1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr hisobiga olishni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun asoslangan soliq solinishini ta’minlash, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining 2016-2017-yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-2017-yillar mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishni, shuning bilan bir vaqtda ularni Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olgan holda kadastr axborot tizimida hisobga qo‘yishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkazilgan xatlov natijalari bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida axborot berishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha bir hafta muddatda 2-ilovaga muvofiq komissiyalar tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishning maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbarlari, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 3-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan (keyingi o‘rinlarda xatlov deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimiga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlov — ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topish va aniqlashga qaratilgan, ularning miqdori, sifati va huquqiy holati to‘g‘risida axborot olish uchun amalga oshiriladigan kadastr chora-tadbirlari majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va izlanishlar, sifat va qiymat jihatdan baholash hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtzorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dala ishlari — ishchi guruh tomonidan ularning doimiy ish o‘rni bo‘lgan binodan tashqarida bajariladigan dala ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa ega jismoniy va yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish — yerlardan huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar xatlovning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalari, binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtzorlarning egalarini, ulardan foydalanuvchilarni, ularning ijarachilari va mulkdorlarini hamda ular egallab turgan yer uchastkalarining maydonlarini, bino va inshootlarning hajmini, daraxtlarning turlari va sonini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida to‘liq hisobga olinishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallangan va qurilgan imoratlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer egaligi, yerdan foydalanish va ijara sohasida huquqiy masalalarni hal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk solig‘ini va yer solig‘ini hisoblash uchun soliqqa tortish obyektlarini to‘liq hisobga olishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olish va kadastr axborot tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati organlarini ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot bilan ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xatlovdan o‘tkazish ishlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi), davlat soliq inspeksiyasi, ichki ishlar bo‘limi va tegishli shahar, shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan dala ishlarini bajaruvi ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tomonidan bajariladi. Ishchi guruhga Davlat korxonasi vakili rahbarlik qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh xatlov jarayonida mazkur Nizomda belgilangan tartibda ko‘chmas mulk obyektlarini tekshirish, yer uchastkasini suratga olish, bino va inshootlarning tashqi va ichki o‘lchamlarini o‘lchash, ko‘p yillik daraxtlarning turlarini va sonlarini hisobga olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan foydalanilayotgan, shu jumladan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar va kadastr hujjatlari bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari xatlov obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Xatlovni o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xatlovni o‘tkazish uchun quyidagilardan iborat bo‘lgan tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallar idora arxivida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni, kadastr yig‘majildlarini, bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni va hujjatlarni yig‘adilar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ma’lumotlari natijalari bo‘yicha asosiy qidirish ma’lumotlarini (ushbu qaror qabul qilingan yil, yer uchastkasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning nomi, yer uchastkasining joylashgan joyi (manzili) hamda yer uchastkasini olgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomini ko‘rsatgan holda yer uchastkalarini berish to‘g‘risida qarorlari bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxatini tuzadilar va u tegishli davlat arxivlariga O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingandan keyin olingan yer uchastkalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonuni amal qilgan davrda (1990-yil 20-iyun — 1998-yil 1-iyul) olingan yer uchastkalari bo‘yicha o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari va undan oldingi yillarda olingan yer uchastkalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman, shahar, qishloq (ovul) Kengashlari ijroiya qo‘mitasining qarorlarini qidirish uchun yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) idoraviy arxivlarida mavjud bo‘lgan bino va inshootlarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni yig‘adilar va keyinchalik ularning ixtiyorida bo‘lgan hujjatlarni filiallarga taqdim