02.07.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi Hukumati,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va soliq masalalarida hamkorlikni kengaytirish istagida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlarni toʻlashdan qochish va bosh tortish yoʻli bilan soliqqa tortilmaslik hamda soliq solinishini kamaytirish imkoniyatini (jumladan, uchinchi mamlakatlar rezidentlarining bilvosita manfaatlari uchun mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar berilishiga yoʻl ochadigan imkoniyatlarni) yaratmaslik uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida daromad va foyda soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliq solishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish maqsadida, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
(muqaddima 2017-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Bayonnoma tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari nomidan olinayotgan daromad va sarmoya soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Daromad va sarmoya soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan, butun sarmoya yoki uning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy summasidan olinadigan soliqlar, shuningdek sarmoya qiymatining oshishidan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Konvensiya qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, jumladan, quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Buyuk Lyuksemburg Gersogligiga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) jismoniy shaxslardan daromad soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) korporativ soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III) kompaniya direktorlarining gonorarlaridan olinadigan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV) sarmoya soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V) kommunal savdo soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(bundan keyin “Lyuksemburg soliqlari” deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadidan olinadigan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III) mulk soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Konvensiya u imzolangandan soʻng soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday munosib yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan katta oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Umumiy taʼriflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Lyuksemburg” atamasi Buyuk Lyuksemburg Gersogligini anglatadi, va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Buyuk Lyuksemburg Gersogligi hududini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini, shu jumladan hududiy suvlarini va hududiy suvlaridan tashqaridagi har qanday zonani oʻz ichiga oladi, ana shu hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquqqa muvofiq, dengiz tubi va uning ostidagi tabiiy resurslarni va chegaradosh suvlarni razvedka qilish maqsadida suveren huquqqa ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadlarida korporativ tuzilma sifatida qaraladigan har qanday korporativ tuzilma, qoʻshma korxona yoki har qanday boshqa tashkilotni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari oʻz oʻrni bilan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemasida, avtomobilda, yoki temir yoʻl transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz havo kemalarining yoki avtomobil, temir yoʻl transportining boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalanilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “vakolatli organ” atamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Lyuksemburgga nisbatan — Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Raisini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) “milliy shaxs” atamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, hamjamiyat yoki assotsiatsiyani anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) “Ahdlashuvchi Davlatlardan biri” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga koʻra Oʻzbekistonni yoki Lyuksemburgni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiyani Ahdlashuvchi Davlat har qanday vaqtda qoʻllaganda unda belgilanmagan har qanday ibora, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, soliqqa tortish maqsadida ushbu Davlatning Konvensiya tatbiq etiladigan qonunlariga muvofiq maʼnoni anglatadi. Shu Davlatning soliq qonunchiligida qoʻllaniladigan har qanday maʼno shu Davlatning boshqa qonunlariga muvofiq ushbu atamaga beriladigan maʼnodan ustun boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Rezident
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlatning qonunchiligi boʻyicha yuridik shaxs sifatida oʻzining turar joyi, doimiy istiqomat qilishi, tashkil etilgan joyi, boshqaruv joyi yoki oʻzga har qanday shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek ushbu Davlatni va uning har qanday mahalliy hokimiyatini oʻz ichiga oladi. Biroq bu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan yoki sarmoyadan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga qamramaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) jismoniy shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashuvchi Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, u shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan oʻsha Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) agar shaxs odatda har ikki Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlarning qay birining milliy shaxsi boʻlsa, faqat shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki shunday boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq shaxs, jismoniy shaxsdan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, u oʻzining amaldagi rahbar organi joylashgan faqat oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Doimiy muassasa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqaruv organi (joyi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boʻlim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) ofis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) fabrika (zavod);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ustaxona, va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) shaxta, neft yoki gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish maydonchasi yoki montaj yoxud yigʻma obyekt 12 (oʻn ikki) oydan koʻproq mavjud boʻlib turgan boʻlsagina, doimiy muassasa deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) doimiy faoliyat joyining a — e-kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarini har qanday uygʻunlashuvchi uchungina saqlab turilishi, bunday uygʻunlashuv natijasida vujudga kelgan ana shu doimiy faoliyat joyining butun faoliyati tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalariga qaramay, agar 7-band tatbiq etilgan koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birida korxona nomidan ish yuritsa va shu Davlatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va shu vakolatlardan odatda foydalansa, bu korxona ushbu Davlatda doimiy