Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining
Qarori
Narkomaniya bilan kasallangan shaxslarning shugʻullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 15-aprelda 1233-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-bandini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qaror qiladi:
1. Narkomaniya bilan kasallangan shaxslarning shugʻullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-aprel,
8-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABIDOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-aprel,
46-son
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAXONGIROVA
Toshkent sh.,
2003-yil 7-aprel,
14-10-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashining 2003-yil 7-apreldagi 8, 46, 14-10-son qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashining 2003-yil 7-apreldagi 8, 46, 14-10-son qarori
Narkomaniya bilan kasallangan shaxslarning shugʻullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining
roʻyxati
1. Yuqori xavflilik manbalari bilan bogʻliq hamda yuqori aniqlik va tezkorlikni talab qiluvchi ish faoliyatlari:
a) oʻqotar qurol olib yurish va uni ishlatishga ruxsat etilgan xizmatlar;
b) maxsus aloqa xizmati;
v) naqd pul muomalasi bilan shugʻullanuvchi barcha muassasa va banklardagi xizmat;
g) soliq va bojxona xizmatlari;
d) FVVda xizmat;
e) Qurolli Kuchlardagi xizmat;
j) huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat;
z) yongʻin xavfsizligi xizmati;
i) gazdan qutqarish xizmati;
k) shoshilinch tibbiy yordam xizmati (doimiy tayyorgarlikda boʻlgan ixtisoslashtirilgan tibbiy guruhlar)
2. Alohida muhim muxofaza qilinadigan obyektlarda ishlash.
3. Portlovchi moddalar bilan bogʻliq boʻlgan barcha faoliyat turlari.
4. Portlash va yongʻin chiqarish xavfi boʻlgan ishlab chiqarishdagi barcha ish turlari.
5. 127 V va undan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan harakatdagi elektr qurilmaga texnik xizmat koʻrsatish, ularda elektr toki yoʻnalishini oʻzgartirish, sozlash ishlari va yuqori voltli sinovlarni olib borish bilan bogʻliq barcha ish turlari.
6. Balandlikda bajariladigan barcha ish turlari.
7. Giyohvandlik vositlari, psixotrop moddalar va prekursorlar almashinuvi (saqlash, sotish, tashish, ishlab chiqarish, ishlatish) bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar:
a) tibbiy xodimlar, dorixona, farmatsevtik ishlab chiqarish xodimlari;
b) laborantlar;
v) veterinariya xizmati.
8. Havo transportini boshqarish xavfsizligini taʼminlovchi barcha ish turlari.
9. Avto-, mototransport vositalarini haydovchilari, shu jumladan tramvay va trolleybus haydovchilari.
10. Temir yoʻl va metropolitenda harakatlanuvchi sostavlar harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan lokomotivlar (paravozlar, teplovozlar, elektrovozlar, motovozlar, drezinalar, temir yoʻlda harakatlanuvchi mexanizmlar) mashinistlari va mashinist yordamchilari, temir yoʻl kesib oʻtgan joy navbatchilari, harakat yoʻnalishini boshqaruvchisi va poyezd tarkibini tashkillashtiruvchi, vagonlarni koʻzdan kechiruvchi.
11. Bugʻ qozon va kompressor qurilmalari operatori.
12. Oziq-ovqat mahsulotlari va mineral ichimlik suvlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan bogʻliq ish turlari.
13. Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimida suvni tayyorlash, zararsizlantirish va suv bilan taʼminlash boʻyicha ishlar.
14. Gidroelektrostansiya, gidrotexnik inshootlari va sunʼiy havzalarda suv zaxiralarini jamgʻarish, taqsimlash va chiqarib yuborish bilan bogʻliq ishlar.
15. Taʼlim-pedagogik faoliyatining barcha turlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son)