Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016 17.09.2003 yildagi 404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARGA SOLINADIGAN JARIMALARNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, yuridik shaxslar tomonidan qurilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga, tasdiqlangan normativ hujjatlarga, standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda ushbu Nizomga qatʼiy amal qilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibini tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-martdagi 106-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 14-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
404-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 17-sentabrdagi
404-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ular uchun yuridik shaxslarga jarimalar solish mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda, shuningdek “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari va hududiy arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jarimalar yuridik shaxslar tomonidan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan bajartiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga — tadbirkorlik subyektlariga jarima sud tartibida, ular huquqbuzarlik sodir etilganligini eʼtirof etgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollarda esa — vakolatli organ tomonidan solinadi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinganda yoki norozi boʻlinganda qaror shikoyat yoki norozilik qoniqarsiz qoldirilgandan soʻng bajarilishi kerak. Bunday hollarda jarima shikoyat va norozilik qoniqarsiz qoldirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda toʻlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jarima yuridik shaxslar tomonidan tegishli summalarni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi, ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima summalarining 62 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 foiz — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va unga idoraviy mansub hududiy davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yoʻnaltiriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jarima muddatida toʻlanmagan taqdirda qaror sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini bajarish uchun belgilangan tartibda majburiy bajartiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 151-modda; 2006-y., 20-21-son, 179-modda; 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)