28.07.2015 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda, davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boshqarish organlari tomonidan ushbu masalaning koʻrib chiqilishini tashkil etgan holda, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari joriy etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xoʻjalik boshqaruvi organlariga oʻzlari muassislari (aksiyadorlari, qatnashchilari) boʻlgan tashkilotlarda faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat korxonalarida, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari muassisi hisoblanadigan unitar korxonalarda muassis tomonidan tashkilotning keyingi yil uchun biznes-rejasi har yili 1-dekabrgacha tasdiqlanadi va uning bajarilishi toʻgʻrisida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti har chorakda eshitib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror qoidalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror qoidalarining davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga joriy etilishi holati toʻgʻrisida axborot kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qaror 2016-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar, davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom banklarga va sugʻurta tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari oʻzlarining faoliyati samaradorligini baholash uchun ushbu Nizomni jamiyatning boshqaruv organlari qaroriga binoan tatbiq etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish va qoʻllash 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Samaradorlikni baholash mezonlari belgilangan davriylik boʻyicha hisoblanadigan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda SMK deb ataladi) tashkilotlarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladigan baholash mezonlarining miqdoriy oʻlchovidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. SMK roʻyxati faoliyatning iqtisodiy, energetika, ishlab chiqarish, innovatsion samaradorligi koʻrsatkichlarini va samaradorlikning boshqa koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. SMK roʻyxati tashkilotning vakolatli boshqaruv organi boʻlgan kuzatuv kengashi, u mavjud boʻlmaganda esa — yuqori boshqaruv organi (xoʻjalik jamiyatlari uchun) yoki muassis (davlat korxonalari uchun) qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. SMKni hisoblashning davriyligi har chorakdan iborat boʻladi va tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manbai faqat yillik hisobot boʻlgan koʻrsatkichlar bir yilda bir marta hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash uchun ushbu Nizomning 2a va 2b-ilovalarida* koʻrsatilgan SMK tatbiq etiladi. Bunda 2a-ilovada* koʻrsatilgan SMK hisoblash va “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etish uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim SMKni tatbiq etish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, bu toʻgʻridagi qaror ijro etuvchi organning taklifiga binoan tashkilotning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan tashkilot faoliyatining tarmoq boʻyicha mansubligidan, rivojlanish strategiyasidan va faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda SMK sifatida boshqa koeffitsiyentlardan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Baholash maqsadi uchun har bir SMKga uning tashkilot uchun ahamiyatini aks ettiruvchi salmoq oʻlchovi belgilanadi. Tashkilotga nisbatan tatbiq etiladigan barcha SMK salmoq oʻlchovlari jami 100 foizni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Har bir SMKning salmoq oʻlchovi, uning tashkilot faoliyati uchun ahamiyatini hisobga olgan holda, tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Koʻrsatkichlarni hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotning buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlar (moliyaviy, statistik, soliq hisobotlari va boshqalar)dagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-rejadagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda olingan yoki ishlab chiqilgan boshqa materiallardagi maʼlumotlar SMKni hisoblashning axborot manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilot SMKni hisoblashni amalga oshirish uchun boshqa tashkilot (konsultant)ni jalb qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. SMKni hisoblashning toʻgʻriligi va ishonchliligi tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. SMKni hisoblash ushbu Nizomning 3a va 3b-ilovalaridagi* qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotning vakolatli boshqaruv organi, Markazni xabardor qilgan holda, SMKni hisoblashning boshqa qoidalarini qoʻllashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. SMKning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. SMKning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlari har bir davr uchun biznes-rejada, uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida ilova sifatida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. SMKning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlari tashkilotning vakolatli boshqaruv organi tomonidan qonunchilikda belgilangan meʼyoriy miqdordan (agar koʻrsatkichlar uchun qonunchilikda meʼyoriy miqdor belgilangan boʻlsa) past boʻlmagan darajada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agar qonunchilikda koʻrsatkichlar uchun meʼyoriy miqdor nazarda tutilmagan boʻlsa, prognoz (maqsadli) koʻrsatkichni aniqlash uchun boshqa tashkilot (konsultant) jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashkilotning vakolatli boshqaruv organi navbatdagi chorak tugagandan soʻng SMKning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlariga tuzatish kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Agar SMKning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichiga tuzatish kiritish ilgari amalga oshirilgan toʻlovlarni qayta hisoblashga zarurat tugʻdirsa, u holda bunday qayta hisoblash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Baholash koʻrsatkichlaridan foydalanish va ularning monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hisoblash yoʻli bilan olingan SMK miqdorlari ularning biznes-rejada belgilangan prognoz (maqsadli) miqdorlari bilan hisoblangan va maqsadli miqdorning foizli nisbati tarzida (keyingi oʻrinlarda bajarish foizi deb ataladi) taqqoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Barcha SMK boʻyicha oʻrtacha hisoblangan miqdor tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligining yigʻindi koʻrsatkichi (keyingi oʻrinlarda SYK deb ataladi) sifatida ifodalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Joriy davrda ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolarini mukofotlash miqdori biznes-rejada nazarda tutilgan ijro etuvchi organni moddiy ragʻbatlantirish puli miqdorini SYKga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qaroriga binoan ijro etuvchi organning tashkilot faoliyati natijalarini shakllantirishdagi haqiqiy ishtirokidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar SYK va ularning bajarilishi foizi barcha SMKning kamida yarmida prognozdan (maqsadli koʻrsatkichdan) oshsa, tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolarini mukofotlash miqdori biznes-rejada nazarda tutilgan mukofotlash miqdoriga nisbatan ikki barobar oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agar SMKning haqiqiy miqdori qonunchilikda belgilangan meʼyoriy miqdordan past boʻlsa, tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan ijro etuvchi organ rahbariga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligi quyidagicha eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 40 foizdan kam boʻlsa — qoniqarsiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 40 foizdan 60 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha boʻlsa — past darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 60 foizdan 80 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha boʻlsa — yetarli darajada emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 80 foizdan 90 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha boʻlsa — oʻrtacha darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 90 foizdan 100 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha boʻlsa — yetarli darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYK miqdori 100 foizdan oshsa — yuqori darajada.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tashkilotlarda ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholamasdan yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoki past darajada deb eʼtirof etilgan taqdirda ustamalar belgilashga, mukofot puli va boshqa moddiy ragʻbatlantirishlar toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ijro etuvchi organning samaradorligi ketma-ket ikki chorak mobaynida qoniqarsiz yoki past darajada (har qanday uygʻunlikda) boʻlsa, bu ijro etuvchi organ rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. SMKning hisoblangan miqdorlari, SYKni bajarish foizlari belgilangan tartibda tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va aksiyadorlarga (qatnashchilarga, mulkdorga) ularning yozma soʻrovi boʻyicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etish maqsadida, tashkilotlar Markazning rasmiy veb-saytidagi tegishli shaklni toʻldirish yoʻli bilan, Markazga SMKni elektron koʻrinishda quyidagicha taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I chorak, yarim yillik va toʻqqiz oy yakuni boʻyicha — hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuni boʻyicha — hisobot davridan keyin 1-martdan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Markaz:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hech qanday toʻlovlarsiz elektron raqamli imzosi mavjud tashkilotlarga Markazning rasmiy veb-saytida SMK toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirish imkoniyatini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning rasmiy-veb-saytida SMK, SYK va ularni bajarish foizlari haqidagi yigʻma maʼlumotlari eʼlon qilinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini samarali boshqarish maqsadida davlat tomonidan aksiyador (qatnashchi) va muassis vakolatlarini amalga oshirishda tashkilotlarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan ijro etuvchi organ faoliyatini baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yoʻli bilan tekin olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Markaz davlat tashkilotlaridan tashkilotlarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotlarni, agar bunday axborotlarni olishga boʻlgan huquqi aksiyadorlar (qatnashchi, mulkdor) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, tekin olishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Markaz, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Markazning rasmiy veb-saytini oʻz ichiga qamraydigan elektron tizimning ishlanmasini va texnik qoʻllab-quvvatlanishini oʻz vaqtida moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Baholash koʻrsatkichlarini tekshirish va ekspertizadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. SMK, SYK va ularning yil yakunlari boʻyicha bajarish hisobi auditorlik tashkiloti tomonidan, yil yakunlari boʻyicha audit oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning alohida qoʻshimcha predmeti doirasida, professional konsalting xizmatlari koʻrsatish yoʻli bilan tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Auditorlik tashkilotining SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining hisoblangan miqdorini tekshirish boʻyicha auditorlik tashkilotining professional konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisoboti tashkilotning hisobot yilidagi faoliyati natijalari bilan birga (aksiyadorlari (qatnashchilari)ning yoki davlat korxonalari muassislarining yillik umumiy yigʻilishida) koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tashkilotning vakolatli boshqaruv organlari qaroriga asosan auditorlik tashkiloti SMK, SYK va ularning I chorak, yarim yillik yoki 9 oylik yakunlari boʻyicha bajarilishi hisobini tekshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra, ilgari hisoblangan SMK, SYK miqdori va ularning bajarilish foizlariga zarur aniqliklar kiritiladi. Agar SMK, SYK miqdoriga va ularning bajarilishi foizlariga kiritilgan aniqlashtirishlar natijasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotning ijro etuvchi organi rahbarlariga va aʼzolariga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorini yaxshilash uchun ularni qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqish zarurligi aniqlanganda mazkur ijobiy farq hisobot yilidagi ish yakunlari boʻyicha ularga toʻlanadigan ragʻbatlantirish pullari toʻlanayotganda toʻgʻrilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni ushlab qolish zaruriyatini keltirib chiqaruvchi holat aniqlanganda, tashkilotning ijro etuvchi organi rahbarlariga va aʼzolariga ilgari toʻlangan toʻlovlardagi salbiy farq hisobot yilidagi ish yakunlari boʻyicha ularga ragʻbatlantirish pullari toʻlanayotganda tuzatiladi yoki ularning ish haqidan ushlab qolinadi yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa usulda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Hisoblangan SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlari qonunchilikda belgilangan tartibda, sud qaroriga asosan ekspertizadan oʻtkazilishi ham mumkin. SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining toʻgʻriligi boʻyicha ekspertiza natijalariga koʻra mos kelmagan holatlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlarni qayta hisoblashga va nomuvofiqlikka yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan javobgarlikka olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tashkilot faoliyatida ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat tashkilotning vakolatli boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ushbu Nizomning qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 397-modda; 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)