etadilar;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari o‘zlarining ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini filiallari bazasidagi ma’lumotlar bilan solishtiradilar. Solishtirish natijasi bo‘yicha filiallarga ularning idoraviy arxivlarida va elektron bazasida bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlarining ro‘yxatini hamda ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning — soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini taqdim etadilar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar) davlat arxivlari, ro‘yxatlar olingan kundan boshlab uch kun mobaynida filiallariga qog‘oz va elektron shaklda arxivda mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini berish to‘g‘risida davlat hokimiyati organlarining, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, xalq deputatlari tuman, shahar, shaharcha, qishloq (ovul) Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining (hujjatning nomi, sanasi va raqami) qarorlari yoki ular tomonidan qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqini tan olish haqidagi qarorlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. Qidirish ma’lumotlari qisman berilgan yoki berilmagan taqdirda davlat arxivlari filiallari talablarining tematik talablarni bajarish maqsadida belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlaydilar;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filiallar Ishchi guruh a’zolaridan ma’lumotlar olingandan so‘ng besh kun mobaynida idoraviy arxivda mavjud bo‘lgan materiallarning mazkur Nizom talablariga javob berishini tahlil qiladilar va ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxatini hamda alohida ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilmaydigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxatini tuzadilar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tayyorgarlik ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga tushadigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Filiallar xatlov o‘tkazish ishlari boshlanishidan avval ikki haftadan kechiktirmay tegishli mahalla fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxatini taqdim etadilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli mahallalarning fuqarolar yig‘ini kengashlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlovdan o‘tkazish boshlanishidan oldin o‘n kundan kechiktirmay jismoniy va yuridik shaxslarni ularning ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ogohlantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta mobaynida filiallarga tegishli mahalla fuqarolar yig‘ini kengashida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari tegishli bo‘lgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlarini) taqdim etadilar;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning ro‘yxatini olgandan so‘ng o‘n kun mobaynida ko‘chmas mulk obyektlari tegishli bo‘lgan uzoq muddat mobaynida yo‘q bo‘lgan jismoniy shaxslarning ro‘yxati filiallarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha alohida ro‘yxatga kiritilgan xatlovdan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh xatlov ishlari boshlangan kundan boshlab ikki kun mobaynida obyektga chiqib quyidagilarni aniqlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egasining ma’lumoti bo‘yicha yoki filial ixtiyorida bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (hujjatlarning mavjudligini, uning nomini, berilgan sanasini va raqamini), yer uchastkasiga, binoga, inshootga va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini (ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va raqami hamda huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi);
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektining joylashgan joyi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul, mahalla, ko‘cha, uy, korpus, xonadon raqami);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining umumiy maydoni, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘yicha hamda yer uchastkasini suratga olish va maydonini hisoblash natijalari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarning maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarning umumiy maydoni qayta qurilgan va qo‘shimcha qurilgan imoratlarni hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni hisobga olgan holda, joylardagi tekshiruv ma’lumotlari bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxtlarning turlari va soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarning qurilgan yili, shartnoma bo‘yicha qurilishning boshlanishi va tugallanishi, agar ushbu hujjat bo‘lmasa — jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlari bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining, bino va inshootning foydalanish maqsadi — amaldagi foydalanilishi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xo‘jaligining maqomi (yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan) — dehqon xo‘jaligini tashkil etish haqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarda yashayotgan oilaning xo‘jalik yuritish shakli (shaxsiy yordamchi xo‘jalik yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaligi), dehqon xo‘jaligiga aylantirilgan bo‘lsa, dehqon xo‘jaligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan reyestr raqami va sanasi — jismoniy shaxsda mavjud bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlaridan tashqarida dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligini yuritish uchun ilgari berilgan yer uchastkasining