Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 23.04.1998 yildagi PF-1990-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 23.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, masʼuliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolar yigʻinlari, mahallalar raislari va kotiblarining maoshlari ish haqi toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha 1998-yilning 1-mayidan boshlab ilovaga muvofiq ikki razryadga oshirilsin. Maoshlarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar mahalliy budjet hisobidan qoplansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Katta hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida alohida obroʻ eʼtiborga ega boʻlgan kishilarni ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida 1998-yilning 1-mayidan boshlab fuqarolar yigʻinlari va mahallalarning nafaqadagi raislariga nafaqalar toʻla miqdorda toʻlansin. Nafaqalarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar pensiya jamgʻarmasi hisobidan qoplansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy taʼminot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolar yigʻinlari va mahallalar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yilning oxirigacha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalar va fuqarolar yigʻinlari samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni taʼminlashga, maishiy-xoʻjalik, madaniy-maʼrifiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bogʻlangan holda olib borishni tashkil qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda shaxsan hokimliklarning masʼul ekanliklari taʼkidlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 23-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1990-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)