Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni barcha savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazsinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-fevral,
75-son
Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chakana savdoni tartibga soladi.
Mazkur Qoidalarning amal qilishi savdo rastalari va bozorlardagi savdo oʻrinlari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chakana savdo bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
savdo qilish huquqi uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chakana savdo qilishga ruxsatnomani berish, olib qoʻyish va uning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Asosiy tushunchalar va atamalar
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
chakana savdo — savdo sohasida pirovard isteʼmolchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga naqd pulga donalab yoki uncha koʻp boʻlmagan miqdorda tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
vositachilik savdosi — chakana savdo faoliyatining vositachilar tomonidan vositachilik shartnomalari boʻyicha sotish uchun ularga berilgan tovarlar sotilishini nazarda tutuvchi turi;
savdo obyekti — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning oʻlchamidan va hokazolardan qatʼi nazar, tovarlar va xizmatlarni sotishga moʻljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
Chakana savdoning savdo obyektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam, univermag, minimarket, oziq-ovqatlar doʻkoni, ixtisoslashtirilgan doʻkonlar, palatkalar, lotoklar, avtodoʻkonlar, pavilyonlar, kioskalar, laryoklar.
Keyingi tahrirga qarang.
Savdo obyektlari turgʻun va koʻchma obyektlarga boʻlinadi.
turgʻun savdo shoxobchalari — davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo obyektlari (doʻkonlar, kioskalar, laryoklar, pavilyonlar, umumiy ovqatlanish savdo obyektlari, dorixonalar, optika, avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari);
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchma savdo obyektlari — vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek ish kuni tamom boʻlgandan keyin yigʻishtirib olishni va obyekt koʻchirilishini talab etish asosida joylashtirilgan savdo obyektlari (lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, avtodoʻkonlar va hokazolar);
Keyingi tahrirga qarang.
savdo zali — tovarlarning ommaviy ofertasiga va/yoki tovarlarning chakana oldi-sotdi shartnomalarini amalga oshirishga moʻljallangan savdo obyekti maydoni;
sotuvchi — savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va oldi-sotdi shartnomasining bir tomoni sifatida ish koʻruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs);
sotuvchi-xodim — sotuvchi nomidan ish koʻruvchi va tovarni bevosita sotuvchi yoki isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatuvchi shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma — savdo huquqi uchun mahalliy yigʻim toʻlanganligidan, savdo obyekti hisobga qoʻyilganligidan dalolat beruvchi va savdo mazkur tipdagi savdo obyektlariga qoʻyiladigan normalar va talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo qilish huquqini beruvchi hujjat.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sotuvchilarga, savdo obyektlariga va tovarlarga qoʻyiladigan asosiy talablar
4. Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, koʻrsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat koʻrsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u oʻz faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida boʻlishi shart boʻlgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari roʻyxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmogʻining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sotuvchi oʻz faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yongʻinga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (keyingi oʻrinlarda matnda “standartlar” deb yuritiladi) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.
6. Sotuvchi standartlar talablariga muvofiq tovarlarni qabul qilib olishda, saqlashda, savdo oldi tayyorgarligida va sotish paytida ularning sifati va xavfsizligi savdoning zarur shart-sharoitlarini, shuningdek xaridorlarning tovarlarni tanlash imkoniyatini taʼminlaydigan zarur joylar, asbob-uskunalar va inventarga ega boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sotuvchi qoʻllashga ruxsat berilgan oʻlchov asboblariga ega boʻlishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologik tekshiruvini oʻz vaqtida va belgilangan tartibda oʻtkazishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Barcha oʻlchov vositalari, ogʻirlikni oʻlchash priborlari “Oʻzstandart” agentligi organlarining tekshirish toʻgʻrisidagi koʻzga yaqqol tashlanadigan ishonch tamgʻasiga yoki guvohnomasiga ega boʻlishi kerak, ular belgilangan maqsadida qoʻllanilishi hamda oʻlchovlarning birligi va ishonchliligini taʼminlashi hamda tegishli pasportga ega boʻlishi kerak.
Nosoz va qoʻllashga ruxsat berilmagan oʻlchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tarozilar va boshqa oʻlchov priborlari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini koʻradigan qilib oʻrnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida oʻrnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal joyga oʻrnatiladi.
Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa oʻlchov priborlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. 3 va undan koʻp ish oʻrinli oziq-ovqat doʻkonlarining savdo zallarida nazorat tarozilari oʻrnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq boʻlgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni oʻrnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida eʼtibor berish zarur.
12. Mazkur Qoidalardan tegishli koʻchirmalar sotuvchi tomonidan koʻrgazmali va qulay shaklda xaridorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda quyidagi maʼlumotlar joylashtirilishi kerak:
sotuvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — oʻz korxonasining nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);
sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi.
Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak boʻlsa, u litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi, shuningdek uni bergan organ haqidagi maʼlumotni taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar toʻgʻrisidagi quyidagi zarur va ishonchli maʼlumotlarni xaridorning eʼtiboriga oʻz vaqtida koʻrgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:
tovarning nomi;
tovarning shtrixli kodi (mavjud boʻlganda);
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
agar u aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa — kafolatli muddati;
agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa — xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek koʻrsatilgan muddatlar tamom boʻlgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak boʻlgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda, agar tovarlar koʻrsatilgan muddatlar tamom boʻlgandan keyin xaridorning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavf tugʻdirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tovarning narxi va uni sotib olish shartlari;
ularning majburiy talablariga tovar muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan standartlarning belgilanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarning asosiy isteʼmol xossalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar ular oʻramda koʻrsatilmagan boʻlsa);
muvofiqlik sertifikati.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar isteʼmol qilingan boʻlsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan boʻlsa, xaridorga bu toʻgʻrida maʼlumot berilishi kerak.
Sotuvchi xaridorning talabiga koʻra:
tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan eʼtirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat koʻrsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi axborotni;
sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash boʻyicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan goʻshtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sotish, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (moʻyna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xom ashyo) sotish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi fauna va florasi uchun xos boʻlmagan obyektlar va ulardan tayyorlangan tovarlar boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjudligi ham talab etiladi.
16. Sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xaridorlar eʼtiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.
17. Isteʼmolchiga, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar, ularning narxlari va xizmatlar koʻrsatish shartlari, shuningdek tovarlarni sotishda xizmat koʻrsatishning qoʻllaniladigan shakllari toʻgʻrisida (oldindan buyurtma berish, tovarlarni uyda sotish, kreditga sotish, gazlamalarni bichish, sovgʻa va komplektli toʻplamlarni komplektlash boʻyicha va boshqa shakllardagi) koʻrgazmali va ishonchli axborot taqdim etilishi kerak.
18. Tovarni sotishda xaridorga mustaqil ravishda yoki sotuvchi xodimning yordamida zarur tovarlar bilan tanishish, tosh-tarozining toʻgʻriligini, unga berilgan tovarning oʻlchamini tekshirish imkoni berilishi kerak.
Xaridor tavsiya etilayotgan tovarni koʻzdan kechirishga, agar tovarning xususiyati buni istisno etmasa va mazkur Qoidalar talablariga zid boʻlmasa, oʻzining hozirligida uning xossalarini tekshirishni yoki uning harakatlari namoyish qilinishini talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi agar tekshirish davlat standartlarining majburiy talablarida yoki shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifatini va xavfsizligini (koʻrib chiqish, sinov, analiz, ekspertiza) tekshirishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarlarning narxi, shuningdek shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda oʻzgacha hol nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
20. Sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning ogʻirligi, oʻlchami yoki birligiga narxi koʻrsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari boʻlishini taʼminlashga majburdir.
21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida qonunda yoki shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.
Chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qoʻllamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, savdo faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi chakana savdo qilish huquqi uchun berilgan ruxsatnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati koʻrsatilgan holda kvitansiya yoki shunga oʻxshash hujjatni berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy moʻynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan tovar chekini berishi shart, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan koʻrsatilishi mumkin.
Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar koʻrsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qoʻyishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga koʻra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yigʻilishi va (yoki) oʻrnatilishi (ulanishi) mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
25. Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega boʻlgan tovarni idishda va (yoki) oʻralgan holda, muayyan toʻplamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli boʻlgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sotiladigan tovarning sifatiga, idish va (yoki) oʻrab-joylashtirilishiga, uning komplektliligi, anjomlari va hujjatlariga, tovarlarning komplektiga, shuningdek tovarni yetkazib berish shartlariga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
27. Xaridor nooziq-ovqat tovar unga berilgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan eʼlon qilinmagan boʻlsa, sotib olingan tovarni aynan shunday oʻlcham, shakl, gabarit, fason, rangdagi yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga xarid qilingan joyda va sotuvchi tomonidan eʼlon qilingan boshqa joylarda narxida tafovut boʻlgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitob qilgan holda almashtirishga haqlidir.
Almashtirish uchun sotuvchida zarur tovar boʻlmagan taqdirda xaridor sotib olingan tovarni sotuvchiga qaytarishga va uning uchun toʻlangan summani qaytarib olishga haqlidir.
28. 27-bandda koʻrsatilgan xaridorning tovarni almashtirish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi talabi, agar tovar isteʼmol qilinmagan boʻlsa, uning tovar koʻrinishi, isteʼmol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan boʻlsa, shuningdek ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud boʻlsa qondirilishi kerak, zarur sifatga ega boʻlgan, qaytarilmaydigan yoki nooziq-ovqat tovarlari roʻyxatida koʻrsatilgan, ana shunday oʻlcham, shakl, gabarit, fason, rang yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga (mazkur Qoidalarga 1-ilova) almashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlar bundan mustasno.
29. Oʻziga zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan boʻlsa, oʻzining tanlashiga koʻra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega boʻladi):
aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.
Bunda xaridor zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilganligi oqibatida oʻziga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qoʻyiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib boʻlmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon boʻlsa hamda shunga oʻxshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi toʻgʻrisida xaridor tomonidan talab qoʻyilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning oʻzida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega boʻlgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir. Ularga nisbatan xaridorning tuzatish yoki almashtirish davrida unga ana shunday tovar tekin berilishi toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar roʻyxatida (mazkur Qoidalarga 2-ilova) koʻrsatilgan tovarlar bundan mustasno.
Xossalari bartaraf etib boʻlinmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor oʻzining tanlashi boʻyicha bunday tovarni zarur sifatga ega boʻlgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.
Koʻrsatib oʻtilgan talablarni taqdim etish oʻrniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun toʻlangan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor oʻzi sotib olgan zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.
Tovar uchun toʻlangan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan toʻliq yoki qisman foydalanilganligi, uning tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.
30. Sotuvchi-xodim yoki shartnoma asosida sotuvchining funksiyasini bajaruvchi shaxs, tovarning sifatini tekshirish zarur boʻlgan taqdirda, zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni xaridordan qabul qilib olishga majburdir. Xaridor tovarning sifatini tekshirishda qatnashishga haqlidir.