mavjudligi (yer uchastkasining maydonini aniqlashda ushbu uchastkani berish to‘g‘risidagi qaror asos qilib olinadi, shuningdek yer uchastkasini suratga olish va maydonini o‘lchash bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shni yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari bilan nizolar borligi — jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlari bo‘yicha va qo‘shni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari va mulkdorlaridan so‘rov yo‘li bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarning hajmi — ularni tashqi tomonidan o‘lchash yo‘li bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir qavatdagi alohida xonalarning o‘lchami — ichki o‘lchov yo‘li bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarning konstruktiv qismlarining holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binoning muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xatlovni o‘tkazishda yer uchastkasining 1:2000 masshtab bo‘yicha belgilangan tartibda kadastr surati olinadi. Planda barcha bino va inshootlar, yer turlari va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarning (mavjud bo‘lsa) chegarasi aks ettiriladi. Yer uchastkasini kadastr suratiga olish uchun alohida to‘lov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xatlovni o‘tkazish bo‘yicha dala ishlari tugallangandan keyin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma Ishchi guruh a’zolari hamda ko‘chmas mulk obyektining huquqiy egasi bo‘lgan shaxs yoki tilxat bo‘yicha uning vakili bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi va filialning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi jismoniy va yuridik shaxsga topshiriladi, ikkinchisi — filial vakilida tuman (shahar) bo‘yicha xatlov materiallarini umumlashtirish uchun qoldiriladi. Dalolatnomaga ishning ijrochisi, yer uchastkasining egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori tomonidan imzolangan yer uchastkasining plani ilova qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kadastr yig‘majildlari mavjud bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha xatlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan miqdorda tegishli jismoniy va yuridik shaxslar mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli mahallalar fuqarolar yig‘ini kengashlari ma’lumotlari bo‘yicha egalari noma’lum yoki uzoq muddat mobaynida yo‘q bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha xatlov ishlari mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan mablag‘lar hisobiga bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xatlov o‘tkazishda yer uchastkalarining chegaralari va maydonlari, bino va inshootlarning qayta qurish, yonma-yon qurish, qo‘shimcha obyektlarni qurish va shu kabilar natijasida texnik parametrlari o‘zgarganligi aniqlanganda, ular mavjud ko‘chmas mulk obyektlari kadastr yig‘majildiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan holda hisobga olinadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi jismoniy va yuridik shaxsga topshiriladi, ikkinchisi — filial vakilida qoladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mavjud materiallarda mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yetishmagan taqdirda, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan mablag‘lar hisobiga ko‘chmas mulk obyektlarini joyida tekshirish yo‘li bilan yetishmagan ma’lumotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xatlov natijalaridan norozi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxs — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egasi tuman (shahar) hokimiga yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Xatlov natijalarini umumlashtirish, ko‘rib chiqish, kelishish va tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Filiallar tomonidan xatlov natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlarining xatlov ma’lumotlari bo‘yicha yig‘ma jadval tuziladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Filial tomonidan tayyorlangan xatlov natijalari Ishchi guruh tomonidan puxta tahlil qilinadi va yer uchastkalariga huquqlarni belgilash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, yer uchastkalarining maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari yer uchastkalariga huquqlarni belgilash masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bino va inshootlarni tegishli ruxsatsiz, shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qayta ixtisoslashtirish va qayta qurish holatlari ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi, keyinchalik o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning zarurligi yoki buzishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan takliflar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga huquqlarini belgilash masalalari bo‘yicha takliflarni tayyorlashda, ularni ko‘rib chiqishda va hal qilishda Ishchi guruh, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb ataladi) va tuman (shahar) hokimlari quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, qurilishdan bo‘sh bo‘lgan yer uchastkalari, ushbu yer uchastkalarini ularni oldingi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki mulkdorlariga qaytib berish yoxud boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berish imkoni bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu yer uchastkalarida qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan holda olib qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida bino va inshootlar qurilgan holatlarda