Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014 14.12.2000 yildagi 158-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014
Hujjat 18.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUDJET TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aylanma kassa mablagʻi meʼyori — moliya yilida respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlarining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet dotatsiyasi — oʻz daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablagʻlar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari oʻrtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan mablagʻ ajratish — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablagʻlari oluvchilarga ajratiladigan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet profitsiti — muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq boʻlgan summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet ssudasi — yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet subvensiyasi — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet soʻrovi — budjet tasnifi boʻyicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi soʻrov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkiloti — zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish nazarda tutilgan va bu mablagʻ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, davlat tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet taqchilligi — muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq boʻlgan summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet transferti — budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ichki qarzlari — davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maqsadli jamgʻarmalari — Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan jamgʻarmalar boʻlib, ularning har biri uchun mablagʻlar manbalari, har bir manbadan mablagʻ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablagʻlardan foydalanilishi mumkin boʻlgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish — aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish — aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qarzi — davlat tomonidan ichki mablagʻni va xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy budjet — Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya yili — birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti — Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti — Davlat budjetining Qoraqalpogʻiston Respublikasi pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. BUDJET TIZIMINI BOShQARISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Budjet tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Budjet tizimining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tuzilishining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli darajadagi budjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti balansliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
(5-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga kiritadi;
(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

7-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy budjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar miqdorlarini hamda ular boʻyicha imtiyozlarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobotlar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlarining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari oluvchilarning Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. DAVLAT BUDJETI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat budjeti tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamgʻarmalari jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpogʻiston) boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlarga boʻlinadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanga boʻysunadigan shaharlari boʻlgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Budjet tasnifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet maʼlumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet maʼlumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday maʼlumotlari bilan qiyoslanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tasnifi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlarining tasnifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ularni bevosita oluvchilar oʻrtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi toʻlovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Davlat budjeti daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

12-modda. Davlat budjeti xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) budjet mablagʻlari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy budjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat maqsadli jamgʻarmalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Budjetlar oʻrtasida taqsimlangan mablagʻlarni daromadlar va xarajatlar jumlasiga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar oʻrtasida qaysi budjetlardan yoʻnaltirilayotgan boʻlsa, ular uchun xarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi budjetlarga borib tushayotgan boʻlsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablagʻlar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet ssudalari va ularning qaytarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa oʻzaro hisob-kitoblar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti taqchilligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻlarni jalb qilish;

respublika budjeti mablagʻlarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

15-modda. Respublika budjeti daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti daromadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Respublika budjeti xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻi oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kapital xarajatlar shaklida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat maqsadli jamgʻarmalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti taqchilligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti mablagʻlarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yoʻnaltiriladigan mahalliy soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻlar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kapital xarajatlar shaklida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
(20-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi OʻRQ-2-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻi;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi OʻRQ-14-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi.
(20-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi OʻRQ-2-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini tuzish, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. BUDJETLAR OʻRTASIDAGI OʻZARO MUNOSABATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Davlat budjeti mablagʻlarini budjetlar oʻrtasida qayta taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari turli darajadagi budjetlar oʻrtasida quyidagi yoʻllar bilan qayta taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet ijrosi jarayonida paydo boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet ssudalari ajratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar oʻrtasida paydo boʻladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablagʻi meʼyori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablagʻlari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlari boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ijtimoiy taʼminot;