Tovarning nuqsonlari paydo boʻlishi sabablari toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda sotuvchi oʻz hisobidan tovarning mustaqil ekspertizasini oʻtkazishi shart. Xaridor bunday ekspertiza xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.
31. Sotuvchi tomonidan xaridorning talablari qondirilishi muddatlari, shuningdek ushbu muddatlar buzilganligi uchun javobgarlik “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
32. Agar nuqsonlar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida aniqlangan boʻlsa, xaridor mazkur Qoidalarning 29-bandida koʻrsatilgan tovarning kamchiliklariga nisbatan talab qoʻyishga haqlidir.
Tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin boʻlmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli boʻlgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli boʻlgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.
Agar tovar yigʻilishi va (yoki) maxsus oʻrnatilishi (ulanishi) kerak boʻlsa, kafolat muddati u yigʻilgan va (yoki) oʻrnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yigʻish va (yoki) oʻrnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni boʻlmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom boʻlgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo boʻlgan sabablar tufayli paydo boʻlganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.
33. Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa, tovarning nuqsonlari bilan bogʻliq boʻlgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.
Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bogʻliq boʻlgan eʼtirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:
qishki mavsum — 25-noyabr — 10-mart;
bahorgi mavsum — 11-mart — 14-may;
yozgi mavsum — 15-may — 15-sentabr;
kuzgi mavsum — 16-sentabr — 24-noyabr.
34. Davlat korxonasi chakana savdo obyektining ish rejimi (ish boshlanishi, tamom boʻlishi, tushlik tanaffus, dam olish kunlari) davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlariga koʻra, mulkchilikning boshqa shakllaridagi tashkilotlarda esa mulkdor tomonidan belgilanadi. 10 ish oʻrinli va undan koʻp ish oʻrinli savdo korxonalari, shuningdek majburiy roʻyxatda nazarda tutilgan tovarlarni sotish boʻyicha joylashtirishga kiritilgan korxonalar korxonaning yopilishi toʻgʻrisida xaridorlarni oldindan xabardor qilishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma, yakka tadbirkorning roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi va boshqa hujjatlar savdo obyektida turishi hamda nazorat organlarining birinchi talabi bilan koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Barcha savdo obyektlari ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak. Tekshirish savdo obyekti ochilganda davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
37. Oziq-ovqat tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda, mazkur Qoidalarning 15-bandida koʻrsatilgan talablardan tashqari standartlarning majburiy talablariga muvofiq, tovarlarning turiga bogʻliq ravishda:
Keyingi tahrirga qarang.
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan ingredintlarning nomlari, shu jumladan oziq-ovqatga solinadigan qoʻshimcha masalliqlar;
oziqlik qiymati (mahsulotning kaloriyaliligi, oqsillar, yogʻ, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar mavjudligi), ogʻirligi va metrik birliklardagi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qoʻllaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsulotlari va parhez taomlar va boshqalar uchun);
tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qoʻllanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun);
muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda sertifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
saqlash shartlari (ular uchun saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorlangan sanasi;
kasalliklarning ayrim turlarida isteʼmol qilish nojoizligi (ular toʻgʻrisidagi maʼlumotda kasalliklarning ayrim turlarida isteʼmol qilish nojoizligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlishi kerak boʻlgan tovarlar uchun);
tamaki mahsulotlaridagi chekishning sogʻliq uchun zararligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuv boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Tovarlar savdo zaliga yoki sotiladigan boshqa joyga qoʻyilgunga qadar idishdan, oʻrash va bogʻlash materiallaridan, metall klipsdan olinishi kerak. Tovarning iflos boʻlgan yuzasi yoki qismi tozalanishi kerak. Sotuvchi-xodim, shuningdek tovarlarning sifatini tekshirishi (tashqi belgilariga qarab), ularda zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar mavjudligini tekshirishi, tovarlarni brak qilishi va sortlarga ajratishi kerak.
39. Tuz, shakar, un, yorma va boshqa sochiluvchan tovarlarni qadoqlash va sotishda alohida kurakchalardan foydalaniladi.
40. Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yogʻingarchiliklarning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Tortib sotiladigan tovarlarni sotishda temir-tersak, chiqindilar, uvoqlar standartlarda belgilangan yoʻl qoʻyiladigan normalardan ortiq boʻlmasligi kerak.
42. Tortib sotiladigan tovarlar sotishdan oldin sotuvchi tomonidan qadoqlangan va oʻralgan taqdirda, yaroqlilik muddati qisqa boʻlgan tovarlarni qadoqlash hajmi savdoning bir kuni mobaynida ular sotiladigan hajmdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Qadoqlangan tovar oʻramiga etiketka yopishtiriladi, unda uning nomi, tayyorlovchi korxonaning yoki tayyorlovchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi koʻrsatiladi.
Oʻramdagi ogʻirligi koʻrsatilgan, tayyorlovchi tomonidan qadoqlangan va oʻrab-joylangan oziq-ovqat tovarlarini sotishda ular qoʻshimcha ravishda tarozida tortilmaydi.
43. Tortib sotiladigan oziq-ovqat tovarlari xaridorga oʻralganligi uchun qoʻshimcha haq undirilmasdan oʻralgan holda beriladi.
Oʻrash uchun davlat standartining majburiy talablariga muvofiq boʻlgan va aniq tovarlarni oʻrashga ruxsat berilgan materiallardan foydalaniladi.
44. Tortib sotiladigan tortiladigan oziq-ovqat tovarlarining narxi netto ogʻirligi boʻyicha belgilanadi.
45. Xaridorning iltimosiga koʻra sotuvchi-xodim gastronomiya tovarlarini kesilgan holda sotishi mumkin.
46. Goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
47. Tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz va 18 yoshdan kichik shaxslarga sotishga ruxsat berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Oziq-ovqat tovarlari chakanalab sotiladigan joylarda qoʻshimcha oziq-ovqat tovarlari sotilishi va umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatilishi mumkin. Qoʻshimcha tovarlar bilan savdo qilish va umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatish standartlarning majburiy talablari bilan belgilangan oziq-ovqat tovarlari sifati yomonlashishiga va xavfsizligiga va ularni sotish sharoitlari yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan jismoniy shaxslardan oziq-ovqat tovarlarini qabul qilib olish (qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari) taqiqlanadi.
50. Non va non-bulka mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi savdo korxonalarida belgilangan ish soatlarida assortiment roʻyxatida nazarda tutilgan assortimentdagi non va non-bulka mahsulotlari boʻlishi lozim.
Ixtisoslashtirilgan non doʻkonining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosini amalga oshiruvchi boʻlimda koʻrinarli joyga mahsulotning tayyorlovchilari, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulotlarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Non sotish va saqlash uchun moʻljallangan joy quruq va shamollatib turiladigan boʻlishi kerak.
Non va non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo obyektlari maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun choʻtka va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Savdo obyektida dezinfeksiyalovchi vositalar boʻlishi shart.
51. Non va non-bulka mahsulotlarini qabul qilishda sotuvchi mahsulot sifatini organoleptik koʻrsatkichlar boʻyicha, har bir mahsulot vaznining mahsulotning aniq turi uchun amalda boʻlgan normativ hujjatlarga muvofiqligini tekshirishi lozim. Buzilishlar aniqlangan taqdirda mahsulot tayyorlovchiga qaytariladi.
Non va non-bulka mahsulotlari faqat non mahsulotlari tashishga moʻljallangan ixtisoslashtirilgan avtomashinalarda tashiladi.
52. Ixtisoslashtirilgan va firma non-qandolat doʻkonlarida va boshqa doʻkonlarning non boʻlimlarida non, non-bulka mahsulotlari va qandolatchilik mahsulotlaridan tashqari shakar, choy, kofe, kakao, un, yorma, makaron mahsulotlari, bolalar ovqati uchun quruq mahsulotlar, oziq-ovqat konsentratlari, kafeteriyga ega boʻlgan doʻkonlarda esa, shuningdek issiq ichimliklar (choy, kofe, kakao, sut) shu jumladan oʻzlari ishlab chiqargan xamir va qandolatchilik mahsulotlari sotilishi mumkin.
53. Non, non-bulka mahsulotlarining tandirdan chiqqandan keyin sotuvda boʻlishi mumkin boʻlgan muddatlari faqat mahsulotning har bir turi uchun normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda belgilanadi.
54. Xaridorlar xohishiga koʻra ogʻirligi 0,4 kg va undan ortiq boʻlgan non, non-bulka mahsulotlari (oʻralganlaridan tashqari) 2—4 ta teng boʻlaklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin.
55. Amaldagi standartlar, texnik shartlar talablariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek notoʻgʻri saqlash tufayli buzilganlik belgilari boʻlgan non, non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Non mahsulotlari savdo obyektlarida notoʻgʻri saqlanganligi tufayli buzilgan taqdirda buning uchun savdo obyektlari javob beradi.
Non belgilangan standartlar talablariga va/yoki ishlab chiqaruvchining texnik shartlariga muvofiq saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xaridorlarga non va non-bulka mahsulotlari, maxsus anjom qoʻllanilmagan taqdirda, maxsus qoʻlqoplar (polietilen qoʻlqoplar yoki boshqa qoʻlqoplar) vositasida berilishi mumkin.
Sifatsiz (gʻarch-gʻurch qilgan, kuygan, ichi boʻsh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga koʻra ularni sifatlisiga soʻzsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.
Non mahsulotlari zarur sifatga ega boʻlmagan taqdirda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi.
56. Non, non-bulka mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda sotuvchi bu haqda mahsulot yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak. Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va amaldagi qoidalarga muvofiq yoʻq qilinadi. Non mahsulotlarida kartoshka kasalligi mavjudligi va ularning yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnoma belgilangan tartibda tuziladi.
Kartoshka kasalligi mavjud boʻlgan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq belgilangan tartibda zararsizlantiriladi.
V. Alkogolli ichimliklar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
57. Alkogolli ichimliklar bilan savdo qilish maxsus ruxsatnomalar asosida, shu jumladan belgilangan tartibga muvofiq ravishda berilgan alkogolli ichimliklarni quyib sotishga berilgan ruxsatnomalar asosida va nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllanish sharti bilan amalga oshiriladi.
Ruxsatnomada savdo obyektining manzili, ish soatlari, sotiladigan ichimliklarning turlari, sotish turi (olib ketish yoki quyib sotish) va boshqa zarur maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Sifatiga koʻra standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga muvofiq boʻlgan alkogolli ichimliklar sotilishi kerak.
Alkogolli ichimliklarning, shu jumladan import alkogolli ichimliklarning sotuvchisi mahsulotlarning har bir nomi boʻyicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish raqamlari, uning amal qilish muddati va sertifikatni bergan organ koʻrsatilgan holda mahsulotning har bir nomi boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tovar-transport hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
Muvofiqlik sertifikati xaridorning talabiga koʻra sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.
Sertifikatsiyalangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi.
Alkogolli ichimliklar yuridik shaxslar tomonidan savdo zaliga ega boʻlgan turgʻun savdo obyektlari orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalari tomonidan alkogolli ichimliklarni sotish vaqti va joyi alkogolli ichimliklarni sotish shartlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Alkogolli ichimliklarni:
maxsus ruxsatnomalarsiz;
muvofiqlik sertifikatisiz;
ishlab chiqargan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;
yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
aksiz markalari bilan markalanmagan holda;
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga litsenziyasi boʻlmagan ishlab chiqaruvchidan olinganda;
koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan xona va joylarda (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash, moddiy boyliklarni zarur darajada saqlashni taʼminlash uchun shart-sharoitlar va yordamchi xona boʻlmaganda);
18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha bolalar muassasalari, diniy muassasalardan, oʻquv yurtlaridan 300 metrdan kam masofada joylashgan koʻchma va turgʻun savdo obyektlarida, shuningdek bevosita davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida — koʻrsatib oʻtilgan oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatgan vaqtda;
(60-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-maydagi 217-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aeroportlarga, temir yoʻl vokzallariga va avtostansiyalarga yondosh hududlarda, jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida joylashgan koʻchma va turgʻun chakana savdo obyektlaridan;
(60-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyundagi 288-sonli qaroriga muvofiq oʻn birinchi xatboshi qoʻshilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 276-modda)
etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (ogʻzi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy koʻrinishi tiniq boʻlmagan, chet narsalar aralashgan, choʻkindili butilkalarda (vinolar toʻplamidan tashqari) sotish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Alkogolli ichimliklar mahsulotning tegishli turi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, poʻstloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.
62. Sotuvchi alkogolli ichimliklarni savdo zaliga qoʻyishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib koʻrishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Alkogolli ichimliklarni sotish chogʻida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga ichimlik nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qoʻshilgan narxlari koʻrsatilgan narxnomalarni birkitib qoʻyadi. Alkogolli ichimliklarni quyib sotishda narxnomada uning nomi va 1 litri va 0,1 litrining narxi koʻrsatiladi. Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sigʻimi, butilka umumiy sigʻimining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Sotuvchi-xodimlar (bufetchilar, barmenlar va alkogolli ichimliklarni quyib sotuvchi boshqa shaxslar)ning ish oʻrinlari davlat tekshiruvidan oʻtkazilgan tegishli savdo anjomlari, oʻlchov menzurkalari va oʻlchamli krujkalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Xaridor kamchiliklari boʻlgan alkogolli ichimliklar sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga koʻra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan boʻlsa, xaridorga uning toʻlagan summasini qaytarib berishga majburdir.
Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari boʻlgan alkogolli ichimliklarni sotish oqibatida isteʼmolchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalarining sotuvchi-xodimlari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogolli ichimliklar sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogolli ichimliklar sotganlik, shuningdek ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Pivo kuchsiz alkogolli mahsulot hisoblanadi va V boʻlim talablari pivoni sotishga tatbiq etilmaydi. Sotish joyi cheklanmasdan pivoning:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar tomonidan;
chakana savdoga ruxsatnoma boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslar tomonidan sotilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Meva-sabzavot tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
68. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot doʻkonlarida, oziq-ovqat doʻkonlarining boʻlimlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilyonlarda yangi uzilgan sabzavot, hoʻl meva, uzum, rezavor meva, subtropik oʻsimliklar, yongʻoqmevalar, poliz mahsulotlari, qoʻziqorin, yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda matnda “meva-sabzavot tovarlari” deb yuritiladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab beradi.
69. Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka koʻplab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmogʻini tashkil etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Mayda chakana savdo tarmogʻi meva-sabzavot va boshqa qoʻshimcha tovarlar bilan oʻzlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
70. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qoʻshimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, oʻsimlik moyi, tuz, uksus, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xoʻjalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va oʻrash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bogʻ-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlari va koʻchatlarini sotishi mumkin.
72. Sotuvga qoʻyiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan boʻlishi va sifatiga koʻra davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. Saralash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari (“Oq olma”, “Astraxan oq olmasi”, “Rozmarin”), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xoʻjagʻat), smorodina (qoragʻat), danakli mevalar (olcha, gilos, olxoʻri, oʻrik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yoʻl qoʻyiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq boʻlmasa, koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni taʼminlovchi idishda va oʻramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va oʻziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
74. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki oʻrash materiali yopilgan boʻlishi kerak.
75. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini taʼminlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalarining old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi oʻralgan bostirmali maydon ajratiladi.
76. Hoʻl, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorugʻlik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Tovarning har bir turi saqlash joylarida alohida joylashtiriladi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi soʻrilarga qoʻyiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va koʻtarish mexanizmlari jihozlanganligiga bogʻliq boʻladi.
77. Hoʻl meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar taʼminlanishi kerak:
|
Mahsulotning nomi |
Selsiy boʻyicha harorat darajasi |
Havoning nisbiy namligi, foiz |
| Kartoshka | +2 dan +3 gacha | 85—95 |
| Sabzi, petrushka, selderey, sholgʻom, yerqalampir (xren), lavlagi, turp, rediska, bryukva, piyoz |
–1 dan +1 gacha | 90—95 |
| Karam | –1 dan +3 gacha | 90—95 |
| Pomidor | +10 dan +13 gacha | 75—80 |
| Bodring, kabachki, qovoq, patisson, baqlajon | +13 dan +15 gacha | 90—95 |
| Salat, ismaloq, koʻkpiyoz, bogʻlamli rediska va boshqa oshkoʻklar |
+1 dan +3 gacha | 90—95 |
| Qovun | +10 dan +13 gacha | 85—90 |
| Tarvuz | +3 dan +4 gacha | 80—85 |
| Olma | +4 dan +5 gacha | 95 |
| Nok | +2 | 95 |
| Uzum | 0 dan —1 gacha | 90—95 |
| Danakli mevalar (olcha, gilos, oʻrik, olxoʻri, shaftoli) |
0 dan +1 gacha | 80—95 |
| Qalampir | +6 dan +7 gacha | 80—95 |
| Bulgʻor qalampiri | +10 dan +13 gacha | 90—95 |
| Sariq, toʻq sariq tusli sitrus mevalar |
+2 dan +3 gacha | 85—90 |
| Mandarin, apelsin va limon | +2 dan +3 gacha | 85—90 |
| Pishgan ananas | +8 dan +9 gacha | 85—90 |
| Pishgan banan | +12 dan +14 gacha | 90—95 |
78. Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.
79. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yogʻoch bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — soʻkchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam — 0 dan — 2 °C gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4 °C gacha haroratda, sovutiladigan xonalar boʻlmagan taqdirda omborlarda +12 °C dan oshmaydigan haroratda tungi vaqtda majburiy shamollatishni qoʻllagan holda koʻpi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.
80. Quritilgan mevalar, sabzavot va qoʻziqorinlar 0 darajadan +10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori boʻlmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, soʻkchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.
81. Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yogʻoch (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +10 °C darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.
82. Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati — 8 — 10 °C darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.
83. Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va gʻalvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.
84. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qoʻyishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi. Qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash — kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.
Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qoʻyilishi mumkin.
85. Doʻkonlarda yangi va quritilgan meva-sabzavot tovarlari va kartoshkani sotish tovarning narxi va sorti koʻrsatilgan, qadoqlangan holda amalga oshiriladi.
86. Doʻkonlarda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda koʻrsatib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish usuli bilan savdoga tayyorlanadigan tovarlar doʻkonlarda bogʻlamlanadi, qadoqlanadi, ovqat tayyorlash uchun toʻplam qilib qoʻyiladi, ip va polietilen toʻrxaltalarga, qopchalarga va boshqa oʻrash-joylash materiallariga joylanadi hamda markalanadi.
88. Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini ogʻirligi xaridorga koʻrinarli joyda koʻrsatilgan idishda tortishga yoʻl qoʻyiladi.
89. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan qoʻziqorin amaldagi standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq foiz nisbatlaridagi sharbat, tuzli va sirkali suv bilan birga sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa tuzlangan va sirkalangan meva-sabzavot tovarlarini sotishda suyuqlik tovar tortib boʻlingandan soʻng xaridor iltimosiga koʻra qoʻshiladi.
Yuqorida koʻrsatilgan mahsulotlarni sotishda maxsus anjomlar (qoshiq, vilka, kurakchalar) qoʻllaniladi.
90. Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
91. Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.
VII. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
92. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xoʻjalik yurituvchi subyektlar — belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning savdo obyektlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiyaga kiritilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Dislokatsiyaga moddiy-texnik bazasi mazkur Qoidalarning 93—95-bandlari talablariga muvofiqligi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etilgan komissiyalarda ekspertizadan oʻtgan savdo korxonalari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan Dislokatsiyaga muvofiq Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasi roʻyxatdan oʻtkazadi va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi beradi.
Tasdiqlangan Dislokatsiya va Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan chakana savdo qilish huquqiga ruxsatnoma beriladi.
(92-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan tovarlarni sotish faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik doʻkonlari, univermaglar, savdo markazlarining boʻlimlari, seksiyalarida amalga oshiriladi. Ularda koʻrsatib oʻtilgan boyliklarning hisobga olinishi, ishonchli saqlanishi (qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi mavjudligi, savdo boʻlimidan toʻsilgan mustahkamlangan, yonmaydigan poʻlat sandiq mavjudligi) va ularni xaridorlarning tanlashi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi.
Doʻkonlar va boʻlimlarda quyidagilar mavjud boʻlishi shart: “Oʻzstandart” agentligining davlat tekshiruvchilari tomonidan tekshirilgan birinchi yoki ikkinchi klass aniqlikdagi torozilar, gardish oʻlchagichlar, barmoq oʻlchagichlar, probani aniqlash uchun reaktivlar.
94. Ixtisoslashtirilgan zargarlik doʻkonlarida, univermaglar, savdo markazlarining boʻlimlari va seksiyalarida xaridorlarga qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni koʻrsatish qulay boʻlishi taʼminlanishi kerak.
Xaridorlarga qulay boʻlishi uchun zargarlik zeb-ziynatlari, stolni tuzash buyumlari va boshqa buyumlar vazifasi va xiliga koʻra guruhlarga ajratilishi kerak.
95. Savdo zallarida qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan probalar toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tamgʻalash tartibi toʻgʻrisidagi normativ hujjatlardan koʻchirmalar, proba tamgʻalari tasviri, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan savdo qilish huquqiga ruxsatnoma, chakana savdo korxonasi Davlat probani aniqlash palatasida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, mazkur Qoidalar va xaridorlar uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻzga koʻrinarli joyga osib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar ularda ularni tayyorlaganlarning tamgʻalari va Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan qoʻyilgan proba tamgʻalari mavjud boʻlsagina sotiladi.