har bir jismoniy va yuridik shaxs bo‘yicha imoratni o‘zboshimchalik bilan qurish holatlari o‘rganiladi hamda bino va inshootlar boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini buzib, ularga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalarida, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga muvofiq ularni buzish to‘g‘risida sudlarga da’vo arizasi kiritish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari, ularni olib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasida belgilangan me’yorlar doirasida tuman (shahar) hokimining qarori bilan jismoniy shaxslarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilishi mumkin, me’yoridan ortiqcha egallab olingan yer uchastkalari esa — O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 46-moddasiga muvofiq vaqtinchalik foydalanishga yoki ijaraga yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish uchun berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, tuman (shahar) hokimining qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida quriladigan imorat uchun berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu maqsadlar uchun belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori bo‘lmagan, lekin o‘n besh yil mobaynida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga muvofiq Komissiya tomonidan ushbu jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lishi ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari yoki xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Jo‘qorg‘i Kenges) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning bir qismlari shahar va shaharchalar chegarasiga kiritilgan holatlarda, jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun ilgari berilgan yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq o‘sha yer uchastkalari joylashgan hududlarda qayta qurilish amalga oshirilgunga qadar ilgari belgilangan tartibda berilgan miqdorda jismoniy shaxslarning foydalanishida qoldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990-yil 20-iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun boshqa huquqlarda va tartibda olingan yoki ularga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan bo‘lsa, yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 19-moddasiga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan rasmiylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs tomonidan bir necha uy-joy sotib olingan yoki boshqa uy-joy meros bo‘lib qolgan bo‘lsa, unga ushbu uy-joylar joylashgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi o‘tadi va jismoniy shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga muvofiq ushbu uy-joylar egallagan barcha yer uchastkalari biriktirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlovni o‘tkazish jarayonida tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan rasmiylashtirilmagan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yerlarni huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish oqibatlarining yuzaga kelishini inobatga olgan holda foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yer uchastkalariga huquqlarni belgilash va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish yoki ularni jismoniy va yuridik shaxslarda mulk huquqi bilan saqlab qolish masalalarini hal qilish bo‘yicha tayyorlangan takliflar Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va olib qo‘yiladigan yer uchastkalari mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan bino va inshootlari buziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan amalda foydalanilayotgani bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida yer uchastkalari beriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish, jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalari amalda foydalanilayotgani bo‘yicha umrbod meros qilib qoldirish huquqi bilan beriladigan jismoniy shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida barpo etilgan bino va inshootlari mulk huquqi bilan ularga tegishli deb e’tirof etiladigan jismoniy va yuridik shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalari yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun beriladigan jismoniy shaxslarning ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan belgilangan maqsadlarda va davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan maydonlar doirasida foydalanilayotgan yer uchastkalari tayyorlangan takliflarda aks ettirilmaydi va tuman (shahar) hokimning qarori bilan tasdiqlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takliflar Komissiyaga alohida aholi punktlarida, qishloqlarda, ovullarda yoki mahallalarda xatlov ishlari tugallangach taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya materiallarni olgan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilgan takliflarni jismoniy va yuridik shaxslarning har bir ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha ko‘rib chiqadi, takliflarning asoslanganligini o‘rganadi, shubha tug‘ilganda — qo‘shimcha axborot berishni taklif qiladi, zarur holatlarda takliflarga o‘zgartirishlar kiritadi. Mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilagan jismoniy va yuridik shaxslarning yakuniy ro‘yxati Komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) hokimiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tuman (shahar) hokimi taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqadi va ular huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, besh kun mobaynida o‘zining qarori bilan