29.08.1996 yildagi 265-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.09.2024 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikdagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning sogʻliqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand boʻla olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻligʻini yoʻqotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablagʻ bilan taʼminlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini taʼminlash ustidan nazoratni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlari koʻrilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi oʻrnatilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sugʻurtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam koʻrsatishda va ularni dori vositalari bilan taʼminlashda imtiyozlar belgilashni;
(4-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(4-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash va tibbiy sugʻurtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
(5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi OʻRQ-118-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini taʼminlash;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmogʻini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand boʻla olishini taʼminlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi OʻRQ-815-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash xarajatlarini moliyaviy taʼminlashning oʻz manbalarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini taʼminlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlarini koʻrish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini taʼminlash;
(6-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya taʼlimi berishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi sharoitlar yaratish;
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Sogʻliqni saqlash tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yigʻindisidan iborat yagona sogʻliqni saqlash tizimi amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sogʻliqni saqlash tizimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman boʻlinmalari kiradi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimiga davlat mulki boʻlgan va davlat sogʻliqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga boʻysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazadigan taʼlim tashkilotlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sogʻligʻini saqlash bilan bogʻliq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar davlat sogʻliqni saqlash tizimiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam koʻrsatadi. Bepul tibbiy yordam koʻrasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish qoʻshimcha xizmatlar boʻlib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy sugʻurta mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning sogʻligʻini saqlashga moʻljallangan maqsadli fondlarning mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam koʻrsatganlik uchun va pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun olingan mablagʻlari;
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sogʻliqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarning kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga oʻz mablagʻlari, jalb etilgan mablagʻlar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, roʻyxati, ularni koʻrsatish tartibi hamda kompensatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qoʻyish hamda davolash vositalaridan foydalaniladi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritishi hamda statistika maʼlumotlarini taqdim etishi shart.
(10-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi OʻRQ-118-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi OʻRQ-246-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 148-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning nomi va ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi qonunchilikka muvofiq davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan sanitariya-gigiyena yoʻsinidagi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishi orqali taʼminlanadi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. FUQAROLARNING SOGʻLIGʻINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sogʻliqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar fuqarolarning sogʻligʻi saqlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qatʼi nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sogʻliqni saqlash huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, sogʻliqni saqlashda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng huquqdan foydalanadilar.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi OʻRQ-118-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Fuqarolarning sogʻliqqa taʼsir etuvchi omillar haqida axborot olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻliqqa taʼsir etuvchi omillar haqida, shu jumladan yashash hududining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi toʻgʻrisida, ovqatlanishning oqilona normalari xususida, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ularning xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va aniq axborot olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasal boʻlib qolganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda va boshqa hollarda fuqarolar profilaktik, tashxis qoʻyish-davolash, kuch-quvvatni tiklash, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa xil yordamni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogironligi boʻlgan shaxslarni boqish-parvarishlash yuzasidan ijtimoiy chora-tadbirlarni, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlashni oʻz ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzlarini ixtiyoriy ravishda tibbiy sugʻurta qildirish asosida, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari, oʻz shaxsiy mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning ayrim toifalari protezlar, ortopedik va moslama buyumlar, eshitish apparatlari, harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli tarzda taʼminlanish huquqiga ega. Bunday huquqqa ega boʻlgan fuqarolarning toifalarini, shuningdek ularni taʼminlash shartlari va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar ixtisoslashgan sogʻliqni saqlash, muassasalarida tibbiy ekspertizadan oʻtish huquqiga ega.
