Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2018 01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2320
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2320
Дата вступления в силу
11.02.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETINING KASSA IJROSI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-fevralda 2320-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 15-martdagi 322-V-1, 63-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2320-1, 27.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 12-yanvardagi 183-V va 12-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1009, 2001-yil 19-fevral) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2011-yil 31-dekabr,

38/1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 31-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2011-yil 31-dekabrdagi 38/1 va 89-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YO‘RIQNOMA

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb yuritiladi) kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat budjetining kassa ijrosi Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek Davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb yuritiladi) va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va o‘zga banklarda boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat budjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha kassa ijrosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Davlat budjeti daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat budjeti daromadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘larning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlash maqsadida moliya, soliq, bojxona va boshqa vakolatli organlarning xos raqamlari bilan 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411 balans hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) 2-ilovasi daromadlar turiga asosan belgilangan shaxsiy hisob raqamlarga (keyingi o‘rinlarda ShHR deb yuritiladi) muvofiq banklarda ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar banklar tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411 balans hisobvaraqlariga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar banklar tomonidan 23411 balans hisobvarag‘ida ochilgan mos ShHR ga kirim qilinadi va o‘rnatilgan tartibda Davlat budjeti hamda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat budjetining 23402, 23403, 20207 va 20205 balans hisobvaraqlarining ShHR ga kirim qilingan mablag‘lar dasturiy ravishda belgilangan miqdorlarda ajratma qilinadi va to‘liq yagona g‘azna hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunda, ajratma qilingan mablag‘larning tegishli respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar va budjetdan tashqari jamg‘armalarning G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga to‘g‘ri kirim qilinishini ta’minlash maqsadida dasturiy ravishda shakllantiriladigan to‘lov hujjatlarining to‘lov maqsadida ularning shaxsiy g‘azna hisob raqamlari alohida ko‘rsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hududiy moliya organlari G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda mazkur shaxsiy g‘azna hisob raqamlari ro‘yxatini xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadi. Banklar o‘z navbatida, ajratmalarni dasturiy yo‘l bilan to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash maqsadida taqdim etilgan shaxsiy g‘azna hisob raqamlarini dasturga kiritilishini ta’minlashi lozim. Mazkur shaxsiy g‘azna hisob raqamlarning dasturga to‘g‘ri kiritilganligi bank, moliya va G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yilning 1-yanvar holatiga xatlovdan o‘tkaziladi va uch tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda chet el valyutasida to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli valyuta hisobvaraqlariga kirim qilinadi va belgilangan tartibda milliy valyutaga konvertatsiya qilinadi. Milliy valyutaga konvertatsiya qilingan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar mazkur daromadlarning tegishliligiga qarab respublika budjetining daromadiga, yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlarning daromadiga o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olib boriladi. Bunda chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursining o‘zgarishi hisobiga yuzaga keladigan ijobiy farq respublika budjeti daromadiga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuridik shaxslar tomonidan Davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash maqsadida taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va to‘lov to‘g‘ri amalga oshirilayotganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin to‘lovga qabul qilinishi lozim. Banklarga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari noto‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, ularning sabablari ko‘rsatilgan holda to‘lov hujjatlari taqdim etuvchilarga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yuridik shaxslar tomonidan xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad solig‘i hamda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badalini Davlat budjetiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki filialida ochilgan 22628 balans hisobvarag‘ining 999 tartib raqamiga o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini joriy oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga o‘tkazayotgan bir vaqtda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, bankka ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan yoki ish haqini plastik kartochkasiga o‘tkazayotgan bir vaqtda to‘lov topshiriqnomalari taqdim etilmasa, ish haqi olish uchun naqd pul berishga yoki ish haqini plastik kartochkasiga o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yuridik shaxslar tomonidan daromad solig‘i va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badalini o‘tkazish uchun banklarga taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalariga “To‘lov maqsadida “__” “_________” oyi ish haqidan ushlab qolingan daromad solig‘i yoki fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badali summasi o‘tkazildi” deb yozib qo‘yilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yuridik shaxslarning hisobvaraqlarida mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, banklarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kirim qilinadi va to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish bo‘yicha to‘lov hujjatlari, tegishli vakolatli organlarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasi bankning aybi bilan bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bank har bir kechiktirilgan kun uchun o‘tkazilmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdorida respublika budjetiga penya to‘laydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar alohida yozilgan to‘lov hujjatlariga asosan Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larning kirim qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko‘chirma va ilovalar banklar tomonidan qog‘oz yoki elektron fayl ko‘rinishida soliq, bojxona va boshqa tegishli organlarga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Davlat budjeti daromadlari hisobidan ajratmalar qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga belgilangan miqdorda ajratma qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratma qilish miqdorini G‘aznachilikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shahar) moliya boshqarmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yetkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z navbatida ajratmalar miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari hamda tijorat banklarining Bosh ofislariga ijro uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘aznachilik Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratma qilish miqdorini G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalariga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar (Toshkent shahar) moliya boshqarmalari tegishli ajratma qilish miqdorini har bir shahar va tuman moliya organlariga yetkazadi, shahar va tuman moliya organlari esa, g‘aznachilikning hududiy bo‘linmalariga va tegishli tijorat banklariga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar (Toshkent shahar) moliya boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratma qilish miqdorini asossiz ravishda o‘zgartirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratma qilish miqdori, shuningdek tegishli budjetlar va budjetdan tashqari jamg‘armalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari joriy yil davomida o‘zgarsa, mazkur Yo‘riqnomaning 20 va 21-bandlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar banklar tomonidan dasturiy ravishda o‘rnatilgan ajratma miqdorida joriy amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi va har bir tegishli budjetlar bo‘yicha alohida memorial ordyerlar bilan shakllantirilib to‘liq yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda, dasturiy ravishda shakllantirilgan memorial ordyerlarning to‘lov maqsadida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari alohida ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davlat budjeti daromadlari kelib tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar har bir ShHR bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Budjetga noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilgan soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘zaro boshqa to‘lovlar hisobiga o‘tkazish yoki qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Budjetga ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarning yozma arizasiga ko‘ra qaytarib beriladi yoki kelgusi to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat budjetiga ortiqcha to‘langan bojxona to‘lovlari Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 947, 2000-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) asosan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘laridan soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga tegishli ariza berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Moliya organlari budjetga ortiqcha o‘tkazilgan soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni soliq to‘lovchilarga qaytarish yoki kelgusi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organlarining yozma xulosasini olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan banklarga to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Moliya va boshqa tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan budjetga noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411 balans hisobvaraqlarining mos ShHR idan kunlik tushumlar hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar qilishdan oldin boshqa to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi yoki soliq to‘lovchilarga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning mos daromadlar ShHR ga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli bo‘lmaganda moliya organlari tomonidan banklarga taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni qisman to‘lashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning mos daromadlar ShHR ga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli bo‘lmaganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasiga asosan tegishli moliya organlarining to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq soliq to‘lovchiga yagona g‘azna hisobvarag‘idan (tegishli budjetlarning tushumlarini kamaytirgan holda) qaytarishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Davlat budjetining xarajatlari bo‘yicha kassa ijrosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Davlat budjetining xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan xarajatlar amalga oshiriladi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjet asosida yagona g‘azna hisobvarag‘ida mavjud qoldiq doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari “to‘lov maqsadi”da xarajatlarning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi hamda qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z qaramog‘idagi muassasalarga pul mablag‘larini o‘tkazish uchun taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari “to‘lov maqsadi”da xarajatlarning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi hamda qaysi oy uchun moliyalashtirilganligini ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘larni kirim qilish maqsadida g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarga 23404 “Respublika budjeti qaramog‘idagi muassasalarning mablag‘lari” hisobvaraqlari Davlat budjetining xarajatlar tasnifining tegishli ShHR ga asosan ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilar respublika budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan xarajatlarni 23404 “Respublika budjeti qaramog‘idagi muassasalarning mablag‘lari” hisobvarag‘idagi qoldiq summa doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan tegishli xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarga respublika budjetidan mablag‘lar belgilangan limitdan ortiqcha yoki noto‘g‘ri o‘tkazilgan hollarda, ushbu ortiqcha yoki noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘lar budjet tashkilotining to‘lov topshiriqnomasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasiga asosan respublika budjetiga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari ularning hisobvaraqlarida mablag‘lar yetarli bo‘lgan hollarda bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarga budjet mablag‘lari hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan mablag‘larni quyi pog‘onadagi budjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar o‘rtasida taqsimlash huquqi berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, harbiy qismlari va ta’minlovchi moliya bo‘limlari tomonidan banklarga taqdim qilinadigan to‘lov topshiriqnomalari “to‘lov maqsadi”da “Harbiy” so‘zini ko‘rsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, harbiy qismlari va ta’minlovchi moliya bo‘limlari budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish uchun taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari “to‘lov maqsadi”da schyot-faktura raqami va sanasi ko‘rsatiladi, tovar va xizmatlarning nomi yozilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Kapital qo‘yilmalar xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan kapital qo‘yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga asosan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni kirim qilish maqsadida, g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarga ularning xos raqami bilan 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlari faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida va respublika tijorat banklarining amaliyot Bosh boshqarmalarida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni kirim qilish uchun g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarga boshqa bank bo‘limlarida 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlarini ochishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Respublika budjetidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining to‘lov topshiriqnomasiga asosan g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarning 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. Respublika budjetidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ochiladigan 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlariga budjetdan tashqari mablag‘larni kirim qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar tayinlash sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) asosan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilar tayinlash sertifikatiga asosan 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvarag‘idan pul mablag‘larni to‘lov topshiriqnomalariga asosan ish bajaruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)larga ularning 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarning 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlaridan tayinlash sertifikatida ko‘zda tutilmagan to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Pudratchi va boshqa ish bajaruvchilar hamda tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 23422 “Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Respublika budjetidan ajratilgan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida va respublika tijorat banklarining amaliyot Bosh boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risida tezkor, oylik va yillik hisobotlarning hajmi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va G‘aznachilik bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 9-ilovalarida keltirilgan shakldagi hisobotlarni elektron fayl ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kunlik taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Tijorat banklarining Bosh ofislari g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan mablag‘ oluvchilarning 23404 va 23405 balans hisobvaraqlari ShHR bo‘yicha ma’lumotlarni har oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Mazkur Yo‘riqnomaning bajarilishini hamda hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan nazorat moliya organlari, G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari va tijorat banklari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari zimmalariga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA

Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE

HISOBOT

Shaxsiy hisob raqam‎

Bo‘lim‎

Paragraf

Daromad turi

23402-sonli Davlat budjetining daromadlari hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum‎

Shundan:

yagona g‘azna hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘‎

23402-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi‎

23402-sonli Davlat budjetining daromadlari hisobvarag‘i qoldig‘i‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Shaxsiy hisob raqam‎

Bo‘lim‎

Paragraf

Daromad turi

23403-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum

Shundan:

yagona g‘azna hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘‎

23403-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi

23403-sonli hisobvaraq qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Shaxsiy hisob raqam‎

Bo‘lim‎

Paragraf

Daromad turi

23407-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum‎

Shaxsiy hisob raqam‎

23402-sonli hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘

Shaxsiy hisob raqam‎

20207-sonli hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘

Shaxsiy hisob raqam‎

20205-sonli hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘

Shundan:‎‎‎

23407-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi‎

23407-sonli hisobvaraq qoldig‘i‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‏Shaxsiy hisob raqam

Bo‘lim‎

Paragraf‎

Daromad turi

‎‏23409-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum

Shundan‎:

23402-sonli Davlat budjeti daromadlarining tegishli shaxsiy hisob raqamiga ajratma qilingan mablag‘‎

respublika fermyerlar uyushmasiga ajratma qilingan mablag‘

23409-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi‎

23409-sonli hisobvaraq qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Shaxsiy hisob raqam

Bo‘lim‎

Paragraf‎

Daromad turi

20207-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum

Shundan:

yagona g‘azna hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘

20207-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi

20207-sonli hisobvaraq qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎Shaxsiy hisob raqam

Bo‘lim‏

Paragraf‎‏

Daromad turi‎‏

20205-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum

Shundan:

20205-sonli 780-shaxsiy hisob raqamiga ajratma qilingan mablag‘‎

20205-sonli 779-shaxsiy hisob raqamiga ajratma qilingan mablag‘

20205-sonli 881-shaxsiy hisob raqamiga ajratma qilingan mablag‘

20205-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi

20205-sonli hisobvaraq qoldig‘i‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‏Shaxsiy hisob raqam

Bo‘lim‎‏

Paragraf‎‏

Daromad turi‎‏

23411-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum‎‏

Shundan:‎‎

23402-sonli Davlat budjeti daromadlarining tegishli shaxsiy hisob raqamiga ajratma qilingan mablag‘‎

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘‎

23411-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi‎

23411-sonli hisobvaraq‎ qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hududlar nomi‎‏

23402-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum

Shundan:‎‎

yagona g‘azna hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘‎

23402-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi‎

23402-sonli hisobvaraq qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎

Andijon viloyati‎
Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Farg‘ona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining daromadlari bo‘yicha 20___ yil “__” _______________ holatiga 2204 GRE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‏Hududlar nomi

23403-sonli hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushum ‎‎

Shundan:‎‎

yagona g‘azna hisobvarag‘iga ajratma qilingan mablag‘‎

23403-sonli hisobvaraqdan qaytarilgan noto‘g‘ri yoki ortiqcha mablag‘lar summasi

23403-sonli hisobvaraq qoldig‘i

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎

Andijon viloyati‎

Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati‎
Qashqadaryo viloyati‎
Navoiy viloyati‎
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati‎
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Farg‘ona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahri‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 5-son, 54-modda)