O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga muvofiq, shuningdek ko‘chmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-sentabr,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “loyihasini tuzadigan” so‘zlaridan keyin “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qo‘yilgan holatlarda qoplanmaydi:
yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko‘rsatish;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va davolash muassasalari qurish;
suv xo‘jaligi, melioratsiya obyektlari va gidrotexnika inshootlari qurish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish”;
v) 20-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “boshqarmalarining” so‘zidan keyin “(keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi)” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablag‘larning 90 foizidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlangan ishchi reja asosida quyidagilar uchun foydalaniladi:
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq unumdorligini oshirish;
kollektor-drenaj tarmog‘ini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital planirovka qilish va ularning suv ta’minotini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
o‘rmonlar va mevali o‘rmonzorlarni barpo etish, tiklash;
qumliklar, suv havzalari va daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarini daraxtzorlashtirish;
tog‘ yonbag‘irlarini terrasalash va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
yer tuzish, kadastr va o‘rmon barpo etish ishlari;
yaylovlarda sug‘orish punktlarini (skvajinalar, quduqlar va suv quvurlarini) qurish va jihozlash;
fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish bo‘yicha yer tuzish hujjatlarini tuzish;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
avtomatlashtirilgan er-axborot tizimlarini yaratish.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash melioratsiya, irrigatsiya va yerlarni tekislash ishlari uchun belgilangan tartibda “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan hajmlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash uchun tushgan mablag‘lar hisobidan hududiy boshqarmalarga bittadan shtatdagi xodim ajratiladi, uning vazifasiga yuqorida ko‘rsatilgan, shu jumladan tashkiliy texnika vositalari, jihozlar va uskunalar xarid qilish ishlarini tashkillashtirish kiradi.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mablag‘larni sarflash “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘lardan yer munosabatlari bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi”;
e) quyidagi mazmundagi 241-band qo‘shilsin:
“241. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘larning 10 foizi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lashga, tegishli shtat birliklarini ta’minlashga, xodimlarni ijtimoiy himoyalashga va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablag‘larning 7 foizi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
3 foizi hududiy boshqarmalarda qoladi.
Hududiy boshqarmalar mablag‘larning tushishiga ko‘ra, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga tegishli bo‘lgan mablag‘larni uning maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar”;
j) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash tartibida kelib tushgan mablag‘lardan ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari olib qo‘yilgan tumanlarda foydalaniladi.
Debitorlik qarzning undirilgan summasi unga qo‘shib yozilgan penya bilan birga ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida va ushbu bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ayrim hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki viloyat hokimining qarorlari asosida ulardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining yoki o‘sha viloyatning boshqa tumanlarida foydalanish mumkin”;
z) 30-bandda:
formula quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ps/xp = {[(Cor. x Bb x Sor x Km.) + (Cbog. x Sbog. x Km) + (Cor x Bb x Sz.or. x Km x 0,1) + (Cbog. x Sz.b. x Km x 0,1) + (Cs.p. x Ss.p. x Km)] x Ki} + PCh,
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bb — olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan yerlar tuproqlarining o‘rtacha bonitet ballari, ball”;
sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
i) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Olib qo‘yiladigan lalmi shudgor va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar o‘rniga beriladigan bir xil yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati tabiiy zonalardagi joyiga qarab 1 gektar uchun quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
tekislik (yog‘inlar bilan ta’minlanmagan) zonasida — 1462 ming so‘m;
tekislik-adir (yog‘inlar bilan yarim ta’minlangan) zonasida — 2162 ming so‘m;
tog‘oldi va tog‘ (yog‘inlar bilan ta’minlangan) zonasida — 2641 ming so‘m”;
k) 37-bandda:
formula quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| |
(Ps/xp x Ch1 x 4)+ (Ps/xp x Ch2 x 2) + (Ps/xp x Ch3 x 1), | |
|
“Ps/xpvr. = |
________________________________________________ | |
|
100; | ||
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ch — qishloq xo‘jaligi yerlari doimiy foydalanishga olib qo‘yilganda, qishloq xo‘jaligi nobudgarchiliklari summasidan qishloq xo‘jaligi yerlari olib qo‘yilgani uchun hisoblanadigan foiz miqdori 10 yilgacha — 4 foiz (Ch1x4), 11 yildan 30 yilgacha — har bir yil uchun 2 foizdan (Ch2x2) va 31 dan 50 yilgacha — 1 foizdan (Ch3x1)”;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
l) 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatni inobatga olib hisoblangan miqdori, shuningdek ushbu Nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari bo‘yicha qurilish materiallari narxlari indeksining o‘tgan yilgi o‘zgarishi darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 31-dekabriga qadar har yili indeksatsiyalanishi lozim”;
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari o‘rniga beriladigan ular bilan bir xil yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish
QIYMATI
QIYMATI
|
Hududlar |
1 gektar bir xil yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirishning bir bonitet balli uchun qiymati, ming so‘m |
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
444,2 |
|
|
viloyatlar: |
||
|
Andijon |
761,6 |
|
|
Buxoro |
634,8 |
|
|
Jizzax |
507,8 |
|
|
Qashqadaryo |
507,8 |
|
|
Navoiy |
507,8 |
|
|
Namangan |
698,2 |
|
|
Samarqand |
761,6 |
|
|
Surxondaryo |
825,0 |
|
|
Sirdaryo |
507,8 |
|
|
Toshkent |
761,6 |
|
|
Farg‘ona |
698,2 |
|
|
Xorazm |
634,8 |
|
|
Toshkent shahri |
761,6 |
”; |
n) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash
QIYMATI
QIYMATI
|
Vertikal zonalarga bo‘linish |
1 gektar pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati, ming so‘m |
Ulardan |
||
|
tubdan yaxshilash qiymati |
o‘rni qoplanadigan mahsulotning qiymati |
|||
|
“Cho‘l” mintaqasi |
242,9 |
50,1 |
192,8 |
|
|
“Adir” mintaqasi |
283,9 |
88,8 |
195,1 |
|
|
“Tog‘” mintaqasi |
398,6 |
66,5 |
332,1 |
”; |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 449-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)