24.04.2015 yildagi PF-4720-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini taʼminlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni taʼminlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Faoliyat koʻrsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini tanqidiy oʻrganish natijalariga koʻra, 364 aksiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi lozim, deb topilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R. Azimov) qayd etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish jarayonini 2015-yilning 1-oktabriga qadar tugatish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yetakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur oʻrganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qoʻllay bilishi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya yakunlari boʻyicha boʻshagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori”ga aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasidan kelib chiqadigan zarur oʻzgartishlar kiritish haqida takliflar taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazini tashkil etish, uning zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik taʼminlash, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni belgilangan tartibda qabul qilsin va uning vazifalari, tuzilmasi, tinglovchilarni qabul qilish kvotasi, shuningdek, markazning samarali faoliyatini taʼminlash choralarini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi Dasturga kiritilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, 2015-yil 1-iyuldan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov asosida qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar iqtisodiy sudga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilganda, ularga davlat bojini toʻlash muddati uzaytiriladi va bu boj aybdor tomonidan undiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Germaniya hamda boshqa rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida 2015-yil 1-avgustga qadar Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda yagona hujjatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining koʻlami, tarmoq xususiyatlari va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2015-yilning 1-iyulidan aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qatʼi nazar, “davlat” soʻzidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015 — 2018-yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni oʻtkazishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015-yilning 1-iyuliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 24-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4720
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AKSIYADORLIK JAMIYATINING NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Korxonalarning tarmoq xususiyati va faoliyatlarining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlari namunaviy tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. XALQARO TAJRIBANI CHUQUR RGANISH ASOSIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY ETISH

1.

Aksiyadorlik jamiyatlarida namunaviy tashkiliy tuzilmani ular faoliyatining tarmoq xususiyati va koʻlamini hisobga olgan holda joriy etish.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari

qarorlari

2015 yil avgust

Davlat raqobat qoʻmitasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari

2.

Aksiyadorlik jamiyatlarini umum qabul qilingan xalqaro amaliyot standartlari va talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilish, hamda tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno.

Komissiya qarori

2015 yil iyul

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi

3.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga aksiyadorlik jamiyatlarining maʼqullangan namunaviy tuzilmasidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2015 yil may

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ boshqaruv Kodeksini ishlab chiqish:

korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining koʻlami, tarmoq xususiyatlari va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish.

Komissiya qarori

2015 yil avgust

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi

5.

Belgilangan talablarga javob ber?aydigan aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish yoki qayta tashkil etish choralarini koʻrish.

Taʼsischilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchi davlat organlari qarorlari, sud qarorlari

2015 yil III chorak

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi

6.

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Hukumat qarori loyihasi

2015 yil iyun

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

7.

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilish va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligi natijalari boʻyicha baholash.

Komissiya qarori

2015 yil iyul

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi,
tijorat banklari

8.

Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va olib chiqishning muhim tamoyillariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlarining moliya va iqtisodiy samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

Dasturlar ishlab chiqish

2015 yil oktabr

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi,
tijorat banklari

9.

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish va ularga salohiyatli chet el investorlarini jalb qilish.

Texnik koʻmak loyihasi

2015-2016 yy.

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

10.

Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan bitimlar va boshqa harakatlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talabni joriy qilish.

Oliy xoʻjalik sudi plenumi qarori

2015 yil IV chorak

Oliy xoʻjalik sudi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi

11.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini koʻpaytirish faqatgina qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish

2016 yil I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi

12.

Respublikada korporativ hodisalarni muntazam yoritib boruvchi tele va radiokoʻrsatuvlarni (“Korporativ yangiliklar”), shu jumladan Internet tarmoqlarida tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015 yil IV chorakdan

OʻMTRK, Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Toshkent RFB

13.

Har yili tashkil etiladigan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” tanlovini amaliyotga joriy qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yildan boshlab

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB,
Savdo-sanoat palatasi

II. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLAR YARATISH, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI OSHIRISH, HISOBGA OLISH VA HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISH

14.

Quyidagi yoʻllar orqali Aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro tajriba asosida boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish:

biznes-jarayonlarni takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish, maʼmuriy va operatsiya jarayonlarini optimallashtirish;

xoʻjalik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini, shu jumladan ISO joriy etishni kengaytirish;

zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish, moddiy, investitsiya va boshqa resurslarni boshqarish;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali xorijiy menejerlarni jalb qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015 yil III chorak

Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

15.

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan oʻtkazishni joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

grafik boʻyicha

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi,
aksiyadorlik jamiyatlari

16.

