23.08.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2821
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 23.08.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2821
Дата вступления в силу
29.08.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2821]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 2 va 4-sonli “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1768, 2008-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 25-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 25-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarga nisbatan tatbiq etiladi, turli kasalliklar bilan kasallangan bolalar uchun maktab-internatlar hamda yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun maktab-internatlar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablagʻlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlashni hamda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdori jami yil davomida ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning 5 foizidan oshmasligi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar qatnasa, ularning har biriga ushbu toifadagi oilalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlov miqdorlari qoʻllaniladi. Bunda bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar turli maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnasa, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bir farzandi boradigan maktabgacha taʼlim tashkilotiga ikkinchi farzandi boradigan maktabgacha taʼlim tashkilotidan uning qatnashi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar ota-onalar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari yoki maktab-internatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan toʻlanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlanadi. Bunda toʻlovlar bolaning shu oyda maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnaydigan (maktab-internatida boʻladigan) kunlarga mutanosib ravishda toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan toʻlov shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, ota-onalar bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi va bu bolaning maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki maktab-internatida boʻlishini toʻxtatish uchun asos boʻladi. Bunda toʻlov amalga oshirilmaganligi bolaning maktab-internatda taʼlim olishini toʻxtatishga asos boʻlmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bola taʼminoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan toʻlov 60 kun ichida toʻlab berilganda, bolani tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotiga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat oʻtib ketgan taqdirda, maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab-internatidagi bola taʼminoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan toʻlov u amalga oshirilgan kundan boshlab bola maktab-internatida boʻlishi tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarida bolalarni saqlash uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali, pul oʻtkazish orqali), shuningdek va elektron toʻlov yoʻli bilan toʻlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki maktab-internatining tegishli hududiy gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov hisob-kitobi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bola taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi koʻrsatilgan holda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos boʻlib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatgacha maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha taʼlim tashkilotida bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng, yoʻl qoʻyiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlov hisob-kitobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maktab-internatdagi bola taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bola maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, joriy oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktab-internatda bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktab-internatda boʻlishi vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktab-internatda boʻlgan kunlar uchun toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning maktab-internatda boʻlishi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning maktab-internatda toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yozgi taʼtillar davrida maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovdan ozod qilish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 7-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 272-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-4, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 10/25/2821-4/0718-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda davlat taʼminotidagi oila va kambagʻal oila farzandlariga, shundan soʻng kambagʻallik chegarasidagi oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 11-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 292-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-5, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar ular ushbu markazlarda boʻlgan vaqt mobaynida toʻlovdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar 2028-yil 1-yanvarga qadar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 11-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 292-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2821-5, 13.10.2025-y.) asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Toʻlovdan ozod qilinadigan bolalar roʻyxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ular Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekani haqida maʼlumotnoma;
(20-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisini yoʻqotgan ayol boquvchisining oʻlim haqidagi guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisining bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida oʻlim qayd etilganligi haqida maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi yoki xodimning oʻlim haqidagi guvohnomasi;
(20-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 11-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 292-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-5, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari uchun ularning onasi ushbu markazlarga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandligini tasdiqlovchi maʼlumot.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 11-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 292-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2821-5, 13.10.2025-y.) asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotnoma maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Toʻlovdan ozod qilinadigan bolalar roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha taʼlim tashkiloti (maktab-internati) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Roʻyxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotiga (maktab-internatga) qatnashi (boʻlishi) toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar zaxiradan toʻldirib boriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Toʻlovdan ozod qilinadigan bolalar roʻyxati u tasdiqlangandan keyin oʻquv yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarning kirim qilinishi va ularning maqsadli sarflanishi boʻyicha budjet hisobi va hisoboti mazkur tashkilotlarning buxgalteriyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, oʻz muddatida toʻlanishi, hisobi va hisobotining yuritilishi, tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 7-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 272-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-4, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 10/25/2821-4/0718-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 8-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan bolalarning rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik nuqsonlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2821-2, 21.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda; 2017-y., 37-son, 1010-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son; 22.08.2023-y., 10/23/2821-3/0640-son; 11.08.2025-y., 10/25/2821-4/0718-son; 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son; 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)