilgan o‘rmonlar ham kirishi mumkin, agar ular eroziyadan saqlash va himoyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu toifaning asosiy maqsadi yerlarni, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi yerlarini suv va shamol eroziyasidan himoyalashdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘rmonlarning temir yo‘llar bo‘ylab o‘tgan ihota mintaqalariga temir yo‘lning har qaysi tomonidagi kengligi 300 metrgacha bo‘lgan, ishlayotgan va qurilayotgan temir yo‘llarga tutash tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qumli hududlarda ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda maxsus tadqiqotlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temir yo‘llar bo‘ylab o‘rmonlar ihota mintaqalarining aniq kengligi temir yo‘l transporti organlari bilan kelishilgan holda, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan belgilanadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yo‘llar bo‘ylab o‘rmonlar ihota mintaqalariga yo‘lning har qaysi tomonidan kengligi 20-50 metr bo‘lgan, respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutash o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi qumli hududlarda o‘rmonlarning ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda, maxsus tadqiqot asosida, avtomobil yo‘llarining saqlanishini va transport harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bo‘yidagi o‘rmonlarning ihota mintaqalari transport yo‘llarini noqulay ob-havo sharoitlarida, qum va qor bosishidan, yuvilib ketishdan, ko‘chkilardan, iqlim noqulayliklari va sellardan himoyalash maqsadida, shuningdek, ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Cho‘l va chala cho‘l mintaqasidagi o‘rmonlarga tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o‘rmonlar, cho‘l va chala cho‘l hududlarida joylashgan, muhim ihota funksiyalarini bajaruvchi o‘rmon uchastkalari yoki mavzelari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida joylashgan o‘rmonlar qishloq xo‘jaligi yerlari, aholi punktlari va boshqa obyektlarni noqulay tabiiy sharoitlar (qum bosishi)dan ihotalash uchun xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lariga shaharlar va shaharchalarning shahar hududining belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralarida joylashgan o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar o‘rmonlari shaharlar, shaharchalar va boshqa shahar tusidagi aholi punktlari hududi chegaralari belgilanayotganda (o‘zgartirilayotganda) ajratiladi. O‘rmon-bog‘larga shahar hokimliklari tasarrufidagi, shaharlar chegarasi tashqarisida joylashgan o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘laridan birinchi navbatda madaniy-sog‘lomlashtirish maqsadlarida va aholining dam olishi uchun foydalaniladi. Ushbu o‘rmonlarda aholi dam olishiga to‘sqinlik qiluvchi daraxt kesish va yog‘och tayyorlash kabi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan mintaqadagi o‘rmonlarga shaharlar, aholi punktlari va sanoat obyektlari chegarasidan tashqarida joylashgan, muhim ihota, sanitariya-gigiyena, ekologik va boshqa funksiyalarni bajaruvchi, aholini sog‘lomlashtirishni, mehnat qobiliyatini oshirishni va dam olishini ta’minlovchi, shaharlar havo bo‘shlig‘ini tozalovchi va aholi punktlarini ifloslanishdan saqlovchi o‘rmonlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Suv obyektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi o‘rmonlarga suv obyektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqalari belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralardagi o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv obyektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi o‘rmonlar suvdan ichish uchun foydalaniladigan joylarda suvni tozalash, muhofaza qilish, saqlash va uning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv obyektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi o‘rmonlarda daraxtlarni faqat qat’iy belgilangan chegaralarda parvarish qilish va sanitariya maqsadida kesishga yo‘l qo‘yiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlari o‘rmonlariga muhofaza etiladigan, belgilangan tartibda tashkil etilgan ushbu tabiiy hududlar chegaralaridagi o‘rmonlar kiradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu o‘rmonlar iqlimni, sanitariya-gigiyena sharoitlarini hamda tuproq va suvni muhofaza qilishni tartibga soladi, kishilarning dam olishga va ularni sog‘lomlashtirishga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon mavzelariga serunum o‘rmonlar, shuningdek, qimmatli genetik ahamiyatiga ega bo‘lgan relikt va endemik daraxtlar navlaridan iborat o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu toifaning maqsadli ilmiy-tarixiy maqsadlar uchun qimmatli tabiiy o‘rmonlarni saqlab qolishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yong‘oqchilik mintaqasidagi o‘rmonlarga shirin, madaniylashgan grek yong‘og‘i, pista va bodom mevalari tayyorlash uchun xom ashyo bazasi sifatida muhim ahamiyatiga ega bo‘lgan, tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o‘rmonlar va plantatsiyalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mevali o‘rmon daraxtzorlariga davlat o‘rmon fondi yerlaridagi tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o‘rmonlar va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan qimmatli meva-rezavor daraxtlar va o‘simlik navlari o‘sadigan plantatsiyalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat qo‘riqxona o‘rmonlariga respublika Hukumati qarori bilan barpo etilgan davlat qo‘riqxonalari hududlaridagi barcha o‘rmonlar, plantatsiyalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘riqxona o‘rmonlarining asosiy maqsadi tabiiy tabiat muhiti sharoitlarida o‘simlik va hayvonot dunyosining ahvoli va rivojlanishini kuzatish, o‘simlik va hayvonot dunyosining alohida ahamiyatiga ega bo‘lgan relikt va endemik turlari genofondini saqlab qolish, shuningdek, o‘ziga xos qimmatli hududlarni tabiiy holatda saqlashdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlari o‘rmonlariga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil qilingan muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlardagi o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash maqsadida atrof tabiiy muhit holatini saqlash muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlar o‘rmonlarining asosiy vazifasi hisoblanadi”.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlarga tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar hududlarida joylashgan muhim tarixiy voqealar bilan bog‘liq alohida qimmatli va saqlanishi kerak bo‘lgan joylardagi o‘rmon uchastkalari yoki alohida o‘rmon mavzelari, shuningdek, ilmiy kuzatishlar uchun xizmat qiluvchi o‘rmonlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan tayyorlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taklifga o‘rmonlar qo‘riqlanishining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslashlar, kartografik, hisobga olish hamda boshqa zarur materiallar va hujjatlar ilova qilinadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)