Ustav kapitallarida davlat ulushi boʻlgan, strategik xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatini belgilash.

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Hukumat qarori Kompleks chora-tadbirlar

2015 yil aprel

2015-2016 yy.

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

17.

Davlat ulushi boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga koʻmaklashish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015-2016 yy.

TIAISV, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
 

18.

“Toshkent” RFB valyuta savdo maydonchasi faoliyatini kengaytirish va faollashtirish, bunda xorijiy investorlar ishtirokidagi operatsiyalarga soliq solish tizimini soddalashtirish.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, DSQ, TIAISV,
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB

19.

Chet el investorlariga sotiladigan aksiyalar paketi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan internet-saytlarda joylashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2015-2016 yy.

TIAISV, “Oʻzinfoinvest agentligi, Moliya vazirligi

20.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Qonunga oʻzgartirish kiritish

2015 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

21.

Respublikada korporativ boshqaruv tizimi va fond bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015 yil IV chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, TIAISV

22.

Ustav kapitalida 50 foizdan koʻp davlat ulushi boʻlgan sanoat sohasi va iqtisodiyotning real sektoriboʻlgan boshqa tarmoqlaridagi xoʻjalik jamiyatlariga ularning 10 foizdan kam boʻlmagan sof foydasini istiq?olli tadqiqotlarga, bozor talabidan kelib chiqib yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va marketingga yoʻnaltirish toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqish.

Metodik tavsiyalar

2015 yil IV chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

III. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATIDA DAVLAT ORGANLARI, AKSIYADORLAR VA MENEJMENT OʻRTASIDA VAZIFA VA VAKOLATLARNI ANIQ CHEGARALASH

23.

Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlishidan qatʼiy nazar xoʻjalik birlashmalari, aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari nomlanishidagi “davlat” soʻzlarini chiqarib tashlash.

Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil sentabr

Adliya vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari

24.

Aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari rahbarlarini tanlov orqali saralash amaliyotini joriy etish, chet el menejerlarini tayinlash mumkinligini nazarda tutish.

Jamiyatlar ustavlariga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil 1-iyul

Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, TIAISV

25.

Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirishga xususiy aksiyadorlarning kamida uchdan ikki qismining roziligi boʻlmaganda taqiq qoʻyish.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish

2016 yil I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

26.

Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik yoki boshqa xoʻjalik subyektlariga nisbatan tijorat tashkilotlari tuzish talablarini takomillashtirish.

Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish

2016 yil I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

27.

Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat hokimiyat organlari hamda ularning mansabdor shaxslariga:

bitimlar boʻyicha normativ hujjatlar qabul qilishga, aksiyadorlik jamiyatlariga buyruqlar va boshqa koʻrsatmalar berishga, foydani boʻlishishga, boshqaruvchi xodimlarni yollashga va xoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlari vakolatiga tegishli boshqa masalalar boʻyicha, qonunchilikda nazarda tutilgan alohida holatlar bundan mustasno;

aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari aʼzolariga moliyaviy yoʻqotishlarga sabab boʻlgan biznes-xatarlarni qabul qilish asosida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uchun javobgarlik choralari qoʻllashni taqiqlashni belgilash.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish

doimiy

Adliya vazirligi, Boshprokuratura, Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi

28.

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xizmatlariga haq toʻlashning amaldagi tartibini takomillashtirish, bunda davlat aktivlarini boshqarishga toʻlanadigan haq miqdori biznes-reja parametrlarini bajarganligiga yanada bogʻliqligini nazarda tutish.

Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

29.

Jamiyatni boshqarishda aksiyadorlarning ishtirok etish huquqlari buzilganligi uchun davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga maʼmuriy javobgarlikni joriy etish.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil IV chorak

Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi

30.

Energetika, neftgaz, kimyo, temir yoʻl, paxta tozalash, tegirmon, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qattiq metallarni qayta ishlash korxonalari va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat ulushini xoʻjalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2015 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

IV. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI STRATEGIK BOSHQARISH VA FAOLIYATI USTIDAN NAZORATNI TAʼMINLASHDA AKSIYADORLAR, SHU JUMLADAN MINORITAR AKSIYADORLARNING ROLINI OSHIRISH

31.

Aksiyadorlarga, shu jumladan minoritar aksiyadorlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga shikoyat kiritish bilan davlat boji toʻlash, shu jumladan keyinchalik uni aybdor tomonidan undirishbilan dividendlarni toʻlash boʻyicha kechiktirishlarni taqdim etish.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil III chorak

Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat raqobat qoʻmitasi

32.

