O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 407-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining”;
yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining”;
sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining”;
o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha o‘n birinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi 616-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 4-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining”;
yettinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining”;
sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining”;
o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha o‘n birinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining”;
sakkizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 1044-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Jasorat” medali to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 119-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-band “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 4-band “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 391-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 14-band bilan to‘ldirilsin:
“14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha”;
ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi “davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 78-moddaning ikkinchi qismi “davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 313-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan 116-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Shon-sharaf” ordeni to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 191-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-band “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 5-band “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan O‘RQ-473-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 12-moddaning birinchi qismi “Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 14-moddaning ikkinchi qismi “Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265-modda) 38-moddasining birinchi qismidagi “ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar “ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 167-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2) 9-moddaning:
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) quyidagi mazmundagi 92-modda bilan to‘ldirilsin:
“92-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan chet davlatlar va hukumatlar boshliqlarining, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini ta’minlaydi;
qo‘riqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylari, shuningdek harakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 215-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 6-moddasining birinchi qismi “Davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda:
nomidagi “Harbiy qasamyod” degan so‘zlar “Vatanga qasamyod” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bog‘lab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni o‘rtaga qo‘yib:
O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga,
Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini so‘nggi nafasimgacha himoya qilishga,
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,
Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga,
Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!”;
yettinchi qismidagi “Harbiy qasamyod” degan so‘zlar “Vatanga qasamyod” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Harbiy qasamyod” degan so‘zlar “Vatanga qasamyod” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy etib belgilanadi”;
3) 6-moddaning birinchi qismidagi “Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli” degan so‘zlar “Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 14-modda:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida” degan so‘zlar “mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida” degan so‘zlar “mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi”;
5) 15-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida” degan so‘zlar “mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 17-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida” degan so‘zlar “Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 18-moddaning uchinchi qismidagi “o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel — iyun” degan so‘zlar “umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel-may” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 19-moddaning birinchi qismidagi “fevral-mart” degan so‘zlar “mart-aprel” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 20-moddaning beshinchi qismi:
uchinchi xatboshisi “yaroqliligi” degan so‘zdan keyin “shu jumladan cheklovlar bilan yaroqliligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yigirma yetti yoshga to‘lganligi sababli Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida”;
sakkizinchi xatboshisi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
10) 21-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
11) 25-moddaning beshinchi qismi “ish staji” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
12) 30-moddaning uchinchi qismidagi “urush davridagi” degan so‘zlar “harbiy hisobdan chiqarilgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 36-moddaning matnidagi “urush davridagi” degan so‘zlar “harbiy hisobdan chiqarilgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 39-moddaning birinchi qismidagi “Harbiy qasamyod” degan so‘zlar “Vatanga qasamyod” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 6-iyulda qabul qilingan O‘RQ-98-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sodiq xizmatlari uchun” medali to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 4-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 172-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar”;
2) 180-modda ikkinchi qismining 7-bandi “Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 275-modda birinchi qismining 7-bandi “Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 34-moddasining uchinchi qismi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda) 10-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining”;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari”;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan to‘ldirilsin:
“121-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
qo‘riqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda) 299-moddasining 7-bandi “Davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
O‘RQ-564-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)