1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2606]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-13-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-sonli qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YO‘RIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini (bundan buyon matnda Deklaratsiya deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldirish va davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) xodimi tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezidentlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi — muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Deklaratsiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan oshadigan tovarlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning yashash joyi o‘zgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida qayd mavjud bo‘lgan holda) uning shaxsiy mol-mulki bo‘lgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan naqd ko‘rinishdagi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 37-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududidan tovarlarni olib chiqishning cheklangan me’yoridan oshadigan tovarlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarga;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlardan qat’iy nazar mobil qurilmalarga, bundan mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi operatorining bazasida avval ro‘yxatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga to‘ldiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 37, 62-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi Deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining V bo‘limi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Deklaratsiya 16 yoshga to‘lgan shaxslar tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bandida ko‘rsatilgan hollarda to‘ldiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda tovar(lar) bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs o‘zi erkin ravishda Deklaratsiyani to‘ldira olmasa (ruhiy holati buzilgan, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan to‘ldiriladi. Bunda Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun Deklaratsiyani to‘ldirgan va imzolagan shaxs javobgar bo‘ladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 10-oktabrdagi 01-02/12-58-son qarori (ro‘yxat raqami 2606-5, 24.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Deklaratsiya bojxona organlarida rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Deklaratsiyani to‘ldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Deklaratsiya mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq qog‘oz shaklda ikki nusxada yoki elektron shaklda to‘ldiriladi. Qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani to‘ldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishda qog‘oz shaklda bir nusxada to‘ldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda taqdim etilgan Deklaratsiya bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganidan so‘ng Deklaratsiyani to‘ldirgan shaxs tomonidan talab etilgan taqdirda bojxona xodimi tomonidan bir nusxada chop etib berilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Deklaratsiya blanklari va ilovasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 210*99mm o‘lchamda tayyorlanadi. Shaxs o‘zi istagan tildagi Deklaratsiya blankini to‘ldirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiyaning elektron shakli mazkur Yo‘riqnomaning 6 — 12-bandlari talablariga muvofiq bojxona organlarining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda A4 format ko‘rinishida shakllanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali Deklaratsiyani chop etib qo‘lda to‘ldirilgan holda yoki bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda to‘ldirgan holda o‘z imzolari bilan tasdiqlab bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda to‘ldirilgan Deklaratsiya kim tomonidan to‘ldirilganligidan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyani bojxona organlariga o‘z nomidan taqdim etgan shaxs unda aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organlarining axborot tizimida qayd etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar bojxona organiga bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan vaqtda taqdim etilmagan bo‘lsa, Deklaratsiya berilmagan hisoblanadi va avtomatik tarzda bekor qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Deklaratsiyada barcha bandlar to‘ldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli bandlardagi ma’lumotlar o‘zbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qat’iy belgilangan joylarga aniq va tushunarli tarzda kiritiladi. Bunda, ma’lumotlar qog‘oz shakldagi Deklaratsiyada ruchka bilan qo‘lda yoziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini kiritish yo‘li bilan javob beriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Deklaratsiya “A” va “B” sahifalardan iborat bo‘lib, quyidagi tarzda to‘ldiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “A” sahifada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiyaning yuqori o‘ng qismida bojxona organi tomonidan deklaratsiyaning ro‘yxatga olingan raqami yoziladi va bojxona organining muhri qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandda harakat turi (kirish, chiqish), qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi hamda deklaratsiyani to‘ldirish sanasi (kun, oy, yil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandda shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, pasportining (identifikatsiya ID-kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga to‘lmagan shaxslar mavjudligi (ularning soni va familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) ma’lumotlari);
(7-band “a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandda bojxona chegarasi orqali qanday turdagi tovarlar (giyohvandlik, portlovchi moddalar va boshqa taqiqlangan yoki cheklangan buyumlar, oziq ovqat mahsulotlari, bojsiz olib kirish va olib chiqish me’yoridan ortiq tovarlar, tijorat ahamiyatidagi tovarlar, dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar hamda boshqalar) olib o‘tilayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandda 100 000 000 so‘m ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd milliy va (yoki) chet el valyutasi mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“A” sahifaning yakunida eslatma qoidalar va deklaratsiya to‘ldirgan shaxsning imzosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “B” sahifa “A” sahifaning 3 va 4-bandlaridagi ma’lumotlar kiritilgandagina to‘ldiriladi. “B” sahifada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandda naqd milliy va chet el valyutasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandda har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (buyumi nomi, metall turi, og‘irligi, o‘lchov birligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandda tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, o‘lchov birligi va qiymati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandda transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqam belgisi, turi va rusumi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 — 7-bandlarida taqiqlangan va cheklangan tovarlar hamda bojsiz olib kirish (olib chiqish) me’yorlari to‘g‘risidagi eslatma qoidalar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “B” sahifaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan buyumlar (tovarlar) 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan hollarda mazkur bandlarning “tovar nomi” va “buyum nomi” ustunlariga buyum (tovar) egasining pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) raqami ham ko‘rsatiladi.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandda bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan naqd valyuta kimga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumot (jismoniy shaxsning F.I.O va pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) raqami, agar naqd valyuta eksport uchun to‘langan bo‘lsa, eksportyor tashkilotning STIRi, shartnoma raqami va sanasi yoziladi) kiritiladi;
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandda O‘zbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasining kelib chiqish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumot “X” belgisini qo‘yish orqali (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qo‘l bilan) to‘ldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandda O‘zbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasidan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “X” belgisini qo‘yish orqali to‘ldiriladi (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qo‘l bilan) to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilovadagi ma’lumotlar to‘liq to‘ldirilgandan so‘ng, shaxsning imzosi bilan imzolanadi va bojxona organining muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilovaning orqa tarafida jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va (yoki) chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish me’yorlari nazarda tutiladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida ko‘rsatiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 3-bandida ko‘rsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSH dollaridagi qiymatlarini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlaridagi satrlarga sig‘magan taqdirda, mazkur ma’lumotlar qo‘shimcha qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlarida ko‘rsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda, qo‘shimcha qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning “A” sahifasi to‘ldirilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 4-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida to‘ldiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga qog‘oz shaklda taqdim etishga qadar ruchka bilan imzolanishi yoki elektron shaklda to‘ldirilib, taqdim etilayotgan vaqtda elektron raqamli imzo (qo‘l barmoq izi, grafik imzo) bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘ldirilgan Deklaratsiya uni o‘z nomidan taqdim etayotgan yo‘lovchi tomonidan tasdiqlanadi (imzolanadi).
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi va axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Deklaratsiya bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qog‘oz shakldagi Deklaratsiyada bo‘yab tuzatishlar va o‘chirib yozishlar bo‘lmasligi lozim. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiya bojxona organiga taqdim etilgunga qadar uni to‘ldirgan shaxs ushbu bandlardagi xato ma’lumotlarni to‘g‘ri chiziq bilan ustidan chizib, tegishli ma’lumotlarni qo‘lda yozib to‘g‘rilashi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday bunday to‘g‘rilash Deklaratsiyani to‘ldirgan shaxsning imzosi hamda bojxona organi xodimining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shakldagi Deklaratsiyada har qanday tuzatishlar ushbu Deklaratsiya yo‘lovchining elektron raqamli imzosi (qo‘l barmoq izi, grafik imzosi) bilan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qog‘oz shakldagi Deklaratsiyani taqdim etish jarayonida yoki elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olinganidan so‘ng aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkin. Bunda bojxona to‘lovlarini hisoblashga, taqiq va cheklovlarga, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini keltirib chiqaradigan holatlarga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlaridagi (tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qismi) hamda ilovasining 1-bandidagi yozuvlar bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida ruchkada uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha bo‘sh joylar esa chizib qo‘yiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning “A” sahifasi yuqori o‘ng qismi va ilovasiga qog‘oz shakldagi Deklaratsiyada shaxsiy muhri va imzosi bilan hamda elektron shakldagi deklaratsiyada o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan belgi qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161. Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona organlarining axborot tizimida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olingan qimmatbaho buyumlar to‘g‘risidagi ma’lumot har oyning yettinchi sanasiga qadar Bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(161-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qog‘oz shakldagi Deklaratsiya yo‘qotilgan taqdirda deklaratsiyalovchi shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, qog‘oz shakldagi Deklaratsiyaning nusxasini va unda ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib o‘tilganligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organlarining axborot tizimi orqali mustaqil ravishda yuklab olinishi yoki eng yaqin hududiy bojxona boshqarmasiga murojaat qilgan holda olinishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TURAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Orqa tomoni)
(-B-)
(Agar siz A sahifaning 3 va 4 bandlarida “Yo‘q” deb javob bergan bo‘lsangiz, bu qismni to‘ldirish talab etilmaydi)
1. Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd milli va (yoki) chet el valyutalari to‘g‘risida
T/r
Valyuta nomi
Miqdori
Raqam bilan
So‘z bilan
1.
2.
3.
2. Har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar
T/r
Buyumning nomi (buyum egasining pasport raqami).
Metall turi
(oltin, kumush va boshqa)
O‘lchov birligi
Miqdori
1.
2.
3.
3. Tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
T/r
Tovarning nomi
(farqlash xususiyatlari, tovar egasining pasport raqami, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi va bergan organ)
Miqdori
Tovarning o‘lchov birligidagi miqdori
(dona, kg, litr,m2)
Qiymati
(AQSH dollarida)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
* Tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlar ushbu jadvalga sig‘magan taqdirda qo‘shimcha deklaratsiya to‘ldirilishi mumkin.
4. Transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Identifikatsiya raqami / Davlat raqami
Turi
Rusumi
5. Taqiqlangan buyumlar:
Giyohvandlik moddalari va ularning analoglari;
Portlovchi moddalar, kimyoviy qurollar va ularning materiallari;
Davlat va jamiyat tuzumini qo‘porishga, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini buzishga yo‘naltirilgan, urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ustunlik va diniy nafratni, irqchilik va uning turlari (antisemitizm, fashizm)ni targ‘ib qiluvchi bosma asarlar, qo‘lyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audiomahsulotlar, gramzapislar, ovozli materiallar, shuningdek, pornografiya mazmunidagi materiallar.
6.Cheklangan tovarlar:
O‘qotar qurollar, uning qismlari va o‘q dorilar, ov va pnevmatik qurollar;
Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalari;
Xalqaro himoyadagi hayvonlar, o‘simlik yoki ularning mahsulotlari;
Tirik hayvonlar va go‘sht mahsulotlari, o‘simliklar va karantin nazoratidagi boshqa tovarlar;
Uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) va ularning butlovchi qismlari;
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar (ratsiya, sun’iy yo‘ldoshli telefon va boshqa);
Tarixiy va madaniy boyliklar.
7. Bojsiz olib kirish me’yori
Bojsiz olib chiqish me’yori
Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati:
xalqaro aeroportlar orqali -1000 $;
temir yo‘l va daryo bojxona chegarasi orqali — 500 $;
avtomobil (piyoda) o‘tkazish punkti orqali — 300 $.
Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan me’yori 5000 $.
Guruch — 3 kg;
Non-bulka mahsulotlari — 5 kg;
Go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari — 2 kg;
Shakar — 2 kg;
O‘simlik moylari — 2 kg;
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlar, dukkakli o‘simliklar va quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg;
tayyor zargarlik buyumlari — 65 gr oltin va 200 gr kumush.
alkogol — 2 litr
tamaki mahsulotlar:
sigaret 200 dona;
sigara 5 dona;
tamaki 100 gr;
atir va ifor taratuvchi suvlar — 3 dona (300 ml oshmagan) va qonunchilikda belgilangan boshqa me’yorlar.
Bunda notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs temir yo‘l, daryo transporti va avtomobil o‘tkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam, xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat bo‘lgan va (yoki) bir kalendar oy davomida xorijiy davlatda uch va undan ortiq marotaba bo‘lganda bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi.
((ilovaning “B” sahifasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Orqa tomoni)
Valyutani bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartib qoidalari
1. Jismoniy shaxslar 100 000 000 so‘m ekvivalentidan ortiq bo‘lmagan naqd valyutadagi mablag‘larini deklaratsiya to‘ldirmasdan O‘zbekiston hududidan olib chiqishlari mumkin.
2. Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga cheklanmagan miqdorda naqd valyuta mablag‘larini olib kirishi mumkin. Bunda 100 000 000 so‘m ekvivalentidan ortiq bo‘lgan naqd valyuta mablag‘lari deklaratsiyalanishi lozim.
Valyuta mablag‘larini olib chiqish cheklangan holatlar
Jismoniy shaxslar tomonidan 100 000 000 so‘m ekvivalentidagi naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablag‘lardan ortiq summani olib chiqilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda quyidagi hollar mustasno:
rezidentlar tomonidan — xorij davlatlariga xizmat safariga ketayotgan hukumat delegatsiyasi a’zolari uchun Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida;
norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida rasmiylashtirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida deklaratsiya qilingan mablag‘lar doirasida, shuningdek respublikada tashkil etilgan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiada) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablag‘larning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida
ESLATMA
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablag‘larini bojxona chegarasidan noqonuniy tarzdan o‘tkazish yoki deklaratsiyada va unga ilova qilingan hujjatlarda ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 411-modda; 2015-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 41-son, 476-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son, 09.03.2018-y., 10/18/2606-4/0874-son, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 23.09.2024-y., 10/24/2606-7/0739-son; 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son; 07.06.2025-y., 10/25/2606-9/0503-son; 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)