(16-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Ayrim turdagi kasb-kor bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning sogʻligʻini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻining holatiga koʻra fuqaro ayrim turdagi kasb-kor hamda yuqori darajali xavf manbai boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanishga vaqtincha yoki doimiy layoqatsiz deb topilishi mumkin. Bunday qaror tibbiyot nuqtai nazaridan shugʻullanish nomaqbul deb topilgan faoliyatlar roʻyxatiga muvofiq holda tibbiy komissiyalar chiqargan xulosa asosida qabul qilinadi va uning ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot nuqtai nazaridan shugʻullanish nomaqbul deb topilgan ayrim turdagi kasb-kor va yuqori darajada xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda belgilanadi hamda besh yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchilar oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Oila sogʻligʻini saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir fuqaro davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, oʻzida ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklar bor-yoʻqligi yuzasidan, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy jihatlari yuzasidan bepul maslahatlar olish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar olish va tekshiruvdan oʻtish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir oila oʻziga oilaviy shifokor tanlash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolali oilalar fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uch yoshga toʻlmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga koʻra qoʻshimcha qarovga muhtoj boʻlgan katta yoshdagi kasali ogʻir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga davolash muassasasida uning yonida birga boʻlishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Voyaga yetmaganlarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat voyaga yetmaganlarning sogʻliqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, maʼnaviy rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktablarda va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish orqali taʼminlaydi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida boʻlish hamda bolalar va oʻsmirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-gigiyena taʼlimi olish, oʻqish hamda oʻzlarining fiziologik xususiyatlari va sogʻligʻiga mos sharoitlarda mehnat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbga yaroqliligini aniqlash chogʻida budjet mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqlari toʻgʻrisida oʻzlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn toʻrt yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasiga koʻra budjet mablagʻlari, xayriya jamgʻarmalari va boshqa fondlarning mablagʻlari, shuningdek ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning oʻz tarbiyasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan boʻyin tovlashlari, voyaga yetmaganlar bilan ularning sogʻligʻiga zarar yetkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda boʻlishlari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan oʻtadi hamda sogʻligʻiga koʻra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy maʼlumotlar toʻgʻrisida toʻliq axborot olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya bilan taʼminlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish oʻz ichiga statsionar-ambulatoriya yoʻli bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirishni, yolgʻiz keksalarga ularning oʻz uyida hamda internat-uylarda xizmat koʻrsatishni qamrab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonunchilikka muvofiq ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, sogʻliqni saqlash organlarining mablagʻlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalar va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanish, shuningdek kasbiy tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordamini olish, uyda parvarish qilinish huquqiga, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar, surunkali ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslar esa nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun moʻljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Favqulodda vaziyatlar tufayli jabr koʻrgan fuqarolarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyat tufayli jabr koʻrgan fuqarolar bepul tibbiy yordam olish va sogʻliqni tiklash tarzida davolanish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish hamda hayoti va sogʻliqlariga tahdid solayotgan xavfni kamaytirishga qaratilgan gigiyena chora-tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarni qutqarish va tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida jabr koʻrgan fuqarolarga bepul davolanish, shu jumladan sanatoriy va kurortlarda davolanish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy kompensatsiya olish kafolatlanadi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Bemorning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemor tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat koʻrsatishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan oʻtish, davolanish va parvarish qilinish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilab qoʻygan tartibda oʻz iltimosiga koʻra boshqa mutaxassislarning konsilium qilishi va ulardan maslahatlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar sir saqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy aralashuvga oʻz ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz huquq va burchlari xususida hamda sogʻligʻining holati haqida maʼlumot olish, shuningdek sogʻligʻining holatiga doir maʼlumotlarni uning manfaatini koʻzlagan holda bersa boʻladigan shaxslarni tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tibbiy sugʻurta doirasida tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi;
(24-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qoʻyilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Fuqarolarning oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisida maʼlumot olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir fuqaro oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan tekshirish natijalari, qanday kasali borligi, qanday tashxis qoʻyilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bogʻliq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning sogʻligʻi haqidagi maʼlumotni uning oʻziga, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori, boʻlim mudiri yoki tekshirish va davolashda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqda fuqaroga va, basharti uning oʻzi oila aʼzolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki) bunday maʼlumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan boʻlsa, bemorning oila aʼzolariga tibbiy-odob meʼyorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning talabiga muvofiq unga sogʻligʻining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan koʻchirmalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning tibbiy hujjatlarida aks etgan maʼlumotlar shifokorlik siri boʻlib, u faqat ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardagina fuqaroning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Tibbiy aralashuvga rozilik berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning oʻz kasaliga doir maʼlumotlarni bilgan holda oʻz ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning ahvoli oʻz xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda fuqaroning manfaatini koʻzlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yigʻilishning iloji boʻlmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxslarga va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy aralashuvga ularning qonuniy vakillari rozilik beradi. Ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillar yoʻqligida tibbiy aralashuv toʻgʻrisidagi qarorni konsilium qabul qiladi, basharti konsiliumga yigʻilishning iloji boʻlmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslari va bemorning qonuniy vakillarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor qabul qiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning toʻxtatilishini talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji boʻlmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan guvohlantirib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatish, profilaktik emlash
(28-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustdagi OʻRQ-705-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy vakillarining roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatilishiga (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalxonaga yotqizish, kuzatish va yakkalab qoʻyishga) qonunchilikda belgilangan asoslarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi mumkin.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustdagi OʻRQ-705-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. FUQAROLARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sogʻliqni saqlash tizimi, jamoat birlashmalarining muassasalari koʻrsatadigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tibbiy xizmat koʻrsatishning asosiy, qulay va bepul turi boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(29-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng koʻp tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini oʻtkazishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar koʻrishni.