3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) gidrometeorologiya, doʻlga qarshi kurash chora-tadbirlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga moʻljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ijtimoiy taʼminot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega boʻlishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamgʻarmalar tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mablagʻ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻdan ortiqroq mablagʻ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) budjet mablagʻlari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga taʼmirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno.
(24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-113-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. DAVLAT BUDJETINI TAYYORLASh, KOʻRIB ChIQISh VA QABUL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Budjet soʻrovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olishga buyurtmalar tuzish uchun — respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet soʻrovi yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun — tuman va shahar hokimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan budjet mablagʻlari olishga buyurtmalar tuzish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet soʻrovlari yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatga boʻysunadigan shaharlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning budjetlaridan budjet mablagʻlari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun — shu tuman va shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilarga budjet soʻrovlari yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusi moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar olishga buyurtmalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar loyihalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan — mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning oʻn beshinchi sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablagʻlari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur budjetlarning daromadlari, shu jumladan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyori miqdorlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari zaxira jamgʻarmalarining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli budjet mablagʻlari yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan doiradagi miqdorlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamgʻarmaning eng yuqori miqdorlarini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Budjetnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
(28-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻtgan yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
(28-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kelgusi yilga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos boʻlgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlari loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
(28-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlariga sharhlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular boʻyicha xarajatlar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
(28-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning oʻn beshinchi oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Davlat budjetining qabul qilinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Davlat budjetining budjet mablagʻlari oluvchilarga yetkazilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eʼtiboriga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika budjetidan ajratiladigan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari miqdorini va budjetga oid boshqa koʻrsatkichlarni — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi eʼtiboriga Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar eʼtiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin oʻn kunlik muddat ichida yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari eʼtiboriga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar eʼtiboriga ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarini yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. DAVLAT BUDJETINING IJROSI VA UNING IJRO ETILIShINI NAZORAT QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning oʻttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga toʻlanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Davlat budjeti mablagʻlarini sarflash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalari tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona gʻazna hisobvaragʻidagi budjet mablagʻlari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablagʻi meʼyorini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti budjet mablagʻlari qoldiqlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablagʻlari qoldiqlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga koʻra qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(32-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti boʻlmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar boʻlgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangan moliya yilidagi xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning uchdan bir qismidan ortiq boʻlmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”;
(33-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy boʻlingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi;
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalgi moliya yilida amalda boʻlgan soliq solish va majburiy toʻlovlar toʻlash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritish bir budjet mablagʻlari oluvchisi uchun budjet mablagʻlarining kamaytirilishi boshqa budjet mablagʻlari oluvchisi uchun budjet mablagʻlarining tegishli ravishda koʻpaytirilishini nazarda tutgan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmining oʻn foiziga qadari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetida koʻrsatib oʻtilgan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmining oʻn foizidan ortigʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetida koʻrsatib oʻtilgan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ayrim moddalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablagʻlari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining oʻn besh foiziga qadar koʻpaytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablagʻlarga mazkur oʻzgartirishlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablagʻlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari budjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan boʻlsa, Davlat budjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar boʻyicha budjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish va (yoki) budjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak boʻlgan moddalar nazarda tutilgan boʻlsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari koʻpayishiga olib keluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil boʻladigan ortiqcha mablagʻlar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi budjetga mablagʻlarni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat budjetidan olingan budjet mablagʻlarini koʻpaytirish (kamaytirish) toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni koʻpaytirish yoki ularni qisqartirish budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq va budjet toʻlovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga tasdiqlangan koʻrsatkichlardan tashqari tushgan qoʻshimcha daromadlar aylanma kassa mablagʻi meʼyori tasdiqlanganidan kam boʻlmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan budjetdagidan tashqari xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat budjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining xarajatlarini alohida moddalar boʻyicha qisqartirish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni toʻgʻrilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli budjetlardan budjet ssudalari ajratilishi mumkin. Budjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablagʻi meʼyori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, budjet mablagʻlarining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Davlat budjetining kassa ijrosi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat budjetining kassa ijrosini taʼminlaydi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirigʻiga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida yoki uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldiqlari doirasida toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chogʻida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli darajadagi budjetlarga mablagʻlar tushumi toʻgʻrisida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazadi;
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat koʻrsatuvchining) bevosita hisobvaragʻiga budjet mablagʻlarini oluvchilar nomidan toʻlovlarni amalga oshiradi;
(38-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablagʻlari harakati toʻgʻrisida maʼlumotlar oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan hisobot davrida foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan hisobot davrida foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpogʻiston), viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqib maʼqullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamgʻarmalariga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash oʻtkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning oʻninchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning oʻn beshinchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
(39-moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son Qonuniga muvofiq toʻqqizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar bilan almashtirildi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishga hamda davlat qarzi koʻpayishiga olib keladigan boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Davlat budjeti daromadlari bilan xarajatlari oʻrtasida tushumlar vaqtga koʻra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni toʻgʻrilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) budjet taqchilligini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan), oʻrtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qogʻozlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kreditlar (qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) budjet daromadlari bilan xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mablagʻ jalb qilishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat koʻrsatuvchi va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Kafolat jamgʻarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qarzi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi toʻlovlarni amalga oshirish uchun mablagʻlarni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamgʻarmasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 14-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 51-son, 374-modda; 52-son, 385-modda; 2007-y., 17-18-son, 173-modda; 39-son, 399-modda; 50-51-son, 509-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda)