Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021 06.05.2003 yildagi PF-3240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRIShNING ASOSIY YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-45-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo‘jalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorlarini shakllantirish, qurilishda narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari va samaradorligi uchun investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-2004-yillarda loyiha va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini to‘liq tugallash, ularning negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish, loyiha va qurilish ishlari bozorida raqobat muhitini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qurilishda boshqaruv va xo‘jalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish darajasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida inshootlarni to‘liq qurib bitkazishga o‘tish, ishlarni yuqori sifatli bajarish hamda inshootlarning to‘liq qurib bitkazilib topshirilishini ta’minlaydigan injiniring kompaniyalari va loyiha-qurilish tashkilotlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish materiallari bozorini kengaytirish, ularning ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, markazlashtirilgan manbalar hisobidan, shuningdek Hukumat kafolati bilan jalb etiladigan investitsiyalar hisobidan yangi korxonalar qurish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish faqat tanlov (tender) savdolari asosida kontrakt tuzgan holda ishlarni to‘liq bajarish sharti bilan amalga oshiriladi. Bunda tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish majburiyati bitta kontrakt bo‘yicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga tatbiq etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda inshootlarni to‘liq qurib bitkazishni tashkil etish to‘g‘risidagi yangi Nizomni va Inshootlarni to‘liq qurib bitkazishning namunaviy pudrat shartnomasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hujjatlarda quyidagilar aniq belgilab qo‘yilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi ishlar (xizmatlar) bajarilishini loyiha qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda avans bilan ta’minlashi, kelishilgan jadval bo‘yicha avansni hisobga olgan holda 50 foizga qadar miqdorda joriy moliyalashni amalga oshirishi hamda inshoot qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgandan keyin uzil-kesil hisob-kitob qilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudratchi inshootning buyurtmachiga tasdiqlangan loyiha va kontraktda shart qilib qo‘yilgan talablarga muvofiq topshirilishini ta’minlaydi hamda investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida jami ishlarni amalga oshirish bo‘yicha kontraktning bajarilishi uchun, qurilish sifati va inshootning o‘z vaqtida topshirilishi uchun buyurtmachi oldida iqtisodiy jihatdan javobgar bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudratchi inshootni to‘liq qurib bitkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun tijorat banklarining kreditlarini jalb etishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishning pirovard moliyaviy natijalari va kontraktda belgilangan shartnomaviy narxga rioya etilishi uchun mas’uliyat pudratchi zimmasiga yuklanadi, uning amaliy qiymatini pasaytirish natijasida tejab qolingan mablag‘ esa uning ixtiyorida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, tijorat banklari bilan birga bir oy muddatda pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda qurilishni boshqarish tizimidagi bo‘g‘inlarni qisqartirish ko‘zda tutsin va undan bo‘shaydigan aktivlar pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat ishlariga bitta kontrakt bo‘yicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda buyurtmalarni joylashtirish faqat tanlov savdolarini o‘tkazish shartlari asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov savdolari (tenderlar)da ishtirok etishga faqat ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 20 foizi miqdorida aylanma mablag‘lariga yoki mazkur mablag‘larni berish uchun bank kafilligiga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlarigina qo‘yilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishdagi tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar va bunda tanlov savdolari (tenderlar) o‘tkazish borasida belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini ko‘zda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, buyurtmachi bilan bosh pudratchi o‘rtasidagi, bosh pudratchi, subpudratchi, loyiha tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi barcha munosabatlar oraliq bo‘g‘inlarining ishtirokisiz faqat shartnoma munosabatlari asosida kontrakt tuzgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga bir oy muddatda qurilishni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tubdan qayta ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda buyurtmachi va pudratchining javobgarlik choralari aniq belgilanib, quyidagilar ko‘zda tutilsin:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi yerlarning o‘z vaqtida ajratilishi, buyurtmachining formati berilishi, tender hujjatlari tayyorlanishi, pudrat ishlariga tanlov savdosi (tender) ni tashkil etish va o‘tkazish, tuzilgan kontrakt (shartnoma)ga muvofiq kelishilgan grafik bo‘yicha o‘z vaqtida moliyalash uchun javobgar bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudratchi loyihaning ish hujjatlari tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi, ishlarning kontraktda kelishib olingan grafikka qat’iy muvofiq ravishda bajarilishi va inshootning o‘z vaqtida foydalanishga topshirishi uchun, belgilangan qurilish me’yorlari va qoidalariga qatiy rioya etilishi uchun javobgar bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inshootni foydalanishga qabul qilib olish buyurtmachi tomonidan qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha hududiy Inspeksiyalar ishtirokida belgilangan sifat standartlarini hisobga olgan holda ta’minlanadi, nuqsonlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan organlarning xulosasi bo‘yicha sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati miqdoridagi ishlarning hajmi chiqarib tashlanadi yoki nuqsonlar aybdor tomonning mablag‘lari hisobidan bartaraf etiladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontrakt shartlarini buzish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar va ko‘rilgan zararlar aybdor tomon — buyurtmachi yoki pudratchi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bosh pudratchilar va subpudratchilar, pudrat tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yagona namunaviy tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda qurilish materiallari va ishlarning qiymati sun’iy ravishda qimmatlashuvini bartaraf etish maqsadida munosabatlar tizimidagi oraliq bo‘g‘inlari hamda vositachi tashkilotlar tugatilishi ko‘zda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birga ikki oy muddatda davlat mablag‘lari hisobidan qurilish ishlarini amalga oshiruvchi buyurtmachilarning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan inshootlar qurilishining borishi ustidan texnik nazoratni kuchaytirish, ularning ta’minot, savdo-vositachi tashkilotlarini hamda buyurtmachi nomidan ish ko‘ruvchi oraliq tuzilmalarini tugatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish chog‘ida kapital qurilishda joriy shartnomaviy narxlarga o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga ko‘ra yangi quriladigan inshootlarga doir tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha joriy narxlarga o‘tish shartnoma (kontrakt) tuzilgan paytdan boshlab, o‘tuvchi inshootlar bo‘yicha esa — 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish inshootlari bo‘yicha tanlov savdosi (tender) g‘oliblari bilan qurilishning birinchi yilida o‘zgartirilmaydigan va keyingi yillarda moddiy-texnika hamda boshqa resurslarga narxlar darajasi hisobga olingan holda aniqlashtiriladigan shartnomaviy narx bo‘yicha tegishli kontraktlar (pudrat shartnomalari) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar 2008-yilning 1-yanvariga qadar ularni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlarini olib kelish chog‘ida bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinsinlar (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsinlar. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing shartlari asosida foydalaniladigan yangi yuqori unumli qurilish mashinalari, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari sotib olishni moliyalash manbalari to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarning qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga lizing kompaniyalarining ustav sarmoyasiga o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K. N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmalariga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 6-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3240-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 68-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)