Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI ChAKANALAB SOTISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 7-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish qoidalariga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
16-bandning birinchi xatboshidagi “shuningdek, korxonalarning ushbu turi va klassi uchun standartlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
18-bandning birinchi xatboshidagi “shuningdek, mahsulot (xizmat) sertifikatini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Oshpazlik mahsulotini tayyorlovchilar sanitariya qoidalariga rioya qilishga, shu jumladan, tibbiy tekshiruvlarni, xodimlarning sanitariya boʻyicha bilimlarini oshirish tadbirlarini muntazam ravishda oʻtkazishga majburdirlar”;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyorlovchi korxonaning savdo zalidan tashqarida sotiladigan har bir turkumi tayyorlovchi korxonaning nomi koʻrsatilgan, tayyorlangan vaqti, sotishning soʻnggi muddati va bir idishga joylangan mahsulot vazni koʻrsatilgan holda narxnomaga ega boʻlishi kerak.
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi xususiy tadbirkorlar ham ushbu Qoidalari, amaldagi sanitariya qoidalarini va boshqa normativ hujjatlarni bajarishga majburdirlar”;
27-banddagi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-iyun,
230-son