(29-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5 -son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarining muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shartnoma asosida amalga oshiriladi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam koʻrsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning hajmi va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Shoshilinch va tez tibbiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar sogʻliqni saqlash tizimining har qanday davolash-profilaktika muassasasida shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tez tibbiy yordam sogʻliqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda koʻrsatiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi OʻRQ-118-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning hayoti xavf ostida boʻlgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari, yongʻindan saqlash, avariya xizmatlari, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek boshqa kasb-kor vakillari tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar voqea sodir boʻlgan joyda qonunchilikka binoan zimmalariga yuklatilgan birlamchi shoshilinch yordamni koʻrsatishlari shart.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Ixtisoslashgan tibbiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, tashxis qoʻyish, davolashning va murakkab tibbiy texnologiyalardan foydalanishning maxsus usullarini taqozo etuvchi kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslashgan tibbiy yordam davolash-profilaktika muassasalarida mutaxassis shifokorlar tomonidan koʻrsatiladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning turlari, hajmi va sifat standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi va doimiy tibbiy kuzatuv taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar roʻyxati va bunday kasalliklarga chalingan shaxslar uchun imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlari va hajmini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish davlat sogʻliqni saqlash tizimining ana shunday maqsadga moʻljallangan muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning turlari va hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Profilaktika, tashxis qoʻyish, davolashning yangi usullarini, dori vositalari dezinfeksiya vositalarini qoʻllanish hamda biologik-tibbiy tadqiqotlar oʻtkazish tartibi
(34-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash amaliyotida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash usullaridan, tibbiyot texnologiyalari, dori vositalari va dezinfeksiya vositalaridan foydalaniladi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻllanishga ruxsat etilmagan, lekin belgilangan tartibda koʻrib chiqilayotgan tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori vositalaridan bemorni davolash manfaatini koʻzlab faqat uning ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi olinganidan keyin, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxslarni davolashda esa faqat ularning hayoti bevosita xavf ostida qolgan taqdirda va qonuniy vakillarining yozma roziligi bilangina foydalanish mumkin.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori vositalarini, dezinfeksiya vositalarini, shu jumladan chet elda foydalaniladiganlarini qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Insonni obyekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot oʻtkazishga faqat laboratoriya tajribalari oʻtkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida yoʻl qoʻyiladi. Fuqaroni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biologik-tibbiy tadqiqot oʻtkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qoʻshimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid maʼlumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida unda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan oʻtmagan profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash usullari va dori vositalarini targʻib qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
(34-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dori vositalari va yakka tartibda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanadigan fuqarolarning toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari fuqarolarning dori vositalari bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanishi uchun retsept yozib berish huquqiga ega.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. TIBBIY EKSPERTIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning kasallik, shikastlanganlik, homiladorlik, tuqqanlik, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganlik, protez qoʻydirganlik, sanatoriy-kurortda davolanganlik munosabati bilan va boshqa hollardagi mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertizalash qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan oʻtkaziladi va ular fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi. Xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarida davolangan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalanganida xodimni sogʻligʻining holatiga qarab vaqtincha yoki doimiy ravishda boshqa ishga oʻtkazish zarurati va muddati aniqlanadi, shuningdek fuqaroni belgilangan tartibda, shu jumladan unda nogironlik belgilari mavjud boʻlgan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruvdan oʻtkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik maʼlumotlarini kompleks baholash asosida uning sogʻligʻi yoʻqolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turgʻun buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar berish tibbiy-ijtimoiy ekspertizadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani tashkil qilish va oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Harbiy-tibbiy ekspertiza