tasdiqlaydi. Tuman (shahar) hokimining qarorida jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini tartibga solish bo‘yicha qarorlarni amalda bajarilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tuman (shahar) hokimining qarori kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki materiallarni sudga berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xatlov o‘tkazilgan har bir ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha belgilangan tartibda kadastr yig‘majildi tayyorlanadi, u xatlov natijalari tasdiqlangandan keyin tuman (shahar) hokimining yer uchastkalari berish hamda bino va inshootlarga mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirmalar bilan to‘ldiriladi. Kadastr yig‘majildi O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun elektron-raqam shakliga aylantiriladi. Xatlov natijalari bo‘yicha ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi ikki nusxada tayyorlanadi, uning bir nusxasi huquq egasiga, ikkinchisi — xatlov ishlarini bajargan filial arxivida saqlanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xatlov ishlari tugallangach va tuman (shahar) hokimi tomonidan tegishli qaror qabul qilingach mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ko‘chmas mulk obyektlarning xatlovdan o‘tkazish natijalari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan choralarning yig‘ma jadvali tuziladi va o‘n kun mobaynida qog‘oz va elektron ko‘rinishda tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xatlov natijalari tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun mobaynida ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida hisobot tuziladi, hisobot filial rahbari tomonidan imzolanadi va korxonaning arxivida saqlanadi. Hisobotda quyidagilar mavjud bo‘ladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushuntirish xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan takliflar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning bayonnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimining xatlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish natijalarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash bo‘yicha yig‘ma jadval.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xatlov natijasida har bir ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida olingan ma’lumotlar ko‘chmas mulk obyektlarini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish uchun yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yer uchastkalariga, bino inshootlarga va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalari joylashgan joydagi filiallarga (tadbirkorlik subyektlari buyurtmani “yagona darcha” markazlariga berishadi) huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun buyurtma berishlari zarur. Kadastr yig‘majildi xatlov materiallarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Filiallar xatlov ishlari tugallangandan keyin yagona ma’lumotlar bazasini yangilash va ko‘chmas mulk obyektlarining ko‘rsatkichlarida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olish choralarini ko‘radilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Xatlov bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati yuzasidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xatlovni ushbu Nizom normalarini buzgan holda amalga oshirganlik uchun tegishli filiallarning xodimlari, Ishchi guruh va Komissiya rahbarlari va a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tumanlar (shaharlar) hokimlari yer uchastkalariga belgilangan huquqlar, jismoniy va yuridik shaxslarning o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlariga bo‘lgan mulk huquqini tan olish masalalari bo‘yicha asoslanmagan qarorlar qabul qilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Xatlov masalalari bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
___________________________ mahallasi bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari tegishli bo‘lgan, uzoq muddat yo‘q bo‘lgan jismoniy shaxslar RO‘YXATI
T/r
Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi
Obyektning joylashgan joyi, pochta manzili
Obyektning tavsifi (belgilangan tartibda yoki o‘zboshimchalik bilan qurilganligi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
““Tasdiqlayman” Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasifiliali rahbari 201___ yil “___” ____________
______________________________________________________________________________ ga tegishli
(Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi)
ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish DALOLATNOMASINING NAMUNAVIY ShAKLI 201____ yil “____” ______________
Ushbu dalolatnoma _______________________ Yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonasining
arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) ________________________________________________,
(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
davlat soliq inspeksiyasi _________________________________________________________________,
(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi __________________________________________________________,
(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
va ichki ishlar bo‘limi ____________________________________________________________________,
(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
vakillari tomonidan ko‘chmas mulk obyektidan foydalanuvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili ______________________________________________________________________ ishtirokida tuzildi.
