17.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2684
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir U. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 2-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) oʻquvchilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinfdan sinfga oʻtkazish — oʻquvchini bir sinfdan boshqa parallel sinfga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish — oʻquvchini bir maktabdan boshqa bir maktabning tegishli sinfiga oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom talablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻquvchilarni nodavlat taʼlim muassasalaridan maktablarga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda, maktablardan nodavlat taʼlim muassasalariga oʻtkazish mazkur Nizom va nodavlat taʼlim muassasalarining ustavlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maktab oʻquvchilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish masalalari umumiy oʻrta taʼlimning majburiyligi hamda Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maktab direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktab direktorining oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktabdan ketish taloni va yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maktabga kelish talonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori maktabga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining maktab oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining tibbiy kartasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, kelish taloni va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma oʻquvchining maktabda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktori mazkur buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktabga maʼlumot uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida yoki maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki maktab rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashgʻulotlariga kelmasa, maktab direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani hamda oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashgʻulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oʻquvchini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning voyaga yetmaganni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqilib, oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi toʻgʻrisida tilxat oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati oʻquvchining maktabda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Maktab direktori tomonidan xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotganligi sababli oʻquvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har oʻquv yili choraklari oxirida tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga (boshqarmasiga) va tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Xorijiy davlatda taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ota-onalar xorijiy davlatda taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan farzandini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabga oʻtkazish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xorijiy davlatda taʼlim olgan bolani Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabga oʻtkazish uchun ota-onalar tomonidan maktab direktoriga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-ona tomonidan maktab direktori nomiga ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning xorijiy davlatda taʼlim olganligi haqidagi hujjatning (hujjatlarning) asli va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Maktab direktori taqdim etilgan hujjatlarni bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va bolani maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Maktab direktori bolaning xorijiy davlatda oʻqigan taʼlim dasturi maktabning oʻquv dasturlariga mos kelish-kelmasligini aniqlaydi hamda fanlar boʻyicha aniqlangan farqlarni joriy yoki navbatdagi oʻquv yilida bartaraf etish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning xorijiy davlatda taʼlim olganligi haqidagi hujjat mavjud boʻlmaganda, maktab direktori bolani uning yoshi va bilim darajasiga mos sinfga qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Bolani maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻquvchini ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinfga yoki ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabga oʻtkazish, shuningdek ularni ichki tartib qoidalarni buzganligi uchun ushbu sinflardan (maktablardan) boshqa sinflarga (maktablarga) oʻtkazish Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2321, 2012-yil 1-fevral) muvofiq amalga oshiriladi, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalarning istagiga koʻra oʻquvchini ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinfdan boshqa sinfga yoki ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 2-iyun

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 2-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat test markazi direktori J. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 2-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)
‎ ‎
____-sonli maktabdan
‎KETISH TALONI
‎‎

‎‎Ushbu talon 20 __ yil ____ _______________ da ________________ tumani (shahri)dagi ____ -sonli maktabning ____ -sinf oʻquvchisi __________________________________

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

‎‎boshqa maktabga oʻtkazilayotganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎________________________

(imzo) ‎

‎‎(maktab direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎Maktab direktorining
‎telefon raqami: _______________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)

‎____-sonli maktabga
‎ KELISH TALONI
‎ ‎
‎‎

‎‎Ushbu talon 20 __ yil ____ _______________ da ________________ tumani (shahri)dagi ___ -sonli maktabning ___ -sinf oʻquvchisi ___________________________________ga

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

u ___________________ tumani (shahri)dagi ____ -sonli maktabga ketish talonini topshirganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎________________________

(imzo) ‎

‎‎(maktab direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎Maktab direktorining
‎telefon raqami: _______________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/2684-1/2548-son; 10.02.2020-y., 10/20/2684-2/0162-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son; 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son; 21.08.2025-y., 10/25/2684-5/0755-son; 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)