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-tibbiy ekspertiza harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining zaxirasida (rezervida) turgan fuqarolarning hamda harbiy xizmatchilarning salomatligi jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini, kasallik, yaradorlik, shikastlanganlik harbiy xizmat (harbiy yigʻinlarni oʻtash) bilan bogʻliqligini aniqlaydi, harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ularning sogʻligʻini tiklashning turlari, hajmi va muddatini belgilaydi.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolar va harbiy xizmatchilar sogʻligʻining holatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida ekspert tomonidan, uning yoʻqligida esa — ekspertiza oʻtkazishga jalb etilgan shifokor tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining shu maqsadga moʻljallangan muassasalarida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilab qoʻyiladi.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini oʻtkazgan muassasalarning xulosalari ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patologik-anatomik tadqiqotlar sogʻliqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda oʻlganidan soʻng tashxis qoʻyish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qoʻyish va kasallikni davolash ishlarining toʻgʻri olib borilganligini nazorat qilish, oʻlim sabablari haqida aniq maʼlumotlar olish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oliy yoki oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtini tamomlaganlik toʻgʻrisida diplom olgan shaxslar ega boʻladilar.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar ham Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot va farmatsevtika maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomni xorijiy davlatlarda olgan shaxslarning tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kasbi boʻyicha uch yildan koʻp ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishiga tegishli oʻquv yurtlarida qayta tayyorgarlikdan oʻtganlaridan keyin yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalari oʻtkazadigan attestatsiya asosida yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy maʼlumoti boʻlgan shaxslarning tibbiyot sohasida oʻrta maʼlumoti boʻlgan xodimlar ishlaydigan lavozimlarda tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtlari talabalarining fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishda taʼlim dasturlariga muvofiq qatnashishiga tibbiyot xodimlari nazorati ostida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻayriqonuniy ravishda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Professional tibbiyot va farmatsevtika uyushmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasb faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish maqsadida ixtiyoriy asosda tarkib topadigan professional uyushmalar hamda boshqa jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional tibbiyot, farmatsevtika uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari oʻz faoliyatlarini ustavlar asosida va qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar ekanman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sogʻligʻini saqlashga bagʻishlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har bir bemorga kuch-gʻayratim va vaqtimni ayamay tibbiy yordam koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bemorning sogʻligʻini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qoʻyishga, kamtar va halol boʻlishga, oʻz bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor sirini saqlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulugʻ tabiblarning shonli anʼanalarini davom ettirishga tantanali qasamyod qilaman.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Shifokor siri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, uning sogʻligʻining holati, kasalligiga qoʻyilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa maʼlumotlar shifokor sirini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlardan oʻqish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor boʻlib qolgan shaxslarning bu maʼlumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ahvoli ogʻirligi sababli oʻz xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan soʻrovi boʻyicha;
(45-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam koʻrsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;
(45-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning sogʻligʻiga gʻayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud boʻlganida.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlar qonunda belgilangan tartibda berilgan shaxslar shifokor sirini oshkor qilganlik uchun qonunga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bab-baravar javobgar boʻladilar.
(45-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar koʻrgan zarar oʻrnini qonunchilikda belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shart.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻayriqonuniy xatti-harakatlardan jabr koʻrgan fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishga sarflangan mablagʻlar ularning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz kasb-kor vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zararning oʻrnini qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qonunga muvofiq intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Sogʻliqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 29-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 40-son, 411-modda; 2010-y., 20-son, 148-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)