Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fuqarolar yigʻinlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, masʼuliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PF-5112-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy taʼminot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
4. Fuqarolar yigʻinlari va mahallalar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
1998-yilning oxirigacha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
mahallalar va fuqarolar yigʻinlari samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni taʼminlashga, maishiy-xoʻjalik, madaniy-maʼrifiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirsinlar;
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bogʻlangan holda olib borishni tashkil qilsinlar.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda shaxsan hokimliklarning masʼul ekanliklari taʼkidlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-aprel,
PF-1990-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)