O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘RMONLARNING QO‘RIQLANISH TOIFALARI BO‘YICHA BO‘LINISHINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha bo‘linishi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tili matnida berilgan.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika o‘rmonlarini o‘rmonlarning birinchi guruhiga kiritish va ularning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha bo‘linishi to‘g‘risida” 1980-yil 18-iyundagi 429-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 9-aprel,
163-son