Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Lyuksemburg Buyuk Gersogligi oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari, makroiqtisodiyot va statistika vaziri B.S. Hamidov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-avgust,
399-son