Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606-5]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ruhiy kasal” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-oktabr,
01-02/12-58-son
Kelishilgan:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2019-yil 8-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son)