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Ko‘chmas mulk obyektini xatlovda� o‘tkazish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
1. Ko‘chmas mulk obyekti joylashgan joy (pochta manzili) _________________________________________
2. Yer uchastkasining (raqam berilganda) ______________________bino va inshootning (raqam berilganda) kadastr raqami ________________________
6. Yer uchastkasining maydoni: hujjat bo‘yicha ___________ ga, amalda _________ ga. 7. Dehqon xo‘jaligining maqomi: yuridik shaxsni tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda tuzilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi)_______________________________________________________________________________________ 8. Qishloq joyda yashovchi oilaning xo‘jalik yuritish shakli: shaxsiy yordamchi xo‘jalik yoki dehqon xo‘jaligi, agar dehqon xo‘jaligiga aylantirilgan bo‘lsa tuman hokimi qarorining sanasi va tartib raqami aniqlanadi _______________________________________________________________________________________ 9. Dehqon xo‘jaligi (shaxsiy yordamchi xo‘jalik) yuritish uchun aholi punktidan tashqarida ajratilgan yer uchastkasining maydoni ___________________________________________ ga, tuman hokimi qarorining __________________________________________________ sanasi va tartib raqami. 10. Qo‘shni yer egasi va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida nizolar mavjudligi ___________. 11. Bino va inshootlarni qurishga ruxsat beruvchi hujjatning mavjudligi, ruxsatnomaning berilgan sanasi va tartib raqami ______________________________. 12. Tuman (shahar) hokimining bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlash haqidagi qarori mavjudligi, sanasi va tartib raqami _______________________________________________________________________________________ 13. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot: reyestrdagi yozuv № ___________ ______yil “______” ________________ yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi № __________, berilgan sanasi ____ yil “____” ________________ 14. Bino, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot: reyestrdagi yozuv № ________ , _______ yil “____” _________________________ bino, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi № ______, berilgan sanasi _____ yil “_______” _________________ 15. Xatlov jarayonida aniqlangan boshqa ma’lumotlar _______________ Ushbu dalolatnomaga 1 va 2-ilovalarga muvofiq yer uchastkasining plani hamda bino va inshootning tavsifi ilova qilinadi. Vakillar:
Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filialidan _______________________________________________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_______________________ga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasiga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino va inshootning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Binolar, inshootlar
va ko‘p yillik daraxt turlarining nomi
Qurilgan yili
Binoning tashqi o‘lchami,
kv.m
Umumiy maydoni,
kv.m
Devor materiali
Eskirish darajasi, %
Muhandislik kommunikatsiyalarining mavjudligi
Ko‘p yillik daraxtlar
soni
Umumiy
Foydali, yashash
Elektr ta’minoti
Suv ta’minoti
Kanalizatsiya
Issiq suv ta’minoti
Issiqlik energiyasi ta’minoti
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining xatlovi bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIG‘MA JADVAL
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi
STIR
Obyektning joylashgan joyi
Yer uchastkalari to‘g‘risida ma’lumotlar
yer uchastkasining kadastr raqami
yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi
huquq turi
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
yer uchastkasini umumiy maydoni, ga
reyestr raqami va sanasi
guvohnomaning seriyasi va raqami
hujjat bo‘yicha
shu jumladan o‘zboshimchalik bilan egallangani
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Jadvalning davomi
Bino va inshootlar to‘g‘risida ma’lumotlar
Bino va inshootdan foydalanish
maqsadi
qurilgan yili
umumiy maydoni,
kv. m
devor materiali
eskirish darajasi, %
huquq turi
(agar belgilangan bo‘lsa)
qurilishning huquqiy maqomi
huquqni tasdiqlovchi
hujjatning nomi, sanasi va raqami
bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
umumiy
foydali,
(yashash)
reyestr raqami va sanasi
guvohnoma seriyasi va raqami
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish natijalari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIG‘MA JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi
STIR
Obyektning joylashgan joyi
Yer uchastkalari to‘g‘risida ma’lumotlar
yer uchastkasining kadastr raqami
yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi
huquq turi
yer uchastkasining umumiy maydoni, ga
umumiy
shu jumladan
qaytarilgan
mavjud hujjat bo‘yicha
amalda foydalanishda
shaxsiy foydalanishda
o‘zboshimchalik bilan egallangan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Jadvalning davomi
Bino va inshootlar to‘g‘risida ma’lumotlar
bino va inshootdan foydalanish
maqsadi
huquq turi
qurilgan yili
umumiy maydoni,
kv. m
o‘zboshimchalik bilan qurilganlar
huquqni tasdiqlovchi
hujjatning nomi
sanasi va raqami
bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
umumiy
foydali,
(yashash)
reyestr raqami va sanasi
guvohnoma seriyasi va raqami
14
15
16
17
18
19
20
21
22
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlarining belgilangan muddatda va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI

lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) bosh arxitektori
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachi
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish davlat inspektori
lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar: 1. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiyalarning a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 31-son, 379-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 35-son, 931-modda)