Chet eldan keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham Davlat probani aniqlash palatasining tamgʻasi boʻlishi shart.
97. Sotuvga qoʻyilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda mahsulotning nomi, tayyorlovchi, artikul, proba, 1 gramm mahsulotning massasi va narxi, sotuvga qoʻyilgan buyumlarning turi, ularning xususiyati, buyumning massasi va chakana narxi koʻrsatilgan holda plombalangan yorliqlar boʻlishi kerak.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tamgʻalanmaydigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati boʻlishi kerak.
98. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar savdo zaliga qoʻyilgunga qadar sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan oʻtishi kerak. Bu tayyorgarlik buyumlarni koʻzdan kechirish va brak qilishni, belgilangan proba tamgʻalari, plomba va yorliqlar mavjudligini tekshirishni, oʻlchamlariga koʻra sortlarga ajratishni oʻz ichiga oladi.
Sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda xaridorga malakali yordam berishi va uni zarur maslahat bilan taʼminlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak.
Xaridorning xohishiga koʻra sotuvchi-xodim xaridor tanlagan qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni doʻkon ish kunining oxirigacha boʻlgan muddatga saqlab turishga majburdir.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar yakka tartibda oʻrab-joylangan boʻlishi kerak.
Sotuvchi qoʻshimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qoʻshimcha xizmatlar kompleksini koʻrsatishi mumkin (oʻyma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovgʻani yetkazib berish va topshirish, chiroyli qilib oʻrab-joylash va xizmatlarning boshqa shakllari).
99. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd etilmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning sifatsiz mahkamlanganligi, yorliqlar, ushalgan joylar, tirnalgan joylar, gʻudurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat proba tamgʻasi muhrining zargarlik qotishmasi amaldagi probasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq maʼlumotlariga mos kelmasligi bundan mustasno.
100. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda ana shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega boʻladi yoxud ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoki xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.
Xaridor shuningdek zarar qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli boʻladi. Xaridorning koʻrsatib oʻtilgan talablari tovar cheki taqdim etilgandan keyin koʻrib chiqiladi.
101. Almashtirish yoki nuqsonlarni tekin bartaraf etish muddatlari buzilgan taqdirda sotuvchi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq neustoyka toʻlashi shart.
102. Sifatga oid nuqsonlar paydo boʻlishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza oʻtkazish uchun Davlat probani aniqlash palatasiga yuborishga majburdir.
Xaridor ekspertiza oʻtkazishda qatnashishga haqlidir.
103. Sotilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pulni qabul qilish nazorat-kassa mashinalari qoʻllangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan sotilgan buyum uchun xaridorga kassa cheki hamda savdo tashkiloti qaydi qoʻyilgan va sotuvchi-xodim tomonidan imzolangan tovar cheki nusxasi beriladi. Tovar cheki nusxasida buyumning nomi, artikuli, narxi va sotish sanasi, sotuvchi-xodimning imzosi va savdo korxonasi shtampi koʻrsatiladi.
104. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq mazkur Qoidalarning 92-bandiga binoan Dislokatsiyaga kiritilgan savdo korxonalaridagina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
105. Sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalari buzilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xaridor oldida javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
106. Davlat proba tamgʻalarisiz yoki plombirlangan yorliqsiz sotuvga tushgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar muhrlanishi va Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasiga joʻnatilishi kerak.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Qimmatbaho metallar, toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni aholidan sotib oluvchi punktlarning ish qoidalari xususiyatlari
107. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar siniqlarini va ulardan yasalgan buyumlarni aholidan sotib oluvchi sotib olish punktlari, doʻkonlar va boshqa yuridik shaxslar (matnda keyingi oʻrinlarda “sotib olish punktlari” deb yuritiladi) Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga ega boʻlishlari kerak. Zargarlik buyumlarini qayta ishlash va tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyasiga va Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga ega boʻlish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
108. Sotib olish punktlari koʻrsatib oʻtilgan qimmatli boyliklar ishonchli saqlanishini taʼminlaydigan, shuningdek topshiruvchilarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarga ega boʻlgan maxsus jihozlangan binolarda joylashtirilishi kerak.
109. Sotib olingan boyliklar sotib olish punkti tomonidan ularning haqi toʻlangandan keyin qimmatli boyliklarni sotuvchiga qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
110. Sotib olish punktlari aholidan shartnoma asosida:
qimmatbaho metallar (oltin, platina, palladiy va kumush) va ulardan yasalgan buyumlarni;
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni;
monetalarni (oltin, platina va kumush tangalarni);
korpusiga oltin qoplangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import soatlarni;
kumush gardishli chinni va billur buyumlarni sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
111. Sotib olish punktlarining:
texnik olmoslarni;
qayta ishlanmagan shakldagi qimmatbaho toshlarni;
yombi, oltin choʻkindi, olib qoʻyiladigan yasama tish, sim va kukun shaklidagi oltin, platina, palladiy va kumushni;
oltin, platina, palladiy va kumushdan yasalgan ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi buyumlarni (chega, laboratoriya idishi va boshqalarni);
davlat va jamoat korxonalari va tashkilotlaridan qimmatli boyliklarni sotib olishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
112. Qimmatbaho metallarning probasini aniqlash va qimmatli boyliklarni tosh-tarozida tortish uchun sotib olish punktlari:
barcha aniqlangan probalarni aniqlash uchun kimyoviy reaktivlarga;
qimmatbaho toshlarni tosh-tarozida tortish uchun analitik tarozilarga;
oltin, platina, palladiy, yarim qimmatbaho, ishlov berilgan va sintetik toshlarni tortish uchun I klassli texnik tarozilarga;
kumushni tosh-tarozida tortish uchun II klassli texnik tarozilarga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
113. Boyliklarni tosh-tarozida tortish:
oltin, platina, palladiy va ushbu metallardan yasalgan buyumlar uchun — 0,01 grammgacha;
kumush va kumushdan yasalgan buyumlar uchun — 0,1 grammgacha;
gardishsiz qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 karatgacha;
yarim qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 grammgacha;
ishlov berilgan toshlar uchun — 0,1 grammgacha aniqlikda boʻlishi kerak.
Xarid qilish paytida buyumdan olish mumkin boʻlmagan yoki buyumdan olish maqsadga muvofiq boʻlmagan barcha qimmatbaho toshlar karatomer boʻyicha 0,1 karatgacha aniqlikda aniqlanadi.
114. Boyliklarni xarid qilish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar boyliklarning egasi ishtirokida amalga oshiriladi (probani aniqlash, tortish, shtift, kanifolni yoʻqotish va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
115. Boyliklarning narxi sotuvchi bilan kelishilgandan keyin sotib oluvchi tovarshunos belgilangan namunadagi kvitansiyani 4 nusxada yozadi, kvitansiyani sotib oluvchi tovarshunos va boyliklarni sotuvchi imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
116. Sotib olingan har bir qimmatli boylik kvitansiya bilan birgalikda haqi toʻlangandan keyin darhol konvertga solinadi va reyestrga yozib qoʻyiladi, konvertda kvitansiyaning raqami va qabul qilingan sana koʻrsatiladi. Shundan keyin konvert yelimlanadi. Konvertga sigʻmaydigan sotib olingan yirik hajmli qimmatli boyliklar qogʻozga oʻraladi, ularga konvertda koʻrsatiladiganga oʻxshash maʼlumotlar boʻlgan yorliq yopishtiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida sotib oluvchi tovarshunos ichiga qimmatli boyliklar solingan barcha konvertlarni paketga (yoki qopga) oʻraydi va oʻzining plombiri bilan plombalaydi. Plombalangan paketlar seyfda saqlanadi. Seyfning kaliti sotib olish punktining mudirida saqlanadi, agar sotib olish punkti doʻkon huzurida boʻlsa — sotib oluvchi tovarshunosda saqlanadi. Qimmatli boyliklarni saqlash uchun qabul qilishda sotib olish punkti mudiri reyestrni imzolaydi. Reyestrning bir nusxasi sotib oluvchi tovarshunosda qoladi. Paketga yoki qopga joylangan qimmatli boyliklar uchun sotib oluvchi tovarshunos toʻliq moddiy javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
117. Keyingi ish kunida, aholidan sotib olingan qimmatli boyliklar koʻzdan kechirilgandan keyin, tovarshunos sotib olish punkti rahbari bilan birgalikda bundan keyin sotish uchun yaroqli boʻlgan zargarlik buyumlarini sotish uchun qoʻyadi. Bundan keyin sotish uchun yaroqli boʻlmagan buyumlarga ega boʻlgan sotib olish punkti:
ushbu buyumlarni qayta ishlashi va oʻzining sexlari (ustaxonalari)da, zargarlik buyumlarini qayta ishlash va tayyorlashga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlashi mumkin. Oʻzining sexlari (ustaxonalari)da tayyorlangan zargarlik buyumlari bundan keyin oʻzining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida yoki shartnoma asosida boshqa ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida sotilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu korxonalarda zargarlik buyumlarini qayta ishlash va tayyorlashga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda ushbu buyumlarni bundan keyin qayta ishlash va ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash uchun korxonalarga berish yoki shartnoma asosida sotishi mumkin. Tayyorlangan mahsulot buyurtmachining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida bundan keyin sotish uchun buyurtmachiga qaytarilishi yoki oʻzining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali tayyorlovchi korxonalarga sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
118. Quyidagi masalalar boʻyicha sotib olish punktlari ishi ustidan nazorat:
punktlar ishining toʻgʻri tashkil etilganligi — tasarrufida ushbu punktlar boʻlgan tashkilotlar tomonidan;
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi mavjudligi, hisobga olish va pul operatsiyalarini yuritish, shuningdek nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilishi boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomaviy narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishining toʻgʻri iqtisodiy asoslanganligi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan;
(118-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
buyumlarning sifati, ularda Davlat proba tamgʻasi ottisklari borligi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi probani aniqlash tamgʻasi mavjudligi — Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
(118-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish xususiyatlari
119. Sotuvga faqat belgilangan namunadagi hujjat berilgan holda sertifikatsiyadan oʻtgan avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) qoʻyiladi.
Avtomototransport vositalarini sotuvchi doʻkonlarning joylashishi avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari va sotish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi hisobga olingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
120. Avtomototransport vositalari savdo zaliga qoʻyilguniga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq savdo oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak. Bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgini qayd etmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.
121. Sotuvchi rasmiylashtirishgacha xaridorga avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.
Chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qoʻllanma davlat tiliga qoʻshimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.
122. Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini taʼminlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud boʻlgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.
Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay boʻlgan boshqa joylarda xaridor uni erkin koʻrib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Sotuvchi qoʻshimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qoʻshimcha haq toʻlash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qoʻshimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar oʻrnatish, avtomobillarni saqlash, yonilgʻi quyish va boshqalar) koʻrsatishi mumkin.
123. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak: servis daftarchasi, foydalanish boʻyicha amaliy qoʻllanma, pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat, avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar toʻplami, agar bunday toʻplam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma-schyot.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomerli agregat (dvigatel, shasse, kuzov, rama) sotilganda xaridorga quyidagilar beriladi:
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma-schyot.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtomototransport vositalarini sotuvchi korxonalarni belgilangan tartibda tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maʼlumotnoma-schyot blankalari bilan taʼminlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
124. Haqi toʻlangan avtomototransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda toʻlangan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
125. Avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.
Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.
126. Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va ishlab chiqarishdagi yashirin nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi boʻyicha shunga oʻxshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi, yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari toʻlanishi, yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno).
Kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur boʻlgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga koʻra (ushbu Qoidalarning 130-bandiga muvofiq) amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar toʻlangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Koʻrsatib oʻtilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qoʻyiladi.
Istisno hollarda (sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda) kamchiliklarni tekin bartaraf etish yoki bartaraf etish boʻyicha oʻz xarajatlarini qoplash, boshqa avtomototransport vositasiga almashtirish toʻgʻrisidagi talab avtomototransport vositasi egasi tomonidan tovarni ishlab chiqaruvchiga berilishi mumkin. Avtomototransport vositasi egasi ushbu talablarni qoʻyish oʻrniga nosoz avtomototransport vositasini ishlab chiqaruvchiga qaytarishga hamda uning uchun toʻlangan summa qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi aniqlangan kamchiliklar boʻyicha avtomototransport vositasi egasining talablarini qondirish borasida ularning funksiyasini bajarishga vakil qilingan korxonalar tashkil etishlari, shuningdek ushbu maqsadlarda boshqa korxonalar bilan (keyingi oʻrinlarda matnda “ularning funksiyalarini bajaruvchi korxonalar” deb yuritiladi) shartnomalar tuzishlari mumkin.
Sotuvchi, tayyorlovchi (ularning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan avtomototransport vositasi egasining shaxsiy arizasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kun ushbu bandda sanab oʻtilgan talablar qoʻyiladigan muddat boshlanadigan kun hisoblanadi.
127. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq boʻlmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:
koʻpi bilan 10 kun — avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;
koʻpi bilan 20 kun — kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida avtomototransport vositasi egasi tomonidan tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.
128. Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom boʻladi.
129. Nuqsonlari boʻlgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish yetti kun muddatda (agar almashtirish toʻgʻrisida talab berilgan paytda shunga oʻxshash avtomototransport vositasi bor boʻlsa), sifatni qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomobillarni almashtirish muddatlari mazkur Qoidalarning 127-bandiga muvofiq ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Shunga oʻxshash avtomototransport vositasi mavjud boʻlmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish toʻgʻrisidagi talabi eʼtiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.
Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
130. Kamchiliklar (nosozliklar) paydo boʻlishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etadi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi boʻyicha isteʼmolchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza oʻtkazilishida qatnashish huquqiga egadir.
Komissiya kamchilik (nosozlik):
a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish boʻyicha zavod yoʻriqnomasi talablariga rioya etmaslik, shu jumladan yoʻriqnomada koʻrsatilgan foydalanish materiallarini qoʻllash boʻyicha talablarga rioya etmaslik;
b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;
v) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida koʻrsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;
g) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomototransport vositasini tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan qoʻl bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil oʻrnatishdan tashqari;
d) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki oʻz kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;
e) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida;
j) nosozliklar avtomototransport vositasi egasining ehtiyotsizligi (sovuqqonligi), nuqsonlar kelib chiqishining oldini olish uchun zarur xatti-harakatlar koʻrmaganligi oqibatida kelib chiqqan deyish uchun yetarlicha asos boʻlgan boshqa hollarda avtomototransport vositasi egasining talabini koʻrib chiqmasligi mumkin.
Mazkur bandda sanab oʻtilgan sabablar tufayli paydo boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
131. Avtomototransport vositalarini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va ularni xaridorga qaytarish sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Ushbu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tovarni keltirish va qaytarish bilan bogʻliq zarur xarajatlarni avtomototransport vositasi egasiga toʻlashga majburdir.
132. Ekspertiza oʻtkazish, avtomototransport vositasini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni, agar kamchiliklar avtomototransport egasining aybi tufayli yoki yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida kelib chiqqanligi isbot qilinmagan boʻlsa, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) toʻlaydi.
134. Nosoz avtomototransport vositasi ana shunday rusumdagi avtomototransport vositasiga, biroq oʻzgartirilgan narx bilan almashtirilganda qiymati qayta hisoblanmaydi, narx oshgan taqdirda boshqa modelga almashtirishda qiymatni qayta hisoblash almashtirish kunida amalda boʻlgan narxdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Nosoz avtomototransport vositasi qaytarilganda va shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda avtomototransport vositasi egasi bilan hisob-kitoblar narx oshgan taqdirda — tegishli talab qoʻyilgan kunda ushbu transport vositasining qiymatidan kelib chiqib, narx pasaygan taqdirda esa — xarid kunidagi qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
135. Kafolat muddati tamom boʻlgan avtomototransport vositasining kamchiliklarini bartaraf etish “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
X. Vositachilik savdosi xususiyatlari
136. Vositachilik savdosi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
137. Vositachalik savdosida hisob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
138. Tovarlar vositachilik savdosiga yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilib olinadi.
139. Komitent (tovarni topshiruvchi)da, agar oldi-sotdi shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tovar sotilgan (berilgan) paytgacha komissioner (sotuvchi) tomonidan vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarga mulk egasi huquqi saqlanib qoladi.
Komissioner vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarning yoʻqolishi va shikastlanganligi uchun komitent oldida toʻliq javob beradi. Komitentga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash tartibi tomonlarning kelishuviga koʻra aniqlanadi.
140. Tovarlarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish komissioner va komitent tomonidan imzolanadigan vositachilik bitimi (vositachilik shartnomasi, kvitansiya, yuk xati va boshqa turlari) tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Vositachilik bitimida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
hujjatning tartib raqami, u tuzilgan sana;
tomonlarning (manzili, hisob-kitob raqami, telefoni), komissionerning nomi va rekvizitlari, pasportiga oid maʼlumotlar va komitentning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi maʼlumotlar;
tovarning nomi;
tovarning holatini tavsiflovchi maʼlumotlar: yangi, foydalanilgan, eskirish darajasi, asosiy tovar belgilari, tovarning nuqsonlari;
tovarning narxi;
vositachilik taqdirlash haqi miqdori va uni toʻlash tartibi;
tovarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish shartlari;
tovarni arzonlashtirish tartibi va arzonlashtirish miqdori;
tovar arzonlashtirilgungacha va undan keyin uni sotish muddatlari;
komissioner tomonidan sotilmagan tovarni komitentga qaytarish shartlari va tartibi;
komissioner va komitent oʻrtasidagi hisob-kitoblar shartlari va tartibi;
agar tomonlarning kelishuviga koʻra ushbu xarajatlar qoplanishi kerak boʻlsa, vositachilik savdosiga qabul qilingan tovar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlarini toʻlash miqdori.
Tomonlarning kelishuviga koʻra vositachilik bitimiga qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha shartlar kiritilishi mumkin.
Agar vositachilik savdosiga bir nechta tovar topshirilsa, ularning nomlari va narxlari vositachilik bitimining ajralmas qismi hisoblangan tovarlar roʻyxatida koʻrsatilishi mumkin.
Vositachilik bitimi ikki nusxada tuziladi: birinchi nusxasi komitentga topshiriladi, ikkinchi nusxasi komissionerda qoladi.
141. Unga nisbatan tovarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari yoki xizmat koʻrsatish muddatlari tasdiqlanishi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishi kerak boʻlgan tovar faqat ana shunday axborot mavjud boʻlgan taqdirda vositachilik savdosiga qabul qilinadi va sotiladi.
142. Vositachilik savdosiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida chakana savdoda sotish taqiqlangan tovarlardan boshqa barcha tovarlar qabul qilinadi.
Mazkur Qoidalarning 15-bandida sanab oʻtilgan tovarlar vositachilik savdosiga faqat mazkur bandda koʻrsatilgan tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilinadi.
143. Antikvariat buyumlarini vositachilik savdosiga qabul qilib olish va sotish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining antikvariat buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
144. Oziq-ovqat tovarlari bilan vositachilik savdosi mazkur Qoidalarning 49-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
145. Qaytarilmaydigan yoki boshqa oʻlcham, shakl, gabarit, model, rang yoki komplektatsiyadagi ana shunday tovarga almashtirilmaydigan tovarlar; profilaktikaga va kasalliklarni uy sharoitida davolashga moʻljallangan tovarlar; shaxsiy gigiyena buyumlari, pardoz-andoz tovarlari, tikuv va trikotaj ich kiyimlari, paypoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlatilgan polimer materiallardan yasalgan, shu jumladan bir marta foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar va materiallar, foydalanilgan buyumlar va materiallar, maishiy kimyo tovarlari, dori-darmon vositalari vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
146. Vositachilik savdosiga qabul qilinadigan tovarlarning narxi va komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner oʻrtasidagi oʻzaro ahdlashuvga koʻra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib qoʻyiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi.
147. Muayyan vaqt mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash chogʻida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi.
148. Sotilgan tovar uchun pul komissioner tomonidan berilgan vositachilik bitimi va fuqarolik pasporti taqdim etilgan holda sarf-xarajat-kassa dalolatnomasi boʻyicha komitentga — jismoniy shaxsga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
149. Sotilgan tovar uchun pul toʻlash, shuningdek sotilmagan tovarni qaytarish komissioner tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va vositachilik shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach komitent tomonidan vakil qilingan shaxsga berilishi mumkin.
150. Davlat daromadiga oʻtishi kerak boʻlgan egasiz mol-mulk meros qilib qoldirish huquqi boʻyicha davlatga oʻtgan mol-mulk va xazinani hisobga olish, baholash va sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
151. Foydalanilgan tovarlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sotilishi kerak boʻlgan tovarlar (davlat daromadiga oʻtishi kerak boʻlgan mol-mulk, meros huquqi boʻyicha davlatga oʻtgan mulk; egasiz mol-mulk; sudlarning hukmlari va qarorlarini ijro etish yuzasidan yetkazilgan zararni qoplash uchun fuqarolardan olib qoʻyilgan mol-mulk; va hokazolar) faqat bunday vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali sotiladi.
152. Kafolat muddati tamom boʻlmagan foydalanilgan tovarlarni sotishda xaridorga komitentdan olingan kafolat taloni, pasport, servis daftarchasi yoki kafolatning qolgan muddatidan sotuvchining foydalanishi huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.
153. Vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlaridan sotib olingan foydalanilgan tovarlar xaridorlardan qaytarib olinmaydi, tovarlarni sotish uchun qabul qilishda aniqlanmagan nuqsoni boʻlgan tovarlar, va agar ular xarid qilingandan keyin 2 ish kunidan kechikmay qaytarilsa bundan mustasno. Qabul qilib olish paytida aniqlanmagan nuqsoni boʻlgan tovarlarni qaytarishda ular saqlanganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
154. Sotish uchun qabul qilib olish paytida aniqlanmagan va xaridorga sotish (berish)gacha aniqlangan yashirin nuqsoni boʻlgan yangi tovarlar sotishdan olib qoʻyilishi va, agar nuqsonlar komissionerning aybi bilan paydo boʻlganligi isbot qilinmasa, tovarlar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlariga haq toʻlanmasdan komitentga qaytarilishi kerak.
155. Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, darhol oʻzining komissionerning ixtiyoridagi mulkini tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir.
156. Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan bogʻliq boʻlgan talablari komissionerga, agar tomonlarning bitishuvida oʻzgacha muddat belgilanmagan boʻlsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul toʻlangan yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. Toʻqimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, moʻynali tovarlar va poyabzalni sotish xususiyatlari
157. Toʻqimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), moʻynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qoʻyilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak. Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: tovarni oʻrovdan olish, sortlarga ajratish va koʻzdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga koʻra) hamda tovar va uni tayyorlovchi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar borligini tekshirish; zarurat boʻlganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.
158. Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, oʻlchamlari, boʻyiga koʻra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qoʻyilishi kerak. Savdo xususiyatlarini hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va oʻziga kerakli tovarni xarid qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari qoʻyilishi kerak.
Erkaklar, ayollar va bolalarga moʻljallangan trikotaj, tikuv buyumlari, moʻynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak.
Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga koʻra, moʻynali tovarlar moʻynaning turiga koʻra guruhlarga ajratiladi.
Gazlamaning har bir namunasiga shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz miqdori toʻgʻrisidagi, moʻynadan yasalgan buyumlarga esa moʻynaning turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinishi kerak.
159. Tovarlar oʻz nomi, artikuli, narxi, oʻlchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va boʻyi (kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun) koʻrsatilgan holda yorliqlarga ega boʻlishi kerak.
160. Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, moʻynali tovarlar va poyabzalni kiyib koʻrish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qoʻygichlar oʻrnatilgan, kiyim kiyib koʻriladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak.
161. Xaridorga sotishda jun gazlamalar, vatin va boshqa ogʻir, hajmli gazlamalarni kiyib koʻrish peshtaxta (stol) erkin holatda yigʻilmasdan turgan gazlamaga qattiq standart metrni qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Nozik va yengil gazlamalar xontaxtadan gazlamani metrga tortmasdan erkin qoʻyish yoʻli bilan qattiq standart metrda oʻlchanadi. Gazlamaning barcha turlarini oʻlchash, jun gazlamalar va trikotaj polotnolardan tashqari, shuningdek bir tomoniga tamgʻali metall oʻlchov lentasi montaj qilingan peshtaxta (stol)ga gazlamani qoʻyish yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Xaridga qirqilgan gazlamani qoʻshish, shuningdek gazlamani, agar bezagi buzilgan boʻlsa va tamgʻa teskari tomonga qoʻyilmagan boʻlsa, parchalarini fabrika yorligʻi va tamgʻa (xazli uchlar) bilan sotish taqiqlanadi.
162. Sotuvni amalga oshirayotgan shaxs gazlama, kiyim-kechak, moʻynali tovarlar va poyabzalni sotishda xaridorning ishtirokida tovarning sifatini (sirtdan koʻzdan kechirish yoʻli bilan), oʻlcham (soni)ning aniqligini, xarid qiymati toʻgʻri hisoblab chiqilganligini tekshiradi.
163. Gazlama, kiyim-kechak, moʻynali tovarlar va poyabzal xaridorga oʻralganligi uchun qoʻshimcha haq undirilmasdan oʻralgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
164. Tovar bilan birgalikda xaridorga tovar cheki beriladi, unda tovar va sotuvchining nomi, sotilgan sana, tovarning artikuli, sorti va narxi koʻrsatiladi, shuningdek sotuvni bevosita amalga oshirilgan shaxsning imzosi qoʻyiladi.
XII. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotish xususiyatlari
165. Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, hisoblash va koʻpaytirish texnikasi, foto va kinoapparatlar, soatlar, musiqa tovarlari, maishiy elektr priborlari, mashina va jihozlar, texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga chiqarilgunga qadar savdooldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak, u tovarni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash; tovarni koʻzdan kechirish; buyumning butligini, sifatini tekshirish, tovar va uning tayyorlovchisi, zarurat boʻlganda buyumni yigʻish va sozlash toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar mavjudligini tekshirishlarni oʻz ichiga oladi.
166. Sotuvga qoʻyilgan tovarlar namunalari savdo zaliga joylashtirilishi, ularda tovarning nomi, markasi, modeli, artikuli, narxi koʻrsatilgan yorliqlari, shuningdek uning asosiy texnik tavsiflari yozilgan qisqacha annotatsiya boʻlishi kerak.
167. Xaridorning talabiga koʻra u tovarlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirilishi, tovarlar yigʻilgan, texnik jihatdan soz holatda namoyish qilinishi kerak. Ishlatish uchun maxsus jihozni talab qilmaydigan tovarlar ishlayotgan holatda namoyish qilinadi.
168. Sotuvchi xaridor ishtirokida tovarning sifatini, uning butligini, unga taalluqli hujjatlarning mavjudligini, narxining toʻgʻriligini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
169. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni xaridorga berish chogʻida ayni bir vaqtda tovarni tayyorlovchi tomonidan qoʻyilgan buyumlar va hujjatlar komplekti (sotish sanasi va joyi koʻrsatilgan texnik asbob yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat, ishlatish boʻyicha yoʻriqnoma va boshqa hujjatlar) ham beriladi. Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish boʻyicha yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etiladi. Bunda ularning tarjimasi uchun xarajat xaridorlardan undirilmaydi. Xaridorga tovar bilan birga ushbu Qoidalarning 164-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan iborat boʻlgan tovar cheki ham beriladi.
170. Sotuvchi yoki sotuvchi funksiyasini bajaruvchi tashkilot ular bilan shartnoma boʻyicha texnik jihatdan murakkab boʻlgan, standartlar yoki tovarga ilova qilingan hujjatlar (texnik pasport, ishlatish boʻyicha yoʻriqnoma) talablarga muvofiq tovarni xaridor tomonidan mustaqil ravishda yigʻish va (yoki) ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydigan tovarlarni xaridorning uyida yigʻishi va (yoki) oʻrnatishi (ishlatishi) shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni sotuvchi tovarlarni sotish chogʻida xaridorga maʼlum qilishi shart.
Agar tovarni yigʻish va (yoki) oʻrnatish qiymati uning narxiga kiritilgan boʻlsa, u holda mazkur ishlar sotuvchi yoki tegishli tashkilot tomonidan bepul bajarilishi kerak.
XIII. Attorlik-pardoz tovarlarini sotish xususiyatlari
171. Attorlik-pardoz tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, muayyan tovar xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsadda ishlatilishi, buyum tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar, taʼsiri va samarasi, qoʻllanish uchun cheklashlar (ishlatish mumkin boʻlmagan holatlar), qoʻllanish usullari va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
172. Attorlik-pardoz tovarlari savdo zaliga qoʻyilgungacha ochiladi va koʻrikdan oʻtkaziladi, har qaysi tovarning (tashqi belgilari boʻyicha) sifati hamda uning toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar mavjudligi tekshiriladi.
173. Xaridorga atirlar, odekolonlar, pardoz suvining hidi bilan tanishish imkoniyati, buning uchun xushbuy suyuqlik shimdirilgan lakmus qogʻozchalari, tovarlarni tayyorlovchilar tomonidan beriladigan hidlash uchun namunalar, shuningdek sotuvga qoʻyilgan tovarlarning boshqa xossalari va tavsiflari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
174. Tovarlar sellofan yoki firma lentasi bilan oʻralgan holda berilgan taqdirda xaridorga oʻramdagi buyumni sellofan yoki firma lentasini yechish yoʻli bilan tekshirib koʻrish tavsiya qilinishi kerak. Tovarning aerozol idishining soz holatdaligi tovar sotuvchi tomonidan xaridor ishtirokida tekshiriladi.
XIV. Hayvon va oʻsimliklarni sotish xususiyatlari
175. Sotuvga qoʻyiladigan hayvon va oʻsimliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu qoidalarning 14-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, ular turining nomi, saqlash va koʻpaytirish xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham boʻlishi kerak. Sotuvchi, shuningdek quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni qidirib topishga (tayyorlashga) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma (litsenziya) tartib raqami va sanasi;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning muayyan turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnomaning tartib raqami va sanasi;
sotuvga qoʻyiladigan yovvoyi hayvon uning bir qismi hisoblanadigan zoologiya kolleksiyasiga, davlat hisobiga qoʻyilgan zoologiya kolleksiyalari reyestriga kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan guvohnomaning tartib raqami va sanasi (noerkin holda koʻpaytirilgan va zoologiya kolleksiyasining bir qismi hisoblanadigan yovvoyi hayvonlar uchun).
176. Sotuvga moʻljallangan hayvonlar standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarda, hayvonlarga muruvvatli munosabatda boʻlishning umumiy qabul qilingan normalariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
177. Tovar bilan birgalikda xaridorga sotishni bevosita amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan tovar cheki beriladi, unda hayvon yoki oʻsimliklar turining nomi va soni, sotuvchining nomi, sotish sanasi, narxi; ushbu Qoidalarning 190-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birining tartib raqami va sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yovvoyi hayvon yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlikni sotishda); Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hayvonning sogʻligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi (veterinariya maʼlumotnomasi) koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. Maishiy kimyo tovarlarini sotish xususiyatlari
178. Maishiy kimyo tovarlari (xonalar, mebel, idishlar, maishiy anjomlar va uy-roʻzgʻor buyumlari, ichki kiyimlar, kiyim-kechaklar, poyafzal, avtomobillarni yuvish, tozalash vositalari va boshqa vositalar; yelimlar, laklar, boʻyoqlar va boshqa lak-boʻyoq mahsulotlari; dezinfeksiyalash vositalari va maishiy sharoitlarda foydalanish uchun moʻljallangan maishiy xasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari; maishiy sharoitlarda taʼmirlash va pardozlash ishlari uchun moʻljallangan kimyoviy moddalar, ularning birikmalari va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda shunga oʻxshash boshqa tovarlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar boʻlishi kerak:
maishiy kimyo tovarlari tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar nomi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (dezinfeksiyalovchi vositalar, maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari uchun);
texnik guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda qoʻllanish uchun yaroqliligini tasdiqlash boʻyicha majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);
saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun).
179. Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qoʻyilgungacha (sotish joyiga joylashtirilgungacha) savdooldi tayyorlanishidan oʻtishi kerak, u tashish idishidan boʻshatish, tovarni sortlarga ajratish, idishining butligini (shu jumladan aerozol idishning ishlashini) va tovar sifatini (tashqi belgilari boʻyicha), tovar va uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarning, tovarlarni qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligini, narxlarining toʻgʻriligini tekshirishdan iborat boʻladi.
180. Sotuvga qoʻyilgan maishiy kimyo tovarlari ularni tanlashning qulayligini taʼminlash uchun buyumning qanday maqsadga moʻljallanganligiga koʻra turlarga ajratilgan boʻlishi kerak.
181. Aerozol idishdagi maishiy kimyo tovarlarini xaridorga berishda savdo binosida idishning ishlashini tekshirish amalga oshirilmaydi.
XVI. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish xususiyatlari
182. Pestitsidlarni (oʻsimliklarning zararkunandalari va kasalliklariga, begona oʻtlarga, saqlanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zararkunandalariga, maishiy zararkunandalarga va hayvonlarning tashqi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni, shuningdek oʻsimliklarning oʻsishini tartibga solish, yigʻim-terimdan oldin barglarni toʻktirish, oʻsimliklarni oʻrish-yigʻishdan oldin quritish uchun foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni) hamda agroximikatlarni (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda foydalaniladigan oʻgʻitlar, shu jumladan tuproq gruntlari, kimyoviy meliorantlar va ozuqa qoʻshimchalarini) sotish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va ushbu Qoidalarda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
183. Pestitsidlar va agroximikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan pestitsid yoki agroximikatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasining tartib raqami va sanasi, uning xavflilik klassi, taʼsirchan modda konsentratsiyasi, netto massasi yoki hajmi, tayyorlangan sanasi, zaharlanganda birinchi yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham boʻlishi kerak.
184. Pestitsidlar va agroximikatlar savdo zaliga qoʻyilgungacha savdooldi tayyorlashdan oʻtishi kerak, u tovarni ochish va idishining sifatini tekshirish; sortlarga ajratish; zarur maʼlumotlar, qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjudligini, narxlarining toʻgʻriligini tekshirishdan iborat boʻladi.
185. Savdo zalida pestitsidlar va agroximikatlar ishlatilish maqsadi (oʻsimliklarni himoya qilish uchun insektitsidlar, hayvonlarni himoya qilish uchun insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, rodentitsidlar, mineral oʻgʻitlar, organik oʻgʻitlar, tuproq gruntlari, meliorantlar, ozuqa qoʻshimchalari) boʻyicha guruhlarga ajratilishi kerak.
Sotuvchi pestitsidlar va agroximikatlarni saqlashda, savdo zaliga joylashtirishda va sotishda xavfsizlikning majburiy talablariga rioya qilinishini taʼminlashi shart.
186. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish faqat tayyorlovchining idishida va qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
XVII. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish
Keyingi tahrirga qarang.
187. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
188. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni oʻtkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishda koʻmaklashishi kerak.
XIX. Savdo qoidalari buzilishi turlari
189. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni notoʻgʻri oʻlchash, notoʻgʻri tortish yoki xizmatlar koʻrsatmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
sotuvchining kassa cheki, kvitansiya, schyotlar berishdan bosh tortishi;
Keyingi tahrirga qarang.
xaridorga tovarning sifati, butligi, oʻlchami, ogʻirligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati, yomon tovarni taʼmirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;
Oldingi tahrirga qarang.
plastik kartochkalardan foydalanilgan toʻlovni qabul qilishdan bosh tortish;
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-son qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
nosoz yoki tamgʻalanmagan tortish va oʻlchash priborlaridan foydalanish;
tovarlarning majburiy roʻyxatiga rioya qilmaslik;
quyidagilarga:
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibiga;
Keyingi tahrirga qarang.
videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalar faoliyat koʻrsatishi tartibiga;
Keyingi tahrirga qarang.
yonilgʻi-moylash materiallarini sotish tartibiga;
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish tartibiga rioya qilmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
quyidagilarni:
Keyingi tahrirga qarang.
sifatsiz, but boʻlmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz, but boʻlmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan tovarlarni sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish;
kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
190. Ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari:
tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;
savdoning zarur shart-sharoitlari va xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
korxonaning nomi, uning ish rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan maʼlumotlarni berish rad etilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo obyekti ish rejimiga rioya qilinmaganda;
tovarlarda narxnomalar boʻlmaganda yoki atayin notoʻgʻri rasmiylashtirilgan narxnomalar qoʻyilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
bitta tovarni sotish uchun boshqa tovarni majburan sotib olinishi yoki ularning sotilishi munosabati bilan majburiy ravishda xizmatlar koʻrsatilishi shart qilib qoʻyilganda;
xaridorning zarur darajada sifatli boʻlmagan nooziq-ovqat tovarlarini almashtirish boʻyicha ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablariga rioya qilinmaganda;
ruxsat berilmagan anjom qoʻllanilganda;
standart talablariga, texnik shartlarga javob bermaydigan tovarlar sotilganda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash toʻgʻrisida”gi qonunlar moddalari va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi mumkin.
Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga oʻxshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari
roʻyxati
1. Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, toʻqimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy jihozlar, priborlar va apparatlar, ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi vositalari, koʻzoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori-darmonlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish choʻtkalari, taroqlar, soch toʻgʻnogʻichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinonlar va boshqa shu kabi tovarlar.
3. Attorlik-pardoz tovarlari.
4. Toʻqimachilik tovarlari (ip-gazlama, zigʻir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi notoʻqima materiallardan tayyorlangan tovarlar — lentalar, jiyaklar, toʻrlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.
5. Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qoʻlqop buyumlari).
6. Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bogʻliq boʻlgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona va kuxnya idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va oʻrov materiallari).
7. Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.
8. Mebel (mebel garniturlari va toʻplamlari).
9. Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Avtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xoʻjaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya koʻchma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.
11. Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yogʻochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va koʻpaytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron oʻyinchoqlar).
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hayvonlar va oʻsimliklar.
Xaridorning taʼmirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarni almashtirish toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
roʻyxati
1. Avtomobillar, mototsikllar va mototexnikaning boshqa turlari, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar (nogironlar foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar, sayr qilish qayiqlari va suzish vositalaridan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mebel.
3. Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar, sochni jingalak qilish uchun elektrqisqichlar, tibbiy elektrreflektorlar, elektrgrelkalar, elektrbintlar, elektrpledlar, elektrodeyallar).
4. Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCH pechlari, elektrpechlar, tosterlar, elektr suv qaynatgichlar, elektrchayniklar, elektrisitgichlar va boshqa tovarlar).
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlariga asosiy talablarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*.
* Ushbu taʼrif umumiy ovqatlanish sohasida uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratiladigan joylarda ovqatlanish joylari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga tatbiq etilmaydi.
Ruxsatnoma, umumiy ovqatlanish korxonasiga u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin, uning joylashgan joyidagi hokimiyat tomonidan beriladi.
Ruxsatnomani berish, qaytarib olish va uning amal qilishini toʻxtatib turish Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 16-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana oʻtkazishni hamda ular savdo faoliyati roʻyxatdan amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga boʻlinadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, yozgi kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:
Keyingi tahrirga qarang.
restoran — oʻz nomiga ega boʻlgan, isteʼmolchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat koʻrsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat koʻrsatish bilan uygʻunlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi;
vagon-restoran — yoʻlda yurish davomida temir yoʻl transporti yoʻlovchilariga va poyezd brigadalari xodimlariga nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimliklar bilan xizmat koʻrsatish uchun moʻljallanadi;
bar — tik turgan holda isteʼmolchilarga ichimliklar va zakuskalar bilan xizmat koʻrsatishni (stolchalar yonida xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda) tashkil qiladi. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga koʻra barlar pivo, vino, kokteyl, sut barlari va boshqa barlarga ixtisoslashgan boʻladi;
kafe — isteʼmolchilarga turli qaynoq va sovuq ichimliklar, qandolatchilik, sut mahsulotlari hamda tayyorlanishi murakkab boʻlmagan kulinariya mahsulotlarini taqdim etadi. Sotiladigan mahsulotlari yoki yoʻnalishiga koʻra kafelar: shirinliklar, muzqaymoq, sut kafesi, bolalar kafesi, yoshlar kafesi va shu kabilarga ixtisoslashgan boʻladi; ularda oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat koʻrsatish usullari qoʻllaniladi; kechki vaqtlarda musiqiy xizmat koʻrsatish tashkil etilishi mumkin;
yozgi kafe — isteʼmolchilarga ochiq maydonchada bostirma ostida xizmat koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
kafeteriy — bu doʻkon huzurida shu joyning oʻzida isteʼmol qilinadigan issiq ichimliklar, sut, sharbatlar, buterbrodlar, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun tashkil etilgan boʻlimdir;
oshxona — bu isteʼmolchilarni nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlar bilan taʼminlovchi korxonadir. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat koʻrsatiladigan mijozlariga koʻra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, oʻquv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga boʻlinadi. Ishlab chiqarish korxonalari, oʻquv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari boʻyicha turli xil kompleks tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Ularda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish va stollarga kompleks ovqatlarni oldindan qoʻyish usullari qoʻllaniladi;
choyxona — bu choynaklarda choy berish xizmat koʻrsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari boʻlishi mumkin;
bufet — bu isteʼmolchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar va zakuskalar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan jadal xizmat koʻrsatishga moʻljallangan korxonadir. Unda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat koʻrsatish qoʻllaniladi;
kichik oshxona — bu isteʼmolchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi korxonadir. Sotiladigan mahsulotlar turiga koʻra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan boʻlishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar.
4. Savdo, omborxona, ishlab chiqarish va maʼmuriy-maishiy binolarga, mahsulot ishlab chiqarish anjomlari va jihozlariga, texnologiya rejimlariga, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etishga, koʻrsatiladigan xizmatlarga qoʻyiladigan talablar va mezonlar amaldagi standartlar, sanitariya normalari, texnika xavfsizligi qoidalari, yongʻindan saqlash va boshqa talablarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Umumiy ovqatlanish subyekti mahsulotlar va tovarlarni sotishni, isteʼmolni va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishni ushbu bobning 6-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda ham savdo zallarida, ham ulardan tashqarida amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tovarlarni saqlash, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq umumiy ovqatlanish savdo obyektida ishlaydigan xodim maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi, quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qoidalar;
sanitariya-normalari va talablari;
yongʻindan saqlash normalari;
standartlar talablari;
texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan boʻlishi va ularga rioya qilishi kerak.
7. Xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari shtatida oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan hajmda kamida bitta xorijiy tilni (ingliz, nemis, fransuz tilini) biladigan xodimlar (metrdotellar, ofitsiantlar) boʻlishi kerak. Ushbu korxonalarda firma jildlarida, davlat tilida va xorijiy tillarda yozilgan taomnoma boʻlishi kerak.
8. Umumiy ovqatlanish subyekti isteʼmolchilarga oʻzining toʻliq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi zarur va ishonchli maʼlumotlarni koʻrgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, maʼlumotlarda toʻgʻri tanlash imkoniyatini taʼminlaydigan kamida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
mahsulotlar va tovarlar roʻyxati;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari porsiyalarining umumiy vazni (hajmi), tavsiya etilayotgan ichimlik butilkasining sigʻimi va uning porsiyalari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
xizmatlar roʻyxati va ularni koʻrsatish shartlari;
xizmatlar narxi va ularni toʻlash shartlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari,muassasalar, oʻquv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — maʼmuriyat va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan ish soatlariga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tomonidan majburiy tartibda rioya qilinishi kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonasi (rejali sanitariya tadbirlarini oʻtkazish, taʼmirlash va shu kabilar uchun) yopilgan taqdirda korxona kamida bir hafta oldin tegishli eʼlonni osib qoʻyishi kerak.
10. Ofitsiantlar xizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlariga mijozlarni kiritishni ularning yopilishidan 30 daqiqa oldin, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish usuli boʻyicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlariga esa — ularning yopilishidan 15 daqiqa oldin toʻxtatishga yoʻl qoʻyiladi.
11. Umumiy ovqatlanish korxonasi qoʻllanishga ruxsat etilgan oʻlchash vositalariga ega boʻlishi va ularni soz holatda saqlashi, oʻz vaqtida va belgilangan tartibda metrologik tekshirishdan oʻtkazishi shart.
12. Barcha oʻlchash vositalari, tortish va oʻlchash priborlari, koʻrinib turadigan ishonch tamgʻasiga yoki “Oʻzstandart” agentligi organlarining amal qilish muddati oʻtmagan tekshirish guvohnomasi soz holatda, toza, toʻgʻri oʻrnatilgan boʻlishi, belgilangan maqsadda qoʻllanilishi hamda oʻlchashlarning yagonaligini va ishonchliligini taʼminlashi va tegishli pasportga ega boʻlishi kerak.
Nosoz va qoʻllanishga ruxsat etilmagan oʻlchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
13. Isteʼmolchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt ovqat uchun hisob-kitoblarning oldindan toʻlash, taomlar tanlangandan keyin toʻlash, ovqatlanib boʻlgandan keyin toʻlash, oʻzi hisoblash kabi turli usullaridan foydalanishi mumkin. Ovqat uchun hisob-kitoblar shakllari xizmat koʻrsatish metodiga, xizmat koʻrsatiladigan mijoz spetsifikasiga, savdo obyekti turiga va uning ixtisoslashganligiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish usuli boʻyicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlarida va kulinariya doʻkonlarida (boʻlimlarida) hisob-kitob vaqtida isteʼmolchiga kassa cheki beriladi.
Xizmat koʻrsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida berilgan mahsulot uchun haq toʻlash ofitsiant bergan schyot yoki belgilangan namunadagi nazorat-kassa mashinalari cheki boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Doimiy mijozlarga (ishchilar, xizmatchilar, talabalar, oʻquvchilar va shu kabilarga xizmat koʻrsatadigan oshxonalarda hisob-kitob yakka tartibdagi yoki guruh abonementlari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Umumiy ovqatlanish subyekti taomlar, mahsulotlar, ichimliklarning assortiment roʻyxatini sanitariya va texnologiya talablariga toʻliq rioya qilishni hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqadi, taomlar retsepturalarini tuzadi va tasdiqlaydi, ular tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya nazorati xizmatlari bilan kelishilib olinadi. Kalkulyatsiya kartochkasi mahsulot narxini belgilash uchun asos hisoblanmaydi, u faqat savdo obyektlari egalari tomonidan ichki foydalanish uchun xizmat qiladi. Kalkulyatsiya kartochkasini yuritish majburiy emas. Mahsulot narxi unga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-maydagi 217-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 74-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlar doʻkonlarida, bufetlarda sotiladigan barcha tovarlar va mahsulotlarda tovar va mahsulotning nomi, uning sorti, oʻlchovi, ogʻirligi yoki upakovkasi birligi narxlari koʻrsatilgan, yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalar boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, umumiy ovqatlanish korxonalari isteʼmolchiga unga sotilgan taomlar, kulinariya mahsulotlari, tovarlarning oʻlchami va ogʻirligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) normativ-hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati tartibida umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shugʻullanuvchi shaxslar isteʼmolchining iltimosiga koʻra unga savdo qilishga va koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni sotishga ruxsatnomani koʻrsatishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Kulinariya mahsuloti (koʻrsatilayotgan xizmatlar) sifatida kamchiliklar, kam tortishlar yoki hisob-kitobdan urib qolishlar aniqlangan taqdirda umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati va xodimlari isteʼmolchining tanlashiga koʻra:
belgilangan kamchiliklarni bepul bartaraf etishi;
kulinariya mahsuloti (xizmatlar) uchun toʻlov miqdorini kamaytirishi;
qoʻshimcha haq toʻlatmasdan xuddi shunday taomni, kulinariya mahsulotini tayyorlashi (xizmatni takroran bajarishi);
isteʼmolchining sifatsiz kulinariya mahsuloti sotib olish (xizmatlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarini toʻliq qaytarishi;
yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplashi shart.
18. Xizmat koʻrsatishga oldindan berilgan buyurtmani bajarish muddatlari buzilganda, koʻrsatilayotgan xizmatda kamchiliklar aniqlanganda isteʼmolchi oʻz tanloviga koʻra:
umumiy ovqatlanish subyektiga xizmatlar koʻrsatishni boshlashi va (yoki) tugallashi kerak boʻlgan yangi muddatni tayinlashga va koʻrsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
koʻrsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
isteʼmolchi tayinlagan maqbul muddatda kamchiliklarni bepul bartaraf etishni yoki zarur sifatdagi ana shunday umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlashni yoki uni boshqa mahsulotlar bilan almashtirishni talab qilishga;
koʻrsatiladigan xizmatlardan voz kechishga haqlidir.
Isteʼmolchi shuningdek xizmatlar koʻrsatishni boshlash va (yoki) tugallash muddatlari buzilishi sababli oʻziga yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishini talab qilishga haqlidir. Yetkazilgan zarar isteʼmolchining tegishli talablarini qondirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qoplanadi.
Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt xizmat koʻrsatish muddatlarining buzilishi yengib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida yoki isteʼmolchining aybi bilan sodir boʻlganligini isbotlagan taqdirda isteʼmolchining talablari qondirilmaydi.
19. Umumiy ovqatlanish savdo obyektlaridagi xizmat koʻrsatish jarayonida tayyor mahsulotlar va xarid qilingan tovarlar, shu jumladan alkogolli ichimliklar isteʼmolchining xohishiga koʻra tegishli idishda va oʻrovda olib chiqib ketilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, umumiy ovqatlanish korxonalarida vino-aroq mahsulotlarini sotish tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq, joylardagi hokimliklar tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Isteʼmolchi umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektga amalda qilingan xarajatlarni toʻlagan taqdirda oʻzi buyurtma bergan xizmatlardan istalgan vaqtda voz kechishi mumkin.
22. Ishlab chiqarish jarayonida taomlar ularni sotish sanitariya qoidalarida belgilangan muddatlarga qatʼiy muvofiq holda sotish mumkin boʻlgan partiyalarda tayyorlanishi kerak. Oldingi kundan qolgan goʻsht, maydalangan baliq mahsulotlari, makaronlar, qayla, yorma mahsulotlardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
24. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni oʻtkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishda koʻmaklashishi kerak.
III. Savdo qoidalari buzilishi turlari
Keyingi tahrirga qarang.
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni notoʻgʻri oʻlchash, notoʻgʻri tortish yoki xizmatlar koʻrsatmaslik;
xodimning kassa cheki, kvitansiya, schyotlar berishdan bosh tortishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamgʻalanmagan tortish va oʻlchash priborlaridan foydalanish;
quyidagilarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibiga;
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish tartibiga rioya qilmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
quyidagilarni:
sifatsiz tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz tovarni, mahsulotni almashtirib berishni yoki pullarni qaytarishdan bosh tortish;
tovarlarni, mahsulotlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan tovarlarni sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
26. Shuningdek javobgarlik quyidagi hollarda:
tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;
ovqatni isteʼmol qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlmaganda;
korxonaning nomi, uning ish rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan maʼlumotlarni berishdan bosh tortganda;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaning ish rejimiga rioya qilinmaganda;
tovarlarda, mahsulotlarda narxnomalar boʻlmaganda yoki atayin notoʻgʻri rasmiylashtirilgan narxnomalar qoʻyilganda;
ruxsat berilmagan anjom qoʻllanilganda ham paydo boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, texnik shartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yigʻimlarni toʻlamaslik yoki oʻz vaqtida toʻlamaslik
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda, shuningdek toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ruxsatnomani olib qoʻyish va bekor qilish, shuningdek uning rioya qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish ularni berishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan, ushbu Qoidalarga rioya qilinishini tekshirish dalolatnomasi asosida yoki vakolatli davlat organlarining taqdimnomalari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aynan bitta qoida buzilishi uchun bir nechta sanksiyalar qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ruxsatnoma olib qoʻyilgandan yoki bekor qilingandan, shuningdek uning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgandan va toʻxtatilgandan keyin soliq inspeksiyasi tomonidan nazorat tekshirish faqat xoʻjalik yurituvchi subyektning savdo faoliyatini amalga oshirishi faktini aniqlash hamda unga nisbatan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmasdan choralar koʻrish boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash toʻgʻrisida”gi qonunlar moddalari va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-maydagi 217-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan va 18—27-bandlar 17—26-bandlar deb hisoblangan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 74-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 23-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 36-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalariga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-fevraldagi 51-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-iyundagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 6-son, 21-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 1-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-iyundagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 30-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 30-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarorining 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda; 9-10-son, 74-modda; 24-son, 242-modda; 2004-y., 24-son, 276-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 40-son, 307-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 37-38-son, 378-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 17-18-son, 182-modda; 2009-y., 22-son, 258-modda, 44-son, 466-modda, 52-son, 560-modda, 569-modda; 2010-y., 23-son, 186, 187-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 5-son, 48-modda, 11-son, 116-modda; 12-son, 130-modda, 22-son, 244-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 46-son, 602-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 39-son, 509-modda; 2016-y., 24-son, 287-modda, 37-son, 434-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son, 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son; 15.08.2023-y., 09/23/382/0612-son; 26.12.2023-y., 09/23/683/0968-son; 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)