Paketlarni lotlarga boʻlishni optimallashtirishni nazarda tutgan holda tashkil etilgan savdolarda aksiyalar paketini joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini takomillashtirish.

Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Toshkent RFB

33.

Tashkil etilgan savdolarda jismoniy shaxslar oʻrtasida aksiyalarning oldi-sotdi kelishuvlariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro hisob-kitobni nazarda tutgan holda hisob-kitob kliring xizmat koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish

2015 yil IV chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent RFB, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

34.

Aksiyadorlarning biri 50 va undan ortiq foizda jamiyatning aksiyalarini sotib olganda boshqa aksiyadorlar unga bozor narxida oʻzlarining aksiyalarini belgilangan tartibda sotish huquqiga ega boʻlish tartibini joriy etish.

Qonunchilikka oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

2016 yil II chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

V. KORPORATIV BOSHQARUV SOHASIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

35.

Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi veb-sayti negizida Korporativ axborot yagona portalini yaratish, bunda xalqaro normalarni hisobga olgan holda quyidagilarni joylashtirish:

moliya hisoboti va auditorlik xulosalari;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisida maʼlumot;

emissiyalar prospekti, joylashtiriladigan aksiyalar, aksiyadorlik kapitali miqdori va salohiyatli investorlar uchun boshqa maʼlumotlar;

korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozori masalalari boʻyicha normativ-huquqiy bazadagi oʻzgarishlar.

Korporativ axborotning yagona portalini yaratish

2015 yil IV chorak

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi

36.

Xalqaro tajriba asosida aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni (ERP va boshqa dasturiy mahsulotlar) boshqarishning zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish.

Loyihalarni amalga oshirish

grafiklar boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi ATD, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

37.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda davlat aktivlarini hisoblash tizimini takomillashtirish:

interaktiv oʻzaro hamkorlik qilish imkonini yaratgan holda davlat aktivlarini boshqarishning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;

xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarida davlat ulushining markazlashtirilgan hisobini yuritish;

Vazirlar Mahkamasi qarori dasturiy mahsulot ishlab chiqish

2016 yil I chorak


2016yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi

davlat aktivlarining yagona roʻyxatini investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan obyektlar (ulushlar, aksiyalar, DUK) koʻrsatilgan holda shakllantirish va Internet tarmogʻida eʼlon qilish.

VI. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI, AYNIQSA IKKILAMCHI BOZORNI YANADA RIVOJLANTIRISH, UNING AXBOROT-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH

38.

Qimmatli qogʻozlar bozorini modernizatsiya qilish boʻyicha Koreya fond birjasi bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda fond bozori uchun zamonaviy Yagona dasturiy-texnik kompleksini joriy etishni nazarda tutish.

Kompleksni joriy qilish

2016 yil IV chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

39.

Koreya fond birjasi tomonidan joriy etiladigan Yagona dasturiy-texnik kompleksi negizidagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qoshida axborot-resurs markazini tashkil etish.

Axborot-resurs markazini tashkil etish

2016 yil I chorak

Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

40.

Fond bozorida investitsiya xatarlarida tegishli cheklovlarni koʻrib chiqqan holda qimmatli qogʻozlar bozori likvidligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni oʻziga oladigan market-meyker investitsion vositachilarni yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yil II chorak

Tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalari, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi

41.

Qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilari maʼlumotlar bazalari va zaxira savdolarni axborot tahliliy kuzatib borishning texnologik jihatdan yangilab boriladigan axborot tizimini yaratish hamda respublika birja markazini modernizatsiya qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent RFB, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi

42.

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha komissiyalar xalqaro tashkiloti, xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozori va fond birjalarini tartibga soluvchi vakillari, korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasidagi tadqiqot markazlari bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yildan boshlab har yili

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Banklar Assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi

VII. KORPORATIV BOSHQARUV SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH

43.

Davlatulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tarkibini bozor iqtisodiyoti va korporativ boshqaruvning asoslari, menejment va marketing, zamonaviy ishlab chiqarish prinsiplari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, ular boshqarayotgan korxonalarning amaldagi holatini attestatsiyadan oʻtkazish.

Komissiya qarori

grafik boʻyicha

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi

44.

Attestatsiyayakunlari boʻyicha vakant lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, belgilangan talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xo?ijiy menejerlarni jalb etish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015 yil IV chorak

Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari

45.

Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2015 yil 1-iyunga qadar

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

46.

Korporativ boshqaruvchi malakasiga ega attestati mavjud shaxslardan davlatning ishonchli va davlat ulushi boʻyicha xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzolarini tayinlashni amaliyotga joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2016 yil 1 yanvardan

Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 204-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)