Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 23.10.2003 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

KAPITAL QURILISHDA IJARA VA LIZING XIZMATLARI TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zuyjoyjamg‘armabank”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lgan, ulushlar 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z moliyaviy manbalari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz banklari va xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish yo‘li bilan zamonaviy qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalari xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish texnikasini, transport va kichik mexanizatsiya vositalarini mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda, kichik va xususiy biznes subyektlariga shartnoma asosida lizingga va ijaraga berish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 19 nafar bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq pudrat qurilish tashkilotlarining davlat aktivlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda sotishdan tushadigan mablag‘larni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga ularning mol-mulkini qarz summasi doirasida sotishdan tushadigan mablag‘larni qaytarish asosida “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga 5 yil muddatga bersinlar, ushbu mablag‘lar kompaniyaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan faqat keyinchalik ularni pudrat qurilish tashkilotlariga lizing va ijaraga berish uchun qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va transport vositalari xarid qilish uchun foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Davlat mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning budjet oldidagi qarzlarni qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining ularning budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga beriladigan asosiy vositalari daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududiga, keyinchalik ularni lizingga va ijaraga berish uchun olib kelinayotgan qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari uchun bojxona bojlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan 5 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiya vositalarini lizingga va ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha 2007-yil 31-dekabrgacha daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinsin, soliqqa tortishdan bo‘shaydigan mablag‘lar zamonaviy qurilish asbob-uskunalari va texnika xarid qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi ikki hafta muddatda “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi aksiyadorlarining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilishini, kompaniya ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda, belgilangan tartibda bino ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
462-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
23-oktabrdagi 462-son qaroriga
1-ILOVA

“Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi ustav jamg‘armasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi

Muassislar nomi

Ustav jamg‘armasidagi ulush‎‎

foiz‎

mln so‘m‎

“O‘zmilliybank” ‎

15‎

150,0‎
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”‎ 15‎ 150,0‎‎
“O‘zsanoatqurilishbank”‎ 15‎ 150,0‎‎
“Asaka” banki‎ 15‎ 150,0‎‎
“Paxta-bank”‎ 15‎ 150,0‎‎
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ‎ 15‎ 150,0‎‎
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ‎ 5‎ 50,0‎‎
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ‎ 5‎ 50,0‎‎
Jami:‎ 100‎ 1000,0‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
23-oktabrdagi 462-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qurilish-lizing” lizing kompaniyasini boshqarish tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 194-modda)