muassasaga, korxona uchun ana shu shaxs amalga oshiradigan har qanday faoliyat doirasida, ega deb hisoblanadi, lekin ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolsa va bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, bu joyni ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaning doimiy faoliyat joyiga aylantirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu moddaning bundan oldingi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, takroriy sugʻurta hollardan tashqari, agar u oʻzga davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 7-bandga taalluqli mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs orqali u yerda boʻlishi mumkin boʻlgan xatardan sugʻurta qilsa boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Korxona, agar Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritgan taqdirda, shu Davlatda doimiy muassasaga ega, deb qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilish yoki boshqa Davlat kompaniyasi tomonidan nazorat qilinishi yoki Ushbu kompaniya ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirishi (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olgan daromadlari (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar ham shu jumlaga kiradi) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligida ifodalangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkka taalluqli umumiy huquq qoidalari bilan haq-huquqi belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida foydalanadigan uskunalarni va chorva mollarini, koʻchmas mulk natijasi boʻlgan atrof mulkni (uzufrukt) ishlatganlik uchun badal sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki minerallar, manbalar joylashgan yerga va boshqa tabiiy resurslarni ishlashga boʻlgan huquqni oʻz ichiga qamraydi; dengiz, havo kemalari va avtomobil yoki temir yoʻl transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Faqat korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona yuqorida aytilganidek, oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, ammo shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tijorat faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali, amalga oshirayotgan boʻlsa, doimiy muassasa olishi mumkin boʻlgan foyda har bir Ahdlashuvchi Davlatda, shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash sharoitlarda va korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻradigan alohida va mustaqil korxona sifatida qaralgan holda, ana shu doimiy muassasaga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyatni maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek doimiy muassasa joylashgan Davlatda, hamda har qanday oʻzga yerda sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy summasini uning turli boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash negizida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy hol ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani amaldagi shunday taqsimot vositasida aniqlashga xalaqit bermaydi; tanlangan taqsimot uslubi ushbu moddaga tegishli tamoyillarga munosib natijalar berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga tegishli foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan foyda turlarini qamrab oladigan boʻlsa, ushbu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Xalqaro transport
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlardan yoki avtomobil yoxud temir yoʻl transportidan foydalanishdan olgan daromadga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band qoidalari quyidagilarga nisbatan ham qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kemalar yoki samolyotlarni, ekipajsiz fraxt qilish asosida ijaraga berishdan olingan favqulodda daromadlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) konteynyerlardan (shu jumladan treylyerlar va konteynyerlarni tashish uchun boshqa uskunalar) foydalanish, ularni saqlab turish va ijaraga berishdan olingan daromadlarga, agar bunday daromadlar 1-band taalluqli boʻlgan foydalarga nisbatan qoʻshimcha yoki favqulodda daromad boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda xalqaro tashkilotda yoki qoʻshma korxonada ishtirok etishdan olgan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Birlashgan korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlarning unisining ham korxonasini, bunisining ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, ularning birortasida toʻplanishi mumkin boʻlgan, lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli toʻplanmagan har qanday foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli darajada soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani kiritsa va foyda soligʻiga tortsa, shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan foyda deb hisoblansa, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli ushbu foydadan olinadigan soliq summasiga tuzatish kiritishi kerak. Bunda shunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Dividendlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ushbu Davlatning qonunlariga binoan soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, soliqning miqdori quyidagilardan ortiq boʻlmasligi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar, dividendlarning haqiqiy egasi boʻlgan kompaniyaga Dividendlar toʻlayotgan kompaniya sarmoyasining kamida 25% bevosita tegishli boʻlsa, dividendlar yalpi summasining 5 % dan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qolgan barcha hollarda dividendlar yalpi summasining 15% dan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu band dividendlar toʻlayotgan kompaniya foydasining soliqqa tortilishiga taʼsir qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Dividendlar” iborasi ushbu moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki aksiyalardan foydalanishdan yoki huquqlardan foydalanishdan, kon qazish sanoati aksiyalaridan, muassislarning aksiyalari yoki qarz talablari hisoblanmagan boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlar bilan tartibga solinadigan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani holda ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadigan) amalda shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlarning birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olishi mumkin emas, agar dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollardan tashqari, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasiga soliqlar solishi mumkin emas, hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Foizlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ammo bunday foizlar ular hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa shu tariqa undiriladigan soliqning miqdori foizlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-bandining qoidalariga qaramay, bank zayomlariga nisbatan toʻlanayotgan foizlar, ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Foizlar” iborasi ushbu moddada qoʻllanilganda qarzdor foydasida qatnashishga huquq beradigan yoki bermaydigan, badal bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmaganidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni, xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga haqiqatan bogʻliq boʻlsa, 1, 2 va 3-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar ushbu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa, va bunday foizlarni toʻlash xarajatlarini doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir oʻzga shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq ilgarigidek soliq olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Royalti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biroq bunday royaltilar ular vujudga keladigan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, lekin agar royaltining egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda bu tariqa undiriladigan soliq royalti yalpi miqdorining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat va fan asarlari, shu jumladan kinofilmlar, televideniye yoki radioeshittirish uchun filmlar yoki kassetalar, har qanday patent, savdo belgisi, chizma yoki model, sxema, maxfiy formula yoki jarayon uchun mualliflik huquqidan foydalanish uchun yoki foydalanish huquqi uchun yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olingan har qanday turdagi toʻlovlarni bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar royaltining amaldagi egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7 yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Royaltilarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlsa, royaltilar shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq agar, royaltilarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltilar toʻlash majburiyati paydo boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va bunday royaltilarni toʻlash xarajatlarini doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olsa, u holda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda paydo boʻlgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki royalti toʻlanadigan axborotga taalluqli royalti miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Sarmoya qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 6-moddada eslatib oʻtilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mol-mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlarga oʻsha boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun, foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, bunga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro tashishlarda foydalanadigan kemalar, samolyotlarni, yoki avtomobil, yoxud temir yoʻl transporti vositalarini begonalashtirishdan yoki shunday kemalar, samolyotlar yoki avtomobil, yoxud temir yoʻl transportidan foydalanishga taalluqli koʻchar mol-mulkni sotishdan oladigan daromadlar faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1, 2, va 3-bandlarda eslatilmagan har qanday mol-mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga mol-mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kasbga oid xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadiga faqat mana shu Davlatda soliq solinadi, bunda ushbu daromadga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliq solinishi mumkin boʻlgan quyidagicha holatlar istisno qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar u oʻz faoliyati maqsadlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday holda daromadga, uning ana shu boshqa Davlatda shu boshqa Davlatdagi doimiy bazaga taalluqli qismigagina soliq solinadi; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugallanadigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan iborat boʻlgan yoki oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsa; unda rezidentning ushbu boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan yilda amalga oshiradigan faoliyatidan oladigan daromad qismigagina ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Kasbga oid xizmatlar” atamasi jumladan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Yollash bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 16, 18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti yollash boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash pullariga, agar shu yollash bilan bogʻliq ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, mana shu Davlatda soliq solinishi mumkin. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan ragʻbatlantirish puliga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish uchun oladigan taqdirlash pullariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanayotgan yoki tugayotgan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida yashayotgan boʻlsa; va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdirlash puli boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlansa; va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) taqdirlash pulini toʻlash boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz, yoki havo kemasi, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalari ichida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlash pullariga ushbu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorlarning gonorarlari va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida oladigan gonorarlar va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanʼat xodimi , yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar sanʼat xodimi yoki sportchi Ahdlashuvchi Davlatlardan birida amalga oshiradigan faoliyat asosan bir yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning davlat jamgʻarmalari yoki ularning mahalliy hokimiyatlari hisobidan amalga oshirilsa, unda 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda daromad faqat sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti hisoblanadigan faqat oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Pensiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga uning ilgarigi yollanish boʻyicha ishlagan ishi uchun tovon sifatida toʻlanadigan pensiyalar va boshqa shu singari ragʻbatlantirish pullariga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning ijtimoiy taʼminotiga oid qonuniga muvofiq toʻlanadigan pensiyalar va boshqa toʻlovlarga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Hukumat xizmati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. a) Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki uning mahalliy hokimiyatlari shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlaydigan pensiyadan boshqa maosh, ish haqi va boshqa shu kabi taqdirlash puliga faqat ana shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Biroq bunday maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash pullari faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar mana shu boshqa Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs mana shu boshqa Davlatning rezidenti boʻlsa va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) faqat xizmatlarni amalga oshirish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa, faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari yoki ular tuzgan fondlar shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga toʻlaydigan har qanday pensiyaga faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Biroq bunday pensiya faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar jismoniy shaxs ushbu boshqa Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshagan taqdirlash pullariga va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Studentlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga bevosita kelgunga qadar va hozirda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan student yoki praktikantning yashash, oʻqish va maʼlumot olish uchun moʻljallanib oladigan toʻlovlariga, agar bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlsa, mana shu Davlatda soliq solinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Boshqa daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida tilga olinmagan daromad turlariga daromadlarning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 6-moddaning 2-bandida belgilanganidek koʻchmas mulkdan olingan daromad hisoblanmaydigan daromadga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni koʻrsatsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlangan boʻlsa, 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda 7 yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Sarmoya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mol-mulk tarzidagi va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan sarmoya ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻchmas mol-mulk, tarzidagi va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mol-mulk tarzdagi sarmoyaga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi yuk tashishlarda foydalanadigan kemalar, samolyotlar va avtomobil yoki temir yoʻl transporti vositalari tarzidagi yoki shunday kemalar, samolyotlardan yoki avtomobil yoki temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkdan (8-moddaning 2-bandida eslatilgan konteynyerlar ham) iborat sarmoya faqat shu Davlatdagina soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti sarmoyasining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish nisbatan quyidagi tarzda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Lyuksemburg rezidenti ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki sarmoyaga egalik qilsa, Lyuksemburg b va s-kichik bandlari qoidalariga muvofiq bunday daromad yoki sarmoyani soliqqa tortishdan ozod qilishi kerak, lekin shu rezidentning qolgan daromadi yoki sarmoyasiga soliq miqdorini hisoblashda ushbu daromad yoki sarmoya soliqdan ozod qilinmagani singari xuddi oʻsha soliq stavkalarini qoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Lyuksemburg rezidenti 10, 11 va 12-moddalarning qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, Lyuksemburg ana shu rezidentining daromad soligʻidan Oʻzbekistonda toʻlangan soliqqa teng summani chegirib tashlashga ruxsat berishi kerak, biroq bunday chegirib tashlash Oʻzbekistonda olinayotgan daromad turlariga kiritilishi mumkin boʻlgan, chegirgungacha hisoblangan soliq miqdoridan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) Lyuksemburg rezidenti boʻlgan kompaniya Oʻzbekiston manbalaridan dividend olsa, bunday dividendlar Lyuksemburg rezidenti boʻlgan kompaniya dividend toʻlaydigan kompaniya sarmoyasining kamida 10 foiziga yil boshidan ega boʻlsa Lyuksemburg tomonidan soliqqa tortishdan ozod qilinishi kerak. Oʻzbekiston kompaniyasidagi yuqorida eslatib oʻtilgan aksiyalar, xuddi shunday sharoitda, Lyuksemburg sarmoya soligʻidan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish Oʻzbekistonga nisbatan quyidagi tarzda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston rezidenti Konvensiya qoidalariga muvofiq Lyuksemburgda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki sarmoyaga ega boʻlsa Oʻzbekiston quyidagilarga imkon berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lyuksemburgda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani ana shu rezident daromadiga solinadigan soliqdan chegirib tashlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lyuksemburgda toʻlangan sarmoya soligʻiga teng summani shu rezidentining mol-mulkiga solinadigan soliqdan chegirib tashlashga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq bunday chegirib tashlash daromad soligʻining va mol-mulk soligʻining chegirib tashlashga ruxsat berilgunga qadar hisoblangan qismidan oshib ketmasligi kerak. Bunday chegirib tashlash vaziyatga qarab Lyuksemburgda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga yoki sarmoyaga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Konvensiyaning har qanday qoidasiga muvofiq Oʻzbekiston rezidenti olgan daromad yoki egalik qilgan sarmoya Lyuksemburgda soliqdan ozod qilinsa, Oʻzbekiston bunday rezidentning qolgan daromadi yoki sarmoyasiga soliq summasini hisoblashda soliqdan ozod qilingan daromad yoki sarmoyani hisobga olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
Kamsitmaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidensiyaga nisbatan solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan va unga aloqador majburiyatlardan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydilar. Bunday qoida 1-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu Ahdlashuvchi boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliq solishda oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik maqomi yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday xususiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki skidkalar berishga majburlovchi qoida tarzida talqin qilinmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Konvensiya 9-moddasining 1-bandi, 11-moddasining 7-bandi yoki 12-moddasining 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan tashqari hollarda, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa xarajatlar, agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, bunday sharoitda chegirib tashlanadi. Shu singari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining boshqa Davlat rezidentiga har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan sarmoyasini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentining qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari, qaysiki ularning sarmoyasi toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlsa, yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan va u bilan bogʻliq holatlardan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.Agar biror-bir shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkalasining xatti-harakatlari uni mazkur Konvensiya qoidalariga muvofiq boʻlmagan tarzda soliqqa tortilishiga olib kelmoqda yoki olib keladi deb hisoblasa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy himoya vositalaridan qatʼiy nazar, oʻz ishini Ahdlashuvchi Davlatlardan istalgan birining vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ish Konvensiya qoidalariga muvofiq boʻlmagan tarzda soliqqa tortilishga olib kelgan harakat haqida birinchi marta xabar olingan paytdan boshlab uch yil davomida taqdim etilishi mumkin.
(1-band 2017-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Bayonnoma tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadida Ahdlashuvchi boshqa Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan har qanday vaqtincha cheklashlardan qatʼi nazar, bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va shubhalanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiyada koʻzda tutilmagan hollarda ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish maqsadida ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlaridan yoki oʻzlarining vakillaridan iborat birlashgan komissiya orqali avvalgi bandlar xususida kelishuvga erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda
Axborot almashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish yoki Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari foydasiga soliq solinishi bilan bogʻliq mazkur Konvensiyaga zid boʻlmagan tarzda undiriladigan har qanday tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tatbiq etish yoki uni qoʻllashga aloqador axborotni almashadilar. Axborot almashinuvi 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot singari maxfiy hisoblanadi hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan soliqlarni baholash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud taʼqibi yoki ushbu soliqlarga nisbatan daʼvolar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud yuqoridagilarni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlar) oshkor etilishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar axborotlardan faqat koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular bunday axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin. Yuqoridagilardan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan axborot boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin, basharti bunday axborot har ikkala Davlatning qonunchiligiga muvofiq boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilgan boʻlsa hamda axborotni taqdim etuvchi Davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hech qanday holatda mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoxud oshkor etilishi jamoat tartibiga (ordre public) xilof boʻlgan axborotni taqdim qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu modda qoidalariga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻz soliq maqsadlari uchun bunday axborotga ehtiyoj mavjud boʻlmasa ham soʻralayotgan axborotni yigʻish boʻyicha oʻzining imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin, biroq hech qanday holatda, bunday cheklovlar faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli axborot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 3-band qoidalari hech qanday holatda bunday axborot faqatgina bank, boshqa moliya tashkiloti, nominal saqlovchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning ixtiyorida ekanligi yoki bunday axborot biror bir shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli ekanligi sababli Ahdlashuvchi Davlatga axborot taqdim qilishni rad etishga ruxsat sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
(26-modda 2017-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26A-modda
Soliqlarni undirishda koʻmaklashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq daʼvolarini undirishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Bunday yordam Konvensiyaning 1-moddasi qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishuv yoʻli bilan belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq daʼvosi” atamasi Konvensiyada nazarda tutilgan barcha soliqlar boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan har qanday summani, shuningdek shunday summa bilan bogʻliq foizlar, maʼmuriy jarimalar, yigʻish yoki undirishga ketgan xarajatlarni anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq daʼvosi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi mumkin boʻlsa va ushbu Davlatning qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan bunday daʼvo majburiyati ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq daʼvosi ikkinchi Davlat tomonidan, ayni mazkur Davlatga taalluqli soliq. daʼvosi kabi, uying oʻz soliqlarini undirishi uchun qoʻllanadigan oʻzining qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar Ahdlashuvchi davlatlarning biriga taalluqli soliq daʼvosi uni undirish uchun ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan majburiyat hisoblansa, bunday soliq daʼvosi ushbu Davlat vakolatli organlarining soʻrovnomasi bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organlari tomonidan taʼminot choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinishi lozim. Mazkur ikkinchi Davlat bunday soliq daʼvolariga nisbatan, hattoki ushbu soliq daʼvosi, bunday choralarni qoʻllash paytida birinchi koʻrsatilgan Davlatda soliq talabini ijro etishning imkoni boʻlmasa yoki uni ijrosiga toʻsqinlik qilishga haqli shaxs tarafidan toʻlanishi lozim boʻlgan holatda ikkinchi Davlatga taalluqli boʻlganidek, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 3 va 4-bandlarning qoidalaridan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq, soliq daʼvolariga nisbatan shunday daʼvoning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari taqdim etilgan va ustuvorlik ushbu Davlat tomonidan 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq daʼvosiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Shuningdek, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 3 yoki 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq daʼvosiga nisbatan ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq ustuvorlikka ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ahdlashuvchi davlatlarning biriga taalluqli soliq daʼvosining mavjudligi, haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash boʻyicha tartibotlar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud maʼmuriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ahdlashuvchi davlatlardan biri 3 yoki 4-bandlarga muvofiq soʻrovnoma yuborganidan soʻng ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq daʼvosi summasini undirib birinchi Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga qadar boʻlgan hollarda, soliq daʼvosi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soʻrovnoma 3-bandga muvofiq yuborilganda — birinchi aytilgan Davlatga taalluqli, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu Davlatning qonunchiligiga koʻra uning undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlab berilishi lozim soliq daʼvosi hisoblanmay qolsa, yoki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soʻrovnoma 4-bandga muvofiq yuborilganda — koʻrsatilgan birinchi Davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq taʼminot choralarini koʻrishi mumkin soliq daʼvosi hisoblanmay qolsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bu holda birinchi Davlatning vakolatli organi bu haqda darhol ikkinchi Davlatning vakolatli organini xabardor qiladi va birinchi Davlat ikkinchi Davlatning ixtiyori boʻyicha oʻz soʻrovnomasini toʻxtatadi yoki chaqirtirib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu moddaning qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) yordam koʻrsatish, basharti boshqa Ahdlashuvchi Davlat mavjud boʻlgan holat boʻyicha oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotida mavjud boʻlgan undirish yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) koʻmaklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat olishi mumkin boʻlgan foydaga nomutanosib boʻlgan holatlarda koʻmaklashish.
(26A-modda 2017-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari yoki konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlar qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27A-modda
Imtiyozlar berilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalaridan qatʼiy nazar, agar barcha tegishli faktlar va shartlarni hisobga olgan holda, har qanday kelishuv yoki bitimning asosiy maqsadlaridan biri mazkur Konvensiya doirasida imtiyoz olish boʻlib va bevosita yoki bilvosita bunday imtiyozni olinishiga olib kelgan deb xulosa qilishga asos boʻlsa, bunday daromad va foyda predmetiga nisbatan ushbu imtiyozlar taqdim qilinmaydi, basharti bunday shartlarda ushbu imtiyozlarning berilishi mazkur Konvensiya tegishli qoidalarining obyekti va maqsadiga muvofiq deb topilmasa.
(27A-modda 2017-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi oʻrtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda
Konvensiyaning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Davlat ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun shu Davlat qonunlariga koʻra zarur boʻlgan tartib-qoidalar tugaganligi xaqida boshqa Ahdlashuvchi Davlatni xabardor qiladi. Konvensiya ana shunday xabarnomaning soʻnggisi olingan kuni kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Konvensiya quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Konvensiya kuchga kiradigan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvaridan keyin olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Konvensiya kuchga kiradigan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanadigan har qanday soliqqa tortish yilida, daromaddan va sarmoyadan (mol-mulkdan) olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda
Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatgunigacha oʻz kuchini saqlab qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini boshqa Ahdlashuvchi Davlatga diplomatiya yoʻllari boʻyicha Konvensiya amal qilinishi toʻxtatish Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtganidan keyin har qanday taqvimiy yilning 30-iyunidan kechikmay yozma xabarnoma yuborish orqali toʻxtatish mumkin. Konvensiyaning amal qilishi shunday yilning 1-iyuligacha toʻxtatilgan taqdirda Konvensiya quyidagi soliqlarga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin bevosita keladigan yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan soʻng olingan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin bevosita keladigan yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvaridan soʻng boshlanadigan har qanday soliqqa tortish yilida, daromaddan va sarmoyadan (mol-mulkdan) olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lyuksemburg shahrida 1997-yil 2-iyulda ikki nusxada tuzildi, har bir matn oʻzbek, fransuz va ingliz tillarida tayyorlandi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)